Zilzilalarni bashorat qilish

Zilzilalarni prognoz qilish — ma’lum bir magnitudadagi zilzila muayyan joyda va muayyan vaqtda (yoki muayyan vaqt oralig‘ida) sodir bo‘lishi haqidagi taxmindir. Seysmologlarning katta sa’y-harakatlariga qaramay, hozircha zilzila vaqtini kun yoki oy aniqligida prognoz qilish va shu orqali oldi olingan zarar miqdori yolg‘on ogohlantirishlardan kelib chiqadigan iqtisodiy zarardan muntazam oshib borishini ta’minlash mumkin emas.

Zilzilalar keltiradigan zararni eng kam darajaga tushirish imkonsiz; buning uchun muayyan vazifalarni hal qilish va katta mablag‘ talab etiladi. Mablag‘ olish imkoniyati ko‘pincha obyektning ahamiyati hamda u vayron bo‘lganda maqbul deb hisoblanadigan xavfdarajasiga bog‘liq. Olimlar zilzilalar haqida qancha ko‘p bilsa, ular keltiradigan zararni kamaytirish imkoniyati shuncha ortadi. Bu bilimlar seysmik xavfning makon va vaqt bo‘yicha taqsimlanishini yoki yer silkinishining eng ehtimoliy kuchini ko‘rsatuvchi maxsus xaritalarda aks ettiriladi. Xaritalar avval sodir bo‘lgan zilzilalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida tuziladi. Binobarin, bunday ma’lumot qancha ko‘p bo‘lsa, prognoz shuncha aniq bo‘ladi. Biroq zilzilalar haqida ma’lumot hamisha ham yetarli emas. Bu zilzilalar ilgari sodir bo‘lmaganidan emas, balki asboblar yordamidagi seysmologik kuzatuvlar faqat so‘nggi yuz yil davomida olib borilgani, undan avvalgi davrdagi zilzilalarning parametrlari (epitsentr koordinatalari, o‘choq chuqurligi, quvvati) haqida aniq ma’lumotlar yo‘qligi bilan bog‘liq.

Olimlar hozirgacha zilzilalar bilan bog‘liq fizik jarayonlarning barcha tafsilotlarini va ularni aniq oldindan aytish usullarini bilmaydi. Hozirda bir qator hodisalar zilzilaning ehtimoliy darakchilari sifatida ko‘rib chiqilmoqda: ionosferadagi o‘zgarishlar, turli elektromagnit ko‘rsatkichlar, jumladan, infraqizil va radioto‘lqinlar, radonajralishi hamda hayvonlarning g‘ayrioddiy xatti-harakati.

Amerika seysmologiya jamiyati fikricha, prognozlash usuli to‘g‘ri deb tasdiqlanishi uchun u kutilayotgan magnitudani ma’lum yo‘l qo‘yiladigan xatolik bilan, epitsentrjoylashgan hududni aniq chegaralab, hodisa sodir bo‘ladigan vaqt oralig‘ini va uning haqiqatda yuz berish ehtimolini ko‘rsatishi lozim. Prognoz asosidagi ma’lumotlarni tekshirish va ularni qayta ishlab olingan natijalarni takroran hosil qilish imkoni bo‘lishi kerak.

Uzoq muddatli (bir necha yil yoki o‘n yilliklar uchun) prognozlarda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli zilzilani oy aniqligida oldindan aytish ehtimolidan ancha yuqori. Hozircha soatlar yoki bir kun doirasida aniq qisqa muddatli prognoz berish mumkin emas.

Zilzilalarni prognoz qilish muammosi

Zilzilalarni oldindan aytishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarda seysmologlar bo‘lajak zilzilalarning quyidagi hodisalar bilan bog‘liqligini o‘rgangan: yer po‘stining harakati, quduqlardagi yerosti suvlari sathining o‘zgarishi, geliyajralishi, radon yoki vodorod ajralishi, seysmik to‘lqinlarning tezlanishidagi o‘zgarish, elektromagnit maydonlar (seysmoelektromagnetizm), tuproq haroratining keng ko‘lamda o‘zgarishi hamda ionosferadagi ionlar konsentratsiyasining o‘zgarishi.

Vaqti-vaqti bilan yetarli malakaga ega bo‘lmagan kishilar zilzilalarni prognoz qilish muammosiga yechim topganini da’vo qiladi. Ob-havo sharoitlari, g‘ayrioddiy bulutlar, Oy fazalari va shu kabilarga asoslangan bunday xayoliy prognoz nazariyalari soxta ilmiy hisoblanadi.

Tadqiqot dasturlari tarixi

AQSHda

Amerika Qo‘shma Shtatlarida zilzilalarni prognoz qilish muammosi 1960-yillarning o‘rtalarida ko‘tarilgan. Yaponiya bilan birgalikda ko‘plab konferensiyalar o‘tkazilgan, biroq 1977 yilda tashkil etilgan Zilzila xavfini kamaytirish milliy dasturi (ingl. National Earthquake Hazards Reduction Program) paydo bo‘lguncha sezilarli natijaga erishilmagan. Dastur vazifalaridan biri zilzilalarni prognozlash usullari va erta ogohlantirish tizimlarini ishlab chiqish edi. Biroq asosiy e’tibor prognozlashdan zararlarni kamaytirishga 1990-yilda qaratilgan.

1984-yilda Parkfild tajribasi boshlangan, ammo unda San-Andreasyorig‘ida sodir bo‘lgan zilzilani to‘g‘ri prognoz qilishning imkoni bo‘lmagan. 1995-yilda AQSH Milliy fanlar akademiyasi kollokvium o‘tkazgan. «Zilzilalarni prognoz qilish: fan oldidagi muammo» deb nomlangan ushbu anjuman zilzilalarni oldindan aytishga oid hech qanday yangi ma’lumot bermagan.

Yaponiyada

Yaponiyada zilzilalarni oldindan aytish dasturi 1964-yilda besh yillik reja asosida ishga tushirilgan. 1978-yilda dastur magnitudasi 8 dan yuqori bo‘lgan zilzilani Tokayhududida, Tokioyaqinida prognoz qilishga qaratildi. Bunday zilzila Yaponiya tarixidagi eng yirik falokatga aylanishi va butun jahon iqtisodiyotiga ulkan zarar yetkazishi mumkin edi. Hozir Yaponiyada seysmik to‘lqinlarni qayd etish, yer po‘sti deformatsiyasini aniqlash, yerosti suvlari xossalarini va elektromagnit o‘zgarishlarni o‘rganish bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi tizim mavjud. Bularning barchasi zilzila tayyorgarlik jarayonlarini tushunishga qaratilgan ulkan sa’y-harakatlarning bir qismidir.

Germaniyada

Germaniyalik olimlar uzoq vaqt davomida seysmik faollikning turli davrlarida chumolalar xatti-harakatini o‘rganib, ular hayot faoliyati tartibini faqat kuchi kamida 2 ball bo‘lgan zilzila arafasida tubdan o‘zgartiradi, degan xulosaga kelishgan. Duyzburguniversiteti olimlarining so‘zlariga ko‘ra, chumolalarning faol va tinch holatlari almashinuvida barqaror o‘zgarish kuzatilgan: zilziladan bir necha soat oldin uyqu bosqichi o‘rniga faollik keskin kuchaygan, undan keyin odatda kelishi kerak bo‘lgan faol bosqich esa bir sutka davomida kuzatilmagan. Mutaxassislar buni zilzila oldidan odam sezmaydigan, lekin chumolalarning xatti-harakatiga ta’sir qiladigan zaharli gaz ajralishi mumkinligi bilan izohlaydi.

Xitoyda

2013-yilda Xitoyning Sichuan viloyatida yuz bergan kuchli zilziladan keyin seysmik silkinishlarni prognoz qilish uchun $300 milliondan ortiq mablag‘ ajratishga qaror qilingan. Mamlakatning eng xavfli hududlarida kuchli zilzila haqida erta ogohlantirish maqsadida 5000 ta kuzatuv stansiyasidan iborat tarmoq yaratilishi belgilangan.

Rossiyada

Rossiyalik olimlar kuchli yerosti silkinishlarini qisqa muddatda prognoz qilish tizimini yaratishga imkon beradigan zilzila darakchilarini kompleks tahlil qilish usulini ishlab chiqqan. Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi Sergey Pulinetsningso‘zlariga ko‘ra, yo‘ldosh texnologiyalari yordamida ionosferadagielektronlarning umumiy miqdori, shuningdek, atmosferaning quyi qatlamlaridagi harorat va boshqa bir qator parametrlar kuzatilib, yaqinlashayotgan silkinishlarning belgilari aniqlanadi. Ushbu bosqichda olimlar magnitudasi 5,5 dan yuqori bo‘lgan zilzilalarni besh sutkagacha aniqlik bilan prognoz qila olishini aytmoqda, biroq statistik ma’lumotlarga ko‘ra, prognozlarning atigi 60% i muvaffaqiyatli chiqadi.

2010-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining Yer fizikasi instituti seysmologiya bo‘limi mudiri Gennadiy Sobolev «Rossiyada zilzilalarni prognoz qilish» konferensiyasida Rossiyaning seysmik jihatdan eng xavfli hududlarida yer po‘sti harakatini kuzatish stansiyalari yetishmasligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, seysmologlarga yerosti faolligini kuzatish uchun uskunalar yetarli emas.

2011-yilda Yer fizikasi instituti direktorining o‘rinbosari Yevgeniy Rogojin «Zilzilalarni prognoz qilish: Rossiya va dunyo ularga tayyormi?» konferensiyasida darakchilarni o‘rganishning zaif tomoni shundaki, mamlakatda barcha darakchilarni kompleks kuzatib boradigan maxsus xizmat yo‘qligini ta’kidlagan.

Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo‘limi va Sibir geologiya, geofizika va mineral xomashyo ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan 2012-yilda zilzilalarni prognozlash imkonini beradigan faol monitoring usuli ishlab chiqilgan. Bu usulda quvvati 100 tonnagacha bo‘lgan vibratsiya manbalaridan foydalaniladi. Mazkur manbalar yer po‘stining tuzilishi haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Biroq zilzilalarni prognozlash tizimini yaratish ishlari hali ham Bistrovkadagi tajriba maydonida davom etmoqda.

Zilzila darakchilari

Ko‘plab zilzilalar, ayniqsa yiriklari oldidan o‘sha hudud uchun xos bo‘lmagan ayrim hodisalar kuzatilgan. XVII–XXI asrlardagi kuchli zilzilalar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, zilzilalar bilan bog‘liq voqealar tilga olingan yilnomalar tizimlashtirilishi natijasida zilzila haqida tezkor ogohlantirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan bir qator odatiy hodisalar aniqlangan. Zilzilalar turli mexanizmlar orqali, turli geologik sharoitlarda, sutkaning va yilning turli paytlarida ro‘y bergani sababli, ulardan oldin kuzatiladigan hodisalar ham bir-biridan farq qilishi mumkin.

2010-yillarning boshiga kelib, zilzila darakchisi deb qaraladigan hodisalarning deyarli barchasi ilmiy jihatdan izohlangan. Shunga qaramay, ulardan tezkor ogohlantirish uchun foydalanish juda kam hollarda samara beradi, chunki bunday hodisalar faqat zilzilalarga xos emas. Masalan, atmosferadagi yorug‘lik hodisalari geomagnit bo‘ronlar vaqtida yuzaga kelishi yoki texnogen kelib chiqishga ega bo‘lishi mumkin, hayvonlarning ommaviy bezovtalanishiga esa yaqinlashayotgan siklon sabab bo‘lishi mumkin.

Hozirgi vaqtda zilzilaning ehtimoliy darakchilari sifatida quyidagi hodisalar ajratiladi: forsoklar, atmosferadagi anomal hodisalar, yerosti suvlari sathining o‘zgarishi va hayvonlarning bezovta xatti-harakati.

2020-yilda seysmik faol hududda hayvonlarga o‘rnatilgan xatti-harakat datchiklari yordamida o‘tkazilgan tadqiqotda oltita sigir, beshta qo‘y va ikkita it kuzatilgan. Tadqiqot Italiyada zilziladan ko‘pi bilan 20 soat oldin ularning xatti-harakati o‘zgarishini, epitsentr qanchalik yaqin bo‘lsa, o‘zgarish shunchalik erta sodir bo‘lishini ko‘rsatgan. Eng sezgir hayvonlar itlar, ulardan keyin esa sigirlar ekan.

Forsoklar

Forsoklar — kuchli zilziladan oldin sodir bo‘ladigan o‘rtacha kuchli zilzilalardir. Forsok faolligining yuqori bo‘lishi boshqa hodisalar bilan birga tezkor darakchi vazifasini o‘tashi mumkin. Masalan, Xitoy seysmologiya byurosi ana shu asosda kuchli zilziladan bir kun oldin bir million kishini evakuatsiya qila boshlagan. Zilzila esa 1975-yilda sodir bo‘lgan.

Yirik zilzilalarning yarmidan oldin forsoklar kuzatilsa-da, barcha zilzilalarning atigi 5–10% i forsok hisoblanadi. Shu sababli tez-tez yolg‘on ogohlantirishlar beriladi.

Atmosferadagi optik hodisalar

Qadim zamonlardan buyon ko‘plab yirik zilzilalar oldidan o‘sha hududga xos bo‘lmagan atmosfera optik hodisalari — qutb yog‘dusiga o‘xshash shu’lalar, yorug‘lik ustunlari va g‘alati shakldagi bulutlar paydo bo‘lishi kuzatilgan. Ular bevosita silkinishlardan oldin, ba’zan esa bir necha kun avval yuzaga keladi. Odatda bu hodisalarni maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan odamlar tasodifan ko‘radi va ular xolis tavsif bera olmaydi. Mobil foto va video qurilmalar ommalashishidan oldin bunday ma’lumotlarni tahlil qilish ayniqsa murakkab bo‘lgan. Faqat so‘nggi o‘n yillikda atmosfera ustidan sun’iy yo‘ldosh orqali monitoring, mobil suratga olish va avtomobil videoregistratorlari rivojlangach, zilziladan oldingi g‘ayrioddiy optik hodisalar ishonchli tarzda qayd etila boshlagan. Jumladan, bunday hodisalar Sichuan zilzilasidan oldin ham kuzatilgan.

Hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, atmosferadagi g‘ayrioddiy optik hodisalar bo‘lajak zilzila zonasida sodir bo‘ladigan quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq:

  1. Kuchlanish ostidagi tog‘ jinslaridan gaz va bug‘larning atmosferaga chiqishi. Hodisalarning ko‘rinishi va xususiyati ajralayotgan gazlarga bog‘liq: yonuvchi metan va vodorod sulfidi alangalanish hosil qilishi mumkin, bu, masalan, Qrim zilzilalari oldidan kuzatilgan; radon o‘z radioaktivligi ta’sirida ko‘kimtir rangda fluoressensiyalanadi va boshqa atmosfera gazlarining ham fluoressensiyasini keltirib chiqaradi; oltingugurtli birikmalar esa xemilyuminessensiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
  2. Kuchlanish ostidagi tog‘ jinslarining elektrlanishi, buning natijasida bo‘lajak zilzila o‘chog‘i joylashgan hududda yer yuzasida va atmosferada elektr razryadlari paydo bo‘ladi.

Yerosti suvlari sathining o‘zgarishi

Keyinchalik o‘tkazilgan tahlillar ko‘plab yirik zilzilalardan oldin quduqlar, burg‘ilangan quduqlar, buloqlar va chashmalarda yerosti suvlari sathi g‘ayritabiiy o‘zgarganini ko‘rsatgan. Xususan, Chuy zilzilasi oldidan ayrim joylarda tuproq yuzasida to‘satdan ko‘plab buloqlar paydo bo‘lib, ulardan suv ancha tez oqib chiqa boshlagan. Shunga qaramay, zilzilalarning katta qismi oldidan suvli gorizontlarda hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan.

Hayvonlarning bezovta xatti-harakati

Ko‘plab kuchli zilzilalarning asosiy silkinishlaridan oldin katta hududda hayvonlarning sababsiz bezovtalanishi kuzatilgani ishonchli qayd etilgan. Ehtimol, bu paytda hayvonlar odatiy bo‘lmagan tebranishlarni sezadi yoki infratovush tebranishlariga javob qaytaradi. Masalan, bunday holat 1927-yilgi Qrim zilzilalarida, Ashxobod zilzilasi oldidan hamda Chuy zilzilasioldidan kuzatilgan. Ammo Spitak zilzilasi va Neftegorsk zilzilasidan oldin hayvonlarda ommaviy g‘ayrioddiy xatti-harakatlar kuzatilmagan.

Prognoz qilishga urinishlar

Italiya

20-sentabr 2011-yilda olti nafar italiyalik geofizik-vulkanolog 2009-yilda L’Akvila shahrida sodir bo‘lgan zilzilaning halokatli oqibatlarini oldindan ayta olmaganlikda ayblanib sudga tortilgan .

Xitoy

Xaychen evakuatsiyasi

Bir qator forsoklardan (ularning ayrimlari binolarga ma’lum darajada zarar yetkazgan) so‘ng ayrim mahalliy rahbarlar aholini evakuatsiya qilgan. Biroz vaqt o‘tgach, M7.3 magnitudali kuchli zilzilasodir bo‘lgan. Xitoyning shimoli-sharqida bunday zilzila yuz berishi mumkinligi haqida bir necha yil oldin ham gapirilgan bo‘lsa-da, aniq prognoz ishlab chiqilmagan.

Shunga qaramay, Tangshan zilzilasirasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 242 ming kishining hayotiga zomin bo‘lgan bo‘lsa ham, uni oldindan aytishning imkoni bo‘lmagan. Bu bir muddat zilzilalarni prognoz qilish bo‘yicha tadqiqotlarni shubha ostiga qo‘ygan.

Yaponiya

1892-yilda Yaponiya hukumati Zilzilalarni tadqiq etish imperatorlik qo‘mitasini vayronkor 1891-yilgi Nobi zilzilasiga (Mino-Ovari, M8.0) javoban tashkil etgan.