Fizikada proton — subatom zarrachadir. U joriy kvarklar (current quarks)dan tuzilgan bo‘lib, p yoki p+ bilan belgilanadi. Proton yadroning ichida joylashadi. Proton zaryadi musbat bo‘lib, u +1e elementar zaryadga (elementary charge) teng. Proton massasi neytron massasidan biroz kichik. Proton massasi kg, MeV/c va u (AMU) birliklarida o‘lchanishi mumkin.

Proton massasi
Proton massasi joriy kvarklar massasi hamda ularni bog‘lovchi glyuonlar (binding gluons) massalarining yig‘indisidan iborat. Proton massasi:
Proton massasi mp = 1.672621898(21)×10−27 Kg
Proton massasi elektron massasidan kattaroq.
Proton massasining boshqa birliklardagi ifodasi
Proton massasi muqobil birliklarda ham ifodalanishi mumkin: masalan, proton massasi AMUda, kgda, MeVda. Quyidagi jadvalda proton massasining qiymati va mos birliklari keltirilgan.
| Proton massasi | Qiymati |
| Proton massasi (kgda) | 1.672621898(21)×10−27 kg |
| Proton massasi (grammda) | 1.672621898(21)×10−24 g |
| Proton massasi (AMUda) | 1.007276466879(91) u |
| Proton massasi (MeVda) | 938.2720813(58) MeV/c2 |
Umid qilamizki, siz atom nazariyasi (atomic theory)da proton haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz. Shuningdek, proton massasi, proton zaryadi, proton massasining AMUdagi qiymati, kgdagi qiymati va MeVdagi qiymati bilan ham tanishdingiz.
