Dopamin nima

Dofamin
Изображение химической структуры
Изображение молекулярной модели
Изображение молекулярной модели
Umumiy maʼlumotlar
Tizimli
nomi
2-​​(3,4-​digidroksifenil)​-​etilamin
Kimyoviy formulasi C8H11NO2
Fizik xossalari
Agregat holati qattiq, o‘ziga xos hidli oq kukun
Molyar massasi 153,1784 ± 0,008 g/mol
Zichligi 1,26 g/sm³
Issiqlik xossalari
Harorati
 • erish 128 °C
Kimyoviy xossalari
Kislota dissotsiatsiyasi konstantasi pKa 8,93
Eruvchanligi
 • suvda 60 g/100 ml suv
Tasnifi
Ro‘yxat CAS raqami 51-61-6
PubChem
Ro‘yxat EINECS raqami 2 EC
SMILES
InChI
ChEBI 18243
ChemSpider
Xavfsizligi
LD50 1780 mg/kg (kalamushlar, og‘iz orqali)
Zaharliligi kam zaharli, tirnash xususiyati beruvchi
Maʼlumotlar standart sharoitlar (25 °C, 100 kPa) uchun keltirilgan, agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar
Katexolaminlar biosintezi

Dofamin (dopamin, DA) — gormon va neyromediator. U L-DOFAdan sintezlanadi. Keyinchalik dofamindan sintezlanishi mumkin bo‘lgan modda — noradrenalin.

Bosh miyada dofamin xulq-atvor va harakat faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Qon tomirlarini kengaytiradi, buyraklarda siydik ajralishini kuchaytiradi, oshqozonosti bezida insulin ishlab chiqarilishini kamaytiradi, ovqat hazm qilish tizimida meʼda-ichak yo‘lining peristaltikasini susaytiradi va ichak shilliq qavatini himoya qiladi, immun tizimida esa limfotsitlar faolligini pasaytiradi. Qon tomirlaridan tashqari, ushbu periferik tizimlarning har birida dofamin mahalliy ravishda sintezlanib, uni ajratuvchi hujayralar yaqinida taʼsir ko‘rsatadi.

Dofamin tomir ichiga yuboriladigan dori sifatida quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: yurak yetishmovchiligi yoki kardiogen shok.

Neyromediator

Qoniqish hissi

Dofamin organizmdagi kimyoviy ichki mustahkamlash omillaridan (IMO) biri hamda miyaning «mukofotlash tizimi»ning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u zavq (yoki qoniqish) hissini yuzaga keltirib, motivatsiya va o‘rganishga taʼsir ko‘rsatadi, degan qarash mavjud. Biroq ommaviy madaniyat va OAV targ‘ib qiladigan bu tasavvur noto‘g‘ri. So‘nggi tadqiqotlar dofamin zavq yoki qoniqish hissini bevosita keltirib chiqarmasligini, balki natijani qo‘lga kiritishni kuchli intizorlik bilan kutish yoki uni istamaslik hissini hosil qilishini ko‘rsatmoqda. Bunday hislar odamlar orgazm oldidan yoki kuchli jirkanish paytida kechiradigan holatlarga o‘xshaydi. Dofamin inson o‘zi uchun ijobiy deb baholaydigan tajribalar — masalan, jinsiy aloqa, mazali taom isteʼmol qilish, yoqimli jismoniy sezgilar vaqtida tabiiy ravishda ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi va shu tariqa bu hodisalarga motivatsion ahamiyat beradi. Neyrobiologik tajribalar mukofot haqidagi xotiraning o‘zi ham dofamin miqdorini oshirishi mumkinligini ko‘rsatgan. Shu sababli miya ushbu neyromediatordan baholash va motivatsiya uchun foydalanib, yashab qolish va nasl qoldirishda muhim xatti-harakatlarni mustahkamlaydi.

Sevgi va bog‘lanish hissi

Dofamin (shuningdek, oksitotsin) sevgi, jumladan, onalik mehrini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Tajribalarda kulrang dala sichqonchalari ning Microtus ochrogasterturida uchraydigan monogam oila munosabatlari misolida, dofamin (ayniqsa, D2-retseptorlari) ushbu kemiruvchilarda juftiga bog‘lanish va juftlik sadoqatining asosida turishi aniqlangan. Ehtimol, dofamin insonda ham shunga o‘xshash vazifani bajaradi.

Kognitiv funksiyalar

Dofamin bilish faoliyatini taʼminlashda muhim rol o‘ynaydi. Kognitiv faoliyatning bir bosqichidan boshqasiga o‘tishda inson diqqatini ko‘chirish uchun dofaminergik uzatishning faollashuvi zarur. Shunday qilib, dofaminergik uzatishning yetishmasligi bemorda faollikning haddan tashqari sustlashishiga olib keladi; bu holat klinik jihatdan bilish jarayonlarining sekinlashuvi (bradifreniya) va perseveratsiyalarbilan namoyon bo‘ladi. Bunday buzilishlar dofamin yetishmovchiligi bilan kechadigan kasalliklar, masalan, Parkinson kasalligiuchun eng xarakterli kognitiv alomatlardir. Dofamin o‘rganish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Nemis neyrobiologlari (Kleyn va boshqalar, 2007) odamlarda o‘tkazgan tajribada dofamin o‘z xatolaridan samarali saboq olish imkonini berishini, uning yetishmasligi esa salbiy tajribani eʼtiborsiz qoldirishga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Sintetik analoglar. Giyohvand moddalarning dofamin darajasiga taʼsiri

Aksariyat neyromediatorlar kabi dofaminning ham sintetik analoglari hamda uning miyada ajralishini rag‘batlantiruvchi moddalar mavjud. Xususan, ko‘plab giyohvand moddalar miyada dofamin ishlab chiqarilishi va ajralishini 5—10 baravar oshiradi. Natijada ularni qabul qilgan odamlar zavq hissini sunʼiy ravishda tuyishi mumkin. Masalan, amfetamin dofamin tashilishi mexanizmiga taʼsir qilib, uning ajralishini bevosita rag‘batlantiradi. Boshqa giyohvand moddalar, masalan, kokain va ayrim boshqa psixostimulyatorlardofaminning tabiiy qayta qabul qilinish mexanizmlarini to‘sib, uning konsentratsiyasini sinaptik bo‘shliqda oshiradi. Morfin va nikotin tabiiy neyromediatorlarning taʼsiriga taqlid qiladi. Opioid retseptorlari antagonistlarini yuborish kalamushlar miyasining ayrim qismlarida etanol taʼsirida dofamin ko‘payishining oldini oladi. Bu alkogol miyada dofamin miqdorini opioid tizimi orqali oshirishini anglatadi. Agar odam o‘zining «mukofotlash tizimi»ni ortiqcha rag‘batlantirishni davom ettirsa, miya asta-sekin sunʼiy ravishda oshirilgan dofamin darajasiga moslashadi: gormonni kamroq ishlab chiqaradi va retseptorlar sonini «mukofotlash tizimi»da kamaytiradi. Bu giyohvand modda qabul qiladigan odamni avvalgi taʼsirni sezish uchun dozani oshirishga undaydigan omillardan biridir. Kimyoviy tolerantlik ning keyingi rivojlanishi asta-sekin bosh miyada modda almashinuvi buzilishlariga olib kelishi va uzoq muddatda miya salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Biosintez

Dofamin uchun boshlang‘ich modda L-tirozin (u fenilalanindansintezlanadi). U gidroksillanib , tirozingidroksilaza fermenti yordamida L-DOFAhosil qiladi. U esa L-DOFA-dekarboksilaza fermenti yordamida dekarboksillanib, dofaminga aylanadi. Bu jarayon neyronning sitoplazmasida kechadi.

Retseptorlar

Postsinaptik dofamin retseptorlari GPCRoilasiga kiradi. Dofamin retseptorlarining kamida besh xil kichik turi mavjud — D1—5. Retseptorlar D1 va D5 o‘zaro ancha o‘xshash va GS-oqsili bilan bog‘langan bo‘lib, u adenilatsiklazanirag‘batlantiradi. Shuning uchun ular birgalikda D1-simon retseptorlar sifatida qaraladi. Bu kichik oiladagi boshqa retseptorlar D2 ga o‘xshash va Gi-oqsili bilan bog‘langan bo‘lib, u adenilatsiklazani tormozlaydi. Shu sababli ular D2-simon retseptorlar deb ataladi. Demak, dofamin retseptorlari modulyator sifatida uzoq muddatli potensiyalanish jarayoniga taʼsir ko‘rsatadi.

«Ichki mustahkamlash» jarayonida D2 va D4 retseptorlari ishtirok etadi.

Yuqori konsentratsiyada dofamin α- va β-adrenoretseptorlarniham rag‘batlantiradi. Adrenoretseptorlarga taʼsir ularni bevosita rag‘batlantirishdan ko‘ra dofaminning presinaptik donador zaxiralardan noradrenalinni ajratib chiqarish qobiliyati bilan ko‘proq bog‘liq. Yaʼni dofamin bilvosita adrenomimetik taʼsir ko‘rsatadi.

Dofaminning «aylanishi»

Sinapsning asosiy qismlari

Dofamin sintezlovchi neyron bu moddani dofaminli vezikulalarda (yaʼni «sinaptik pufakchalar»da) to‘playdi. Bu protonlar bilan bog‘liq tashilish jarayonidir. Vezikula ichiga protonlarga bog‘liq ATFaza yordamida H+ionlari haydaladi. Protonlar konsentratsiya gradiyenti bo‘ylab tashqariga chiqqanda, vezikula ichiga dofamin molekulalari kiradi.

So‘ng dofamin sinaptik yoriqqachiqariladi. Uning bir qismi nerv impulsiniuzatishda qatnashib, postsinaptik membrananinghujayra D-retseptorlariga taʼsir qiladi; qolgan qismi qayta qabul qilinish orqali presinaptik neyronga qaytadi. Dofamin ajralishining o‘z-o‘zini boshqarishi presinaptik neyron membranasidagi D2 va D3 retseptorlari orqali amalga oshadi. Qayta qabul qilinishni dofamin tashuvchi oqsil taʼminlaydi. Hujayraga qaytgan mediator monoaminoksidaza (MAO), keyin aldegiddegidrogenaza va katexol-O-metiltransferaza yordamida parchalanib gomovanilin kislotasiga aylanadi.

Mukofotlash tizimidagi ishtiroki

Laboratoriya kalamushi maxsus qutidagi dastakni bosmoqda. Hayvonning boshiga stimulyatorlar biriktirilgan

Olds va Milnerning kalamushlar ustidagi tadqiqoti

Fundamental tadqiqotda, 1954-yilda kanadalik olimlar Jeyms Olds va uning hamkasbi Piter Milner miyaning muayyan qismlariga, ayniqsa oldingi miyaning medial tutamiga elektrodlar o‘rnatilsa, kalamushni katakdagi dastakni bosishga o‘rgatish mumkinligini aniqladi. Dastak past kuchlanishli elektr impulslari bilan rag‘batlantirishni yoqardi. Kalamushlar ushbu miya sohasini rag‘batlantirishni o‘rgangach, soatiga ming martagacha dastakni bosgan. Bu zavqlanish markazi. Miyaning shu sohasida nerv impulslarini uzatishning asosiy yo‘llaridan biri dofaminergik yo‘l bo‘lgani sababli tadqiqotchilar zavq bilan bog‘liq asosiy kimyoviy modda dofamin, degan fikrni ilgari surishdi. Keyinchalik bu taxmin radionuklid tomografik tekshiruvlar va antipsixotiklarning kashf qilinishi bilan tasdiqlandi (bular shizofreniyaning mahsuldor alomatlarini bostiruvchi dori vositalari).

Shulsning maymun ustidagi tajribasi

Biroq 1997-yilda dofamin ancha murakkab vazifani bajarishi ko‘rsatildi. Shuls tajribasida maymunda Pavlovning klassik sxemasi bo‘yicha shartli refleks shakllantirildi: yorug‘lik signali berilgach, maymunning og‘ziga sharbat yuborildi. Quyidagilar aniqlandi:

  1. Sharbat kutilmaganda (oldindan signal berilmasdan) yuborilganda, dofamin neyronlarining faolligi oshgan.
  2. O‘rgatish bosqichida dofamin neyronlari faolligi avvalgidek sharbat yuborilishiga javoban oshgan.
  3. Qachonki shartli refleks shakllangan bo‘lsa, dofamin neyronlarining faolligi signal berilganidan keyin (sharbat yuborilishidan oldin) oshgan. Sharbatning o‘zi yuborilishi endi bu neyronlarning faolligiga taʼsir qilmagan (bu esa dofamin faqat zavq olish bilan bog‘liq, degan farazga zid).
  4. Agar maymun sharbat olishini kutayotgan paytda sharbat yuborilmasa, dofamin neyronlarining faolligi pasaygan.

Bu dofamin ijobiy mustahkamlash paytida shartli reflekslarni shakllantirish va mustahkamlashda, mustahkamlash to‘xtaganida esa ularni so‘ndirishda qatnashadi, deb taxmin qilishga asos berdi. Boshqacha aytganda, mukofot haqidagi kutishimiz ro‘yobga chiqsa, miya dofamin ishlab chiqarish orqali bizga bu haqda signal beradi. Mukofot bo‘lmasa, dofamin darajasining pasayishi shakllangan model bilan haqiqat o‘rtasida nomuvofiqlik borligini bildiradi. Keyingi tadqiqotlar dofamin neyronlari faolligini avtomatlarni o‘rgatishning maʼlum modeli yaxshi tavsiflashini ko‘rsatdi: mukofotga tezroq olib boradigan harakatlarga yuqoriroq qiymat beriladi. Shu tariqa sinash va xato qilish usuli orqali o‘rganish yuz beradi.

Dofaminergik tizim

Dofaminning asosiy yo‘llari
Dofaminning asosiy yo‘llari.
Zavq hissini boshqarish tizimining bir qismi sifatida dofamin ventral tegmental sohadajoylashgan neyronlar tanalarida ishlab chiqariladi va yondosh yadroga hamda prefrontal po‘stloqqaajratiladi. Uning harakat bilan bog‘liq funksiyalari boshqa yo‘lga aloqador: gormon ishlab chiqaruvchi hujayralar tanasi qora moddadajoylashgan, gormon esa targ‘il tanaga

ajraladi. Miyada joylashgan bir necha dofamin yadrolari maʼlum. Shulardan biri yoysimon yadro (lot. nucleus arcuatus) bo‘lib, uning o‘simtalari gipotalamusningo‘rta do‘ngligiga boradi. Qora moddaga mansub dofamin neyronlari o‘z aksonlarini bevosita striatumga (dumli va yasmiqsimon yadrolarga) yo‘naltiradi. Ventral tegmental sohagamansub neyronlar o‘z proyeksiyalarini limbik tuzilmalarga va po‘stloqqa yuboradi.

Dofaminning asosiy yo‘llari quyidagilar:

Neyronlarning nigrostriatal, mezokortikal va mezolimbik yo‘llarga mansub tanalari qora modda va ventral tegmental sohaning neyronlar majmuasini tashkil qiladi. Aksonlar bu neyronlardan dastlab bitta katta yo‘l (oldingi miyaning medial tutami) bo‘ylab boradi va keyin miyaning turli tuzilmalariga tarqaladi. Ayrim mualliflar mezokortikal va mezolimbik quyi tizimlarni yagona tizimga birlashtiradi, biroq ularni peshona po‘stlog‘i va limbik tuzilmalarga proyeksiyalariga ko‘ra alohida ajratish asosliroqdir.

Ekstrapiramidal tizimda dofamin rag‘batlantiruvchi neyromediatorvazifasini bajaradi: harakat faolligini oshiradi, harakatdagi sustlik va qotib qolishni kamaytiradi, mushaklar gipertonusini pasaytiradi. Dofaminning fiziologik antagonistlari — ekstrapiramidal tizimda taʼsir ko‘rsatadigan atsetilxolin va GAMK.

Qora modda deb ataladigan miya qismi dofaminergik mukofotlash tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Bundan tashqari, u onalik xulq-atvorini rag‘batlantirish va hissiy boshqarishda asosiy ahamiyatga ega. Ventral tegmental soha o‘rta miyada, shuningdek, prefrontal po‘stloqning ventromedial qismi va bodomsimon tanaham dofaminergik miya sohalariga kiradi va mukofotlash tizimida juda muhim rol o‘ynaydi.

Boshqa quyi tizimlar

Shuningdek, tuberoinfundibulyar yo‘l (limbik tizim — gipotalamus — gipofiz), insertogipotalamik, diensefalospinal va retinal yo‘llar (baʼzan qo‘shimcha ravishda periventrikulyar va olfaktor tizimlar) ajratiladi. Bunday farqlash mutlaq emas, chunki turli yo‘llardagi dofaminergik neyronlarning proyeksiyalari bir-birini «qoplaydi». Bundan tashqari, miyada dofaminergik elementlar (o‘simtalarga ega alohida hujayralar) tarqoq holda ham joylashgan.

Xususan, gipotalamus va gipofizda dofamin ayrim gormonlarning sekretsiyasini susaytiruvchi tabiiy tormozlovchi neyromediator vazifasini bajaradi. Turli gormonlar sekretsiyasiga tormozlovchi taʼsir dofaminning turli konsentratsiyalarida yuzaga keladi; bu boshqaruvning yuqori darajadagi o‘ziga xosligini taʼminlaydi. Dofaminergik signallarning tormozlovchi taʼsiriga eng sezgir jarayon — prolaktinsekretsiyasi, nisbatan kamroq darajada esa somatoliberin va somatotropinsekretsiyasi, undan ham kamroq darajada kortikoliberin va kortikotropin sekretsiyasi, nihoyatda oz darajada esa tiroliberin va tirotropinsekretsiyasi ham susayadi. Gonadotropinlar va gonadoliberin sekretsiyasi dofaminergik signallar orqali susaytirilmaydi[manba 1405 kundan beri ko‘rsatilmagan].

Ayrim gormonal quyi tizimlarning dofamin darajasiga sezgirligi sababli, uning sintezini kuchaytiradigandofaminomimetikdorilar gormonal kasalliklarni davolashda qo‘llanishi mumkin. Dofaminomimetiklar masalan, giperprolaktinemiya va Parkinson kasalligida buyuriladi.

Dofamin va boshqa neyromediatorlar

Dofaminergik quyi tizimlar quyidagi tizimlar nazoratida bo‘ladi yoki o‘zlari ularni boshqaradi: noradrenergik, serotoninergik, GAMK-ergik, xolinergik, melatoninergik, glutamatergik, peptidergik tizimlar. GAMK-ergik va serotoninergik tizimlar dofaminergik tizim bilan antagonistik munosabatda bo‘ladi, noradrenergik va dofaminergik tizimlar esa turli funksional holatlarda bir yo‘nalishda ishlaydi: ham uyg‘oqlikda, ham uyqu paytida. Dofaminergik va xolinergik tizimlarning o‘zaro taʼsiri murakkab; patologik jarayonlarda bu tizimlarning faolligi bir xil namoyon bo‘lmaydi.

Gormon

Dofamin fiziologik jihatdan adrenergik moddalarga xos bir qator xususiyatlarga ega.

Yurak va qon tomirlariga taʼsiri

Dofamin periferik qon tomirlar qarshiligini oshiradi (noradrenalinga qaraganda kuchsizroq). U α-adrenoretseptorlarni rag‘batlantirish natijasida sistolik arterial bosimni oshiradi. Shuningdek, β-adrenoretseptorlarni rag‘batlantirib, yurak qisqarishlari kuchini oshiradi. Natijada yurakning minutlik qon haydash hajmi oshadi. Yurak urish tezligi ham oshadi, ammo bu taʼsir adrenalinnikidan sustroq bo‘ladi.

Dofamin taʼsirida miokard uchun kislorodga bo‘lgan ehtiyoj oshadi. Biroq koronar qon oqimining ortishi kislorod yetkazib berilishini ham ko‘paytiradi.

Buyraklarga taʼsiri

Dofamin buyraklardagi dofamin retseptorlariga o‘ziga xos tarzda bog‘lanib, buyrak tomirlariningqarshiligini kamaytiradi, ulardagi qon oqimini va buyrak filtratsiyasini oshiradi. Shu bilan birga, natriyning siydik bilan chiqarilishi kuchayadi. Mezenterial tomirlar ham kengayadi. Dofaminning buyrak va mezenterial tomirlarga bunday taʼsiri uni boshqa katexolaminlardan (noradrenalin, adrenalin va boshqalardan) ajratib turadi. Ammo yuqori konsentratsiyalarda dofamin buyrak tomirlarini toraytirishi mumkin.

Dofamin aldosteron sintezini buyrakusti bezlari po‘stlog‘idaham to‘xtatadi, buyraklarda renin sekretsiyasini kamaytiradi va buyrak to‘qimasida prostaglandinlar sekretsiyasini oshiradi.

Ovqat hazm qilish tizimiga taʼsiri

Dofamin peristaltikani oshqozon va ichakdasusaytiradi, qizilo‘ngachning pastki sfinkterini bo‘shashtiradi va gastroezofageal hamda duodenogastral reflyuksnikuchaytiradi. Markaziy nerv tizimida dofamin xemoretseptorlarni trigger zonada va qusish markazida rag‘batlantirib, qusish refleksida ishtirok etadi.

Nerv tizimiga taʼsiri

Dofamin gematoensefalik to‘siqdan juda oz miqdorda o‘tadi. Shu sababli uning qon plazmasidagi darajasining oshishi markaziy nerv tizimi faoliyatiga deyarli taʼsir qilmaydi. Faqat gematoensefalik to‘siqdan tashqarida joylashgan sohalar, jumladan, trigger zona bundan mustasno.

Dofamin darajasining oshishi

Qon plazmasida dofamin darajasi shok, jarohatlar, kuyishlar, qon yo‘qotish, stress holatlari, turli og‘riq sindromlari, bezovtalik va qo‘rquv paytida oshadi. Dofamin organizmning stressli vaziyatlar, jarohatlar, qon yo‘qotish va boshqa sharoitlarga moslashuvida rol o‘ynaydi.

Shuningdek, buyraklarga qon kelishi yomonlashganda yoki natriy ionlari, shuningdek, angiotenzin yoki aldosteron miqdori qon plazmasida ko‘payganda ham qondagi dofamin darajasi oshadi. Aftidan, bu holat buyrak to‘qimasida ishemiya yuz berganida yoki angiotenzin va aldosterontaʼsirida DOFA dan dofamin sintezining kuchayishi bilan bog‘liq. Ehtimol, ushbu fiziologik mexanizm buyrak ishemiyasini bartaraf etish hamda giperaldosteronemiya va gipernatremiyaga qarshi turish uchun xizmat qiladi.

Patologiyalar

Dofamin bilan bog‘liq eng mashhur patologiyalar— shizofreniya va parkinsonizm, shuningdek, obsessiv-kompulsiv buzilishdir. Turli mustaqil tadqiqotlar shizofreniyaga chalingan ko‘plab odamlarda miyaning ayrim tuzilmalarida dofaminergik faollik ortganini, mezokortikal yo‘l va prefrontal po‘stloqdaesa kamayganini ko‘rsatgan. Shizofreniyani davolashda antipsixotiklar — bu asosan dofamin retseptorlarini , xususan, D2-turdagilarini bloklaydigan va boshqa muhim retseptorlarga bog‘lanish yaqinligi darajasi bilan farqlanadigan neyromediator retseptorlariga ham taʼsir ko‘rsatuvchi dorilardir. Kuchli taʼsirli odatiy antipsixotiklar (masalan, galoperidol, triftazin) asosan D2retseptorlarini bostiradi, ko‘pgina atipik antipsixotiklar (masalan, klozapin, olanzapin) va nisbatan kuchsiz taʼsirli odatiy preparatlar (masalan, aminazin) esa bir vaqtning o‘zida dofamin, serotonin, gistamin, atsetilxolin va boshqa neyromediatorlarning bir qator retseptorlariga taʼsir qiladi.

Mezokortikal yo‘lda dofamin darajasining kamayishi negativ alomatlar shizofreniyada (affektning sustlashuvi, apatiya, nutqning kambag‘allashuvi, angedoniya, ijtimoiy chekinish) va kognitiv buzilishlar (diqqat, ishchi xotira va ijro etuvchi funksiyalar yetishmovchiligi) bilan bog‘liq deb taxmin qilinadi. Neyroleptiklarning antipsixotik taʼsiri, yaʼni produktiv buzilishlarni — vasvasa g‘oyalari, gallyutsinatsiyalar, psixomotor qo‘zg‘alish — kamaytirish qobiliyati dofaminergik uzatishning susayishi bilan, ayniqsa, mezolimbik yo‘lda. Neyroleptiklar mezokortikal yo‘lda ham dofaminergik uzatishni susaytiradi. Bu uzoq muddatli davolashda ko‘pincha negativ buzilishlarning kuchayishiga olib keladi (qarang: Neyroleptik defitsit sindromi).

Neyroleptiklar dofamin retseptorlarini uzoq muddat bloklaganda kompensator jarayonlar yuzaga keladi. Shu sababli shizofreniyaning dofamin gipotezasi tanqid qilinadi: dofamin tizimidagi haddan tashqari faollik (dofamin konsentratsiyasining ortishi, retseptorlar sezgirligi yoki zichligining ko‘payishi) kasallikning o‘zidan emas, balki neyroleptiklarni uzoq muddat qo‘llashdan kelib chiqishi mumkinligi taʼkidlanadi.

Parkinsonizm nigrostriatal yo‘ldadofamin miqdorining kamayishi bilan bog‘liq. U qora moddayemirilganda yoki D1-simon retseptorlar patologiyasida kuzatiladi. Nigrostriatal tizimda dofaminergik uzatishning susayishi antipsixotiklarni qabul qilishda ekstrapiramidal nojo‘ya taʼsirlar rivojlanishi bilan ham bog‘liq: doriga bog‘liq parkinsonizm, distoniya, akatiziya, kechki diskineziya va boshqalar. Parkinson kasalligini davolashda ko‘pincha dofamin retseptorlari agonistlari (yaʼni dofamin analoglari, masalan, pramipeksol, bromokriptin, pergolid va boshqalar) qo‘llaniladi. Hozirgi kunda bu Parkinson kasalligiga qarshi dorilarning eng katta guruhidir. Ayrim antidepressantlar ham dofaminergik faollikka ega.

Dofaminergik tizimning buzilishi angedoniya, depressiya, demensiya, patologik tajovuzkorlik, patologik mayllarga berilib qolish, doimiy laktoreya–amenoreya sindromi, impotensiya, akromegaliya, bezovta oyoqlar sindromi va qo‘l-oyoqlarning davriy harakatlanishi bilan ham bog‘lanadi.

Ayrim mutatsiyalar natijasida miyaning ayrim sohalarida ikkinchi tur dofamin retseptorlari (D2) sonining kamayishi impulsiv xulq-atvor, alkogolga va giyohvand moddalarga qaramlik xavfini oshiradi. D2-retseptorlari soni kam bo‘lgan odamlarda semizlik xavfi ham yuqori bo‘ladi (chunki ular ko‘pincha ortiqcha ovqatlanishga moyil bo‘ladi). Shuningdek, boshqa zararli odatlar, xususan, qimor o‘yinlariga ruju qo‘yishxavfi ham ortadi. D2-retseptorlari soni kam odamlarning hayotdan zavq olishning ekstremal usullarini izlashga moyilligi, aftidan, ularda ijobiy his-tuyg‘ularning yetishmasligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, bu odamlar o‘z xatolaridan o‘rganish va salbiy tajribadan to‘g‘ri xulosa chiqarish qobiliyatining susayganligi ham sabab bo‘lishi mumkin.

Qarish jarayoni

Dofamin miqdorining bosh miyaning po‘stloqosti tuzilmalari va oldingi qismlarida kamayishi odatdagi qarishjarayoni bilan ham bog‘liq. Tadqiqotlarga ko‘ra, qarish bosh miya hajmi va massasining, shuningdek, sinaptik aloqalarsonining kamayishi bilan namoyon bo‘ladi. Miya retseptorlari soni kamayishidan tashqari, miyada neyromediatorlar yetishmovchiligi ham kuzatiladi. Yosh ulg‘ayishi bilan D2-retseptorlarning striatumdagisoni va zichligi pasayadi, miya po‘stloqosti tuzilmalarida dofamin konsentratsiyasi kamayadi. Bu o‘zgarishlarning klinik belgilari yuz ifodalarining kambag‘allashishi, harakatlarning umumiy sekinlashishi, bukchaygan keksalarga xos qomat va qadam uzunligining qisqarishidir.

Kognitiv sohada ham «dofaminga sezgir» o‘zgarishlar kuzatiladi: yosh o‘tishi bilan reaksiya tezligi kamayadi, yangi harakat dasturini o‘zlashtirish va amalga oshirish qiyinlashadi, diqqat darajasi va operativ xotira hajmi qisqaradi. Organik patologiya bo‘lmaganda, yoshga bog‘liq kognitiv o‘zgarishlar keksa odamlarning kundalik hayotga moslashuvini buzmaydi va odatiy ijtimoiy faollik surʼatini saqlashga imkon beradi.

Adabiyotlar

  • Ashmarin I. P., Yeshchenko N. D., Karazeyeva Ye. P. Neyrokimyo jadval va sxemalarda. — M.: Ekzamen, 2007.
  • Vasilyev V. N. Dofamin bilan bog‘liq, davolash qiyin bo‘lgan asab va ruhiy kasalliklarni tashxislash hamda davolash. Vasilyevning biokorreksiyasi. — M.: Mediakit, 2009. — 247 bet. — ISBN 978-5-9901746-1-0.

Havolalar

C01