Haydarobod (Hindiston)

Shahar
Haydarobod
telugu హైదరాబాదు
urdu حیدر آباد‎
Yuqoridan pastga, chapdan o‘ngga: Falaknuma saroyi, Charminar, HITEC City, Chovmahalla saroyi, Telangana kotibiyati, Haydaroboddagi Budda haykali, Golkonda qalʼasi
17°22′ sh. k. 78°28′ sh. u.HGYaO
Mamlakat  Hindiston
Shtat Telangana
Maʼmuriy bo‘linishi 4 ta okrug: Haydarobod, Rangareddi, Medchal–Malkajgiri, Sangareddi
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan 1591
Telangana shtatining poytaxti — 2014
Maydoni 2053 km²
Markazining balandligi 536 m
Iqlim turi issiq yarim qurg‘oqchil
Vaqt mintaqasi UTC+5:30
Aholisi
Aholisi 6 809 970 kishi (2011)
Aholi zichligi 16 990 kishi/km²
Aglomeratsiya aholisi 7 749 334 kishi
Aholisining atalishi haydarobodlik erkak, haydarobodlik ayol, haydarobodliklar
Rasmiy til telugu, urdu *
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +9140
Pochta indeksi 500 xxx
Avtomobil raqam kodi Oraliq: TG07 dan TG15 gacha

ghmc.gov.in  (inglizcha)
Хайдарабад на карте
Хайдарабад
Haydarobod
Хайдарабад на карте
Хайдарабад
Haydarobod
Логотип Викисклада Vikimedia Commonsdagi mediafayllar

Haydarobod (shuningdek, Haydarobod; telugu హైదరాబాదు; urdu حیدر آباد‎; inglizcha Hyderabad) — Janubiy Hindistondajoylashgan, Telanganashtatining maʼmuriy markazi bo‘lgan shahar. Dekan yassitog‘ligi hududidagi Musi daryosibo‘yida joylashgan. Aholisi 6,8 mln kishi (2011-yil; aglomeratsiyasida esa qariyb 7,5 mln kishi) bo‘lib, u Hindistonning aholisi soni bo‘yicha to‘rtinchi yirik shahrihisoblanadi. Aholi zichligi 16 990 kishi/km², maydoni 2 053 km².

XIX asrgacha Haydarobod marvarid sanoati bilan mashhur bo‘lib, «Marvaridlar shahri» laqabini olgan. U Golkonda olmoslari savdosi bo‘yicha dunyodagi yagona markaz edi. Dekan yassitog‘ligi va G‘arbiy Gat tog‘lario‘rtasidagi qulay geografik o‘rni hamda XX asr davomida kechgan sanoatlashuv tufayli Haydarobod Hindistonning yirik ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish, taʼlim va moliya muassasalari markaziga aylandi.

1990-yillardan boshlab shahar Hindistonning farmatsevtika, biotexnologiya va axborot texnologiyalarimarkaziga aylandi. Axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maxsus iqtisodiy zonalar — Hardware Park va HITEC Cityning tashkil etilishi yetakchi transmilliy korporatsiyalarni Haydarobodda o‘z vakolatxonalarini ochishga undadi. Haydarobod, shuningdek, Hindistonning xususiy kosmik va aerokosmik sektori milliy markaziga aylandi.

Tarix

Shaharga XVI—XVII asrlar chegarasida Golkondaningpoytaxti sifatida asos solingan. 1724–1956-yillarda Haydarobod Haydarobod knyazligining poytaxti va nizomlarqarorgohi bo‘lgan; 1956–2017-yillarda esa Andhra-Pradeshshtatining poytaxti, 2014-yildan boshlab esa Telanganashtatining poytaxtidir. Shaharda Boburiylar hukmdorlari tomonidan qurilgan ko‘plab go‘zal saroylar, masjidlar, maqbaralar va turar joylar saqlanib qolgan. Haydarobod Hindistonning boshqa shaharlariga qaraganda nisbatan yosh shahar. Taxminan 400 yil oldin Qutbshohiylar sulolasining beshinchi musulmon sultoni Muhammad Qulitomonidan asos solingan shahar nomi Ali ibn Abu Tolib — Haydar («sher») laqabi bilan ham tanilgan roshid xalifa sharafiga qo‘yilgan. Haydarobodni baʼzan «Marvarid shahri» deb ham atashadi, chunki bu yer ko‘p yillardan buyon turli xil marvarid turlarini xarid qilish mumkin bo‘lgan maskan hisoblanadi.

Istanbulda 14-yanvar (2023-yil) kuni 89 yoshida navob Mukarram Jah — Haydarobodning 8-nizomi va bir vaqtlar Hindistonning eng boy kishisi vafot etdi. U bobosi Asaf Jah VII 1967-yilda vafot etganidan so‘ng Haydarobodning ramziy nizomi bo‘lgan. Uning onasi Durru Shevar Usmoniylar sulolasining so‘nggi xalifasi Abdulmajid IIningqizi edi. Uning vafoti bilan Haydarobod nizomligi hatto ramziy shaklda ham tugadi. U Haydarobodda dafn etildi; shaharda unga tegishli bir necha saroy hali ham mavjud edi. 2023-yilda Azmat Jah otasi Mukarram Jahning vafotidan keyin Haydarobodning ramziy nizomi sifatida sulola boshlig‘iga aylandi.

Demografiya

Maydoni 650 km² bo‘lgan Katta Haydarobod munitsipal korporatsiyasi hududida 6 809 970 kishi istiqomat qiladi. Bu aholi soni bo‘yicha Hindistondagi to‘rtinchi yirik munitsipal hududdir. Butun shahar aglomeratsiyasining aholisi 7 749 334 kishi. 2001-yilgi aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlariga ko‘ra, shaharda 3 637 483 kishi yashagan. 2011-yilda 945 nafar ayol 1000 erkakka to‘g‘ri kelgan. Aholining ancha katta qismi xarobazor mahallalarda yashaydi.

Aholining savodxonlik darajasi 82,96 % (erkaklarda 85,96 %, ayollarda 74,04 %). Xarobazor mahallalarda yashovchilar orasida savodxonlik ancha past bo‘lishi mumkin. Katta Haydarobodda aholi zichligi taxminan 21 048 kishi/km². Shaharning diniy tarkibi: 64,93 % — hinduiylik tarafdorlari, 30,13 % — musulmonlar, 2,8 % — xristianlar, 0,3 % — buddistlar, 0,3 % — jaynlar. Eng keng tarqalgan tillar — telugu, urdu va ingliztili. Aholining bir qismi hind, bengal, tamil, marath va boshqa tillarda ham so‘zlashadi.

Iqlim

Shahar iqlimi tropik savanna iqlimi sifatida tavsiflanadi. Yog‘ingarchilikning asosiy qismi yomg‘irli mavsumda — iyundan sentyabrgacha yog‘adi. Haydarobodda eng yuqori harorat 2-iyun (1966-yil) kuni qayd etilgan va 45,5 °C bo‘lgan. Eng past harorat — 8 °C — 8-yanvar (1946-yil) kuni kuzatilgan. 24 soat davomida yog‘gan eng ko‘p yog‘in 24-avgust (2000-yil) kuni qayd etilgan bo‘lib, 241,5 mm ni tashkil etgan.

Haydarobod iqlimi
Ko‘rsatkich \ Davr Yanv Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sent Okt Noy Dek Yil
Mutlaq eng yuqori t, °C 33,4 36,8 39,9 43,1 46,0 42,7 36,0 34,7 35,3 36,1 33,8 32,7 43,7
O‘rtacha eng yuqori t, °C 28,6 31,8 35,2 37,6 38,8 34,4 30,5 29,6 30,1 30,4 28,8 27,8 32,0
O‘rtacha harorat, °C 22,2 25,1 28,4 31,5 33,0 29,3 27,0 26,2 26,6 25,7 23,2 21,6 26,6
O‘rtacha eng past t, °C 14,7 17,0 20,3 24,1 26,0 23,9 22,5 22,0 21,7 20,0 16,4 14,1 20,2
Mutlaq eng past t, °C 8,8 11,3 14,6 17,2 17,8 18,6 19,2 20,0 19,1 13,3 10,6 8,5 8,5
Yog‘in (meʼyor), mm 3 5 12 21 37 96 163 171 181 90 16 6 804

Iqtisodiyot

Haydaroboddagi Hitec City majmuasining Cyber Towers binosi

Haydarobod Hindiston sanoati va savdosining eng muhim markazlaridan biridir. Bu yerda yengil sanoat (to‘qimachilik va charm ishlab chiqarish), oziq-ovqat, shisha, qog‘oz, tamaki va farmatsevtika sanoati, mashinasozlik (asosan temiryo‘l mashinasozligi, shuningdek, dastgohsozlik va og‘ir elektr jihozlari ishlab chiqarish) rivojlangan. Hunarmandchilik va mayda ishlab chiqarish (badiiy buyumlar, kundalik ro‘zg‘or anjomlari yasash) keng tarqalgan. Haydarobod kompyuter sanoati markazi bo‘lib, yuqori texnologiyalar poytaxti unvoni uchun Bangalor bilan raqobatlashadi. Haydarobod, shuningdek, Hindiston mudofaa sanoati majmuasining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tashkilotlari markazlaridan biridir.

Shaharda quyidagi kompaniyalar faoliyat yuritadi: National Mineral Development Corporation, State Bank of Hyderabad va LifeSpring Hospitals.

Transport

Haydarobod aeroporti
temiryo‘l vokzali Sekunderobod

Rajiv Gandi nomidagi Haydarobod xalqaro aeroporti shahar markazidan taxminan 22 km uzoqlikda, Shamshobod chekkasida joylashgan. U mamlakatdagi yo‘lovchi qatnovi bo‘yicha oltinchi eng gavjum aeroport bo‘lib, Hindistondagi eng uzun uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega. Bundan tashqari, Haydarobod aeroporti Skytrax kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha Seul, Singapur, Gonkong va Pekin aeroportlaridan keyin dunyodagi beshinchi eng yaxshi aeroport deb topilgan. Quyidagi shaharlarga aviareyslar amalga oshiriladi: Bangalor, Chennay, Dehli, Ahmadobod, Mumbay, Puna, Dubay, Abu-Dabi, Kalkutta, Jaypur, Lakhnau, Kochi, Maskat, Singapur, Varanasi, Bangkok va boshqalar. Aeroport shahar bilan uchta asosiy transport magistrali orqali bog‘langan.

Shahar ilk bor temiryo‘l tarmog‘iga 1870-yildaulangan. Haydarobodning eng yirik stansiyasi Sekunderobod deb ataladi. Bu yerda Hindiston temiryo‘llarining Janubiy-Markaziy mintaqasi boshqaruv qarorgohi joylashgan. Shahar ichidagi boshqa yirik stansiyalar — Haydarobod-Dekan, Kachiguda va Begumpet.

Haydarobod metropoliteni ning birinchi bosqichi 2017-yilda ochilgan.

Haydarobod orqali NH-7, NH-9 va NH-202 milliy avtomobil yo‘llari o‘tadi. Asosiy jamoat transporti — Haydarobodning turli qismlarini bog‘laydigan avtobuslardir.

Madaniyat

Diqqatga sazovor joylar

Kino sanoati

Haydarobod Hindistondagi uchta eng yirik kino sanoatidan biri — Tollivud (telugu tilidagi kinematografiya) markazidir. Shahardan bir necha kilometr uzoqlikda dunyodagi eng katta kinostudiya — Ramojijoylashgan bo‘lib, u dunyodagi eng yirik kinostudiya sifatida Ginnesning rekordlar kitobi ga kiritilgan. Har yili Ramoji kinostudiyasiga 1,5 mln nafardan ortiq sayyoh tashrif buyuradi.

Haydarobodda, shuningdek, dunyodagi eng katta IMAX 3D ekraniga ega kinoteatr joylashgan.

Meʼmorchilik

Haydaroboddagi Charminar.

Shahar ulkan Makka Masjid masjidi (XVIII asr) bilan ajralib turadi. U Makkadagi mashhur masjid namunasida qurilgan. Shaharda Sharqning zafar darvozasi deb ham ataladigan Charminar («to‘rt minora») zafar darvozasi, universitet binolari (1918—1960-yillar), jumladan eng yirik Usmoniya universiteti (1918) binosi hamda Gumanitar fanlar kollejining hind-saratsin uslubida qurilgan binosi; teatr (qurilgan yili — 1962); Chovmahalla va Falaknuma[inglizcha] (telugu Phalakunuma) saroylari ham bor. Haydarobod hududida Golkonda qalʼasi (XVII–XVIII asrlar) va bir nechta maqbaramavjud. Baland tepalikdagi Golkonda qalʼasi noyob suv taʼminoti tizimi hamda har kuni kechqurun ingliz tilidagi sharhlar bilan namoyish qilinadigan yorug‘lik shousi bilan mashhur. Qalʼa yaqinida qariyb 170 yil davomida Golkondani boshqargan Qutbshohiylar sulolasi sultonlarining maqbaralari joylashgan. Bu katta yumaloq gumbazlar va nafis meʼmorchilikka ega binolardan iborat murakkab majmuadir. Qizig‘i shundaki, maqbaralarning eng kamtarin ko‘rinishdagisi sulola asoschisi Sulton Qutb ul-Mulkka tegishli bo‘lib, u maqbarasini hayotligida o‘zi loyihalab, qurgan. Majmuaning o‘ziga xosligi hind, fors va patan meʼmorchiligi shakllarining hind-fors uslublari bilan uyg‘unlashganidadir.

Haydarobodning asosiy diqqatga sazovor joylari qatoriga quyidagilar ham kiradi:

  • Qonunchilik assambleyasi binosi — shahardagi eng hashamatli va hayratomuz binolardan biri bo‘lib, fors va rajasthon meʼmorchiligi uslublarini uyg‘unlashtiradi.
  • Birla ilmiy markazi — Hindistonning eng nufuzli muassasalaridan biri bo‘lib, Birla planetariysi, ilmiy muzey va dinozavrlar muzeyini o‘z ichiga oladi.
  • HITEC City — yuqori texnologiyalar sohasidagi ko‘plab IT va ITES kompaniyalari joylashgan hudud. Haydarobod Bangalor bilan Hindistonning Silikon vodiysi deb atalish huquqi uchun raqobatlashadi.
  • Avliyo Georgiy cherkovi — shahardagi eng qadimgi xristian ibodatxonasidir.
  • Birla Mandir — Venkateshvara xudosiga bag‘ishlangan va 1976-yilda qurilgan hinduiylar ibodatxonasi. U shaharning eng ko‘p tashrif buyuriladigan joylaridan biri bo‘lib, har kuni bu yerga 8-10 ming kishi keladi.

Bog‘lar va muzeylar

Shaharda bir qator muzeylar mavjud, jumladan:

  • Salar Jang muzeyi. Muzey kolleksiyalarining asosiy qismini Salar Jang III nomi bilan mashhur bo‘lgan homiy Mir Yusuf Ali Xon to‘plagan. 1968-yilda muzey «milliy ahamiyatga ega muassasa» deb eʼlon qilingan. Muzeyning ajralmas qismi bo‘lgan katta kutubxonada turli mavzularga oid 8 ming qo‘lyozma va 60 ming bosma kitob urdu, arab, fors, sanskrit, telugu, hind, ingliz va boshqa tillarda saqlanadi. Muzey fondlarida Janubiy Hindiston bronza buyumlari, hind haykaltaroshligi va to‘qimachilik mahsulotlari, hind miniatyuralari, fil suyagidan ishlangan buyumlar va qurollar to‘plamlari mavjud. Misr, Suriya, Xitoy va Yaponiya sanʼati galereyalari, Yevropa rangtasvir asarlari, shisha va mebellar to‘plamlari ham bor. Muzey, shuningdek, Erondagi deyarli barcha mashhur naqshlar aks etgan boy fors gilamlari kolleksiyasi bilan tanilgan.
  • Arxeologiya muzeyi (binosi hind-saratsin uslubida qurilgan). Muzeyda buddaviylik davri, Chalukya va Vijayanagarasulolalari davriga oid haykallar, shuningdek, Haydarobodning yettinchi nizomi Mir Usmon Ali Xonga sovg‘a qilingan Misr mumiyolari namoyish etiladi.

Shaharda juda ko‘p bog‘lar mavjud:

  • Hayvonot bog‘i (Neru nomidagi hayvonot bog‘i) Hindistondagi eng katta va Janubiy Osiyodagi eng katta hayvonot bog‘laridan biri.
  • Mahavir Harina Vanasthali milliy bog‘i Haydaroboddan 15 km uzoqlikda joylashgan. Qo‘riqxona 3,5 ming akr maydonni egallaydi; bu yerda minglab qora va xoldor bug‘ular hamda antilopalar erkin kezib yuradi.
  • Botanika bog‘ida dorivor va manzarali o‘simliklar, qimmatbaho daraxt turlari hamda mevali daraxtlarning 600 dan ortiq turi to‘plangan.

Taʼlim

11 ta universitet mavjud: 3 ta markaziy universitet, 2 ta «Deemed University» maqomidagi universitet (Hindistonda o‘z huzurida kollej va boshqa filial taʼlim muassasalari bo‘lmagan, o‘z bitiruvchilariga mustaqil ilmiy-taʼlim darajalarini berish vakolatiga ega universitet shunday ataladi) hamda 6 ta shtat universiteti.

Yetakchi taʼlim muassasasi — Usmoniya universiteti, mamlakatdagi eng qadimgi yettita oliy taʼlim muassasasidan biri bo‘lib, 10 ta fakultet, 52 ta kafedra hamda 500 ta kollej va kampusni o‘z ichiga oladi. Bu yerda mutaxassislik diplomidan postdoktoranturagacha taʼlim olish mumkin. Ingliz va xorijiy tillar universiteti — Janubiy Osiyoda tillarni o‘rganishga ixtisoslashgan yagona universitet.

26 ta yirik institut.

Havolalar