Eterifikatsiya nima

Eterifikatsiya (qadimgi yunoncha αἰθήρ — «efir» va lotincha facio — «qilaman» so‘zlaridan) — quyida ko‘rsatilganidek, murakkab efirlarning hosil bo‘lish reaksiyasi bo‘lib, bunda kislotalar va spirtlar o‘zaro ta’sirlashadi:

Reaksiya mexanizmi

Reaksiya kislotali kataliz sharoitida boradi va nukleofil almashinish mexanizmi asosida kechadi. Birinchi bosqichda karbonil guruhidagi kislorod atomi protonlanib, karbon kislotasining rezonans orqali barqarorlashgan karbkationi hosil bo‘ladi:

Shundan so‘ng spirtning gidroksil guruhidagi kislorod atomi karboniy markazga nukleofil hujum qiladi va alkiloksoniy ioni hosil bo‘ladi. Bu bosqich reaksiya tezligini cheklovchi bosqichdir. Keyin alkiloksoniy ionidagi proton gidroksil guruhlardan biriga ko‘chib, ajralib chiquvchi guruh —O+H2:

Yakuniy bosqichda qo‘shilish natijasida hosil bo‘lgan oraliq mahsulotdan suv hamda katalizator vazifasini bajargan proton ajralib chiqadi va murakkab efir hosil bo‘ladi:

Veresterung sauer startAnimGif

Reaksiya mexanizmi tajribada izotop belgilari yordamida tasdiqlangan: spirt izotop 18O bilan belgilansa, belgi murakkab efir tarkibida aniqlanadi:

Organik sintezda qo‘llanilishi

Eterifikatsiya odatda katalizatorlar — kuchli kislotalar (sulfat kislota, toluolsulfon kislota va boshqalar) ishtirokida amalga oshiriladi.

Eterifikatsiya reaksiyasi qaytar (gidroliz — murakkab efirlarning sovunlanishi), muvozanat holati spirt va karbon kislotasining tuzilishi hamda konsentratsiyalariga bog‘liq. Ya’ni reaksiya aralashmasida eterifikatsiyaning ma’lum chegarasi mavjud bo‘lib, shu nuqtada muvozanat qaror topadi. Bu muvozanatda dastlabki spirt va kislota hamda ularning reaksiyasi mahsuloti — murakkab efir konsentratsiyalari o‘rtasida muayyan nisbat yuzaga keladi. Masalan, etanol va sirka kislotasi boshlang‘ich reaksion aralashmada ekvimolyar nisbatda bo‘lsa, spirt va kislotaning ~2/3 qismi reaksiyaga kirishganda muvozanat qaror topadi. Bunda hosil bo‘ladigan mahsulot — etilatsetat.

Murakkab efir unumini oshirish uchun reagentlardan birini (odatda spirtni) ortiqcha miqdorda ishlatish yoki eterifikatsiyada hosil bo‘ladigan suvni azeotrop aralashma holida reaksion aralashmaga qo‘shilgan benzol bilan haydab chiqarishdan foydalaniladi.

Adabiyotlar