Addison kasalligi nima

Addison kasalligi
Потемнение кожи на ногах белого человека с болезнью Аддисона
Terining qorayishi — Addison kasalligiga chalingan oq tanli kishining oyoqlarida
XKT-11 5A74.0
XKT-10 E27.1-E27.2
XKT-10-KM E27.1
XKT-9 255.4
XKT-9-KM 255.41
OMIM 103230
DiseasesDB 222
MedlinePlus 000378
eMedicine med/42 
MeSH D000224
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Addison kasalligi (buyrakusti bezlari po‘stlog‘ining surunkali yetishmovchiligi yoki gipokortitsizm, ingl. Addison's disease) — kam uchraydigan endokrin kasallik bo‘lib, bunda buyrakusti bezlari yetarli miqdorda gormonlar, eng avvalo, kortizol ishlab chiqarish qobiliyatini yo‘qotadi. Bu patologik holat ilk bor britaniyalik terapevt Tomas Addison tomonidan 1855 -yilda chop etilgan quyidagi asarda tavsiflangan: Buyrakusti bezlari po‘stlog‘i kasalliklarining umumiy va mahalliy oqibatlari.

Tasnif

Addison kasalligi quyidagi holatlar oqibatida yuzaga kelishi mumkin:

Buyrakusti bezlari po‘stlog‘ining birlamchi yetishmovchiligi (bez po‘stlog‘ining o‘zi zararlangan yoki yaxshi ishlamagan holat) — autoimmun hujum, sil kasalligi, gipoplaziya, buyrakusti bezlaridagi o‘smalar yoki metastazlar, gormonlar sintezining irsiy nuqsonlari, buyrakusti bezlarining AKTGga sezgirligi pasayishi.

Buyrakusti bezlari po‘stlog‘ining ikkilamchi, gipotalamus-gipofizga bog‘liq yetishmovchiligi — bunda gipofizning oldingi bo‘lagi buyrakusti bezlari po‘stlog‘ini yetarli rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan adrenokortikotrop gormonni yetarli miqdorda ishlab chiqarmaydi. Bunga gipotalamus-gipofiz sohasidagi o‘smalar, ishemiya, jarohat yoki nurlanish sabab bo‘lishi mumkin

Yatrogen shakl — tashqaridan qabul qilinadigan kortikosteroidlar uzoq vaqt ishlatilgach, buyrakusti bezlari atrofiyaga uchraydi va gipotalamus–gipofiz–buyrakusti bezlari o‘rtasidagi aloqa buziladi. Steroidlarni birdan to‘xtatganda bekor qilish sindromi rivojlanadi.

Etiologiya

Addison kasalligi buyrakusti bezlari po‘stlog‘i yoki gipofizning kortizol yoki aldosteron ishlab chiqarilishi kamayishiga olib keladigan har qanday zararlanishida rivojlanishi mumkin. Masalan, buyrakusti bezlarining sil bilan bog‘liq zararlanishi, bez po‘stlog‘ining kimyoviy moddalar (masalan, xloditan) ta’sirida shikastlanishi, gormon ishlab chiqarmaydigan, ammo sog‘lom to‘qimani yemiradigan buyrakusti bezi o‘smalari va boshqa holatlarda yuzaga keladi.

Klinik ko‘rinishi

Addison kasalligi odatda bir necha oy yoki yil davomida sekin rivojlanadi. Uning belgilari biror stress yoki kasallik tufayli organizmning glyukokortikoidlarga ehtiyoji keskin oshmaguncha sezilmasligi yoki namoyon bo‘lmasligi mumkin.

Addison kasalligining eng ko‘p uchraydigan belgilari:

Addison krizi

Ayrim hollarda Addison kasalligining belgilari kutilmaganda juda tez rivojlanadi. Buyrakusti bezlari po‘stlog‘ining o‘tkir yetishmovchiligi «Addison krizi» deb ataladi. Bu nihoyatda xavfli holat bo‘lib, bemor hayotiga tahdid soladi. Addison krizi, ayniqsa, Addison kasalligi vaqtida aniqlanmaganida, davolanmagan bemorlarda yoki kortikosteroidlarning yetarli bo‘lmagan dozalarini olganlarda, shuningdek, kasallik, stress, jarrohlik amaliyoti vaqtida va boshqa shunday vaziyatlarda glyukokortikoidlar dozasi o‘z vaqtida oshirilmaganida yuz berishi mumkin. Shunday qilib, har qanday o‘tkir kasallik, qon yo‘qotish, jarohat, operatsiya yoki infeksiya mavjud buyrakusti bezi yetishmovchiligini og‘irlashtirib, Addison kriziga olib kelishi mumkin.

Addison kasalligi ilgari aniqlangan va to‘g‘ri davolanayotgan bemorlarda ham kortikosteroidlar birdan to‘xtatilganda, dozasi keskin kamaytirilganda yoki organizmning glyukokortikoidlarga ehtiyoji oshganida Addison krizi yuz berishi mumkin (operatsiyalar, infeksiyalar, stress, jarohatlar, shok).

Addison krizi ushbu kasallikka chalinmagan, biroq boshqa kasalliklar (yallig‘lanishli, allergik, autoimmun va boshqalar) sababli uzoq vaqt glyukokortikoidlar bilan davolanayotgan yoki yaqinda davolangan bemorlarda ham preparat dozasi keskin kamaytirilganda, butunlay to‘xtatilganda yoki organizmning glyukokortikoidlarga ehtiyoji oshganida yuz berishi mumkin. Bunga tashqaridan yuborilgan glyukokortikoidlarning AKTG va organizmning o‘zida ishlab chiqariladigan glyukokortikoidlar ajralishini susaytirishi, uzoq muddat davolanish davomida buyrakusti bezlari po‘stlog‘ining funksional atrofiyasi, shuningdek, fiziologik darajadan yuqori dozalarda davolash chog‘ida to‘qimalardagi retseptorlarning glyukokortikoidlarga sezgirligi pasayishi (desensitizatsiya) sabab bo‘ladi. Natijada bemor organizmga tashqaridan glyukokortikoidlar kelishiga qaram bo‘lib qoladi («steroidga qaramlik»).

Addison krizining belgilari

Tarqalishi

Addison kasalligining aholi orasida tarqalishi taxminan 1:100 000 deb baholanadi. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, har 1 mln aholiga Addison kasalligining AQSHda 40—60 ta, Buyuk Britaniyada 39 ta va Daniyada 60 ta holati to‘g‘ri keladi.

Buyrakusti bezlari po‘stlog‘i yetishmovchiligi bilan og‘riganlar sonini aniq belgilash qiyin. Chunki belgilari nisbatan yengil kechadigan bemorlarning ko‘pchiligi hech qachon shifokorga murojaat qilmaydi va kasalligi aniqlanmay qoladi.

Addison kasalligi har qanday jins, etnik kelib chiqish va yoshdagi odamlarda rivojlanishi mumkin. Biroq kasallik ko‘pincha 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan kattalarda boshlanadi. Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, ayollar erkaklarga nisbatan ushbu kasallikka biroz ko‘proq moyil bo‘ladi va kasallik ayollarda odatda og‘irroq kechadi. Tadqiqotlarda etnik kelib chiqish bilan Addison kasalligining uchrash chastotasi o‘rtasida biror bog‘liqlik aniqlanmagan.

Davolash

Addison kasalligini davolash uchun gormon o‘rnini bosuvchi terapiya buyuriladi. Kortizol yetishmaganda gidrokortizon buyuriladi; mineralokortikoid aldosteron miqdori pasayganda esa fludrokortizon asetat (Florinef, Kortineff) tabletkalari buyuriladi. Fludrokortizon qabul qilganda tuz iste’molini kamaytirish talab etilishi mumkin. Buyrakusti bezlarining ikkilamchi yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga odatda mineralokortikoidlar kerak bo‘lmaydi, chunki bezlarning bu funksiyasi saqlanadi. Dori dozasi har bir bemorga alohida tanlanadi va odatda 50-200 mkg (0.05 — 0.2 mg) ni tashkil etadi.

Addison krizi vaqtida qon bosimi va qondagi glyukoza miqdori pasayadi, kaliy miqdori esa ortadi. Bu bemorning hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin. Odatda bunday holatda vena ichiga gidrokortizon, fiziologik eritma (0,9 % NaCl) va dekstroza (shakar) yuboriladi. Shundan so‘ng odatda bemorning holati tez yaxshilanadi. Bemor mustaqil ichish va dorilarni og‘iz orqali qabul qilish imkoniga ega bo‘lganda, gidrokortizon miqdori kamaytirilib, faqat qo‘llab-quvvatlovchi doza qoldiriladi. Aldosteron yetishmaganda fludrokortizon asetat bilan qo‘llab-quvvatlovchi davolash buyuriladi.

Irsiyat

Addison kasalligiga turli sabablar olib kelishi mumkin va ularning ayrimlarida irsiy omil mavjud. AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida Addison kasalligining eng ko‘p uchraydigan sababi buyrakusti bezlari po‘stlog‘ining autoimmun yemirilishidir. Organizmning o‘z buyrakusti bezi to‘qimalariga qarshi bunday autoimmun hujumga moyillik, ehtimol, murakkab genetik nuqson sifatida nasldan o‘tadi. Ya’ni bu holat rivojlanishi uchun bir nechta genlarning hali to‘liq aniqlanmagan tashqi muhit omillari bilan o‘zaro ta’siri talab etiladi.

Bibliografiya

Havolalar

Addison kasalligiga chalinganlar uchun qo‘llab-quvvatlash guruhlari