| Shahar | |
| Antaliya | |
|---|---|
| turkcha Antalya | |
| 36°54′ shim. k. 30°41′ sharq. u.HGЯO | |
| Davlat |
|
| Viloyat | Antaliya |
| Shahar hokimi | Muhittin Bo‘jek |
| Tarixi va geografiyasi | |
| Asos solingan | mil. avv. 150-yil |
| Oldingi nomlari | Attaliya, Atteliya, Antaliya |
| Maydoni | 1417 km² |
| Markazining balandligi | 30 ± 1 m |
| Iqlim turi | subtropik O‘rta yer dengizi iqlimi |
| Vaqt mintaqasi | UTC+3:00 |
| Aholisi | |
| Aholisi | 1 496 881 kishi (2022) |
| Zichligi | 738 kishi/km² |
| Aglomeratsiya aholisi | 2 688 004 |
| Aholining atalishi | antaliyalik (erkak), antaliyaliklar; boshqa manbalarda ham antaliyalik atamasi ishlatiladi |
| Raqamli identifikatorlar | |
| Telefon kodi | +90 242 |
| Pochta indeksi | 07x xx |
| Boshqa ma’lumotlar | |
|
|
|
| antalya.bel.tr (turkcha) | |
Antaliya, shuningdek Antalya (turkcha Antalya [anˈtalja]) — kurort va port shahri, Turkiyaning janubida, O‘rta yer dengizi sohilida joylashgan bo‘lib, Antaliya viloyatining ma’muriy markazidir. Shaharning doimiy aholisi 1,5 million kishini tashkil etadi; yozda shaharda bo‘lganlar soni 2 milliondan oshishi mumkin, bunga faol sayyohlik oqimi sabab bo‘ladi.
Tarixi
Qadimgi davr tarixi
Hozirgi Antaliya viloyati hududida odamlar eng qadimgi davrlardanoq yashagan. Bu yerda tosh va bronza davrlariga oid manzilgohlar ma’lum. Qadimgi sivilizatsiyalar orasida mintaqada eng uzoq hukmronlik qilgan davlat Xett podsholigi.

Ellinizm davrida mintaqa Likiya va Pamfiliya tarkibida bo‘lgan. Hudud Pergam podsholigi tasarrufiga o‘tgach, faol o‘zlashtirila boshlandi. Miloddan avvalgi 159-yilda Pergam podshosi Attal II (yunoncha Ατταλος) farmoniga binoan Attaliya shahri barpo etildi.
Milodiy 133-yilda shaharni rimliklar egalladi. Keyinchalik u imperator Adrianning qishki qarorgohiga aylandi. Imperatorning ilk tashrifi sharafiga Adrian darvozalari qurilgan bo‘lib, ular hozirgacha shaharning ramzlaridan biri hisoblanadi. Attaliya uzoq vaqt Rim, so‘ngra Vizantiya tasarrufida bo‘ldi. Milodiy I—II asrlardan boshlab mintaqada xristianlik tarqala boshladi. Havoriy Pavel va Varnava missionerlik safari davomida Attaliyaga tashrif buyurganlar (Havoriylar faoliyati 14:25).
O‘rta asrlar
VIII asrda vayronkor zilzila, arablar va dengiz qaroqchilarining hujumlaridan keyin mintaqa iqtisodiy tanazzulga yuz tutdi. XI asrda saljuqiylarning hududga kirib kelishi bilan islom dini tarqala boshladi.
dini tarqala boshladi. 1118-yilda Vizantiya imperatori Ioann II Komnin davrida shahar Vizantiyaning anklavi edi. U imperiyaning boshqa hududlaridan ancha uzoqda joylashgani uchun mamlakatning qolgan qismi bilan faqat dengiz orqali aloqa qilish mumkin edi. 1119-yilda Ioann II turklarga qarshi bir necha yurish uyushtirib, Attaliyaga quruqlik orqali yo‘l ochdi.
Oradan vaqt o‘tib, 1204-yil voqealaridan keyin shaharda Aldobrandini ismli pravoslav italyan hokimiyatni qo‘lga oldi. 1206-yilda turklar shaharni 16 kun qamal qildi, biroq Kiprdan kelgan 200 nafar ritsarning yordami uning qulashini 1 yilga kechiktirdi.
1207-yilda saljuqiylar mintaqani bosib oldi. Shaharning yunoncha Attaliya nomi Adaliya deb o‘zgartirildi. Ammo bir necha yil o‘tgach, mahalliy xristianlar qo‘zg‘olon ko‘tardi. Shahar turklar tomonidan ikkinchi marta 24-dekabr 1215-yilda, qariyb bir yillik qamaldan keyin zabt etildi. Ikkinchi istilo vaqtida turklar xristianlarga qarshi jihod e’lon qildi va g‘alabadan keyin aholini qo‘rqitish maqsadida shahar devorlariga o‘lim bilan tahdid qiluvchi yozuv o‘yib yozdi. Biroq u arab yozuvida bitilgani sababli yunon xristianlari uni tushunmagan.
1321—1423-yillarda Adaliya mustaqil Teke beyligining markazi bo‘lgan. 1387-yilga kelib, mahalliy xristianlarning qolgan qismi shu qadar og‘ir ahvolga tushdiki, ular pravoslav cherkovini saqlab qolish uchun yordam so‘rab Konstantinopol patriarxiga maktub yozdilar. Turklar saqlanib qolgan cherkovlarga haddan tashqari katta soliqlar soldi, buning natijasida 1397-yilga kelib ular amalda xarob bo‘ldi.
1423-yilda Adaliyani (Teke beyligi bilan birga) usmonli turklar bosib oldi. Ular davrida shahar Antaliya deb atala boshlandi (keng tarqalgan fikrdan farqli o‘laroq, bu nom «Onado‘li» mintaqasi nomi bilan bog‘liq emas). Usmonlilar imperiyasi davrida Antaliya muhim dengiz savdo porti vazifasini bajargan. Mahalliy qul bozori mintaqadagi eng yiriklaridan biri bo‘lgan. Bundan tashqari, imperiyaning sharqiy chegaralariga jo‘natiladigan kemalar ham shu yerda jihozlangan.
Eng yangi davr
Birinchi jahon urushidan keyin, 1919—1921-yillarda shahar vaqtincha Italiya qirolligi tomonidan bosib olindi. Antaliya Mustafo Kamol Otaturk boshchiligidagi milliy ozodlik harakatiga tayyorgarlik ko‘riladigan tayanch maskanlardan biriga aylandi. Ozodlik urushi yakunida Antaliya Turkiya Respublikasi tarkibiga kirdi.
XX asr davomida shahar jadal rivojlandi. Qishloq xo‘jaligi, charm sanoati, dengiz transporti va logistika imkoniyatlari bosqichma-bosqich kengaydi. Shahar hududiy jihatdan o‘sdi, transport tarmog‘i shakllandi. XX asr oxirida Turkiya Rivyerasining sayyohlik salohiyati jadal ro‘yobga chiqarilishi fonida Antaliya mamlakatning muhim turizm markaziga aylandi. D400 avtomobil yo‘li uni boshqa kurort hududlari bilan bog‘laydi. 1998-yilda modernizatsiya qilingan aeroport qisqa vaqt ichida yo‘lovchi oqimi bo‘yicha mamlakatda uchinchi o‘ringa chiqdi.
Zamonaviy davr
2021-yildan boshlab shaharda Antaliya diplomatiya forumi. IV forum 11—13-aprel 2025-yilda bo‘lib o‘tdi. Unda 450 nafar vakil 140 ta mamlakatdan qatnashdi, jumladan 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbari hamda 70 dan ziyod vazir ishtirok etdi.

Geografiyasi va iqlimi
Antaliyaning iqlimi subtropik O‘rta yer dengizi iqlimi bo‘lib, qishi yumshoq va juda seryomg‘ir, yozi esa uzoq, issiq va qurg‘oqchil o‘tadi. Antaliyada qishda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishiga Tavr tog‘lari sabab bo‘ladi: ular siklonlarning shimolga kirib borishiga to‘sqinlik qilib, go‘yo ularning namligini «filtrlaydi». Yozda yog‘in kam yog‘adi, ba’zan butun yoz davomida umuman yog‘in kuzatilmagan. Havoning nisbiy namligi deyarli yil bo‘yi 55 foizdan 65 foizgacha bo‘ladi.
Maydan oktabrgacha davom etadigan nisbatan quruq mavsumda havo ochiq va kam bulutli bo‘ladi. Oktabrdan aprelgacha esa sovuq shamollar va kuchli yomg‘irlar bilan kechadigan nam mavsum hukm suradi. Havo haroratining noldan pastga tushishi va qor yog‘ishi juda kam uchraydi hamda uzoq davom etmaydi. Cho‘milish mavsumi shartli ravishda may o‘rtalaridan noyabr boshlarigacha davom etadi.
| Ko‘rsatkich \ Davr | Yan | Fev | Mar | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Mutlaq maksimal harorat t, °C | 23,9 | 23,4 | 28,8 | 33,2 | 37,6 | 43,5 | 45,2 | 43,3 | 41,2 | 37,7 | 33 | 25,4 | 45,2 |
| O‘rtacha maksimal harorat t, °C | 15 | 15,4 | 18,1 | 21,5 | 26,1 | 31,4 | 34,6 | 34,4 | 31,4 | 26,9 | 21 | 16,4 | 24,35 |
| O‘rtacha harorat, °C | 9,6 | 9,9 | 12,2 | 15,8 | 20,3 | 25,3 | 28,3 | 27,8 | 24,3 | 19,5 | 14,2 | 10,8 | 16,98 |
| O‘rtacha minimal harorat t, °C | 5,5 | 5,8 | 7,5 | 10,7 | 14,6 | 19,1 | 22,3 | 22,1 | 18,7 | 14,7 | 9,9 | 6,9 | 13,15 |
| Mutlaq minimal harorat t, °C | −2 | −4,4 | −1,6 | 1,4 | 6,7 | 11,1 | 14,8 | 15,3 | 10,6 | 4,9 | 0,8 | −1,6 | −4,4 |
| Yog‘in miqdori (me’yor), mm | 226,9 | 138,6 | 99,7 | 61,2 | 32 | 9,1 | 5,6 | 5,1 | 15,6 | 85,5 | 171,5 | 269 | 1119,8 |
| Suv harorati, °C | 17 | 16 | 16 | 18 | 20 | 24 | 26 | 27 | 26 | 24 | 21 | 18 | 21 |
| Manba: Antaliya iqlimi | |||||||||||||
Antaliya viloyati relyefi asosan tog‘li bo‘lib, shahar hududi ham bundan mustasno emas. Sohilbo‘yi hududlarida balandlik keskin, bir necha metrga farq qiladi (bu eski shaharda yaqqol ko‘rinadi). Shunday joylardan birida sharshara joylashgan. Sohildan uzoqroqdagi yangi qurilishlar hududida balandlik tafovutlari kamroq.
Ma’muriy-hududiy bo‘linishi
2012-yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra, Antaliya munitsipaliteti chegaralari viloyat hududi chegaralariga moslashtirildi. Natijada shahar va viloyat ma’muriy bo‘linish nuqtayi nazaridan tenglashtirildi.
Shunga qaramay, rasmiy xaritalarga ko‘ra, geografik jihatdan Antaliya shahri tarkibiga Muratpasha, Kepez, Konyaalti (qisman) tumanlari hamda Aksu va Do‘shemealti tumanlarining ayrim mahallalari kiradi.
Aholisi
Turkiya statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Antaliya shahri aholisi quyidagicha:
| 2022-yil oxiridagi Antaliya tumanlari aholisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||||||
| Tuman | Aholisi, kishi (2021-yil) | Aholisi, kishi (2022-yil) | O‘zgarish, kishi | O‘zgarish, % | Mahallalar soni | Maydoni, km2 | Zichligi, kishi/km2 |
| Aksu | 75 633 | 77 623 | 1990 | 2,60 | 35 | 406 | 191 |
| Do‘shemealti | 73 809 | 79 495 | 5686 | 7,42 | 33 | 687 | 116 |
| Kepez | 591 895 | 608 675 | 16 780 | 2,80 | 68 | 292 | 2085 |
| Konyaalti | 199 609 | 204 795 | 5186 | 2,57 | 39 | 546 | 375 |
| Muratpasha | 521 183 | 526 293 | 5110 | 0,98 | 55 | 96 | 5482 |
| Jami | 1 462 129 | 1 496 881 | 34 752 | 2,30 | 227 | 2027 | 738 |
Iqtisodiyoti va shahar infratuzilmasi


Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari qishloq xo‘jaligi, turizm, savdo va yengil sanoatdir.
Shahar iqtisodiyotining nisbatan yangi yo‘nalishlaridan biri sayr qilishga mo‘ljallangan yaxtalar qurilishidir. Bu soha 2010-yillarning boshidan, Konyaalti hududida yangi dengiz porti va erkin iqtisodiy zona ishga tushirilgach, jadallashdi.
Qishloq xo‘jaligi dehqonchilik (sitrus mevalar, banan, zaytun, olma, pomidor, bodring va paxta yetishtirish), chorvachilik (qo‘y va parranda boqish), shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash (zaytun moyi, meva sharbatlari va konservalar ishlab chiqarish) orqali rivojlangan.
Yengil sanoatning asosini to‘qimachilik (kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari) tashkil etadi; charm ishlab chiqarish korxonalari esa uncha ko‘p emas.
Tarixiy markaz (Eski shahar) me’morchiligida Rim, Vizantiya va Usmonlilar an’analari uyg‘unlashgan. Saqlanib qolgan bino va inshootlarning aksariyati Usmonlilar davriga tegishli. Antaliyaning eski shahri me’moriy obidalardan tashqari, qadimiy yodgorliklari va arxeologiya muzeyi bilan ham mashhur.
Shaharda 2 ta universitet (Antaliya turizm akademiyasi va Akdeniz universiteti[ingl.]), 3 ta sport majmuasi, ko‘plab maktablar, shifoxonalar va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatadi.
Transport
Antaliyaning mamlakatning boshqa hududlari bilan aloqasi havo, dengiz va avtobus transporti orqali ta’minlanadi; temiryo‘l yo‘q. Avtomobil yo‘llarining sifati yuqori.
Shahar ichidagi jamoat transporti avtobuslar va tramvaylardan iborat (shaharning tarixiy qismida eski, butun shaharni kesib o‘tuvchi zamonaviy tramvaylar qatnaydi).
Shaharda yo‘nalishli taksilar (do‘lmushlar) qatnaydi; ular ustidagi chiziq rangi bilan farqlanadi. Avtobuslardan farqli ravishda, do‘lmushlarda faqat naqd pul qabul qilinadi. Aeroportdan va shahar bo‘ylab qulay harakatlanish uchun sayyohlar hamda mahalliy aholi transfer va taksi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Antaliyaning yana bir muhim transport maskani shaharlararo avtovokzaldir. Antaliya shaharlararo avtovokzali Kepez tumanida joylashgan. Uning yana bir muhim jihati shundaki, u Turkiyaning O‘rta yer dengizi sohilidagi shaharlar o‘rtasidagi tranzit yo‘nalishda joylashgan. Shu sababli har kuni Antaliya avtovokzali orqali minglab avtobuslar qatnaydi. Antaliyadan Turkiyaning istalgan shahriga avtobusda yetib borish mumkin. Rossiya yoki Yevropa davlatlaridan samolyotda Turkiyaning eng ko‘p aholiga ega shahri — Istanbulga kelgan yo‘lovchilar ham avtobusda Antaliya avtovokzaligacha yetib kelishi mumkin. Shuningdek, Antaliya markazidan viloyatning Alaniya, Manavgat va Kemer kabi sayyohlik hududlariga avtovokzaldan har kuni qatnaydigan avtobuslarda oson borish mumkin.
Sport
24-sentabrdan 1-oktabrgacha (2023-yil) Antaliya sport saroyi[ingl.]da FIBA Chempionlar ligasi saralash bosqichining uch tur uchrashuvlari o‘tkazildi 2023/2024[ingl.].
17—22-sentabr kunlari (2024-yil) «Gloria Sports Arena»da FIBA Chempionlar ligasi saralash bosqichining 4 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. 2024/2025[ingl.].
Shaharda «Antalyaspor» (turkcha Antalyaspor Kulübü) futbol klubi mavjud bo‘lib, u Turkiya Superligasida qatnashadi. Klub uy uchrashuvlarini «Antaliya Arena» stadionida o‘tkazadi. Stadion 32 539 tomoshabinga mo‘ljallangan.
Sayyohlik diqqatga sazovor joylari
Tabiiy obyektlar:
- Dyuden sharsharasi
- Plyajlar: Konyaalti va Lara
- Tyunektepe tog‘i va undagi kuzatuv maydonchasi
- Karaaliog‘lu bog‘i

Inson yaratgan obyektlar:
- Qal’a devorlari
- Respublika maydoni va Kaleichi (Eski shahar) hududi: Otaturk uy-muzeyi, Muratpasha masjidi, Tekeli Mehmet posho masjidi, Yivli minorasi, Iskele masjidi, Adrian darvozalari, Hidirlik minorasi, soat minorasi
- Haykallar: Attal II, Mustafo Kamol Otaturk va Alouddin Kayqubod
- Arxeologiya muzeyi
- Konferensiya markazi «Nest» kurort hududida joylashgan: Belek
- Akvapark, delfinariy va akvariumdan iborat suv majmuasi
- Antaliya hayvonot bog‘i
- Shahar atrofidagi antik davr arxeologik yodgorliklari: Aspendosdagi amfiteatr va Perge xarobalari
Tadbirlar va marosimlar:
- Kinofestival «Oltin apelsin»
- Xalqaro qum haykallari festivali
- Futbol va gandbol uchrashuvlari o‘tkaziladigan «Antaliya Arena»
- Teatrlashtirilgan tomoshalar — Aspendos teatrida
- Har yili o‘tkaziladigan yog‘li kurash bo‘yicha milliy chempionat
Ko‘plab sayohat yo‘lko‘rsatkichlarida shahar bog‘lari ham diqqatga sazovor joylar qatoriga kiritiladi: Karaaliog‘lu (eski shaharda), Mermerli (eski shaharda, port yaqinida), Konyaalti (shaharning shu nomli tumanida), shuningdek, shahar atrofidagi «Kurshunlu sharsharasi» milliy bog‘i.
Qardosh shaharlar
Rostov-Don, Rossiya (1995)
Nyurnberg, Germaniya (1997)
Bat-Yam, Isroil (1997)
/
Famagusta, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi/Kipr Respublikasi
Qozon, Rossiya (2002)
Taldiqo‘rg‘on, Qozog‘iston (2003)
/
Yalta, Rossiya/Ukraina (2008)
Malmyo, Shvetsiya (2008)
Ostin, Texas, AQSH (2008)
Mostar, Bosniya va Gersegovina (2011)
Xaykou, Xitoy (2011)
Kunmin, Xitoy (2012)
Chonju, Janubiy Koreya (2013)
Vladimir, Rossiya (2013)
Sinin, Xitoy (2014)
Sindao, Xitoy (2014)
Urumchi, Xitoy (2014)
Livan (okrugi), Guanchjou, Xitoy (2015)
Sunchxon, Janubiy Koreya (2016)
Mayami, AQSH (2017)
Sevilya, Ispaniya (2017)
Brest, Belarus
Galereya
- Samolyot oynasidan ko‘ringan Antaliya
- Dyuden sharsharasi
- Kaleichidagi eski bandargoh
- Otaturk maydoni
- Yangi tumandagi odatiy turarjoy binolari
- Tekeli Mehmet posho masjidi
- Konyaalti tumanidagi plyaj
- Yivli minorasi, eski shahar panoramasi
- Antaliya arxeologiya muzeyida
- Eski bandargoh va Kaleichining yuqoridan ko‘rinishi
- Eski shahardagi tarixiy binolar joylashgan ko‘cha
- Adrian darvozalari
- Akvarium
- Antaliya aeroporti
- Antalya Arena sport majmuasi
- Bandargoh va Konyaalti
Havolalar
Vikimedia omborida mavzuga oid mediafayllar mavjud: Antaliya- antalya.bel.tr (turkcha) — Antaliyaning rasmiy sayti
