Kolumbiya haqida

Kolumbiya Respublikasi
isp. República de Colombia
Shior: «Libertad y Orden»
«Erkinlik va tartib»
Madhiya: «¡Oh, Gloria Inmarcesible!»
Колумбия на карте мира
Kolumbiya dunyo xaritasida
Mustaqillik sanasi 20-iyul 1810-yil (dan Ispaniya)
Rasmiy til ispan tili
(San-Andres va Providensiya provinsiyasida ingliz va kreol tillari ham San-Andres va Providensiya)
Poytaxt Bogota
Yirik shaharlar Bogota, Medelyin, Kali, Barrankilya, Kartaxena, Kukuta, Soledad, Ibague, Soacha, Bukaramanga, Vilyavisensio
Boshqaruv shakli prezidentlik respublikasi
Prezident Abelardo de la Espriyelya
Vitse-prezident Xose Manuel Restrepo Abondano
Hudud
 • Jami 1 141 748 km² (dunyoda 27-o‘rin)
 • Suv yuzasi ulushi, % 8,8
Aholi
 • Baholash 53 399 171 kishi (28-o‘rin)
 • Zichlik 47,0 kishi/km²
YIM (XQP)
 • Jami (2024) 1,042 trln dollar (32-o‘rin)
 • Aholi jon boshiga 19 770 dollar (82-o‘rin)
YIM (nominal)
 • Jami (2024) 386,076 mlrd dollar (46-o‘rin)
 • Aholi jon boshiga 7327 dollar (97-o‘rin)
Inson taraqqiyoti indeksi (2022) ▲ 0,758 (yuqori; 91-o‘rin o‘rin)
Valyuta Kolumbiya pesosi (COP, kod 170)
Internet domeni .co
ISO kodi CO
Telefon kodi +57
Vaqt mintaqasi UTC−5
Avtomobil harakati o‘ng tomondan
Логотип Викисклада Vikimedia Commons'dagi mediafayllar

Kolumbiya (isp. Colombia [koˈlombja], tinglashfayl haqida, rasmiy nomi — Kolumbiya Respublikasi, República de Colombia [reˈpuβlika ðe koˈlombja]) — Janubiy Amerikaningshimoli-g‘arbida joylashgan, shu bilan birga Markaziy Amerikadaham hududlari bo‘lgan davlat. Poytaxti — Bogota. Sharqda Braziliya va Venesuela bilan, janubda esa Ekvador va Perubilan, g‘arbda Panama bilan chegaradosh.

Dengiz orqali Kosta-Rika, Nikaragua, Gonduras, Yamayka, Gaiti va Dominikan Respublikasi bilan chegaradosh. Shimolda Karib dengizi , g‘arbda esa Tinch okeani suvlari bilan yuviladi. Aholi soni bo‘yicha Janubiy Amerikada Braziliyadan keyin ikkinchi, dunyoda 28-o‘rinda, ispan tilida so‘zlashuvchi aholi soni bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi.

Poytaxti va eng yirik shahri — Bogota, boshqa yirik shaharlari — Medelyin, Kali, Barrankilya va boshqalar.

Hozirgi Kolumbiya hududida qadimda mahalliy xalqlar yashagan. Ularning eng rivojlanganlari — chibcha, kimbaya va tayronaxalqlari edi. Mamlakat o‘z hududida yashovchi xalqlar va ular ishlatadigan tillar soni bo‘yicha dunyodagi eng boy davlatlardan biridir. Hozirgi kolumbiyalik xalq yevropaliklar, afrikaliklar va mahalliy aholining aralashuvi natijasida shakllangan. Kolumbiyaning Karib sohillarida Yaqin Sharqdan kelib chiqqan ko‘plab odamlar yashaydi. Kolumbiya hududida Amazonkaning tropik o‘rmonlari va Lyanos-Orinokojoylashgan. Kolumbiya dunyoda biologik xilma-xilligieng yuqori bo‘lgan ikkinchi mamlakatdir. Bu yerda 54 871 tur qayd etilgan. Shu bilan birga, u atrof-muhitga eng ko‘p zarar yetkaziladigan sakkiz mamlakat qatoriga kiradi.

Ispan mustamlakachilari Kolumbiya yerlariga ilk bor 1499-yilda kelgan. XVI asrning birinchi yarmida faol istilochilik yurishlari natijasida Yangi Granada vitse-qirolligi tashkil etilib, uning poytaxti Bogotabo‘lgan. 1819-yilda Ispaniyadan mustaqillik tan olingan, ammo 1831-yildayoq Buyuk Kolumbiya federatsiyasi parchalanib ketgan. Hozirgi Kolumbiya va Panama hududida Yangi Granada Respublikasi (1832) tashkil etilib, keyinchalik Granada Konfederatsiyasi (1858), undan so‘ng Kolumbiya Qo‘shma Shtatlari (1863)ga aylantirilgan. Kolumbiya Respublikasi nomi 1886-yilda uzil-kesil qabul qilingan. 1903-yilda Panama mamlakat tarkibidan ajralib chiqqan.

Kolumbiya iqtisodiyoti Lotin Amerikasida to‘rtinchi o‘rinda turadi, u CIVETS (KIVETS) guruhiga kiradi va BMT, JST, Amerika davlatlari tashkiloti, Tinch okeani alyansi hamda boshqa xalqaro tashkilotlarning a’zosidir.

Unitar davlat va prezidentlik respublikasi. Prezident 7-avgust 2026-yildan — Abelardo de la Espriyelya.

Etimologiya

Mamlakat nomi yevropaliklar uchun Amerikani kashf etgan mashhur dengizchi-sayyoh Xristofor Kolumbnomidan kelib chiqqan. Bu nomni venesuelalik inqilobchi, Janubiy Amerika mustaqilligi uchun kurashgan Fransisko de Miranda butun Yangi dunyo, ayniqsa Ispaniya va Portugaliya hukmronligi ostidagi yerlarga nisbatan qo‘llagan. Keyinchalik bu nomni Simon Bolivar «Yamaykadan maktub»da (isp. Carta de Jamaica) taklif etgan. U 1819-yilda Yangi Granada vitse-qirolligi (hozirgi Kolumbiya, Panama, Venesuela, Ekvador va Braziliyaning shimoli-g‘arbiy hududlari)ni o‘z ichiga olgan federativ Kolumbiya Respublikasi tashkil etilganda qabul qilingan. Biroq Ekvador va Venesuela ajralib chiqqach, mamlakat Yangi Granada deb atala boshlagan. 1858-yildan mamlakat Granada Konfederatsiyasi, 1863-yildan esa Kolumbiya Qo‘shma Shtatlari deb atalgan. 1886-yildan hozirgi — Kolumbiya Respublikasi nomi qaror topgan. Ekvador va Venesuela hukumatlari ushbu nom ikki mamlakatning umumiy tarixiy merosiga da’vo qiladi deb hisoblab, e’tiroz bildirgan, biroq hozir bu bahslar to‘xtatilgan.

Mamlakat nomining kelib chiqishi respublika madhiyasida:

Kolumb zamini qahramonlar qoni bilan yuvilgan
(isp. Se baña en sangre de héroes la tierra de Colón)Rafael Nunyes

Geografiya

Kolumbiya relyefi

Kolumbiya — Janubiy Amerikaningham Tinch,ham Atlantika okeaniga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan uch davlatidan biri (qolganlari — Panama va Chili).

Kolumbiyaning g‘arbiy sohillarini Tinch okeani,shimoli-g‘arbini esa Karib dengiziyuvib turadi. Mamlakat g‘arbida shimoldan janubga tomon And tog‘laricho‘zilgan bo‘lib, ularni Magdalena, Kauka va boshqa kichikroq daryolarbo‘lib turadi. Sharqda Amazonkairmoqlari kesib o‘tgan yassitog‘lik joylashgan. Sohillar bo‘ylab pasttekisliklar yoyilgan.

Tabiiy mintaqalar

Kolumbiya shimolida Karibbo‘yi pasttekisligi joylashgan bo‘lib, bu yerda subekvatorial quruq iqlim hukm suradi. Mamlakatning asosiy portlari va chet ellik sayyohlarni jalb qiladigan kurortlar shu yerda joylashgan. Bu hududda alohida tog‘ massivi — Syerra-Nevada-de-Santa-Marta ham bor. Undagi qorli Kristobal-Kolon cho‘qqisi (5775 m) Kolumbiyaning eng baland tog‘idir.

G‘arbiy sohilni yil davomida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan va suv ko‘tarilishi kuchli kuzatiladigan tor Tinch okeani pasttekisligi egallaydi. Shu sababli bu mintaqa plyajlari sayyohlar orasida uncha mashhur emas. Tinch okeani sohilidagi lagunalarni qalin mangra chakalakzorlari qoplagan.

Mamlakat janubida And tog‘lari G‘arbiy, Markaziy va Sharqiy Kordilyera deb ataladigan uchta parallel tizma shaklida tarmoqlanadi. Ular shimolga qarab uch ming kilometrdan ortiq masofaga cho‘zilgan. Tog‘ oralig‘idagi vodiylarda mamlakatning asosiy qishloq xo‘jaligi yerlari joylashgan va Kolumbiya aholisining aksariyati yashaydi. Biroq ko‘plab so‘ngan va faol vulqonlar,shuningdek, hududning yuqori seysmik faolligi aholi va iqtisodiyotga zarar yetkazadi.

Orinoko pasttekisligining janubida joylashgan lyanosmintaqasining Kolumbiyaga qarashli qismi yashash uchun eng qulay, ammo tarixan eng siyrak aholi yashaydigan hudud hisoblanadi. Yozi nam, qishi quruq bo‘lgan issiq subekvatorial iqlim tufayli bu yerda sernam o‘tloqli va palmali savannalar, galereya o‘rmonlari va daryolar bo‘yidagi qamishzor botqoqlar tarqalgan.

Mamlakatning janubi-sharqini Amazonka selva o‘rmonlariegallagan bo‘lib, u doimo nam ekvatorial iqlimmintaqasida joylashgan. Qalin, o‘tib bo‘lmas o‘simlik qoplami (balandligi 70 m gacha yetadigan daraxtlarning besh yarusi) va hayvonot dunyosi nihoyatda xilma-xil. Ammo murakkab tabiiy sharoit tufayli bu hududda mamlakat aholisining atigi 1 % i yashaydi.

Iqlim

Kolumbiyada ekvatorial va subekvatorial iqlim turlari hukmron. Pasttekisliklarda o‘rtacha oylik harorat +35 °C atrofida, dengiz sathidan 2000—3000 m baland tog‘larda esa +13 dan +16 °C gacha. Yillik yog‘in miqdori shimoli-sharqda 150 mm dan 10 000 mm gacha yetadi.

O‘simliklar dunyosi

Amazonka o‘rmoni Kolumbiyada

Dunyo miqyosida taxminan 10 % ulushga ega endemik o‘simlik turlari Kolumbiyada o‘sadi.

Karib sohillarida mangra o‘rmonlari,shimoldagi pasttekisliklar va Tinch okeani pasttekisligida — nam doimiy yashil o‘simliklar, shimoli-sharq va shimolda esa savannalar («lyanos» deb ataladi) ustunlik qiladi. And tog‘larida o‘simliklar balandlikka qarab o‘zgaradi (balandlik mintaqalanishi): o‘rmonli quyi yonbag‘irlar asta-sekin siyrak o‘rmonlar, butazorlar, turli o‘tlar va baland tog‘ yaylovlariga o‘tadi. Orxideya Cattleya trianae (Triana kattleyasi) milliy gul, palma Ceroxylon quindiuense (Kindio mum palmasi) esa Kolumbiyaning milliy daraxti hisoblanadi.

Hayvonot dunyosi

Mamlakat hayvonot dunyosi ham boy va xilma-xil: unda kapalaklar, piranyalar, maymunlar, ayiqlar, yaguarlar, kondorlar, ilonlar va kolibrilar.

Tarix

Mustamlakachilikdan oldingi davr

Qadimgi haykal «San-Agustin» arxeologiya bog‘ida

Joylashuvi tufayli hozirgi Kolumbiya ilk ko‘chmanchilar uchun o‘tish hududi bo‘lgan. Ular Mezoamerikadan va Karib orollaridan janubga — And tog‘lari va Amazonka havzasi tomon ko‘chib borgan.

«Yo‘qolgan shahar» xarobalari miloddan avvalgi 8-asr
Oltin sol Eldorado. Muiska madaniyati

Hozirgi Kolumbiya hududida inson mavjudligining dastlabki izlari miloddan avvalgi XVII—XV asrlarga borib taqaladi. Hozirgi Bogota hududida paleohind ovchi-yig‘uvchi qabilalar yashagan bo‘lib, ular asosan Magdalena daryosi vodiysida istiqomat qilgan. Arxeologlar topgan Puerto-Ormiga (isp. Puerto Hormiga) manzilgohi Amerika arxaika davriga (miloddan avvalgi 8—2 ming yil) oid. Shuningdek, El-Arba va Tekendamahududlari Kundinamarka mintaqasida ham aholi yashaganiga doir ma’lumotlar mavjud. Kolumbiyadagi eng qadimgi sopol buyum namunalari San-Xasinto (isp. San Jacinto) manzilgohidan topilgan bo‘lib, miloddan avvalgi 5—4 ming yilliklarga taalluqlidir.

Mahalliy aholi hozirgi Kolumbiya hududida taxminan miloddan avvalgi 12,5 ming yildan beri yashab keladi. Hozirgi Bogota yaqinidagi El-Abra,Tibito va Tekendama manzilgohlarida yashagan ko‘chmanchi ovchi-yig‘uvchi qabilalar o‘zaro hamda Magdalenadaryosi vodiysida joylashgan boshqa qabilalar bilan savdo qilgan. Miloddan avvalgi 5—1-ming yilliklar oralig‘ida dehqonchilik jamiyati shakllana boshlagan: ko‘chmanchilar doimiy manzilgohlar qurgan, kulolchilik vujudga kelgan. Milodiy birinchi asrlardan hozirgi Kolumbiya hududida mahalliy hindu xalqlari (kariblar, aravaklar, chibchalar) yashagan. Ular orasida chibchalarustunlik qilgan. Chibcha qabilalarida ikki madaniy an’ana — tayrona va muiska ajralib turgan.

Miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlarida ayrim mahalliy xalqlar, jumladan muiska,, kimbayya va tayrona xalqlari kasikazgolar (isp. cacicazgos) deb atalgan kasiklar boshchiligidagi piramidasimon siyosiy boshqaruvga o‘tgan. Muiskalar asosan hozirgi Boyaka departamenti va Kundinamarkaning baland tog‘li platosida yashab, Muiska Konfederatsiyasini tuzgan. Ular makkajo‘xori, kartoshka, kinoa va paxta yetishtirgan, qo‘shni xalqlar bilan oltin, zumrad, sopol buyumlar va tosh tuz savdosini olib borgan. Ularning jamiyati o‘z davri uchun juda taraqqiy etgan, Janubiy Amerikadagi eng rivojlangan sivilizatsiyalardan biri bo‘lgan ( mayyalar va inkalardan keyin). Ular oltin hamda oltin-mis qotishmasidan zargarlik buyumlari yasagan; oltin plastinkalar pul o‘rnida ishlatilgan. Muiskalar Quyosh xudosini hosildorlik manbai deb bilib, unga hayvonlarni qurbonlik qilgan.

Tayrona xalqi Kolumbiyaning shimolidagi Syerra-Nevada-de-Santa-Marta, kimbayyalar esa Kaukadaryosi yaqinidagi hududlarda yashagan. Xalqlarning aksariyati dehqonchilik bilan shug‘ullangan, ammo jamoalarning ijtimoiy tuzilishi keskin farq qilgan. Masalan, kariblar doimiy urushlar sharoitida yashagan, boshqa xalqlar esa nisbatan tinch hayot kechirgan. Shuningdek, mamlakatning janubi-g‘arbiy qismi Inkalar imperiyasi tomonidan bosib olingan.

Ispan mustamlakachiligi

Vela burni— yevropaliklar Janubiy Amerikada ilk bor borgan joylardan biri

Ispan konkistadori Alonso de Oxeda, bundan avval Kolumbbilan dengizda suzgan va Guaxira yarimoroliga 1499-yilda yetib kelgan. XVI asr boshlarida ispanlar Janubiy Amerikani, jumladan hozirgi Kolumbiyani mustamlakaga aylantira boshladi. Ilk ispan mustamlakalari Karib sohillarida barpo qilindi. Bu sohillarni Rodrigo de Bastidasboshchiligida 1500-yilda ilk marta o‘rgangan. 1502-yilda Xristofor Kolumb Karib havzasida bo‘lgan. 1508-yilda Vasko Nunyes de Balboa bir ko‘rfazning hududini o‘rgangan: Uraba ko‘rfazi . Shuningdek, 1510-yilda qit’adagi ilk shahar — Santa-Mariya-la-Antigua-del-Daryenshahriga asos solgan. Ko‘p o‘tmay boshqa shaharlar ham qurilgan: Santa-Marta — 1525-yilda va Kartaxena — 1533-yilda.

1536-yilda Gonsalo Ximenes de Kesada 500 kishilik ekspeditsiyaga boshchilik qilib, qit'a ichkarisiga yo‘l olgan. U o‘zi o‘tgan yerlarni cho‘qintirib, keyinchalik ularni Yangi Granadaqirolligi deb atagan. 1538-yil avgustida u muiska xalqining Bakata manzilgohi yaqinida poytaxtga asos solib, uni Santa-Fe deb atagan. Keyinchalik shahar Santa-Fe-de-Bogota nomini olgan. Shu davrda yana ikki mashhur konkistador Janubiy Amerika ichkarisiga muhim yurishlar qilgan. Sebastyan de Belalkasar, Inkalar imperiyasi uchun muhim bo‘lgan Kitoshahrini zabt etgani bilan tanilgan. U qit’aning shimoliga yurish qilib, quyidagi shaharlarga asos solgan: Kali — 1536-yilda va Popayan — 1537-yilda. 1536—1539-yillarda nemis konkistadori Nikolaus Federman daryo vodiysini kesib o‘tib, Orinoko bo‘ylab yurdi va Sharqiy Kordilyera orqali «oltin shahar» — Eldoradoniizladi. Oltin shahar haqidagi afsona XVI va XVII asrlarda ispanlar hamda boshqa yevropaliklarni Yangi Granada hududlarini tadqiq etishga undashda hal qiluvchi rol o‘ynagan.

Konkistadorlar ko‘pincha o‘zaro dushman qabilalar bilan ittifoq tuzgan. Keyinchalik mahalliy ittifoqchilar istiloda va bosib olingan yerlar ustidan ispan hukmronligini saqlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Mahalliy aholi soni ko‘proq istilochilik urushlari emas, balki ularda immunitet bo‘lmagan Yevrosiyodan kelgan yuqumli kasalliklar, masalan, chechaktufayli keskin kamaygan. Yangi yerlarning huvillab qolish xavfiga duch kelgan Ispaniya toji mustamlakachilikka — yirik xo‘jaliklar barpo etish va konlarga egalik qilishga qiziquvchilarning barchasiga mulk huquqlarini bergan. XVI asrda Ispaniyada navigatsiya va boshqa dengizchilik fanlari, xususan, Kasa-de-Kontratasyonfaoliyati tufayli yuqori darajada rivojlandi. Bu Ispaniyaga Janubiy va Markaziy Amerikaga kengayishda katta ustunlik berdi.

Mustamlaka davri

Xuan de la Kosa xaritasi— Yangi dunyoning eng qadimgi xaritasi (1500)
Vilya-de-Leyva

1549-yilda Yangi Granada audiyensiyamaqomini oldi. 1542-yilda Yangi Granada hududlari Ispaniyaning Janubiy Amerikadagi boshqa mulklari bilan birga Peru vitse-qirolligi tarkibiga kiritilib, uning poytaxti Limaedi. 1547-yilda Yangi Granada noiblik huquqiga ega general-kapitanlikka aylangan. 1549-yilda Yangi Granada Santa-Fe-de-Bogotada joylashgan qirollik audiyensiyasimaqomini oldi. Uning hududi o‘sha paytda Santa-Marta, Rio-de-San-Xuan, Popayan, Guayana va Kartaxena provinsiyalarini o‘z ichiga olgan. Biroq muhim qarorlar hanuz Ispaniyadagi Hindiston ishlari kengashi tomonidan qabul qilinar edi.

XVI asrda yevropaliklar Afrikadan qullar olib kela boshlagan. Biroq Ispaniya Afrikada qul olib chiqish uchun savdo faktoriyalari tashkil eta olmagan. Shu sababli Ispaniya imperiyasi asiyentotizimini qo‘llab, boshqa mamlakatlar (asosan Portugaliya, Fransiya, Angliya va Gollandiya) savdogarlariga mustamlakalarda qul savdosi qilish uchun litsenziya bergan. Shu bilan birga, ezilgan xalqlarning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilgan kishilar ham bo‘lgan. Xususan, mahalliy xalqlar Ispaniya tojining qonuniy subyektlari hisoblangani sababli ularni qulga aylantirish taqiqlangan. Ularni himoya qilish uchun yerga egalikning turli shakllari, jumladan, resguardo (rus adabiyotlarida ba’zan rezervatsiya deb ataladi) joriy etilgan. Tog‘li hududlardagi mahalliy aholining katta qismi mustamlaka hokimiyati ajratgan resguardo yerlariga joylashtirilgan. Resguardo mahalliy jamoaning umumiy mulki hisoblangan (jamoaning o‘zi ham resguardo deb atalgan), uning ichida har bir kishi foydalanish huquqi asosida yer uchastkasiga ega bo‘lgan. Jamoaga boshliq va u tayinlagan mansabdor shaxslar rahbarlik qilgan.

1717-yilda Yangi Granadavitse-qirolligi tashkil etilgan, biroq u vaqtincha tugatilib, faqat 1739-yilda qayta tiklangan. Poytaxti Bogota bo‘lgan. Vitse-qirollikka ilgari Yangi Ispaniya yoki Peru vitse-qirolligiga qarashli ayrim shimoli-g‘arbiy provinsiyalar, asosan hozirgi Venesuela, Ekvador va Panama hududlari qo‘shilgan.

Keyinchalik, Angliya 1739-yilda Ispaniyaga urush e’lon qilgach, Kartaxena Britaniya kuchlarining asosiy nishoniga aylandi, ammo Ispaniyaning Jenkins qulog‘i uchun urushdagig‘alabasidan so‘ng bu rejalar barbod bo‘ldi. Angliya bilan Karib havzasidahukmronlik uchun kurash natijasida ispanlar ushbu hududni Yetti yillik urushgacha nazorat qilib turdilar.

Xose Selestino Mutis, ruhoniy, botanik va matematikbo‘lib, noib Antonio Kabalero-i-Gongora tomonidan Yangi Granadaga tabiatni o‘rganish uchun yuborilgan. 1783-yilda Yangi Granadaga Qirollik botanika ekspeditsiyasi boshlandi. Uning davomida o‘simliklar va hayvonlar tasniflandi, 1803-yilda esa Bogotada ilk rasadxona tashkil etildi.

Mustaqillik uchun kurash

Simon Bolivar— Lotin Amerikasidagi ispan mustamlakalari mustaqilligi uchun kurashchi

Mustamlakachilik boshlanganidan buyon ispan istilochilariga qarshi bir necha qo‘zg‘olon ko‘tarilgan, ammo ularning aksariyati bostirilgan yoki mamlakatdagi vaziyatni o‘zgartira olmaydigan darajada zaiflashgan. So‘nggi mustaqillik harakati taxminan 1810-yilda, San-Domingo 1804-yilda mustaqillik e’lon qilinganidan so‘ng paydo bo‘ldi. Bu harakat qo‘zg‘olon yetakchisi — Simon Bolivarhamda Fransisko de Paula Santandergayordam bergan. Santander ham mustaqillik kurashida hal qiluvchi rol o‘ynagan.

Harakatni Antonio Narinyoboshlab bergan. U Ispaniyaning markazlashtirish siyosatiga norozilik bildirgan va noiblikka qarshi isyonchilarga boshchilik qilgan. Kartaxena 1811-yil noyabrda mustaqil bo‘lgan. 1811-yilda Kamilo Torres Tenorioboshchiligida Yangi Granada Qo‘shma Shtatlari e’lon qilingan. Vatanparvarlar orasidagi ikki xil mafkuraviy yo‘nalish — federalizm va markazchilik qarama-qarshiligi mamlakatni beqarorlashtirgan. Oradan ko‘p o‘tmay, Napoleon urushlari tugagach, Ferdinand VII Janubiy Amerikaning shimoliy qismiga harbiy kuchlar yuborishga qaror qildi. Vitse-qirollik maqomi qayta tiklanib, qo‘mondonlik Xuan Samanozimmasiga yuklandi. Uning rejimi vatanparvarlik qo‘zg‘olonlarida qatnashganlarni jazoladi. Bunday qatag‘onlar venesuelalik Simon Bolivarboshchiligida yangi qo‘zg‘olonlar to‘lqinini keltirib chiqargan. Bu omil Ispaniyaning ichki zaiflashuvi bilan birga 1819-yilda to‘liq mustaqillik e’lon qilinishida hal qiluvchi rol o‘ynagan. Ispaniya tarafdorlarining qarshiligi Kolumbiyada 1822-yilda, Venesuelada 1823-yilda bostirilgan.

Mustaqillikning birinchi asri

Sobiq Yangi Granada hududida Kolumbiya Respublikasi (1819—1831) tashkil topgan. Uning tarkibiga hozirgi Kolumbiya, Panama, Ekvador, Venesuelashuningdek, Gayana va Braziliyaningbir qismi hamda Maranon. Kukutadagi kongress 1821-yilda yangi respublika konstitutsiyasini qabul qilgan. Simon Bolivar Kolumbiyaning birinchi prezidenti, Santander esa birinchi vitse-prezidenti bo‘lgan. Biroq ichki siyosiy va hududiy kelishmovchiliklar tufayli yangi respublika beqaror edi. 1830-yilda uning tarkibidan uch mamlakat — Yangi Granada,Ekvador va Venesuela chiqib ketgan. 1860-yilda ikki yil davom etgan fuqarolar urushi, uning natijasida Kolumbiya Qo‘shma Shtatlari 1863-yilda tashkil etilgan. U 1886-yilgacha mavjud bo‘lgan, o‘sha vaqtda Kolumbiya Respublikasi uzil-kesil shakllangan. Mamlakatdagi partiyalararo ziddiyatlar ko‘pincha qonli fuqarolar urushlariga sabab bo‘lgan. Ularning eng yirigi — Ming kunlik urush (1899—1902) bo‘lib, uning davomida Panama Kolumbiyadan ajralib chiqqan.

Kolumbiya Janubiy Amerikada birinchi bo‘lib konstitutsiyaviy hukumatga ega bo‘lgan. Mamlakatdagi Liberal va Konservativ partiyalar mos ravishda 1848 va 1849-yillarda tuzilgan bo‘lib, Amerika qit’asida hozirgacha mavjud eng qadimgi partiyalardir. 1851-yilda mamlakatda qullik bekor qilingan.

Hozirgi davr

«Viskonsin» harbiy kemasida tinchlik shartnomasining imzolanishi. 1902-yil

Kolumbiya XX asrga fuqarolar urushi sharoitida kirib keldi. Urushning oqibatlari, mamlakatning bankrotligi va AQShning iqtisodiy manfaatlari tufayli Panama respublikadan ajralib chiqdi 1903-yilda. Urush tugagach, Rafael Reyes (1904—1909) prezident etib saylandi. U Kongressni tarqatib yuborib, uning o‘rniga diktatorlik vakolatlari berilgan Ta’sis majlisini tashkil etdi. Reyes davrida mamlakatda tartib o‘rnatildi, iqtisodiyot barqarorlashdi, sanoatlashtirish va davlatni modernizatsiya qilish boshlandi.

1921-yilda, kanal qurilishi yakunlanganidan yetti yil o‘tib, AQSh Kolumbiyaga 25 mln dollar tovon puli to‘lagan hamda Teodor Ruzveltning Panamaning ajralib chiqishidan manfaatdor bo‘lganini tan olgan. Buning evaziga Kolumbiya Panamaning mustaqilligini tan oldi.

1930-yilda konservatorlar hukmronligi tugadi; 45 yil ichida, ya’ni 1886-yildan beri ilk bor liberallarg‘alaba qozondi. Enrike Olaya Errera (1930—1934) hokimiyatga kelishi bilan tarixchilar «liberal respublika» deb ataydigan davr boshlandi, chunki liberallar mamlakatni 1930-yildan 1946-yilgacha uzluksiz boshqardi.

Biroq barqarorlik davri tez orada 1940-yillarning oxiridan 1958-yilgacha davom etgan qonli mojaro bilan uzildi. Bu davr La Violensiyadeb ataldi. Mojaroga yetakchi siyosiy partiyalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sabab bo‘ldi. Qurolli harakatlarning boshlanishiga esa Liberal partiyaning prezidentlikka nomzodi Xorxe Eleser Gaytanning 9-aprel 1948-yilda o‘ldirilishi turtki bo‘ldi. Qotillik ortidan Bogotasodeb atalgan ommaviy tartibsizliklar boshlanib, butun mamlakatga yoyildi va qariyb 300 ming kolumbiyalikning hayotiga zomin bo‘ldi.

1950-yilda Laureano Gomes prezident etib saylangach, Kolumbiya Koreya urushiga qo‘shildi va unda AQSh ittifoqchisi sifatida qatnashgan yagona Lotin Amerikasi davlati bo‘ldi. Kolumbiya qo‘shinlarining Old-Baldi jangidagi qarshiligi ayniqsa e’tiborga molik edi.

1964-yildan 2016-yilgacha Kolumbiyada hukumat va kommunistik isyonchilar o‘rtasida fuqarolar urushi kechdi (isyonchilarni SSSR qo‘llab-quvvatlagan). Asosiy qarshi kuchlar o‘ng qanot siyosiy kuchlariga qarshi kurashgan Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari — Xalq armiyasi (FARK) va Milliy ozodlik armiyasi (ANO) edi. Urushda o‘ta o‘ng qurolli tuzilmalar («paramilitares») ham qatnashgan. Ulardan eng yirigi Kolumbiya birlashgan o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari (AUC) bo‘lib, u davlat darajasidagi qo‘llov va boy chorvador-fermerlar («ganaderos») yordamida 1997-yil aprelida marksist partizanlarga qarshi kurashish uchun tuzilgan. Ba’zan ular Kolumbiyaning rasmiy qurolli kuchlari bilan birga jang qilgan. 2006-yil boshida «ganaderos» terrorchi tashkilot deb tan olinib, faoliyatini tugatgan.

2016-yilda FARK va hukumat o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bitimi tuzildi. 1-sentabr 2017-yilda Bogotadagi FARK qurultoyining qariyb 1200 delegati harakatni siyosiy partiyaga aylantirish uchun ovoz berdi. 2019-yil avgust oyi oxirida FARK yetakchilaridan biri Ivan Markes kamuflyaj kiyimdagi bir necha o‘n kishi orasida videomurojaat qilib, hokimiyatga qarshi qurolli kurashni qayta boshlashini e’lon qildi. Ko‘pchilik uni qo‘llamadi, ammo murosasiz a’zolar Milliy ozodlik armiyasi bilan birlashishga tayyor ekanini bildirdi.

2022-yilda chap-markazchi «Tarixiy pakt» koalitsiyasi nomzodi Gustavo Fransisko Petro Urrego 50,44 % ovoz bilan prezident etib saylandi.

3-iyun 2025-yilda BMT Bosh Assambleyasi Kolumbiyani doimiy bo‘lmagan a’zo sifatida Xavfsizlik Kengashiga 1-yanvar 2026-yildan boshlanadigan ikki yilga sayladi.

Siyosiy tuzum

Kolumbiya respublikadir. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. U aholi tomonidan to‘rt yilga saylanadi va ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas.

19-iyun 2022-yilda ikkinchi tur navbatdagi prezidentlik saylovlaribo‘lib o‘tdi. Unda chap-markazchi «Tarixiy pakt» koalitsiyasi nomzodi, senator Gustavo Fransisko Petro Urrego50,42 % ovoz bilan g‘alaba qozonib, partiyasiz raqibi Rodolfo Ernandes Suaresdan(47,35 %) ustun keldi. 7-avgust 2022-yilda Gustavo Fransisko Petro Urrego rasman Kolumbiya prezidenti lavozimiga kirishdi.

Hukumat to‘rtta asosiy partiya («Kolumbiya qodir» tarixiy pakti, Yashillar partiyasi, Liberal partiya, Kommunistik partiya, Milliy birlik ijtimoiy partiyasi,, Konservativ partiya va «Radikal o‘zgarish» partiyasi) hamda Gustavo Petro saylanishini qo‘llab-quvvatlagan yana yettita kichik partiya koalitsiyasidan tuzilgan.

Ikki palatali parlament (Kongress) — Senat (102 o‘rin) aholi tomonidan to‘rt yilga saylanadi, Vakillar palatasi (166 o‘rin) ham aholi tomonidan to‘rt yilga saylanadi.

Siyosiy partiyalar

Asosiy partiyalar ( 2010-yil mart oyidagi saylovlar):

Bundan tashqari, Vakillar palatasida yana 4 partiya (har biri 1—2 deputat bilan) vakillikka ega.

Ma’muriy bo‘linish

Kolumbiyaning ma’muriy bo‘linishi

Kolumbiyaning ma’muriy bo‘linishi belgilangan bo‘lib, bunga 1991-yilgi Konstitutsiya, unga kiritilgan o‘zgartishlar va 136-sonli 2-iyun 1994-yildagi qonun asos bo‘lgan. Mamlakatda ma’muriy-hududiy bo‘linishning uch pog‘onasi mavjud. Birinchi pog‘onada departamentlar va poytaxt okrugi — Bogota,ikkinchi pog‘onada munitsipalitetlar joylashgan.

Ayrim departamentlarda oraliq ma’muriy pog‘ona ham mavjud bo‘lib, u turli departamentlarda turlicha nomlanadi: provinsiyalaryoki submintaqalar.

Departamentlar

№ Departament Ma’muriy markaz Maydoni, km² Aholisi, kishi (2005) Zichligi, kishi/km²
1. Amazonas Letisiya 109 665 56 036 0,51
2. Antiokiya Medelyin 63 612 5 671 689 89,16
3. Arauka Arauka 23 818 208 605 8,76
4. Atlantiko Barrankilya 3 388 2 112 128 623,41
5. Bolivar Kartaxena 25 978 1 860 445 71,62
6. Boyaka Tunxa 23 189 1 211 186 52,23
7. Kaldas Manisales 7888 908 841 115,22
8. Kaketa Florensiya 88 965 404 896 4,55
9. Kasanare Yopal 44 640 282 452 6,33
10. Kauka Popayan 29 308 1 244 886 42,48
11. Sesar Valedupar 22 905 879 914 38,42
12. Choko Kibdo 46 530 441 395 9,49
13. Kordova Monteriya 25 020 1 472 699 58,86
14. Kundinamarka Bogota 22 653 2 228 478 98,37
15. Guayniya Inirida 72 238 43 314 0,60
16. Guavyare San-Xose-del-Guavyare 53 460 133 326 2,49
17. Uila Neyva 19 890 1 006 797 50,62
18. Guaxira Rioacha 20 848 623 250 29,89
19. Magdalena Santa-Marta 23 188 1 136 901 49,03
20. Meta Vilyavisensio 85 635 789 276 9,22
21. Narinyo Pasto 33 268 1 521 777 45,74
22. Putumayo Mokoa 24 885 299 286 12,03
23. Kindio Armeniya 1845 518 691 281,13
24. Risaralda Pereyra 4140 863 663 208,61
25. San-Andres va Providensiya San-Andres 52 59 573 1145,63
26. Santander Bukaramanga 30 537 1 916 336 62,75
27. Shimoliy Santander Kukuta 21 658 1 228 028 56,70
28. Sukre Sinseleho 10 917 765 285 70,10
29. Tolima Ibague 23 562 1 335 177 56,67
30. Valye-del-Kauka Kali 22 140 4 060 196 183,39
31. Vaupes Mitu 54 135 27 124 0,50
32. Vichada Puerto-Karrenyo 100 242 55 158 0,55
— Santa-Fe-de-Bogota Bogota 1776 7 363 762 4146,26
Jami 1 141 975 42 730 570 37,42


Tashqi siyosat

Iqtisodiyot

1-yanvar 2026-yildan boshlab Kolumbiyada eng kam ish haqi 1 750 905 peso (474,47 $, unga qo‘shimcha ravishda 249 095 peso (67,50 $) miqdorida majburiy transport subsidiyasi to‘lanadi. Jami oylik to‘lov 2 000 000 peso (541,90 $)ni tashkil etadi.

Afzalliklari: neft va ko‘mir zaxiralari hamda gidroelektr stansiyalar hisobiga energiya ta’minotida deyarli mustaqil. Sog‘lom va diversifikatsiyalashgan iqtisodiyot eksportga, avvalo qahva va ko‘mirga yo‘naltirilgan.

Zaif tomonlari: giyohvand moddalar savdosi, korrupsiya va siyosiy beqarorlik investorlarni cho‘chitadi. Sanoatning raqobatbardoshligi past. Ishsizlik yuqori (2008-yilda 11,3 %). Jahon bozorida qahva narxlari tebranadi. Kokain eksporti tufayli tashqi siyosiy muammolar mavjud.

2009-yilda aholi jon boshiga YIM 5,1 ming dollar (dunyoda 110-o‘rin) bo‘lgan. Aholining 47 % i qashshoqlik chegarasidan pastda yashagan (2008). Ishsizlik — 12 % (2009).

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2012-yilda Kolumbiyada aholi jon boshiga YIM 7,751 ming dollarni (dunyoda 75-o‘rin) tashkil etgan. Umumiy YIM esa 502,8 mlrd AQSh dollari bo‘lib, mamlakatga dunyoda 25-o‘rinni ta’minlagan.

Tashqi savdo

Eksport (44,24 mlrd dollar, 2017-yil): neft mahsulotlari, qahva, ko‘mir, nikel, zumradlar, kiyim-kechak, bananlar, shuningdek, gulchilik mahsulotlari.

Asosiy xaridorlar — AQSh (28,5 %), Panama (8,6 %), Xitoy (5,1 %).

Import (47,13 mlrd dollar, 2017-yil): sanoat uskunalari, transport vositalari, iste’mol tovarlari, kimyoviy moddalar, yoqilg‘i.

Asosiy yetkazib beruvchilar — AQSh (26,3 %), Xitoy (19,3 %), Meksika (7,5 %), Braziliya (5 %), Germaniya (4,1 %).

Qishloq xo‘jaligi

Ishlovchilarning 18 % i qishloq xo‘jaligida band. Yerlarning 5 % i ekin ekishga, 38 % i chorva boqishga ishlatiladi. Eng unumdor tuproqlar plato va ayrim tekislik hududlarida joylashgan. Kolumbiya dunyoda qahvaishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Tog‘li hududlarning asosiy tovar ekinlari — paxta va tamakiPasttekisliklarda eksportbop ekinlar — banan, shakarqamishshuningdek, manzarali gulli o‘simliklarplantatsiyalari joylashgan. Ichki bozor uchun sholi, makkajo‘xori, kartoshka va jo‘xoriyetishtiriladi. Chorvachilikda qoramolchilik, cho‘chqachilik va qo‘ychilik ustunlik qiladi. Mamlakatning janubiy departamentlarida koka o‘simligini yetishtirishkeng tarqalgan bo‘lib, bu faoliyatni Kolumbiya narkokartellari nazorat qiladi.

Konchilik

Kolumbiya asosan And tog‘lari hududida to‘plangan katta foydali qazilma zaxiralariga ega. Mamlakatda oltin, kumush, platina, zumrad (jahon qazib olishining 90 % i), toshko‘mir, neft (yiliga 19 mln tonna), tabiiy gazqazib olinadi. Shuningdek, mis, simob, qo‘rg‘oshin va marganeskonlari o‘zlashtirilgan. Ma’lum, ammo (kamida rasmiy ravishda) hali o‘zlashtirilmagan uran zaxiralari ham bor.

Sanoat

Medelyin

So‘nggi 20 yil ichida mashinasozlik, qayta ishlash, poyabzal, kimyo va to‘qimachilik sanoati jadal rivojlanmoqda. Asosiy sanoat markazlari — Bogota, Medelyin va Kali. Oziq-ovqat sanoati korxonalari asosan shakarqamish, sholi, sabzavot va mevalarni qayta ishlaydi.

Energetika

Mamlakatning jami energiya resurslari zaxirasi 7,254 mlrd tonna shartli yoqilg‘iga (ko‘mir ekvivalentida) baholanadi. BMT Statistika bo‘limi (UNSD) va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yil oxirida Kolumbiya energetikasining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lgan. Organik yoqilg‘i ishlab chiqarish — 209673 ming tonna shartli yoqilg‘i. Umumiy ta’minot — 89957 ming tonna. Elektr stansiyalari va isitish qurilmalarida energiyaga aylantirish uchun 8071 ming tonna yoki umumiy ta’minotning 9,0 % i sarflangan. Elektr stansiyalarining o‘rnatilgan netto quvvati — 19009 MVt, shu jumladan organik yoqilg‘ida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari (IES) — 36,2 %, qayta tiklanuvchi energiya manbalari — 63,8 %. Yalpi elektr energiyasi ishlab chiqarish — 80590 mln kVt·soat, shu jumladan IES — 32,0 %, qayta tiklanuvchi manbalar — 68,0 %. Elektr energiyasining yakuniy iste’moli — 67171 mln kVt·soat, shundan sanoat — 33,2 %, transport — 0,2 %, maishiy iste’molchilar — 36,9 %, tijorat sektori va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari — 24,3 %, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi hamda baliqchilik — 1,2 %, boshqa iste’molchilar — 4,1 %. Energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari: 2019-yilda xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (nominal narxlarda) — 15633 dollar, aholi jon boshiga yalpi elektr energiyasi iste’moli — 1360 kVt·soat, aholining jon boshiga elektr iste’moli — 502 kVt·soat. Elektr stansiyalarining o‘rnatilgan netto quvvatidan foydalanish vaqti — 4229 soat.

Transport

Katta masofalar, botqoqlar, o‘rmonlar, tog‘lar va aholi sonining kamligi quruqlik transportining rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, havo qatnovidan tobora ko‘proq foydalanishga olib kelmoqda.

Jami 4160 km temiryo‘l va 100 000 km dan ortiq avtomobil yo‘llari bor. Ular orasida Kolumbiya orqali o‘tib, Venesuela bilan Ekvadorni bog‘lovchi xalqaro ahamiyatdagi avtomagistral ham mavjud.

Birinchi xalqaro tijorat aviayo‘li 1919-yildaishga tushirilgan. Hozir mamlakatda qariyb 670 ta aerodrommavjud. Asosiy aeroportlar Barrankilya, Medelyin, Kali va Bogotada joylashgan.

Kartaxena-de-Indias, Buenaventura va Barrankilya — eng yirik portlar. Daryo kema qatnovi tarmog‘i uzunligi 14 000 km dan ortiq.

Aholi

Aholining yosh-jins piramidasi , Kolumbiya, 2020-yil

2024-yilgi baholashga ko‘ra, aholi soni 49 588 357 kishini, yillik o‘sish sur’ati esa 0,48 % ni tashkil etgan.

O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi erkaklarda 71,3 yil, ayollarda 78,7 yil.

Shahar aholisi — 82,4 % (2023), urbanizatsiya sur’ati — 1,01 % (2020—2025).

Savodxonlik — 90,4 % (2005-yilgi aholini ro‘yxatga olish), 96 % (2020-yilgi baholash).

Irqiy tarkibi:

  • oq tanlilar va metislar (87,6 %);
  • mulatlar va qora tanlilar (6,8 %);
  • mahalliy hindu xalqlari (4,3 %).
  • noma’lum (1,4 %).

Mahalliy hindu aholisining ahvoli

11-oktabr 1821-yildagi qonun hindularni oq tanlilar bilan teng huquqli erkin fuqarolar deb e’lon qildi va resguardo (rezervatsiya) yerlarini jamoa a’zolari o‘rtasida «sharoit imkon berganda, lekin besh yildan kechiktirmay, ularning to‘liq egaligi va mulkiga» bo‘lib berishni (3-modda) buyurdi. XIX asrda ayrim hindular ancha yuqori harbiy unvonlar va ma’muriy lavozimlarga erisha olgan. 1890-yilgi qonunga ko‘ra, resguardo mahalliy xalqlari Respublikaning umumiy qonunlari bilan emas, maxsus farmoyishlar asosida boshqarilishi va missionerlik orqali «sivilizatsiyalashgan hayotga olib kelinishi» kerak edi. 1960-yilga kelib mamlakatda 81 ta resguardo qolgan bo‘lib, ularning umumiy maydoni 400 ming gektar edi (deyarli barchasi janubi-g‘arbda). XX asrda mahalliy xalqlarning huquqlar uchun kurashi natijasida davlat resguardolarni tan oldi va 1965—1986-yillarda chekka hududlarda 158 ta rezervatsiya (reserva) barpo etildi; ularning umumiy maydoni 12 400 ming gektar bo‘lib, ularda 128 ming kishi istiqomat qilgan. 1991-yilgi Konstitutsiya mahalliy tillarga hududiy maqom berdi, etnik jamoalarda ikki tilli ta’limni tan oldi va parlamentda hindular uchun ikki o‘rin ajratdi. Konstitutsiya mahalliy hududlarning o‘zini o‘zi boshqarish hamda tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish huquqini ham tan oldi. Natijada 2005-yilda Ichki ishlar vazirligining mahalliy xalqlar masalalari bo‘limi 567 ta resguardoni (yangi tashkil etilgan rezervatsiyalar ham shu qadimiy nom bilan ataladi) ro‘yxatga oldi; ularning umumiy maydoni 36 500 ming gektardan ortiq bo‘lib, ularda 800 mingdan sal ortiq kishi, jumladan, 76 503 oila yashagan. 1396-sonli 1996-yilgi farmonga asosan mahalliy xalqlar uchun Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiya tuzildi.

Din

Bogota bosh sobori Bogota

Kolumbiya aholisining aksariyati xristianlar (95,7 %). Xristianlik (katoliklik shaklida) hozirgi Kolumbiya hududiga ispan mustamlakachilari bilan kirib kelib, mahalliy aholi orasida tez tarqalgan. XIX asrda mamlakatda protestantlar,XX asrda esa pravoslavlarpaydo bo‘lgan. XX asr o‘rtalaridan boshlab dindorlarning katolik cherkovini ommaviy tark etib, turli protestant jamoalariga o‘tishi kuzatilgan. XXI asr boshiga kelib katoliklarning umumiy aholidagi ulushi 79 % gacha kamaygan. Protestantlar ulushi 10—17 % atrofida baholanadi; ulardan eng ko‘pi pyatidesyatniklar (Pentekostalchilar) (2,9 mln). Pravoslavlar (asosan Yaqin Sharqdan kelganlar) 12 ming kishini tashkil etadi.

Kolumbiyada an’anaviy mahalliy hindu dinlari ham saqlanib qolgan va ularning tarafdorlari 305 ming kishini tashkil etadi. Yana 490 ming kolumbiyalik mahalliy hindu e’tiqodlari, Afrika diniy amaliyotlari va katoliklik aralashmasidan iborat turli spiritizm kultlariga amal qiladi.

Arab muhojirlari islomga (14 ming), xitoy jamoasining ayrim a’zolari esa Xitoy xalq diniga (2,4 ming) e’tiqod qiladi; xitoylar va yaponlarning bir qismi buddizmga (2 ming) amal qiladi. Hinduizm Kolumbiyada (9 ming) asosan neohinduistik harakatlar orqali namoyon bo‘ladi. Kolumbiyada 70 ming nafar bahoiylik tarafdori, yana 4,6 ming yahudiy va yangi diniy harakatlar izdoshlari yashaydi.

Taxminan 1,1 mln kolumbiyalik (aholining 2,4 % i) dinsizdir.

Madaniyat

Barrankilya

Kolumbiya hududida ikki madaniyat qo‘shilib ketgan: XV asrda ispan konkistadorlari olib kelgan Yevropa madaniyati hamda ming yillik tarixidan boy meros qoldirgan mahalliy hindu sivilizatsiyalari va xalqlari aralashuvida shakllangan madaniyat. Mamlakat aholisi yevropaliklar, hindular va Afrikadanolib kelingan qora tanli qullar avlodlarining aralashmasidan iborat. Mamlakatning umumiy tili ispan tili va asosiy dini katoliklik bo‘lishiga qaramay, Kolumbiya katta etnik va madaniy xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Kolumbgacha bo‘lgan qadimgi sivilizatsiya, butun Amerika qit’asidagi eng mukammal oltin va boshqa materiallardan yasalgan buyumlar yaratgan hindular mahorati Ispaniya madaniyati va san’ati, qora tanlilar va mulatlarning musiqasi, plastik san’ati va an’analari hamda metislarning tasavvur olami bilan boyidi.

Aynan shu yerda eng buyuk vakili Gabriel Garsiya Markesbo‘lgan sehrli realizm shakllandi. Kolumbiyalik rassomlardan Fernando Botero, Alehandro Obregonva Gilyermo Videman ijodida ham shu o‘ziga xos ruh seziladi. Tropik raqslar va musiqa — salsa, kumbiyaporro, valyenatoham shu yerga borib taqaladi. Kolumbiya madaniyatining dadil yangilikka intilishi aynan shu tarixiy asosda shakllangan.

Til

Ispan tili Kolumbiyaning rasmiy tili bo‘lib, unda ayrim mahalliy hindu qabilalaridan tashqari deyarli barcha aholi (99,2 %) so‘zlashadi. Mamlakat hududida 65 ta saqlanib qolgan hindu tili mavjud, biroq ularning soni yildan yilga kamaymoqda. Shuningdek, ikki kreol tilida, roman (lo‘lilar) tilida va Kolumbiya imo-ishora tilida ham so‘zlashiladi. Ingliz tili quyidagi departamentda ham rasmiy maqomga ega: San-Andres va Providensiya.

Kolumbiya maktablarida ingliz tili o‘qitiladi, biroq hozir kolumbiyaliklarning juda oz qismi bu tilda gaplasha oladi.

Ispan tilining ma’no, morfologiya, sintaksis va ohang jihatidan farqlanuvchi ko‘plab lahjalari mavjud. Lotin Amerikasi ispan tilining umumiy xususiyatlari mamlakatning barcha mintaqalarida saqlanadi. Kolumbiya shimolida kariblar so‘zlashadigan o‘xshash lahjalar guruhi («kostenyos») ajralib turadi. Janubda, And tog‘larida, qo‘shni davlatlar — Ekvador va Peru — tog‘li hududlari shevalariga yaqin «And ispan tili» tarqalgan.

Kolumbiyaning Altiplano Kundiboyasense (isp. Altiplano Cundiboyacense) platosida so‘zlashiladigan ispan tili betaraf aksenti va ravshan talaffuzi bilan tanilgan. Shu sababli u Atlantika okeanining har ikki tomonida so‘zlashiladigan eng an’anaviy ispan tili lahjalaridan biri hisoblanadi.

Mahalliy hindu etnik guruhlarining tillari va lahjalari ham o‘z hududlarida rasmiy maqomga ega. Taxminan 850 ming kolumbiyalik mahalliy tillarda so‘zlashadi. Eng keng tarqalgan guruhlar — chibcha, tukano, bora-vitoto, guaxibo va boshqalar.

Kolumbiya musiqasi

Kolumbiyaning an’anaviy musiqasi. Kordovadagi Porro festivali

Kolumbiya an’anaviy musiqasi mamlakat milliy tarkibining o‘ziga xosligini aks ettiradi. Kolumbiya «ming ritmlar yurti» deb ataladi. Tinch okeani sohilida va markaziy tog‘li hududlarda ispan musiqasiga xos belgilari bo‘lgan kreol musiqasi ustunlik qiladi; ichki va sharqiy hududlarda mahalliy hindu musiqa madaniyati saqlanib qolgan; Karib sohilining musiqiy folkloriga Afrika musiqasi ta’sir ko‘rsatgan.

Kreol musiqasining asosiy qo‘shiq-raqs shakllari — bambuko, pasilyo, torbelyino, guabina va boshqalar. Cholg‘ular orasida chertib chalinadigan torli asboblar — tiple (gitara turi), bandola va rekinto ustunlik qiladi.

Kolumbiyaning zamonaviy pop-musiqasi. Shakira

Mahalliy hindu musiqasi uchun pentatonika, qo‘shiq, raqs va cholg‘u jo‘rligining ajralmas birligi xos. Nafasli cholg‘ular (qamish naylar, yog‘och karnaylar — fotuto) va zarbli-shovqinli asboblar (turli barabanlar, baraban-ksilofon — manguare, shaqildoqlar) ustunlik qiladi.

Afrika kelib chiqishli folklor ikki hissali o‘lchovning ta’kidlanishi, keskin sinkopali ritmlar, poliritmiya va zarbli-shovqinli cholg‘ularning ustunligi bilan ajralib turadi. Eng keng tarqalgan qo‘shiq-raqs shakllari — porro, kumbiya, valyenato, merenge, rumba.

Adabiyot

Eng mashhur kolumbiyalik yozuvchi — Nobel mukofoti sovrindori (1982), XX asr jahon adabiyotining klassigi Gabriel Garsiya Markes.

Ommaviy axborot vositalari

RTVC Sistema de Medios Públicos davlat teleradiokompaniyasi 1954-yilda Radiotelevisora Nacional de Colombia nomi bilan tashkil etilgan, 1963-yildan Inravisión (Instituto Nacional de Radio y Televisión — «Milliy radio va televideniye instituti») nomini olgan. Uning tarkibiga Canal Uno telekanali (Cadena Uno, Televisora Nacional de Colombia, Canal Nacional nomlari bilan ham tanilgan; 1954-yilda ishga tushirilgan), Canal Institucional (Cadena Dos nomi bilan ham tanilgan; 1972-yilda ishga tushirilgan), Señal Colombia (Cadena 3 nomi bilan ham tanilgan; 1972-yilda ishga tushirilgan), Radio Nacional de Colombia radiostansiyasi (1929-yilda ishga tushirilgan) va Radiónica (2005-yilda ishga tushirilgan) kiradi.

Kinematografiya

Telenovellalar teleefirning asosiy qismini egallaydi. Ularning iqtisodiy ko‘lami madaniy va jurnalistik muhitni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Ular milliy bozor chegarasidan chiqib, xorijda ham keng tarqalmoqda. Xalqaro kompaniyalar Lotin Amerikasi audiovizual mahsulotlarini birlashtirish tamoyillarini belgilamoqda. Hozirda telenovellalarni asosan xususiy kompaniyalarga qarashli eng mashhur Caracol Television va Canal RCN telekanallari ishlab chiqaradi.

Sport

Radamel Falkao Garsiya— milliy terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar

Kolumbiya futbol terma jamoasi — Amerika kubogining 2001-yilgi g‘olibi. Kolumbiya klublari («Atletiko Nasyonal» va «Onse Kaldas») ikki marta Libertadores kubogini qo‘lga kiritgan. Kolumbiya terma jamoasi 2014-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining 1/4 finaliga chiqqan. 2017-yildan beri ayollar futbol chempionati o‘tkaziladi.

2000-yillardan boshlab Kolumbiyada ayniqsa mashhur ko‘cha sporti turi — jimbarrbo‘lib qolgan, garchi u ilgari ham — XX asr o‘rtalaridan muvaffaqiyatli rivojlangan bo‘lsa-da.

Olimpiya o‘yinlarida kolumbiyaliklar 1932-yildan qatnashib kelmoqda va o‘shandan buyon 19 ta medal, jumladan, 2 ta oltin qo‘lga kiritgan (og‘ir atletikachi Mariya Urrutiya 2000-yilda Kolumbiya tarixidagi birinchi Olimpiya chempioni bo‘lgan, 2012-yilda esa mamlakatga ikkinchi oltin medalni 20 yoshli velosportchi Mariana PaxonBMX yo‘nalishida g‘olib chiqib keltirgan). Umuman, 2012-yilgi London Olimpiadasi kolumbiyaliklar uchun tarixdagi eng muvaffaqiyatli o‘yinlar bo‘lgan: ular birdaniga 8 ta medalni 5 xil sport turi (dzyudo, kurash, og‘ir atletika, yengil atletika va velosport) bo‘yicha qo‘lga kiritgan.

Muzeylar

Kolumbiyada tarix, arxeologiya, etnografiya, qurol-yarog‘, tasviriy san’at, antropologiya, oltin (dunyodagi yagona oltin muzeyi — unda qadimgi hindularga tegishli oltin va zumraddan yasalgan 24 ming buyum bor) va mustamlaka san’atiga oid ko‘plab muzeylar mavjud. Amerikadagi ispan mustamlakalari mustaqilligi uchun kurash yetakchisi S. Bolivarning uy-muzeyi Bogotada joylashgan.

Kolumbiya bayramlari

Havolalar