| Hukumat qarori bilan belgilangan shahar | |||||
| Fukuoka | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| yapon. 福岡市 ingl. Fukuoka shahar maʼmuriyati | |||||
| Yuqoridan soat mili yoʻnalishida: Seaside Momochi mavzesi va Fukuoka minorasi, Hakata Gion Yamakasa festivali, Hakozaki ibodatxonasi, Fukuoka qalʼasi, JR HAKATA CITY[yapon.] temiryoʻl vokzali — Hakata, Yatay savdo rastalari joylashgan qizil chiroqlar mahallasi — Nakasu, Tyuo-ku tumani | |||||
|
|||||
| 33°35′25″ shim. keng. 130°24′07″ sharq. uzun.HGЯO | |||||
| Mamlakat |
|
||||
| Maqomi | Maʼmuriy markaz | ||||
| Prefektura | Fukuoka | ||||
| Mer | Soitiro Takasima (1-noyabr 1974-yilda tugʻilgan) | ||||
| Tarix va geografiya | |||||
| Asos solingan | 1889 | ||||
| Maydoni | 341,70 km² | ||||
| Markazning balandligi | 8 m | ||||
| Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 | ||||
| Aholi | |||||
| Aholi soni | 1 517 650 kishi (2014) | ||||
| Aholi zichligi | 4441,47 kishi/km² | ||||
| Raqamli identifikatorlar | |||||
| Telefon kodi | +81 92 | ||||
| Pochta indekslari | 〒292-1157 | ||||
| Kod | 40130-7 | ||||
| Boshqa maʼlumotlar | |||||
| Mintaqa | Kyusyu | ||||
| Ramzlar |
Gul: Kameliya Daraxt: Kofur daraxti Qush: Koʻl chaykasi |
||||
|
|
|||||
| city.fukuoka.lg.jp (yapon.) | |||||
Fukuoka (yapon. 福岡市 Fukuoka-si) — Yaponiya hukumati qarori bilan belgilangan shahar va Yaponiyaning janubi-gʻarbidagi yirik port; Fukuoka prefekturasining maʼmuriy markazi. Muhim sanoat markazi. Shahar maydoni 341,70 km², aholisi — 1 517 650 kishi (1-avgust 2014-yil holatiga), aholi zichligi — 4441,47 kishi/km².
Fukuoka shahri Nakagava daryosi orqali 2 qismga — Hakata (savdo hududi) va Fukuokaga (maʼmuriy hamda ishbilarmonlik hududi) boʻlingan. Shaharda metro tizimi mavjud.
Tarixi
Fukuoka Yapon dengiziga chiqish imkoniga ega boʻlib, Koreya va Xitoy bilan qoʻshni joylashgani sababli qadimdan Yaponiya, Xitoy va Koreya oʻrtasidagi aloqalarning muhim markazi boʻlgan. Milodiy era boshlarida, Yayoi davrida hozirgi shahar hududida aholi zich yashagan. Ehtimol, Fukuoka atrofida Yaponiyaning dastlabki ilk davlatlaridan biri mavjud boʻlgan va uning hukmdori 57-yilda oltin muhr va van unvonini olgan.
VI asrdan boshlab Fukuoka hududida port shahri mavjud boʻlgan — Na (yapon. 那ノ津, 儺ノ津, なのつ). VIII–XI asrlarda bu port Yaponiyaning Xitoy va Koreyaga yuborgan elchilik delegatsiyalari yoʻl oladigan maskan hamda mamlakatda xorijiy elchilar va savdogarlarni qabul qilgan ilk port boʻlgan. Shu tufayli shahar tez orada Sharqiy Osiyo savdosining markazlaridan biriga aylandi. XI asr boshidan uni «Hakata» deb atay boshladilar.
XIII asrda Hakata Yaponiyaning eng yirik aholi manzillaridan biri edi. Bu yerda yaponlardan tashqari, oʻz mahallalari va ibodatxonalariga ega koreyslar hamda xitoyliklar ham yashagan. 1274 va 1281-yillardagi moʻgʻullar bosqinlari tufayli Yaponiya qitʼa bilan diplomatik va savdo aloqalarini toʻxtatdi. Bu esa shahar taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Biroq XV–XVI asrlarda faol Yaponiya–Min sulolasi savdosi natijasida Hakata Yaponiyaning «Osiyoga ochilgan derazasi» sifatidagi avvalgi mavqeyini qayta tikladi. Shahar Sakai va Bonotsu bilan bir qatorda Yaponiyaning uchta eng yirik savdo markazidan biri hisoblangan. 1587-yilda Hakata Simadzu urugʻining Yaponiyani birlashtirgan Toyotomi Xideyosiga qarshi urush paytida chekinayotgan qoʻshinlari tomonidan yoqib yuborildi. Xideyosi oʻsha yilning oʻzida shaharni [[]]Naka daryosining sharqiy qirgʻogʻida qayta tikladi[yapon.].

1601-yilda Hakata yerlari Kuroda urugʻiga oʻtdi va bu urugʻ boshligʻi Kuroda Nagamasa shaharning gʻarbiy qismida qalʼa qurdi. U Kuroda ajdodlarining Bidzen viloyatidagi vatani nomi bilan «Fukuoka» deb ataldi. Hakata Fukuoka qalʼasi atrofidagi shaharchaga va Fukuoka knyazligining poytaxtiga aylangach, Fukuoka deb qayta nomlandi. Biroq «Hakata» degan eski nom XIX asrgacha ham qoʻllanib keldi. Hozirda Hakata-ku (yapon. 博多区) Fukuoka shahrining markaziy ishbilarmonlik tumani hisoblanadi.
1871-yilda Fukuoka prefekturasi tashkil etildi va qalʼa atrofidagi sobiq shaharcha hududi Fukuoka hamda Hakata degan ikki tumanga boʻlindi. 1878-yilda ikkala tuman Fukuoka nomi ostida birlashtirildi va 1889-yilda shahar maqomini oldi. Shunga qaramay, shahar aholisining koʻpchiligi tarixiy Hakata nomidan voz kechishni istamadi. Shu sababli temiryoʻl vokzali, port va qoʻgʻirchoqlar yoki ipak kabi anʼanaviy hunarmandchilik mahsulotlari «Hakata» nomini saqlab qoldi. 1903-yilda Fukuokada tibbiyot universitetiga asos solindi. Keyinchalik u Kyusyu universitetining negiziga aylandi. 1909–1910-yillarda esa ilk tramvaylar qatnay boshladi. Ammo 1920-yillarda shahar aholisi soni jihatidan Nagasaki va Kumamotodan ortda qolardi. 1930-yillarda Fukuokaning siyosiy va iqtisodiy ahamiyati keskin oshdi: u Shimoliy Kyusyu sanoat rayonining asosiy markazlaridan biriga aylandi va shaharda Kyusyu mintaqasi ishlari boʻyicha boshqarma qarorgohi joylashtirildi. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin shaharda markaziy hukumatning mintaqaviy vakolatxonalari hamda butun Kyusyu.
oroli hududida faoliyat yurituvchi moliya va savdo muassasalari jamlandi. 1972-yilda Fukuoka Yaponiyaning hukumat qarori bilan belgilangan shaharlaridan biriga aylandi va tumanlarga boʻlindi.
Iqlimi
| Koʻrsatkich \ Davr | Yan | Fev | Mar | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Eng yuqori mutlaq t, °C | 20,4 | 23,8 | 26,3 | 30,1 | 32,3 | 37,3 | 38,3 | 37,7 | 36,5 | 33,3 | 27,5 | 22,1 | 38,3 |
| Oʻrtacha maksimal t, °C | 9,9 | 11,1 | 14,4 | 19,5 | 23,8 | 26,9 | 30,9 | 32,1 | 28,3 | 23,4 | 17,8 | 12,6 | 20,9 |
| Oʻrtacha harorat, °C | 6,6 | 7,4 | 10,4 | 15,1 | 19,4 | 23,0 | 27,2 | 28,1 | 24,4 | 19,2 | 13,8 | 8,9 | 17,0 |
| Oʻrtacha minimal t, °C | 3,4 | 3,9 | 6,5 | 11,1 | 15,5 | 19,8 | 24,2 | 25,0 | 21,2 | 15,3 | 10,1 | 5,4 | 13,5 |
| Eng past mutlaq t, °C | −6 | −8,2 | −4,7 | −1,4 | 1,4 | 4,3 | 13,8 | 15,4 | 7,9 | 0,4 | −2,1 | −5,4 | −8,2 |
| Yogʻin miqdori (meʼyor), mm | 69 | 72 | 114 | 117 | 144 | 256 | 280 | 172 | 179 | 75 | 85 | 61 | 1623 |
| Manba: «Ob-havo va iqlim» | |||||||||||||
Maʼmuriy boʻlinishi

| Fukuoka 7 ta tumanga boʻlingan ((ku)): | ||||
|---|---|---|---|---|
| Tuman | Aholi soni (1-iyun 2013-yil holatiga) |
Maydoni (km²) |
Zichligi (kishi/km²) | |
| 299 384 | 66,68 | 4380 | ||
| 221 347 | 31,47 | 7030 | ||
(maʼmuriy markaz) |
186 558 | 15,16 | 12 310 | |
| 252 242 | 30,98 | 8140 | ||
| 129 089 | 16,02 | 8060 | ||
| 213 828 | 95,88 | 2230 | ||
| 199 906 | 83,83 | 2380 | ||
Aholisi
Shahar aholisi 1 517 650 kishini (1-avgust 2014-yil), zichligi esa 4441,47 kishi/km² ni tashkil etadi. 1980-yildan 2005-yilgacha aholi sonining oʻzgarishi:
|
Ramzlari
Shaharning ramziy daraxti — kofur daraxti, yozgi guli — oʻzgaruvchan gibiskus, qishki guli esa moyli kameliya, dengiz qushi — oddiy chayka, dala qushi esa qizilquloq dehqonchumchuq (Emberiza cioides).
Sport

Fukuokada «Fukuoka Xoks» jamoasi joylashgan boʻlib, u Yaponiyaning yetakchi beysbol klublaridan biridir. Bankrotlik xavfi ostida qolgan va kreditorlar tomonidan qayta tuzilishga majbur qilingan jamoa 2004-yilda avvalgi egalari tomonidan venchur kapital kompaniyasiga sotildi. Xaridor — Softbank Capital.
Fukuokada professional jamoa ham faoliyat yuritadi: futbol klubi — Avispa Fukuoka.
Fukuokada har yili quyidagi sport tadbirlari oʻtkaziladi:
- Yapon dzyudosining barcha toifalari boʻyicha chempionatlar — aprel boshida.
- Kyusyu Ekiden — Nagasaki da boshlanib, Fukuokada yakunlanadigan dunyodagi eng uzun estafeta poygasi — oktabrda.
- Professional sumo boʻyicha noyabr turniri — Fukuoka Kokusai markazida
- Fukuoka marafoni — start va marrasi Xeyvaday Atletik stadionida boʻlib, dekabrning 1-yakshanbasida oʻtkaziladi.
Fukuokada quyidagi sport tadbirlari ham oʻtkazilgan:
- 1995-yilgi yozgi Universiada
- 1998-yilgi yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionati
- 2001-yilgi suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionati.
- 2006-yilgi kross yugurishi boʻyicha jahon chempionati.
- Fukuokada ayollar oʻrtasida dzyudo boʻyicha xalqaro chempionatlar — 1983-yildan 2006-yilgacha.
Sport jamoalari va ularning arenalari
| Klub | Sport turi | Liga | Arena | Tashkil etilgan |
|---|---|---|---|---|
| Kyuden Volteks | regbi | Top liga | Level-5 | 1951 |
| Koka-Kola Vest Red Sparks | regbi | Top liga | Savayaka Sports Park | 1966 |
| Fukuoka Softbank Xoks | beysbol | NPB | Fukuoka Doum | 1989 (jamoaning koʻchib kelgan yili, avvalgi manzili — Osaka) |
| Avispa Fukuoka | futbol | Jey-liga 2-divizion | Level-5 | 1995 (jamoaning koʻchib kelgan yili, avvalgi manzili — Fudziyeda) |
| Fukuoka Jey-Anklas | ayollar futboli | L-liga | Level-5 | 1986 |
| Rayzing Zefir Fukuoka | basketbol | Bijey-liga | Akkion Fukuoka | 2007 |
Taʼlim
Milliy universitetlar
- Kyusyu universiteti (九州大学)
- Kyusyu dizayn instituti (九州芸術工科大学) — 2003-yil oktabrda Kyusyu universiteti bilan birlashtirilgan.
Prefektura universiteti
- Fukuoka ayollar universiteti (福岡女子大学)
Xususiy universitetlar
- Daiiti universiteti, farmatsevtika fanlari kolleji (第一薬科大学)
- Fukuoka texnologiya instituti (福岡工業大学)
- Fukuoka Dzyo Gakuin universiteti (福岡女学院大学)
- Fukuoka universiteti (福岡大学)
- Kyusyu Sangyo universiteti (九州産業大学)
- Nakamura Gakuen universiteti (中村学園大学)
- Seynan Gakuin universiteti (西南学院大学)
Diqqatga sazovor joylar
- Kusida-dzindzya (櫛田神社), sintoizm ibodatxonasi
- Fukuoka minorasi
- Charxpalak Fukuoka samoviy orzusi (diametri — 112 m, umumiy balandligi — 120 m), dunyodagi eng katta klassik turdagi charxpalak (kuzatuv gʻildiraklaridan tashqari)[manba 2867 kundan beri koʻrsatilmagan].
Transport
- Fukuoka aeroporti (yapon. 福岡空港): Xitoy, Koreya, Singapur, Tailand, Vyetnam, Filippin, Finlandiya va AQSh (Gavayi) shaharlari, shuningdek, Yaponiyaning barcha yirik shaharlari bilan havo qatnovi mavjud.
- Tezyurar shaharlararo temiryoʻl qatnovi: Sanʼyo-sinkansen (yapon. 山陽新幹線) va Kyusyu-sinkansen (yapon. 九州新幹線).
- Fukuoka metropoliteni (yapon. 福岡市地下鉄).
Qardosh shaharlar
Fukuoka bilan qardosh shaharlar quyidagilardir:
Oklend, Kaliforniya (AQSh) (13-oktabr 1962-yildan)
Guanchjou (Xitoy) (2-may 1979-yildan)
Bordo (Fransiya) (8-noyabr 1982-yildan)
Oklend (Yangi Zelandiya) (24-iyun 1986-yildan)
Ipox (Malayziya) (21-mart 1989-yildan)
Pusan (Janubiy Koreya) (24-oktabr 1989-yildan)
Atlanta, Jorjiya (AQSh) (8-fevral 2005-yildan)
Yangon (Myanma) (2016-yildan)
Manbalar va adabiyotlar
- (yapon.) Fukuoka (ishlamaydigan havola — tarixi). // Nipponika ensiklopediyasi: 26 jildda. 2-nashr. — Tokio: Syogakukan, 1994—1997.
Havolalar
Vikimedia Commonsda shu mavzu boʻyicha mediafayllar mavjud: Fukuoka- Rasmiy sayt (yapon.). Manbaning asl nusxasi 20-yanvar 2002-yilda arxivlangan.
- Fukuoka metrosi (ingl.). Manbaning asl nusxasi 17-avgust 2011-yilda arxivlangan.