
Qon tahlili — laboratoriyada qonni tekshirishbo‘lib, organizmning umumiy holatini aniqlashning asosiy usullaridan biri hisoblanadi va ko‘plab kasalliklarni tashxislashda yordam beradi. U profilaktika maqsadida sog‘lom odamlarda ham o‘tkaziladi.
Fiziologik va patologik jarayonlarning aksariyati qon tarkibiga ta’sir qilgani sababli, qonni laboratoriyada tahlil qilish organizm holatini baholash imkonini beradi.
Umumiy (klinik) qon tahlili
Tahlilni o‘tkazish usuli va vaqti
Umumiy tahlil uchun qon barmoqdan, kamroq hollarda esa venadan (shifokor ko‘rsatmasiga binoan) olinadi. Qon ertalab och qoringa olinadi (tahlildan 4 soat oldin ovqat yeyish va suyuqlik ichish mumkin emas).
Asosiy ko‘rsatkichlar
Umumiy qon tahlilida 5 dan 24 tagacha parametr tekshiriladi. Tahlilning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar:
Gemoglobin
Gemoglobin (HGB — gemoglobin) — eritrotsitlarda uchraydigan, tarkibida temir saqlovchi transport oqsili bo‘lib, kislorodni o‘pkadan to‘qima va a’zolarga, karbonat angidridni esa o‘pkaga qaytarish uchun mas’ul. Gemoglobin miqdori gramm/litr (g/l) bilan o‘lchanadi. Qonda gemoglobin miqdorining kamayishi anemiyaga sabab bo‘ladi.
Gemoglobin me’yori jins va yoshga qarab:
| Yosh | Jins | O‘lchov birligi — g/l |
| 2 haftagacha | 134—198 | |
| 2 haftadan 4,3 haftagacha | 107—171 | |
| 4,3 haftadan 8,6 haftagacha | 94—130 | |
| 8,6 haftadan 4 oylikkacha | 103—141 | |
| 4 oydan 6 oylikkacha | 111—141 | |
| 6 oydan 9 oylikkacha | 114—140 | |
| 9 oydan 1 yoshgacha | 113—141 | |
| 1 yoshdan 5 yoshgacha | 100—140 | |
| 5 yoshdan 10 yoshgacha | 115—145 | |
| 10 yoshdan 12 yoshgacha | 120—150 | |
| 12 yoshdan 15 yoshgacha | Ayollar | 115—150 |
| Erkaklar | 120—160 | |
| 15 yoshdan 18 yoshgacha | Ayollar | 117—153 |
| Erkaklar | 117—166 | |
| 18 yoshdan 45 yoshgacha | Ayollar | 117—155 |
| Erkaklar | 132—173 | |
| 45 yoshdan 65 yoshgacha | Ayollar | 117—160 |
| Erkaklar | 131—172 | |
| 65 yoshdan keyin | Ayollar | 120—161 |
| Erkaklar | 126—174 |
Eritrotsitlar
Eritrotsitlar (RBC — qizil qon hujayralari) — qizil qon tanachalaridir. Eritrotsitlar tarkibida gemoglobin bo‘ladi; ularning asosiy vazifasi kislorodni tashish va a’zo hamda to‘qimalarga yetkazishdir.
Eritrotsitlar me’yori jins va yoshga qarab:
| Yosh | Ko‘rsatkich х1012/l |
| Yangi tug‘ilgan chaqaloq | 3,9—5,5 |
| 1-kundan 3-kungacha | 4,0—6,6 |
| 1 haftaligida | 3,9—6,3 |
| 2 haftaligida | 3,6—6,2 |
| 1 oyligida | 3,0—5,4 |
| 2 oyligida | 2,7—4,9 |
| 3 oydan 6 oygacha | 3,1—4,5 |
| 6 oydan 2 yoshgacha | 3,7—5,3 |
| 2 yoshdan 6 yoshgacha | 3,9—5,3 |
| 6 yoshdan 12 yoshgacha | 4,0—5,2 |
| 12—18 yoshdagi o‘g‘il bolalar | 4,5—5,3 |
| 12—18 yoshdagi qiz bolalar | 4,1—5,1 |
| Voyaga yetgan erkaklar | 4,0—5,0 |
| Voyaga yetgan ayollar | 3,5—4,7 |
Trombotsitlar
Trombotsitlar (PLT — trombotsitlar) — kichik o‘lchamli, yadrosiz qon plastinkalaridir. Ularning asosiy vazifasi — qonning ivishi.
Trombotsitlar me’yori jins va yoshga bog‘liq emas, hamma uchun bir xil:
| 180 — 320x109 hujayra/l |
Leykotsitlar
Leykotsitlar (WBC — oq qon hujayralari) — oq qon tanachalaridir. Ular immun nazoratni amalga oshiradi. Leykotsitlar sonining kamayishi yoki ko‘payishi organizmda yallig‘lanish jarayonlari kechayotganidan darak beradi.
Leykotsitlar me’yori yoshga qarab:
| Yosh | Ko‘rsatkich ×109/l |
| 1 yoshgacha | 6,0—17,5 |
| 1 yoshdan 2 yoshgacha | 6,0—17,0 |
| 2 yoshdan 4 yoshgacha | 5,5—15,5 |
| 4 yoshdan 6 yoshgacha | 5,0—14,5 |
| 6 yoshdan 10 yoshgacha | 4,5—13,5 |
| 10 yoshdan 16 yoshgacha | 4,5—13,0 |
| 16 yoshdan kattalar va voyaga yetganlar | 4,0—9,0 |
Limfotsitlar
Limfotsitlar (LYM — limfotsit) inson organizmi immun tizimining asosiy hujayralaridir. Limfotsit — immunitetni shakllantirish va mikrob hamda viruslarga qarshi kurashish uchun mas’ul leykotsit turi.
Limfotsitlar me’yori yoshga qarab:
| Yosh | Ko‘rsatkich, foizda % |
| Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar | 15—35 |
| 2 haftagacha | 22—55 |
| 2 haftadan 1 yoshgacha | 45—70 |
| 1 yoshdan 2 yoshgacha | 37—60 |
| 2 yoshdan 5 yoshgacha | 33—55 |
| 6 yoshdan 7 yoshgacha | 30—50 |
| 8 yoshdan 9 yoshgacha | 30—50 |
| 9 yoshdan 11 yoshgacha | 30—46 |
| 12 yoshdan 15 yoshgacha | 30—45 |
| 16 yoshdan kattalar va voyaga yetganlar | 20—40 |
Monotsitlar
Monotsitlar (MON — monotsit) — organizmdagi eng yirik immun hujayralar (leykotsitlar) hisoblanadi. Ular qondan organizm to‘qimalariga o‘tishi mumkin.
Monotsitlar me’yori yoshga qarab:
| Yosh | Ko‘rsatkich, foizda % |
| Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar | 3—12 |
| 2 haftagacha | 5—15 |
| 2 haftadan 1 yoshgacha | 4—10 |
| 1 yoshdan 2 yoshgacha | 3—10 |
| 2 yoshdan 5 yoshgacha | 3—9 |
| 6 yoshdan 7 yoshgacha | 3—9 |
| 8 yoshdan 9 yoshgacha | 3—9 |
| 9 yoshdan 11 yoshgacha | 3—9 |
| 12 yoshdan 15 yoshgacha | 3—9 |
| 16 yoshdan kattalar va voyaga yetganlar | 3—9 |
Gematokrit
Gematokrit (HCT — gematokrit) — qondagi eritrotsitlar egallagan hajmni aks ettiruvchi ko‘rsatkich. Bu ko‘rsatkich foizlarda hisoblanadi.
Gematokrit me’yori jins va yoshga qarab:
| Yosh | Jins | Ko‘rsatkich, % |
| 2 haftagacha | 41—65 | |
| 2 haftadan 4,3 haftagacha | 33—55 | |
| 4,3—8,6 hafta | 28—42 | |
| 8,6 haftadan 4 oylikkacha | 32—44 | |
| 4 oydan 6 oylikkacha | 31—41 | |
| 6 oydan 9 oylikkacha | 32—40 | |
| 9 oydan 12 oylikkacha | 33—41 | |
| 1 yoshdan 3 yoshgacha | 32—40 | |
| 3 yoshdan 6 yoshgacha | 32—42 | |
| 6 yoshdan 9 yoshgacha | 33—41 | |
| 9 yoshdan 12 yoshgacha | 34—43 | |
| 12 yoshdan 15 yoshgacha | Ayollar | 34—44 |
| Erkaklar | 35—45 | |
| 15 yoshdan 18 yoshgacha | Ayollar | 34—44 |
| Erkaklar | 37—48 | |
| 18 yoshdan 45 yoshgacha | Ayollar | 38—47 |
| Erkaklar | 42—50 | |
| 45 yoshdan 65 yoshgacha | Ayollar | 35—47 |
| Erkaklar | 39—50 | |
| 65 yoshdan keyin | Ayollar | 35—47 |
| Erkaklar | 37—51 |
Rang ko‘rsatkichi
Rang ko‘rsatkichi (RK) — eritrotsitlardagi gemoglobin konsentratsiyasini tizimdan tashqari birliklarda ifodalab aniqlash usuli.
Rang ko‘rsatkichi me’yori jins va yoshga bog‘liq emas va hamma uchun bir xil:
| 0,9—1,1 |
Boshqa ko‘rsatkichlar
- Bazofil granulotsitlar
- Neytrofil granulotsitlar
- Eozinofil granulotsitlar
- Retikulotsitlar
- Hajmi bo‘yicha eritrotsitlarning taqsimlanishi
- Eritrotsitlarning o‘rtacha hajmi
- Eritrotsitlardagi gemoglobinning o‘rtacha miqdori
- Eritrotsitlardagi gemoglobinning o‘rtacha konsentratsiyasi
- EChT (eritrotsitlarning cho‘kish tezligi)
Boshqa qon tahlillari
Qonning biokimyoviy tahlili
Qonning biokimyoviy tahlili quyidagilarning funksional holatini baholash uchun o‘tkaziladi: organizm, ichki a’zolar va moddalar almashinuvi[manba 1908 kundan beri ko‘rsatilmagan].
Tahlil vaqti
Tahlil och qoringa (yaxshisi ertalab) o‘tkaziladi; oxirgi ovqatlanishdan qon olinguniga qadar kamida 12 soat o‘tishi kerak. Faqat suv ichish mumkin (sharbat, choy va qahva ichilmaydi). Tahlildan 24 soat oldin spirtli ichimliklar iste’molini, bir soat oldin esa chekishni to‘xtatish lozim. Shuningdek, jismoniy zo‘riqishdan saqlanish kerak.
Asosiy ko‘rsatkichlar va ularning me’yorlari

- Glyukoza (qonda) —
- < 14 yosh = 3,33—5,55
- 14—60 yosh = 3,89—5,83
- 60—70 yosh = 4,44—6,38
- > 70 yosh = 4,61—6,10
- Umumiy bilirubin — 3,4—17,1 mkmol/l
- To‘g‘ri bilirubin — 0—7,9 mkmol/l
- Bilvosita bilirubin — < 19 mkmol/l
- Aspartataminotransferaza (AST) —
- Ayollar — 31 birlik/l gacha
- Erkaklar — 37 birlik/l gacha
- Alaninaminotransferaza (ALT) —
- Ayollar — 34 birlik/l gacha
- Erkaklar — 45 birlik/l gacha
- Gamma-GT —
- Ayollar — 38 birlik/l gacha
- Erkaklar — 55 birlik/l gacha
- Ishqoriy fosfataza — 30-120 birlik/l
- Xolesterin (umumiy xolesterin) — 3,2—5,6 mmol/l
- Past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) — 1,71—3,5 mmol/l
- Yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YuZLP) — 1,03-1,55 mmol/l
- Triglitseridlar — 0,41—1,8 mmol/l
- Umumiy oqsil — 66—83 g/l
- Albumin — 35—52 g/l
- Kaliy (K+) — 3,5—5,5 mmol/l
- Natriy (Na+) — 136—145 mmol/l
- Xlor (Сl-) — 98—107 mmol/l
- Kreatinin —
- Ayollar — 53—97 mkmol/l
- Erkaklar — 62—115 mkmol/l
- Mochevina — 2,8—7,2 mmol/l
- Siydik kislotasi —
- Erkaklar — 210—420 mkmol/l
- Ayollar — 150—350 mkmol/l
- C-reaktiv oqsil (CRO) — 0—5 mg/l
- Temir (qon zardobidagi temir) —
- Ayollar — 8,95—30,43 mkmol/l
- Erkaklar — 11,64—30,43 mkmol/l
Qonning immunologik tahlili
Ushbu tahlil uchun sentrifugalash usuli bilan och qoringa venadan olingan qondan zardob ajratib olinadi. Immunologik qon tahlili organizmda immunitet tanqisligini keltirib chiqaruvchi virusni (immunitet tanqisligi virusi) aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bundan tashqari, mazkur qon tahlili bir qator jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni (sifilis, gerpes, xlamidioz), shuningdek, barcha turdagi gepatitni, qizamiqni, qizilchani, epidemik parotitni va toksoplazmozni.
Tahlil vaqti
Qonni ertalab och qoringa topshirish kerak. Oxirgi ovqatlanish bilan qon topshirish orasida kamida 12 soat o‘tishi lozim.
Qo‘llanilish sohasi
- Tashxislash: virusli kasalliklar (gepatitlar, gerpes, Epshteyn–Barr virusi, sitomegalovirus)
- Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar (xlamidioz, gonoreya, trixomonada, mikoplazma, ureaplazma)
- Endokrinologiya
- Tashxislash: onkologik kasalliklar
- Immunologiya (tashxislash)
- Allergologiya (tashxislash va davolash)
Qonning gormonal tahlili
Qonning gormonal tahlili inson endokrin tizimi a’zolarifaoliyatini umumiy baholash, shuningdek, gipofiz, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari hamda boshqa endokrin a’zolar kasalliklarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bu tahlil odatda ichki sekretsiya bezlari faoliyati buzilishiga shubha qilinganda yoki ularning kattalashgani aniqlanganda o‘tkaziladi.
Tahlil vaqti
Gormonal tahlil uchun qon venadan ertalab och qoringa olinadi. Ayollarda hayz siklining 5—7-kunlarida (sikl hisobini hayz ko‘rishningbirinchi kunidan boshlagan holda) qon topshirish ma’qul. Tahlildan 24 soat oldin spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik, bir soat oldin esa chekmaslik kerak. Shuningdek, jismoniy zo‘riqish va stressdan saqlanish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, ushbu tahlildan 7 kun oldin gormonal dori vositalarini qabul qilishni to‘xtatish talab etiladi.
Asosiy ko‘rsatkichlar
- Qalqonsimon bez gormonlari (T3 (triyodtironin), T4 (tiroksin), antitanalar tireoglobulinga (AT-TG))
- Gipofiz gormonlari (TTG (tireotrop gormon), FSG (follikulani stimullovchi gormon), LG (lyuteinlashtiruvchi gormon), prolaktin, AKTG (adrenokortikotrop gormon))
- Jinsiy gormonlar (testosteron, estrogenlar)
- Buyrak usti bezlari gormonlari (DЕA-s (degidroepiandrosteron sulfat), kortizol, aldosteron)
Qonning serologik tahlillari
Qonning serologik tahlili — yuqumli kasalliklarni tashxislash va infeksion jarayon bosqichini aniqlash uchun qo‘llaniladigan laboratoriya usulidir. Reaksiya antitanalar va antigenlarning o‘zaro ta’siriga asoslanadi.
Mazkur usul urologiyada va venerologiyada.
Tahlil vaqti
Serologik tahlil uchun qon ertalab och qoringa, venadan olinadi.