Arterial qon nima

Arterial qon oqadigan qon tomirlari qizil rangda ko‘rsatilgan

Arterial qon — tarkibidagi karbonat angidriddan tozalanib, kislorod bilan to‘yingan (oksigenlangan) qonning keng qo‘llanadigan nomidir. Unga qarama-qarshi tur — venoz qon.

Arterial qon arteriyalar orqali katta qon aylanish doirasida hamda venalar orqali kichik qon aylanish doirasida. U to‘qimalarga moddalar almashinuvi uchun zarur bo‘lgan kislorodni yetkazadi. To‘qimalardan o‘tayotganda arterial qon kislorodini yo‘qotib, karbonat angidrid bilan to‘yinadi va venoz qonga aylanadi. Oksigemoglobin miqdori yuqori bo‘lgani sababli u yorqin qizil rangda bo‘ladi (oksigemoglobin dezoksigemoglobinga nisbatan ochroq rangda).

Shikastlangan barmoq kapillyarlaridan chiqqan arterial qon

Kislota-asos holati ko‘rsatkichlari

Kislota-ishqor muhiti (KIM) va gaz almashinuvi ko‘rsatkichlarini baholash tezkor differensial tashxis qo‘yishga yordam beradi.

Siggard-Andersenga ko‘ra, sog‘lom odamlarda arterial qonning kislota-ishqor muhiti (KIM) ko‘rsatkichlari va ularning qiymatlari.
Ko‘rsatkich Asosiy tavsifi Me’yoriy chegaralar
рН Muhitning faol reaksiyasi ko‘rsatkichi 7,35—7,45
рСО2 Karbonat angidridning parsial bosimi 35—45 mm sim. ust. (4,7—6,0 kPa)
рО2 Kislorodning parsial bosimi 95—100 mm sim. ust. (12,6—13,3 kPa)
АВ Haqiqiy bikarbonat (HCO3−) 19—25 mmol/l
SB Standart bikarbonat (HCO3−) 19—25 mmol/l
BB Qonning barcha bufer tizimlaridagi asoslar yig‘indisi 20—27 mmol/l
BE Asoslarning ortiqchaligi yoki yetishmovchiligi 45—55 mmol/l ± 2 mmol/l