Magnit yurituvchi kuch nima

Magnit yurituvchi kuch
ℱ
O‘lchov birliklari
SI A
SGS Gb
Eslatmalar
skalyar kattalik

Magnit yurituvchi kuch (MYK) — elektr toklari magnit oqimlarini hosil qilish qobiliyatini ifodalovchi fizik kattalik. Magnit zanjirlarini hisoblashda qo‘llanadi; elektr yurituvchi kuchning elektr zanjirlaridagi analogi hisoblanadi.

Magnit yurituvchi kuch ℱ g‘altakda yoki elektromagnitda quyidagi formula bilan hisoblanadi:

ℱ=NI,

bu yerda N — g‘altakdagi o‘ramlar soni, I — zanjirdagi tok kuchi.

Magnit zanjiridagi magnit oqimini ifodalovchi va ba’zan Gopkinson qonuni deb ataladigan formula quyidagicha:

ℱ=ΦRm

bu yerda Φ — magnit oqimining qiymati, Rm — o‘tkazgichning magnit qarshiligi. Bu ifoda Om qonunining magnit zanjirlaridagi analogidir.

O‘lchov birliklari

Magnit yurituvchi kuch SI tizimida amperlarda o‘lchanadi, xuddi elektr toki kabi (bunga o‘xshab, elektr yurituvchi kuch va elektr kuchlanishi ham voltlarda o‘lchanadi). Tok kuchi bilan chalkashtirmaslik uchun bu birlik norasmiy ravishda ko‘pincha amper-o‘ram deb ataladi. Ilgari bu birlik MKS tizimida shu nom bilan yuritilgan. Ba’zan SGS tizimida uchraydigan o‘lchov birligi — gilbert.

Adabiyotlar

Qo‘shimcha adabiyotlar

Havolalar