Etilenglikol nima

Etilenglikol
Изображение химической структуры
Изображение молекулярной модели
Umumiy ma’lumotlar
Sistematik
nomi
etandiol-​1,2
An’anaviy nomlari 1,2-digidroksietan,
etilenglikol,
1,2-dioksietan,
1,2-etandiol
Kimyoviy formulasi C2H6O2
Ratsional formulasi C2H4(OH)2
Fizik xossalari
Agregat holati rangsiz suyuqlik , hidsiz, biroz shirin ta’mli
Molyar massasi 62,068 g/mol
Zichligi 1,113 g/sm³
Ionlanish energiyasi 10,16 eV
Issiqlik xossalari
Harorat
 • erish −12,9 °C
 • qaynash 197,3 °C
 • alangalanish 111 °C
Portlash chegaralari 3,2 ± 0,1 hajm %
Qaynash
 • entalpiyasi 50,5 kJ/mol va 57,4 kJ/mol
Bug‘ bosimi 7900 millipaskal
Kimyoviy xossalari
Kislota dissotsilanish konstantasi pKa 15,1 ± 0,1
Optik xossalari
Sindirish ko‘rsatkichi 1,4318
Tuzilishi
Dipol momenti 7,6E−30 Kl·m
Tasniflanishi
Ro‘yxatga olish CAS raqami 107-21-1
PubChem
Ro‘yxatga olish EINECS raqami 203-473-3
SMILES
 
InChI
RTECS KW2975000
ChEBI 30742
ChemSpider
Xavfsizlik
Ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya 5 mg/m3
LD50 470 mg/kg (kalamushlar, og‘iz orqali)
Zaharliligi umumiy toksik ta’sirga ega
Xavf iboralari (R) R22
Xavfning qisqacha tavsifi (H)
H302
Ehtiyot choralari (P)
P264, P270, P301+P312, P330, P501
GHS piktogrammalari Пиктограмма «Восклицательный знак» системы СГСПиктограмма «Череп и скрещённые кости» системы СГСПиктограмма «Опасность для здоровья» системы СГС
NFPA 704
NFPA 704 four-colored diamond
1
3
0
Ma’lumotlar standart sharoitlar (25 °C, 100 kPa) uchun keltirilgan, agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Логотип Викисклада Vikimedia Commonsdagi mediafayllar

Etilenglikol (1,2-digidroksietan, 1,2-dioksietan, etandiol-1,2), HO—CH2—CH2—OH — kislorod saqlovchi organik birikma, ikki atomli spirt, poliollar (ko‘p atomli spirtlar) guruhining vakillaridan biri. Tozalangan holatda shaffof, rangsiz suyuqlik bo‘lib, biroz moysimon konsistensiyaga ega. Uning hidi yo‘q va ta’mi biroz shirin.

U alyuminiy va zanglamaydigan po‘latga korroziyaviy ta’sir ko‘rsatmaydi. Modda zaharli, portlash va yong‘in xavfiga ega. Etilenglikolni yuqori konsentratsiyada tasodifan ko‘p miqdorda ichib yuborish zaharlanishga olib kelishi mumkin.

Kashf etilishi va ishlab chiqarilishi tarixi

Etilenglikolni ilk bor 1859-yilda fransuz kimyogari Vyurs etilenglikol diatsetatini sovunlash uchun kaliy gidroksiddan foydalanib , 1860-yilda esa gidratlash orqali etilen oksididanolgan. U Birinchi jahon urushigachakeng qo‘llanilmagan. Urush davrida Germaniyada etilenglikolni dixloretandan ishlab chiqarib, portlovchi moddalar tayyorlashda glitserin o‘rnida ishlata boshlashgan.

AQSHda yarim sanoat miqyosidagi ishlab chiqarish 1917-yilda etilenxlorgidrinorqali boshlangan. Birinchi yirik sanoat ishlab chiqarishi 1925-yilda Saut-Charlston (G‘arbiy Virjiniya, AQSH) yaqinida «Carbide and Carbon Chemicals Co.» kompaniyasi zavodi qurilishi bilan boshlangan. 1929-yilga kelib etilenglikoldan deyarli barcha dinamit ishlab chiqaruvchilar.

1937-yilda Carbide kompaniyasi gaz fazasida etilenni oksidlab etilen oksidiolishga asoslangan ilk yirik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Kompaniyaning ushbu jarayonga monopoliyasi 1953-yilgacha davom etdi.

Olinishi

Etilen oksidini gidratlash

Sanoatda etilenglikol gidratlash usuli bilan etilen oksididan 10 atm bosim va 190‒200 °C haroratda yoki 1 atm bosim va 50‒100 °C haroratda, 0,1‒0,5 % sulfat yoki ortofosfat kislota ishtirokida olinadi. Bunda mahsulot unumi 90 % ga yetadi. Yon mahsulotlar sifatida dietilenglikol, trietilenglikol va etilenglikolning yuqori polimergomologlaridan oz miqdorda hosil bo‘ladi.

Kimyoviy xossalari

Etilenglikol ko‘p atomli spirtlarga xos kimyoviy xossalarga ega.

U kuchsiz kislotalik xossalarini namoyon qiladi va kislotalar singari ishqoriy metallar bilan reaksiyaga kirishadi.

Molekula ichidagi degidratatsiya natijasida atsetaldegid hosil bo‘ladi

Shuningdek, galogenvodorod kislotalari bilan reaksiyaga kirishadi.

Qo‘llanilishi

Etilenglikol arzonligi tufayli texnikada keng qo‘llaniladi.

  • Etilenglikolning suv bilan aralashmasi alohida tarkibiy qismlariga qaraganda ancha past haroratda muzlaydi (evtektik aralashma 25% suv va 75% etilenglikoldan iborat bo‘lib, -75° da muzlaydi). Shu bois etilenglikol iste’molining 60 % qismi avtomobil antifrizlari va tormoz suyuqliklari
    • ga to‘g‘ri keladi (etilenglikolning o‘zi korroziyaga sabab bo‘lmaydi, lekin suv bilan aralashmasining korrozion faolligini pasaytirish uchun unga korroziya ingibitorlari qo‘shiladi);
    • suv ulushi 25 % bo‘lganda aralashma eng past muzlash haroratiga — –75°С ga yetadi; suv ulushi 35 % ga yetganda bu harorat −65 °C, 40 % da −49 °C, 50 % da esa −40 °C bo‘ladi
    • aralashmaning qaynash harorati ham ko‘tarilishi qo‘shimcha afzallikdir
  • Isitish tizimlarida (asosan xususiy uylarda) tarkibi 50 % dan oshmagan issiqlik tashuvchi suyuqlik sifatida ishlatiladi
  • Avtomobillarda eritma holida issiqlik tashuvchi sifatida hamda kompyuterlarning suyuqlik bilan sovitish tizimlari da ishlatiladi;
  • U sellofan, poliuretanlar va boshqa ayrim polimerlarishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi. Bu uning ikkinchi asosiy qo‘llanish sohasidir;
  • Bo‘yoq moddalarini erituvchi sifatida;
  • Organik sintezda:

1,3-dioksolanlarni, shuningdek, etilenglikolni karbonil birikmalar bilan trimetilxlorsilan yoki dimetilsulfat-DMFA 1,3-dioksolanlar nukleofillar va asoslar ta’siriga chidamli. Kislota va suv ishtirokida ulardan dastlabki karbonil birikma oson qayta olinadi.

Etilenglikol shuningdek quyidagi sohalarda qo‘llaniladi:

Tozalash va suvsizlantirish

Etilenglikolni suvsizlantirish uchun 4A molekulyar elak, yarimgidratli kalsiy sulfat, natriy sulfat, Mg+I2, fraksion haydash usuli pasaytirilgan bosim ostida, azeotrop haydash usuli esa benzolbilan qo‘llanadi. Olingan mahsulotning tozaligini zichligi orqali oson aniqlash mumkin.

Etilenglikolning suvli eritmalari zichligi jadvali, 20°C

Konsentratsiya %30354045505560
Zichlik, g/ml1,0501,0581,0671,0741,0821,0901,098

Xavfsizlik choralari

Etilenglikol — yonuvchan modda. Bug‘larining alangalanish harorati 120 °C. O‘z-o‘zidan alangalanish harorati 380 °C. Havodagi bug‘lar alangalanishining harorat chegaralari, °C: quyi — 112, yuqori — 124. Havodagi bug‘lar alangalanishining quyi va yuqori konsentratsiya chegaralari 3,8‒6,4 % (hajm bo‘yicha).

Etilenglikol o‘rtacha zaharlilikka ega. Organizmga ta’sir darajasi bo‘yicha xavflilikning 3-sinfiga kiradi.

Etilenglikolni bir marta og‘iz orqali qabul qilishda o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan doza 100‒300 ml (tana vazniga 1,5‒5 ml/kg). Oddiy haroratda uchuvchanligi nisbatan past bo‘lib, uning bug‘lariham unchalik yuqori zaharlilikka ega emas; ular, asosan, uzoq vaqt davomida nafas bilan yutilganda xavf tug‘diradi. Bunday holatda ta’sirlanish va yo‘tal xavf haqida ogohlantiradi. Etilenglikol bilan zaharlanishda antidotlar sifatida etanol va 4-metilpirazol qo‘llaniladi.

Organizmda etilenglikol oksidlanib avval glikol kislotasining aldegidiga, so‘ng glikol kislotasigaaylanadi. Keyin u chumoli kislotasi va karbonat angidridgaparchalanadi. Bundan tashqari, uning bir qismi oksalat kislotasigachaoksidlanadi; uning tuzlari buyrak to‘qimalari va siydik yo‘llarini shikastlaydi. Etilenglikol va uning metabolitlari organizmdan siydik orqali chiqariladi.

Havolalar