Bangalor haqida

Shahar
Bangalor
kann. ಬೆಂಗಳೂರು
ingl. Bengaluru
12°58′ sh. k. 77°34′ shq. u.HGЯO
Mamlakat  Hindiston
Shtat Karnataka
Shahar okrugi Bangalor
Mer S. K. Nataraj
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan 1537
Ilk bor tilga olingan 890
Avvalgi nomlari Bengaluru (XII asr)
Maydoni 741 km²
Dengiz sathidan balandligi 920 m
Iqlim turi tropik savanna iqlimi
Vaqt mintaqasi UTC+5:30
Aholisi
Aholisi
  • ▲12 327 000 kishi (2020)
Zichligi 7126 kishi/km²
Aglomeratsiya aholisi 10 178 146
Millatlar kannadalar, tamillar, telugular va boshqalar
Diniy jamoalar hinduizm, islom, jaynizm, xristianlik vakillari va boshqalar
Aholi nomi bangalorlik, bangalorliklar
Rasmiy til kannada
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +91 80
Pochta indeksi 5600xx
Avtomobil kodi KA-01 — KA-05,
KA 41, KA 50, KA 51, KA 53

bbmp.gov.in  (ingl.)
Бангалор на карте
Бангалор
Bangalor
Бангалор на карте
Бангалор
Bangalor
Логотип Викисклада Vikimedia Commonsdagi mediafayllar

Bangalór, shuningdek, Bengalúru (kann. ಬೆಂಗಳೂರು, XFA: ['beŋgəɭuːru]fayl haqida, ingl.: XFA: [ˈbæŋgəloːɾ]fayl haqida) — yirik shahar va ma’muriy markaz bo‘lib, Hindistonning janubidagi Dekan yassitog‘ligi, xususan, Karnataka shtatining janubi-sharqiy qismida joylashgan va uning poytaxti hisoblanadi. Aholi soni bo‘yicha Hindistondagi uchinchi yirik shahar va beshinchi yirik aglomeratsiya hisoblanadi.

Bu Osiyoning eng tez rivojlanayotgan shaharlaridan biri, mamlakatdagi eng yirik ilmiy va sanoat markazi bo‘lib, unda mashinasozlik, elektronika, aerokosmik sanoat, telekommunikatsiya uskunalari va mudofaa sanoati mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, Bangalor «Hindistonning Kremniy vodiysi» deb ham ataladi, chunki bu yerda axborot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ko‘p. Shaharda universitet, Hindiston fan instituti va Milliy aeronavtika laboratoriyasi ham joylashgan. Bangalorning jahon iqtisodiyotidagi roli tobora ortib borayotganini inobatga olib, «CNN» telekanali 2007-yilda bu shaharni «uchinchi dunyo mamlakatlarida biznes yuritish uchun eng jozibador joylardan biri» deb atagan.

Zamonaviy Bangalorga mahalliy vassal va kichik Yelahanka qishlog‘ining (hozir Bangalor chekkasidagi hudud) boshlig‘i Kempe Gouda I[ingl.] asos solgan deb hisoblanadi. U 1537-yilda bu yerda xom g‘ishtdan qal’a qurib, uni Vijayanagara imperiyasining bir viloyati deb e’lon qilgan. Uning vorisi Kempe Gouda II qishloq atrofida to‘rtta qo‘riqlash minorasini o‘rnatib, shu tariqa uning chegaralarini belgilagan. Britaniya hukmronligi davrida shahar tez o‘sib, Hindiston janubidagi mustamlaka boshqaruvi markaziga aylangan. 1806-yilda bu yerda Britaniya harbiy shaharchasi qurilishi butun mamlakatdan ko‘plab muhojirlarni jalb etib, shaharning rivojlanishiga turtki bergan. Hindiston 1947-yilda mustaqilligini e’lon qilganidan so‘ng Maysur knyazligi, ya’ni shahar joylashgan hudud, shtatga aylantirildi va Bangalor uning poytaxti maqomini oldi. 1973-yilda Maysur shtati Karnataka deb qayta nomlandi. Hozir bu ko‘plab oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlariga ega, tez rivojlanayotgan shahardir; savodxonlik darajasi bo‘yicha Bangalor Hindistonda ikkinchi o‘rinda turadi.

Etimologiyasi

Mahalliy kannada tilida so‘zlashuvchilar qadimdan bu joyni Bengaluru (Bengalūru) deb atashgan, «Bangalor» nomi esa Britaniya hukmronligi davrida paydo bo‘lgan — ingliz mustamlakachilari mahalliy nomni o‘z talaffuzlariga moslashtirgan.

Shahar nomi ko‘pincha «qaynatilgan loviya» (kann. Bendha KaaLu) va «qishloq» (kann. ooru) haqidagi go‘zal afsona bilan bog‘lanadi — bu so‘zlar birgalikda Bengaluru nomiga ohangdosh. Afsonaga ko‘ra, Hoysala Vira Ballala II (1173—1220) mahalliy o‘rmonda adashib qolgan va yo‘l izlab yurib, tasodifan yolg‘iz bir kulbaga duch kelgan. Kulba egasi bo‘lgan keksa ayol hukmdorni faqat qaynatilgan loviya va suv bilan mehmon qila olgan. Hukmdor kampirning mehmondo‘stligiga minnatdorlik sifatida bu joyni «qaynatilgan loviya qishlog‘i» (BendhakaaLooru) deb atashga qaror qilgan. Boshqa bir nazariyaga ko‘ra, bu so‘z Malabar kino daraxti (Pterocarpus marsupium)ning mahalliy lahjadagi nomi — ven-kay (Ven-kai).

Aslida, shahar nomi Vira Ballala II hukmronligidan kamida bir necha asr oldin paydo bo‘lgan. Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi yozma eslatma IX asrga oid — shahar yaqinidagi Begur qishlog‘i ibodatxonasidan topilgan «qahramon toshi»ga (hind madaniyatida qahramonlarcha halok bo‘lgan jangchi sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik) o‘yib yozilgan bitikda 890-yilda Bengaluru nomli joyda bo‘lgan jang tilga olinadi. Qadimgi kannada tilida yozilgan bitikka ko‘ra, bengaval-uru yoki «qo‘riqchilar shahri» 1004-yilgacha Ganga podsholigi tarkibida bo‘lgan. Mintaqadagi eng yirik gazeta — «The Hindu» — bu topilmani quyidagicha sharhlaydi:

890-yilga oid bitik Bengaluru shahrining tarixi 1000 yildan ham uzoqqa borib taqalishini isbotlaydi. Biroq u shahar yaqinidagi Begurda joylashgan Parvati Nageshvara ibodatxonasida qarovsiz qolgan... Epigrafik bitik, IX asrdagi qadimgi kannada tilida yozilgan bo‘lib, unda Nagattaning xizmatkori Buttanachetti halok bo‘lgan Bengaluru jangi eslatiladi. Bu bitik haqida tarixchi R. Narasimxachar «Epigraphia of Carnatica» (10-jild) asarida ma’lumot bergan bo‘lsa-da, uni saqlab qolish uchun hech qanday chora ko‘rilmagan.

11-dekabr 2005-yilda Karnataka shtati hukumati shahar nomini «Bangalor»dan «Bengaluru»ga, tarixiy talaffuzga muvofiq o‘zgartirishini e’lon qildi. Shu tariqa, hind yozuvchisi va adabiyot bo‘yicha Jnanpitx mukofoti sovrindori U. R. Anantamurtining (ingl. U. R. Ananthamurthy) taklifiga javob qaytarildi. 27-sentabr 2006-yilda Bangalor maharajasi (Bruhath Bangalore Mahanagara Palike) nomni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, shtat hukumati esa uni tasdiqladi. Rasmiy qayta nomlash 1-noyabr 2006-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan edi. 2014-yil noyabridan shahar nomi rasman o‘zgartirildi: inglizcha nomi Bengaluru bo‘ldi.

Tarixi

Qadimda hozirgi Bangalor joylashgan hudud turli davrlarda hinduizm yoki islomga e’tiqod qilgan turli madaniyatlar ta’sirida bo‘lgan. Bu, tabiiyki, shahar aholisining madaniy merosida aks etgan. Hudud bir necha asr mobaynida G‘arbiy Ganga sulolasi (milodiy 350—1000-yillar) hukmronligida bo‘lgan, 1024-yilda esa uni tamil Chola sulolasi egallagan. 1116-yilda Hoysala imperiyasi hukmdori Vira Ballala II Talakaddagi jangda Chola qo‘shinlarini yengib, Karnataka yerlarini o‘z tasarrufiga olgan.

Bangalordagi XVI asr ibodatxonasi

Zamonaviy shahar tarixi 1537-yildan boshlanadi. O‘sha yili vassal Vijayanagara imperiyasi Kempe Gouda I bu yerda xom g‘ishtdan qal’a qurib, Nandi ibodatxonasini qurib, bu joyni gandu bhumi («qahramonlar yeri») deb atadi. Qal’a ichidagi shahar pete (peɪteɪ) deb atalgan bir nechta kichik mahallaga bo‘lingan. Shaharda ikkita asosiy ko‘cha bo‘lgan. Ulardan biri — Chikkapete (Chickkapētē) — sharqdan g‘arbga, ikkinchisi — Doddapete (Doddapētē) — shimoldan janubga cho‘zilgan. Ular kesishgan joyda Doddapete maydoni, hozirgi Bangalorning markazi shakllangan. Shahar asoschisining vorisi Kempe Gouda II qal’a atrofida to‘rtta qo‘riqlash minorasini o‘rnatib, shahar chegaralarini belgilagan. Vijayanagara hukmronligi davrida shahar Devarayanagara (Devarāyanagara) va Kalyanapura (Kalyānapura, «Gullab-yashnayotgan shahar»). Imperiya qulagach, shahar bir necha bor qo‘ldan qo‘lga o‘tgan. 1638-yilda musulmon Bijapur sultonligining Ranadulla xon boshchiligidagi katta qo‘shini Shohji Bxonsle ko‘magida Kempe Gouda III qo‘shinini tor-mor keltirdi. Shohji shaharni vaqtinchalik jagir (harbiy xizmat evaziga beriladigan feodal mulk shakli) sifatida oldi. 1687-yilda Boburiylar sarkardasi Qosimxon Shohjining o‘g‘li Ekoji (Ekoji) qo‘shinini yengib, Bangalorni Maysur sulolasi hukmdori Chikkadevaraja Vadiyarga (Chikkadevaraja Wodeyar) (1673—1704) 300 ming rupiy.

ga sotdi. 1759-yilda sulolaning boshqa bir hukmdori Krishnaraja Vadiyar II (Krishnaraja Wodeyar II) vafotidan so‘ng Maysur armiyasining bosh qo‘mondoni Haydar Ali (Hyder Ali) o‘zini hudud hukmdori deb e’lon qilib, bu yerda mustaqil Xuda-Dad davlatiga asos soldi. Haydar Alixon vafotidan keyin saltanatni uning o‘g‘li, Tipu Sulton, ya’ni «Maysur yo‘lbarsi» laqabli hukmdor boshqardi. 1799-yilda to‘rtinchi ingliz–Maysur urushi davrida Tipu Sulton halok bo‘ldi. Hokimiyatni qo‘lga olgan inglizlar avvalgi hindu sulolasini tiklab, boshqaruvni rasman 5 yoshli Mummadi Krishnaraja Vadiyar III ga topshirdilar. Mustaqilligidan ayrilgan davlat mahalliy knyazlik sifatida Britaniya imperiyasi tarkibiga kirdi, ammo huquqiy jihatdan hokimiyat hindu monarxiyasi qo‘lida qoldi. Bangalordagi ma’muriy boshqaruv maharaja — Maysur hukmdoriga o‘tdi, inglizlar nazoratida esa faqat shahardagi harbiy lager qoldi. 1799-yildan knyazlikdagi Britaniyaning rasmiy qarorgohi Maysur, 1804-yildan esa Bangalor shahri bo‘ldi. 1843-yilda Bangalor bu maqomni yo‘qotdi, ammo 1881-yilda uni qayta qo‘lga kiritib, Hindiston 1947-yilda mustaqillikka erishguniga qadar saqlab qoldi. O‘sha yillarda inglizlar harbiy lagerda ishlash uchun mahalliy aholidan ko‘ra qo‘shni Madras okrugidan davlat xizmatchilarini yollashni afzal ko‘rdilar. 1831-yilda knyazlik poytaxti Maysurdan Bangalorga ko‘chirildi. Britaniya hukmronligi davrida shahar jadal rivojlandi; bunga harbiy lager qurilishidan tashqari telegrafning joriy etilishi va temiryo‘lning Bangalorni Madras bilan bog‘lagani ham yordam berdi.

XX asr boshidagi Bangalor

Aynan XIX asrda Bangalor amalda bir-biridan mustaqil ikki qismga ajraldi: pete — asosan kannada xalqi vakillari yashaydigan hudud va tamillar istiqomat qiladigan harbiy lager. 1898-yilda shaharda epidemiya — bubonli o‘lat tarqalib, aholi soni keskin kamaydi. Kasallikdan qochgan odamlar shahar chekkalariga ko‘chib o‘ta boshladilar; natijada ikkita yangi tuman — shimolda Malleshvara (ingl. Malleshwara) va janubda Basavanagudi (ingl. Basavanagudi) paydo bo‘ldi. Zarur tibbiy yordamni muvofiqlashtirish uchun Bangalorda telefon aloqasi yo‘lga qo‘yilib, tibbiyot xodimi tayinlandi. 1906-yilda Shivanasamudra shaharchasida gidroelektr stansiyasi qurib bitkazilgach, Bangalor Hindistondagi elektr ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan birinchi shaharga aylandi.

Bangalorning «bog‘lar shahri» sifatidagi shuhrati 1927-yilda, Krishnaraja Vadiyar hukmronligining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalardan boshlangan (Krishna Raja Wadiyar IV). Yubiley munosabati bilan shaharni obodonlashtirish uchun yangi bog‘lar ochilib, munitsipal binolar va shifoxonalar qurildi. 1947-yil avgustda mustaqillikka erishilgach, Bangalor yangi tashkil etilgan Maysur shtati tarkibida qoldi. Uning maharajasi esa Rajpramux (Rajapramukh) unvonini olib, shtat gubernatori lavozimini egalladi. Shaharda ta’lim muassasalari ochila boshladi, munitsipalitetda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi. Natijada shtatda o‘zini kannada xalqiga mansub deb biladigan kishilar shaharga ko‘chib kela boshladilar. Aholi, ayniqsa, 1941—1951 va 1971—1981-yillarda jadal ko‘paydi. 1961-yilga kelib Bangalor 1 207 ming aholisi bilan Hindistonning oltinchi eng yirik shahriga aylandi.

Keyingi o‘n yilliklarda shahar sanoati rivojlanishda davom etdi. Bu yerda «Motor Industries Company» («MICO»; Germaniyaning yirik avtomobilsozlik kompaniyasi «Robert Bosch GmbH«ning bo‘linmasi) kabi yirik xususiy kompaniyalar zavodlari qurildi. 1980—1990-yillarda Bangalorda «qurilish bumi» yuz berdi, uning davomida katta yer maydonlari va bungalolar o‘rnida ko‘p qavatli turar joylar qurildi. 1985-yilda yirik elektronika ishlab chiqaruvchilardan biri — «Texas Instruments« kompaniyasi Bangalorda o‘z vakolatxonasini ochgan birinchi transmilliy korporatsiyaga aylandi. XX asr oxirida shaharda ko‘plab kompyuter kompaniyalari ish boshladi va shu sababli u ko‘pincha Hindistonning Kremniy vodiysi deb atala boshlandi.

Geografiyasi va iqlimi

Bangalor shahri Hindiston janubidagi Dekan yassitog‘ligida, dengiz sathidan taxminan 920 m balandlikda joylashgan. Ma’muriy jihatdan Karnataka shtatiga kiradi va uning poytaxti hisoblanadi. Shahar koordinatalari — 12' 97 shimoliy kenglik va 77' 56 sharqiy uzunlik; maydoni — 741 km². Shaharning katta qismi Bangalor Urban (Bangalore Urban) tumanida, qishloq atrof-hududlari esa Bangalor Rural tumanida joylashgan. Shtat hukumati uchun Bangalor Rural yerlaridan alohida hudud ajratilgan — hozir bu Ramanagaram tumani (Ramanagaram).

Topografik jihatdan Bangalor asosan tekislikda joylashgan. Faqat markaziy mahallalar orqali shimoldan janubga cho‘zilgan kichik tog‘ tizmasi bundan mustasno. Uning eng baland nuqtasi dengiz sathidan 962 m balandda bo‘lib, Bangalorning shimoliy qismidagi Doddabettaxalli (Doddabettahalli) qishlog‘ida joylashgan. Shahar ichida katta suv havzalari yo‘q, biroq undan 60 km shimolda, Nandi tepaliklaridan Arkavati (Arkavathy) va Pennar daryolari boshlanadi. Arkavatining kichik irmog‘i Vrishabxavati daryosi Bangalorning o‘zidan oqib o‘tadi. Shahar oqova suvlarining katta qismi undan va keyin Arkavati daryosidan oqib o‘tadi. Shaharning kanalizatsiya tizimi 1922-yilda qurilgan bo‘lib, 215 km² maydonni qamrab oladi va chekka hududlardagi beshta tozalash inshootiga ulangan.

XVI asrda shahar asoschisi Kempe Gouda I aholini suv bilan ta’minlash uchun bir necha hovuz qazdirgan. Bugungacha saqlanib qolgan va XXI asr boshida keng ko‘lamda rekonstruksiya qilingan eng mashhur suv havzalaridan biri Kempambudxi Kere ko‘li (Kempambudhi Kere). XX asrning birinchi yarmida Maysur devoni (vaziri) Mirzo Ismoilning (1926—1941-yillar) buyrug‘i bilan Nandi tepaliklaridan shaharga suv yetkazib beradigan suv ta’minoti inshooti qurildi. Hozir shahar ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojining 80 % qismini Kaveri daryosi hisobidan, qolgan 20 % qismini esa Arkavati daryosida qurilgan suv omborlari — Tippagondanaxalli (Thippagondanahalli) va Xesaragxatta (Hesaraghatt) hisobidan qoplaydi. Bangalor bir kunda 800 mln litr suv iste’mol qiladi — bu Hindistondagi boshqa barcha shaharlardan ko‘p. Suv ta’minoti tizimi rivojlanganiga qaramay, shaharda ba’zan ichimlik suvi tanqisligi kuzatiladi, ayniqsa, yozning qurg‘oqchil oylarida. 2005-yilda 20 nuqtadan tasodifiy tanlab olingan havo namunalari asosida o‘tkazilgan tekshiruv atmosfera havosi sifati indeksi (AQI)[ingl.] 76 dan 314 gacha bo‘lganini ko‘rsatdi. Bu avtomobil transporti ko‘p to‘plangan joylarda atrof-muhit sezilarli darajada ifloslanganidan dalolat beradi. Shahar hududida bir nechta ko‘l va suv havzasi bor. Ularning eng yiriklari — Madivala (Madivala) va Sanki (Sankey), Xebbal (Hebbal) va Ulsur (Ulsoor) ko‘llari. Daryo yotqiziqlarining loyqa va qumli qatlamlarida yerosti suvlari.

oqadi. Mintaqadagi asosiy tog‘ jinsi — migmatit-granit majmuasi yoki ortogneys bo‘lib, u granit, migmatit va gneysdan tashkil topgan; tuproq tarkibiga qizil laterit, gil va qizil mayda donali qumoq tuproq kiradi. Shahar o‘simlik qoplami asosan shox-shabbasi zich, baland daraxtlardan va kamroq miqdorda kokos palmalaridan iborat. Shaharda zilzilalar kuchi 4,5 ballgacha yetadi (Rixter shkalasi), garchi Bangalor seysmik jihatdan barqaror ikkinchi zonaga kirsa ham.

Iqlimi

Bangalor balandlikda joylashgani sababli yil davomida juda mo‘tadil iqlimga ega, ammo yoz oylarida ancha issiq kunlar ham bo‘ladi. Eng salqin oy — yanvar, o‘rtacha harorat +21,6 °C, eng issiq oy — aprel (+27,7). Eng yuqori harorat +42,0 °C — 1974-yil aprelida, eng past harorat esa +10 °C — 1992-yil yanvarida qayd etilgan. Qishda havo harorati juda kamdan-kam hollarda +12 °C dan pastga tushadi, yozda esa juda istisno holatlardagina +36-37 °C dan oshadi. Yog‘ingarchilik mavsumiy mussonlar ta’sirida bo‘ladi. Ular okeandan quruqlikka shimoli-sharqiy yo‘nalishda ham, teskari yo‘nalishda ham esadi. Eng seryomg‘ir oylar — avgust, sentabr va oktabr. Issiq oylarda momaqaldiroq tez-tez kuzatiladi, ba’zan elektr ta’minotida uzilishlar va suv toshqinlariga sabab bo‘ladi. Bir sutkada eng ko‘p yog‘ingarchilik — 179 mm — 1-oktabr 1997-yilda qayd etilgan.

Bangalor iqlimi
Ko‘rsatkich \ Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal t, °C 33 38 39 42 40 39 33 33 33 33 33 34 42
O‘rtacha maksimal t, °C 27,9 30,7 33,1 34,0 33,2 29,4 28,2 27,8 28,4 28,2 27,2 26,6 29,6
O‘rtacha harorat, °C 21,6 23,9 26,4 27,7 27,2 24,8 23,8 23,5 23,9 23,6 22,4 21,1 24,2
O‘rtacha minimal t, °C 15,8 17,5 20,0 21,9 21,6 20,4 19,9 19,8 19,8 19,5 17,9 16,1 19,2
Mutlaq minimal t, °C 10 12 13 17 15 18 17 17 17 13 11 11 10
Yog‘in miqdori (me’yor), mm 2 5 18 54 116 107 117 150 213 169 43 17 1009

Aholisi

Nandi hindu ibodatxonasi
Avliyo Fransisk Ksaveriy sobori

Bangalor aholisi sonining o‘zgarishi (1941—2011)

Bangalordagi dinlar
Ulushi
hinduizm
  
79,4 %
islom
  
13,4 %
xristianlik
  
5,8 %
jaynizm
  
1,1 %
boshqalar*
  
1 %
Dindorlarning taqsimlanishi
* Jumladan, sikxizm (<0,1 %), buddizm (<0,1 %).

8,5 million aholisi (2011) bilan Bangalor Hindistonning uchinchi, dunyoning esa o‘n sakkizinchi yirik shahri hisoblanadi. Bangalor Hindistonda eng tez o‘sgan shahar (Nyu-Dehlidan keyin) bo‘lib, 1991—2001-yillarda o‘n yillik o‘sish sur’ati 38 % ni tashkil etgan. 1991-yilgi aholi ro‘yxatiga ko‘ra, shaharda asosiy tillar quyidagilar edi: kannada (38,38 %), tamil tili (21,38 %), telugu (16,66 %), urdu (12,65 %), malayalam (2,99 %), hind tili (2,64 %). Shaharning ko‘p millatli xususiyati boshqa shtatlardan aholi ko‘chib kelishi natijasida shakllangan. Biroq so‘nggi yillarda bu mahalliy aholi va muhojirlar o‘rtasidagi ijtimoiy keskinlikka sabab bo‘lmoqda. Ingliz tili ham keng qo‘llanadi.

2001-yilgi aholi ro‘yxatiga ko‘ra, Bangalor aholisining 79,4 % ini hinduizm vakillari; musulmonlar 13,4 % ini, xristianlar va jaynlar esa mos ravishda 5,8 % va 1,1 % ini tashkil etgan. Savodxonlik darajasi — 89 %. Aholining taxminan 10 % i xarobazorlarda yashaydi (bu rivojlanayotgan dunyoning boshqa yirik shaharlari bilan taqqoslaganda nisbatan past ko‘rsatkich; masalan, Mumbay (50 %) va Nayrobi (60 %)).

Munitsipal boshqaruv

Bangalorning rasmiy mansabdor shaxslari
Ma’muriyat
rahbari
S. Dilip Rau
(S. Dilip Rau)
Munitsipalitet
vakili
Dr. S. Subramanya
(Dr. S. Subramanya)
Politsiya
boshlig‘i
N. Achuta Rao
(N. Achuta Rao)

Bangalordagi fuqarolik boshqaruvini Bruhat Bengaluru Mahanagara Palike (Bruhat Bengaluru Mahanagara Palike, BBMP) deb ataladigan munitsipalitet amalga oshiradi. U 2007-yilda 100 ta ma’muriy tuman birlashtirilishi natijasida, avvalgi Bangalore Mahanagara Palike tuzilmasi asosida tashkil etilgan. Shahar bilan birga bu davlat organiga 8 ta qo‘shni shahar kengashi va 110 ta qishloq ham bo‘ysundirildi.

Qonun chiqaruvchi organ — shahar kengashi — umumxalq ovoz berishi orqali 5 yil muddatga saylanadigan «korporatsiya a’zolari» deb ataluvchi deputatlardan iborat. Parlament taxminan 150 ta o‘rindan iborat bo‘lib, shaharning har bir ma’muriy tumaniga bittadan o‘rin to‘g‘ri keladi. Mer va shahar kengashi raisi lavozimlari ham saylov orqali egallanadi.

Iqtisodiyot

Bangalorning eng yirik savdo markazlaridan biri — Garuda Mall.
Bangalordagi savdo ko‘chasi.

1996-yildan buyon Bangalorda har ikki yilda xalqaro aviatsiya texnikasi ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Uning tashkilotchilari — Mudofaa vazirligi va Hindiston harbiy-havo kuchlari.

Transport

Diqqatga sazovor joylari

Bangalor diqqatga sazovor joylarga boy. Ularning eng muhimlaridan biri Bangalor saroyidir. Uning qurilishi 1862-yilda boshlanib, 1944-yilda yakunlangan. 1884-yilda saroyni Maysur maharajasi Chamaraja Vodeyar sotib olgan. Hozir saroy qirollik oilasi avlodlariga tegishli.

Oliy sud binosi yoki Attara Kacheri («o‘n sakkizta idora» — hind tilidan tarjimasi), gotika me’morchiligi yodgorligi bo‘lib, 1864-yilda qurilgan. Ion ustunlari bilan bezatilgan bu ikki qavatli qizil bino qarshisida joylashgan oppoq Vidhana Soudha (shtat qonun chiqaruvchi majlisi binosi) bilan yaqqol zidlik hosil qiladi.

Bangalor saroyi
Tipu Sulton saroyi
Bangalordagi Oliy sud binosi

Tilda aks etishi

2000-yillarning boshlarida ingliz tilida yangi neologizm — to bangalore (bangalored) fe’li paydo bo‘ldi. Bu «mehnat xarajatlarini tejash maqsadida IT mutaxassislarini ishdan bo‘shatib, ularning vazifalarini Hindistondagi autsorsing kompaniyasiga topshirish» degan ma’noni bildiradi. Bunday holat G‘arb mamlakatlarida keng tarqalgani sababli atama paydo bo‘lgan.

Adabiyotlar

Havolalar