
Reaktiv tortish kuchi — kuch bo‘lib, reaktiv dvigatel qurilmasi soplosidan oqib chiqayotgan oqim bilan o‘zaro ta’sirlashganda yuzaga keladi. Bu oqim kengayayotgan suyuqlik yoki gazdan iborat bo‘lib, kinetik energiyaga ega.
Ushbu hodisa, ya’ni reaktiv tortish kuchining paydo bo‘lishi, impulsning saqlanish qonuniga asoslanadi. Reaktiv tortish kuchi odatda ajralib chiqayotgan zarralarning reaksiya kuchi sifatida qaraladi. Uning ta’sir etish nuqtasi deb oqim chiqadigan markaz — dvigatel soplosi kesimining markazi olinadi. Kuchning yo‘nalishi esa yonish mahsulotlari (kimyoviy bo‘lmagan dvigatelda ishchi jism) chiqish tezligi vektoriga qarama-qarshi bo‘ladi. Demak, reaktiv tortish kuchi:
- bevosita reaktiv dvigatel korpusiga ta’sir qiladi;
- reaktiv dvigatel va unga biriktirilgan obyektning reaktiv oqim yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonga harakatlanishini ta’minlaydi.
Reaktiv harakat
Reaktiv harakat nafaqat tabiatda, balki jamiyatda ham uchraydi:
Tabiatda
Hayvonot olamida reaktiv harakat kalmarlar, sakkizoyoqlar, meduzalar, karakatitsalar, dengiz taroqchalari va boshqa jonivorlarda uchraydi. Sanab o‘tilgan hayvonlar tanasiga olgan suvni bosim ostida tashqariga chiqarish orqali harakatlanadi. O‘simliklar olamida reaktiv harakat yetilgan mevalarda, xususan, quturgan bodringda kuzatiladi. O‘simlik yetilganda uning mevasi uzilib, meva bandidan ajraladi. Meva ichidagi suyuqlik urug‘lar bilan birga katta bosim ostida otilib chiqadi va bu oqim mevaning harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonga yo‘naladi.
Jamiyatda
Reaktiv tortish kuchining kattaligi
Tashqi kuchlar bo‘lmagandagi formula
Agar tashqi kuchlar bo‘lmasa, raketa va undan chiqarib yuborilgan modda birgalikda yopiq tizimni tashkil etadi. Bunday tizimning impulsi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi.
, bu yerda
- — raketaning massasini bildiradi
- — uning tezlanishi
- — gazlarning chiqish tezligini bildiradi
- — yoqilg‘i massasining bir birlik vaqt ichidagi sarfi
Yonish mahsulotlarining (ishchi jismning) chiqish tezligi yoqilg‘i tarkibiy qismlarining fizik-kimyoviy xossalari va dvigatelning konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq. Reaktiv dvigatelning ish rejimi uncha katta o‘zgarmaganda bu tezlik deyarli doimiy bo‘ladi. Shu sababli reaktiv kuchning kattaligi, asosan, yoqilg‘ining bir soniyadagi massa sarfi.
Isbot
Dastlab, dvigatellar impuls hosil qila boshlashidan oldin raketa va yoqilg‘ining impulsi nolga teng edi. Shu sababli dvigatellar ishga tushirilgandan keyin ham raketa impulsi va chiqayotgan gazlar impulsi vektorlaridagi o‘zgarishlar yig‘indisi nolga teng bo‘ladi: , bu yerda
- — raketa tezligining o‘zgarishi
Tenglikning har ikkala tomonini vaqt oralig‘i t ga, ya’ni raketa dvigatellari ishlagan vaqtga bo‘lamiz:
Raketa massasi m va uning harakat tezlanishi a ning ko‘paytmasi, ta’rifga ko‘ra, shu kuchga tengki, aynan u tezlanishni yuzaga keltiradi:
Meshcherskiy tenglamasi
Agar raketaga reaktiv kuch bilan birga tashqi kuch ham ta’sir etsa, harakat dinamikasi tenglamasi quyidagi ko‘rinishga keladi:
Meshcherskiy formulasi — Nyutonning ikkinchi qonunining massasi o‘zgaruvchan jismlar harakati uchun umumlashtirilgan shaklidir. Massasi o‘zgaruvchan jismning tezlanishi faqat unga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlar bilan emas, balki harakatlanayotgan jism massasining o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan reaktiv kuch bilan ham belgilanadi:
Siolkovskiy formulasi
Tashqi kuchlar ta’sir etmaydigan raketa harakatiga Meshcherskiy tenglamasini qo‘llab va tenglamani integrallab, quyidagi Siolkovskiy formulasini hosil qilamiz:
Relyativistik yondashuvda bu formulaning umumlashtirilgan ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
, bu yerda — yorug‘lik tezligi.
Adabiyotlar
- Konstantin Eduardovich Siolkovskiy, «Reaktiv harakat», 1932
- Konstantin Eduardovich Siolkovskiy, «Reaktiv harakat va uning yutuqlari», «Samolyot», 1932, № 6, 17-bet.
- Tsander, Fridrix Arturovich // Katta sovet ensiklopediyasi : 66 jildda (65 jild va 1 qo‘shimcha jild) / bosh muharrir O. Yu. Shmidt. — M. : Sovet ensiklopediyasi, 1926—1947.