OLED televizor

OLED qurilmasining tuzilish sxemasi.
1 – Metall katod;
2 – bo‘yoq plyonkasi: elektronlar injeksiyasi;
3 – eksitonlar hosil qiluvchi qatlam;
4 – kovaklar injeksiyasi;
5 – shaffof anod;
6 – taglik.

Organik yorug‘lik chiqaruvchi diod (ingl. organic light-emitting diode, qisqacha OLED) — yarimo‘tkazgichli qurilma, u organik birikmalardantayyorlanadi va ular orqali elektr toki o‘tganda samarali ravishda yorug‘lik chiqaradi.

OLED texnologiyasi asosan axborotni aks ettiruvchi qurilmalar (displeylar).

Creative ZEN V mediapleyerining 1,5 dyuymli (3,81 santimetr) OLED displeyi

Ishlash prinsipi

Organik yorug‘lik chiqaruvchi diodlarni (OLED) yaratishda bir necha polimerqatlamidan iborat yupqa plyonkali ko‘p qatlamli tuzilmalar qo‘llanadi. Anod va unga nisbatan manfiy katod orasiga kuchlanish berilganda elektronlar qurilma bo‘ylab katoddan boshlab anodgatomon harakatlanadi. Shunday qilib, katod emissiya qatlamiga elektronlarni uzatadi, anod esa o‘tkazuvchi qatlamdan elektronlarni oladi; boshqacha aytganda, anod o‘tkazuvchi qatlamga kovaklarni uzatadi. Emissiya qatlami manfiy, o‘tkazuvchi qatlam esa musbat zaryadlanadi. Elektrostatik kuchlar ta’sirida elektronlar va kovaklar bir-biriga tomon harakatlanib, uchrashganda rekombinatsiyalanadi. Bu katodga yaqinroq joyda sodir bo‘ladi, chunki organik yarimo‘tkazgichlarda kovaklarning harakatchanligielektronlarnikidan yuqori. Rekombinatsiya paytida elektron energiyasini yo‘qotadi va bu ko‘rinadigan yorug‘lik diapazonida fotonlar nurlanishi (emissiya) bilan kechadi. Shu sababli bu qatlam emissiya qatlami deb ataladi.

2 qatlamli OLED paneli sxemasi: 1. Katod (−), 2. Emissiya qatlami, 3. Chiqarilayotgan nurlanish, 4. O‘tkazuvchi qatlam, 5. Anod (+)

Qurilma anodiga beriladigan, katodga nisbatan manfiy kuchlanishda ishlamaydi. Bunda kovaklar anodga, elektronlar esa teskari yo‘nalishda katodgaharakatlanadi va rekombinatsiya sodir bo‘lmaydi.

Materiallar va texnologiyalar

OLED materiallari kichik molekulali («small molecule» OLED), polimerli (Polymer Light Emitting Diodes — PLED) va shu ikki tur gibridlariga bo‘linadi. Diodlarni ishlab chiqarishdagi asosiy farq — yorug‘lik chiqaruvchi kristallarni taglikka joylashtirish usulidir. SM-OLED vakuumda purkashusuli bilan, PLED esa oqimli bosma usulida (soddaroq va arzonroq texnologiya) ishlab chiqariladi. 1990-yillarning oxirida Universal Display Corporation (UDC) kompaniyasi kovak va elektron qatlamlari polimerda eriydigan, fosforessensiyalanuvchi kichik molekulali material asosida tayyorlangan fosforessensiyali organik diodlarni ishlab chiqdi. PHOLED diodlaridan foydalanish an’anaviy OLED bilan solishtirganda panellar yorqinligini to‘rt barobar oshiradi.

Anod materiali sifatida, odatda, indiyoksidining qalaybilan legirlangan turi qo‘llanadi. U ko‘rinadigan yorug‘likni o‘tkazadi va yuqori chiqish ishigaega bo‘lib, bu injeksiyaga , ya’ni kovaklarning polimer qatlamiga kiritilishiga yordam beradi. Katod ko‘pincha alyuminiy va kalsiykabi metallardan tayyorlanadi, chunki ularning chiqish ishipast va bu injeksiyaga , ya’ni elektronlarning polimer qatlamiga kiritilishiga yordam beradi.

Tarix

Fransuz olimi Andre Bernanoz (frans. André Bernanose) va uning hamkasblari elektroluminessensiyani 1950-yillarning boshlarida organik materiallarda yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan tokni shaffof yupqa bo‘yoq plyonkalariga — xususan, akridin apelsiniga va xinakringa berish orqali kashf etdilar. 1960-yilda Dow Chemical kompaniyasi tadqiqotchilari o‘zgaruvchan tok yordamida boshqariladigan elektroluminessent yacheykalarni legirlangan antratsen asosida ishlab chiqdilar.

Bunday materiallarning elektr o‘tkazuvchanligi pastligi texnologiya rivojini poliatsetilen va polipirrolkabi zamonaviyroq organik materiallar paydo bo‘lguncha cheklab turdi. 1963-yilda olimlar bir qator maqolalarda yod bilan legirlangan polipirrolda yuqori o‘tkazuvchanlikni kuzatganliklarini ma’lum qildilar. Ular o‘tkazuvchanlik 1 Sm/smko‘rsatkichiga erishdilar. Bu kashfiyot «unutilib ketdi». Faqat 1974-yilda «yoqilgan» holatda o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan melanin asosidagi ikki barqaror holatli kalit xususiyatlari o‘rganildi. Material yoqilish vaqtida yorug‘lik chaqnashini chiqarardi.

Keyin 1977-yilda boshqa tadqiqotchilar guruhi xuddi shunday oksidlangan va yod bilan legirlangan poliatsetilenda yuqori o‘tkazuvchanlikni qayd etdi. 2000-yilda Alan Xiger, Alan Makdiarmid va Xideki Shirakava birgalikda kimyo bo‘yicha Nobel mukofotini «o‘tkazuvchi organik polimerlarni kashf etgani va tadqiq qilgani uchun» oldilar. Oldingi kashfiyotlarga havolalar berilmadi.

Kichik molekulalarga asoslangan birinchi diod qurilmasi 1980-yillarda Eastman Kodak kompaniyasida Den Sin’yun va Stiven van Slayk (ingl. Steven Van Slyke) (hozir u Kateeva kompaniyasining texnik direktori). OLED ixtirosi uchun olimlar 2014-yilda Nobel mukofotining 2014-yilgi kimyo bo‘yicha nomzodlar qisqa ro‘yxatiga kiritildi. 1999-yil fevralida Sanyo Electric va Eastman-Kodak korporatsiyalari OLED displeylarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish maqsadida hamkorlik ittifoqini tuzdilar.

Birinchi yorug‘lik chiqaruvchi polimer — polifenilenvinilen (ingl. Poly(p-phenylene vinylene)) — Kavendish laboratoriyasida Kembrij universiteti olimlari tomonidan 1989-yilda sintez qilindi. 1990-yilda ilmiy Nature jurnalida olimlarning yashil yorug‘lik taratuvchi va «foydali ish koeffitsiyenti juda yuqori» bo‘lgan polimer haqida maqolasi chop etildi. 1992-yilda polimer yorug‘lik chiqaruvchi materiallarni ishlab chiqarish uchun Cambridge Display Technolodgy (CDT) kompaniyasi tashkil etildi. Shu vaqtdan boshlab diodlar ishlab chiqarishning ikki yo‘nalishi — kichik molekulalar asosidagi (sm-OLED) va polimer asosidagi (P-OLED) texnologiyalar parallel rivojlana boshladi.

Rossiyada OLED bo‘yicha birinchi patent 1995-yilda Fizik muammolar ilmiy-tadqiqot institutiga berildi.

Yaqinda[qachon?] yorug‘lik chiqaruvchi o‘tkazuvchan molekulalar aralashtirilgan, elektr tokini o‘tkazmaydigan polimerlarga asoslangan gibrid yorug‘lik chiqaruvchi qatlam ishlab chiqildi. Polimerdan foydalanish optik xususiyatlarni yomonlashtirmagan holda mexanik afzalliklarni beradi. Yorug‘lik chiqaruvchi molekulalarning xizmat muddati dastlabki polimernikidek saqlanadi.

Texnologiya rivojidagi voqealar

Ishlanmalar: Samsung va LG Electronics
  • 2009-yil yozida Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi 15 dyuymli, ommaviy bozor uchun mo‘ljallangan birinchi televizorni organik yorug‘lik chiqaruvchi diodlartexnologiyasi asosida ishlab chiqarish va sotuvga chiqarish rejalarini e’lon qildi. LG ommaviy ishlab chiqarishda OLED texnologiyasini o‘zlashtirgan dunyodagi birinchi ishlab chiqaruvchiga aylandi.
  • Xalqaro CES 2012 ko‘rgazmasida Samsung va LG mos ravishda 7,6 mm va 4 mm qalinlikdagi, ekrani diagonali 55 dyuymli OLED televizorlarini taqdim etdi. Samsung OLED matritsalarini ishlab chiqarishda texnologik muammolarga duch keldi: nuqsonli mahsulotlar ulushi yuqoriligi sababli kompaniya darhol maqbul narxlardagi televizorlarni ommaviy ishlab chiqarish bilan bozorga chiqara olmadi.

LG esa arzonroq WRGB to‘rt rangli piksel texnologiyasi hisobiga OLED televizorlarining kengroq va hamyonboproq assortimentini ertaroq taklif eta oldi.

  • IFA 2013 ko‘rgazmasida LG dunyodagi birinchi, diagonali 77 dyuymli 4K OLED televizorini e’lon qildi.
  • CES 2013 ko‘rgazmasida Samsung 1080p aniqlikdagi 4,99 dyuymli Super AMOLED displeyni va egiluvchan OLED displeyli Samsung Galaxy S IV smartfonini taqdim etdi. 2014-yilning ikkinchi yarmida Samsung Display egiluvchan AMOLED panellarini ishlab chiqara boshladi.
Ishlanmalar: Sony
Sony XEL-1 (old tomondan ko‘rinishi)
Sony XEL-1 (yon tomondan ko‘rinishi)
  • 2007-yilda CES ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan Las-Vegasda Sony kontrastlik nisbati «millionga bir», umumiy qalinligi 5 mm bo‘lgan 11 dyuymli (28 sm, 960×540 aniqlikda) va 27 dyuymli (68,5 sm, HD 1920×1080 aniqlikda) modellarni taqdim etdi. Sony bu monitorlarning tijoriy versiyasini (XEL-1) Yaponiyada 2007-yil dekabrida sotuvga chiqardi.
  • 2007-yil 25-mayda Sony qalinligi 0,3 millimetr bo‘lgan, 2,5 dyuymli (6,3 sm) egiluvchan FOLED ekranini taqdim etdi. Bukilgan ekranda video namoyish qilindi.
  • 2008-yil 16-aprelda Sony qalinligi 0,2 millimetr va diagonali 3,5 dyuym (9 sm), aniqligi 320x200 piksel bo‘lgan OLED displeyni hamda qalinligi 0,3 mm va aniqligi 960x540 piksel bo‘lgan 11 dyuymli ekranni taqdim etdi.
  • 2014-yilda Sony o‘z OLED matritsalarini ishlab chiqarish va rivojlantirishni to‘xtatib turdi, e’tiborini tijoriy jihatdan muvaffaqiyatliroq 4K ULTRA HD LCD televizorlariga qaratdi.
  • 2017-yilda Sony ekrani diagonali 55, 65 va 77 dyuymli, LGkompaniyasi ishlab chiqargan matritsalardan foydalanuvchi OLED televizorlar turkumini taqdim etdi. Sony Bravia A1 flagman modelining 55 dyuymli displeyida 8 milliondan ortiq o‘z-o‘zidan yorug‘lik chiqaruvchi organik diod bor.
Boshqa kompaniyalar

Bir rangli OLED displeyli Pioneer avtomagnitolalari turkumi 1999-yilda sotuvga chiqdi, masalan, Pioneer KEH-P8800R.

Telefon Samsung X120 — OLED ekranli birinchi telefon, 2004-yil.[manba 2647 kundan beri ko‘rsatilmagan]

Finlyandiyaning Nokia N85smartfoni 2008-yil avgustda taqdim etilgan va 2008-yil oktabrda sotuvga chiqarilgan. Bu kompaniyaning AM-OLED displeyli birinchi smartfoni edi.

2008-yil 11-martda GE Global Research o‘ram shaklida tayyorlangan dastlabki OLED qurilmasini namoyish etdi.

Chi Mei EL Corp of Taynan ( Taynankorporatsiyasi) Los-Anjelesdagi konferensiyada (2008-yil 20–22-may) 25 dyuymli, past haroratda tayyorlangan shaffof kremniyli OLED qurilmalarini namoyish etdi.

Epson 2004-yilda 40 dyuymli displey ishlab chiqardi.

2017-yil yozida Koreya ilg‘or texnologiyalar instituti — KAIST mutaxassislari matoga to‘qib kiritish mumkin bo‘lgan organik diodli displeylarni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Qo‘llanilishi

Organik yorug‘lik chiqaruvchi diodli displeylar quyidagi qurilmalarga o‘rnatiladi: smartfonlar (masalan, Samsung Galaxy (Note 8, J5, S9), OnePlus 5T, Google Pixel 2 va boshqalar), planshetlar, elektron kitoblar[manba 986 kundan beri ko‘rsatilmagan], raqamli fotoapparatlar, avtomobillarning bort kompyuterlari; bundan tashqari, avtomagnitolalar, , cho‘ntak raqamli audiopleyerlari, , aqlli soatlar, va fitnes-bilaguzuklar (XIAOMI Mi Band, Fitbit Charge 2, Garmin Vivosport) uchun ham kichik OLED displeylar ishlab chiqariladi. Organik displeylar taqdim etadigan afzalliklarga talab yildan-yilga ortmoqda. Shundan kelib chiqib, yaqin kelajakda OLED texnologiyasi asosidagi displeylar elektronika bozorida katta ehtimol bilan yetakchi o‘rinni egallashi mumkin, degan xulosaga kelish mumkin.

OLED televizorlari (qarang: televizor).

Hozirgi vaqtda OLED texnologiyasidan ko‘plab ixtisoslashgan qurilmalar, jumladan, tungi ko‘rish asboblarini yaratishda foydalaniladi.[manba 986 kundan beri ko‘rsatilmagan]

OLED dan golografiyada yuqori ajratish qobiliyatiga ega hajmiy tasvirlarni ko‘rsatish uchun (volumetric display) ham foydalanish mumkin. 2007-yil 12-mayda EKSPO-Lissabonda uch o‘lchamli video namoyish qilindi (bu materiallardan foydalanishning ehtimoliy yo‘nalishi).[manba 986 kundan beri ko‘rsatilmagan]

Organik yorug‘lik chiqaruvchi diodlar yorug‘lik manbalarisifatida ham qo‘llanadi. OLED umumiy yoritish tizimlarida (jumladan, Yevropa Ittifoqida OLLA loyihasida) qo‘llanadi.

Afzalliklari va kamchiliklari: OLED displeylar

Afzalliklari

  • Yorqinlik: OLED displeylar nurlanish yorqinligini bir necha kd/m² dan (tunda ishlash uchun) juda yuqori — 100 000 kd/m² dan ortiq qiymatlargacha ta’minlaydi. Ularning yorqinligi juda keng dinamik diapazonda boshqariladi. Displeyning xizmat muddati yorqinlikka teskari proporsional bo‘lgani uchun qurilmalarda past yorqinlikda — 1 000 kd/m² gacha ishlash tavsiya qilinadi;
  • Kontrastlik: OLED displeylar cheksiz kontrastlikka — 2 000 000:1 va undan ham yuqori nisbatga ega;
  • Energiya sarfi: energiya sarfini suyuq kristalli displeylar bilan solishtirish murakkab, chunki suyuq kristalli yacheyka ishlayotganida juda kam tok talab qiladi. Biroq uning ishlashini ta’minlovchi yordamchi qismlar (apparat drayverlari, orqa yoritish) juda ko‘p yoki aksincha, juda kam energiya sarflashi mumkin — bu LCD displey qanday maqsadda ishlatilishiga bog‘liq. OLED displeylarida energiya sarfi bevosita yorqinlik va yorug‘lik chiqarayotgan yuzaga proporsional, ya’ni ayni paytda har bir alohida pikselning yorqinligiga bog‘liq.

Quyida OLED ning plazmali displeylarga nisbatan afzalliklari:

  • kichikroq o‘lcham va vazn;
  • Tasvir yorqinligi bir xil bo‘lganda pastroq energiya sarfi kuzatiladi;
  • egiluvchan ekranlar yaratish imkoniyati;
  • o‘lchamiga nisbatan yuqoriroq aniqlikka ega ekranlar yaratish imkoniyati.

Quyida OLED ning suyuq kristalli displeylarga nisbatan afzalliklari:

OLED displeyi Samstag, 2011
  • kichikroq o‘lcham va vazn;
  • Orqa yoritish talab etilmaydi;
  • katta ko‘rish burchaklari — tasvir har qanday burchakdan sifatini yo‘qotmasdan ko‘rinadi;
  • deyarli bir zumda javob qaytarishi (LCD displeylarga nisbatan bir necha daraja tezroq) — amalda inertlik yo‘q;
  • yuqori kontrastlik;
  • egiluvchan ekranlar yaratish imkoniyati;
  • keng ish harorati diapazoni (−40 dan +70 °C gacha).

Kamchiliklari

  • Ko‘k nur chiqaruvchi diodlarning xizmat muddati qisqaligi;
  • shuning oqibatida uzoq xizmat qiladigan to‘laqonli TrueColordispleylarini yaratishning imkoni yo‘qligi;
  • matnning buzib ko‘rsatilishi: subpiksellar tuzilishining o‘ziga xosligi tufayli (oddiy LCD displeylarda subpiksellar ketma-ket qizil, yashil va ko‘k (RGB) tartibida joylashadi, ko‘plab OLED ekranlarda esa BGR, RBG yoki hatto RGBW (qizil, yashil, ko‘k, oq) kabi tartiblar mavjud) ekrandagi matn LCD panellardagidek tiniq va aniq ko‘rinmaydi; belgilarning chetlarida fotosuratlardagi keraksiz aberratsiyalarga o‘xshash kamalak rangli hoshiyalar paydo bo‘ladi (ammo bu media kontentiga ta’sir qilmaydi).
  • yorqinlikning nisbatan pastligi: LCD matritsalarining yorqinligi odatda taxminan 400 nit, eng yuqori qiymati esa taxminan 800 nit bo‘ladi, OLED ekranlar esa allaqachon 1600 nit va undan yuqori yorqinlikka erishmoqda.
  • KIM (kenglik-impulsli modulyatsiya, ekran yorqinligini sozlash uchun kerak) qo‘llanilishi — OLED ning jiddiy kamchiliklaridan biridir. OLED matritsasi subpiksellaridagi kuchlanishni shunchaki pasaytirib yorqinlikni kamaytirib bo‘lmaydi, chunki bu tasvir sifatini yomonlashtiradi; shuning uchun KIM ishlatiladi. KIM ta’sirini kamaytirishning yagona usuli — yorqinlikni oshirish: yorqinlik qancha baland bo‘lsa, miltillash shuncha kam bo‘ladi.
  • OLED displeylar namlik ta’siriga juda sezgir.
  • katta va hatto o‘rta o‘lchamli OLED matritsalarini tayyorlash texnologiyasi yetarlicha takomillashmagani sababli qimmat turadi;

Bularni yangi texnologiya shakllanish davridagi vaqtinchalik qiyinchiliklar — «bolalik kasalliklari» deb hisoblash mumkin, chunki yangi, uzoq xizmat qiladigan lyuminoforlar ishlab chiqilmoqda[manba 2054 kundan beri ko‘rsatilmagan]. Shuningdek, matritsalarni ishlab chiqarish quvvatlari ham kengaymoqda.

Ishlab chiqaruvchilar va savdo bozori

OLED displeylari bozori sekin, ammo barqaror o‘smoqda. Asosiy ishlab chiqaruvchilar: Samsung (27 %), Pioneer (20 %), RiTdisplay (18 %), LG Display (18 %).

Bugungi kunda tijoriy OLEDtelevizorlarni jahon bozorida quyidagi kompaniyalar ishlab chiqaradi: LG (sotuvlarni birinchi bo‘lib Koreyada 2013-yil fevralida, yozda esa AQSHda va Yevropada boshlagan), Sony, Panasonic (2015-yildan), Toshiba, shuningdek, quyidagi kompaniyalar ittifoqi — Matsushita Electric Industrial, Canon va Hitachi.

Quyida matritsalarning eng taniqli ishlab chiqaruvchilari keltirilgan:

  • AU Optronics[ingl.] — qisqa belgisi «B», masalan B101AW03, B156XW02, B173RW01
  • Chi Mei Optoelectronics[ingl.] — qisqa belgisi «N», masalan N101L06-L02 Rev.C2, N156B6-L06 Rev.C1,
  • Chunghwa Picture Tubes — qisqa belgisi «CLAA», masalan CLAA101NB03A,CLAA154WA05 V.1, CLAA156WB11
  • HannStar — qisqa belgisi «HSD», masalan HSD089IFW1-A00, HSD101PFW2, HSD121PHW1
  • Hitachi — qisqa belgisi «TX», masalan TX39D80VC1GAA, TX39D99VC1FAA, TX36D97VC1CAA 14.1"
  • Hosiden — qisqa belgisi «HLD», masalan HLD1505-010120
  • Hyundai-BOEhydis — qisqa belgisi «HT», masalan HT15X34-110
  • IDTech — qisqa belgisi «ITX», masalan ITXG71D
  • Innolux — qisqa belgisi «BT», masalan BT101IW03 V1, BT140GW01 V.2, BT156GW01 V.1
  • LG Philips — qisqa belgisi «LP», masalan LP101WSA (TL)(B1), LP156WH2 (TL)(Q1), LP173WD1 (TL)(A1),
  • NEC — qisqa belgisi «NL», masalan NL10276AC28-01A
  • Quanta Display[ingl.] — qisqa belgisi «QD», masalan QD12TL02 REV01, QD14TL01 REV.03, QD15TL02 Rev.01
  • Samsung — qisqa belgisi «LTN», masalan LTN101NT02-101, LTN156AT02, LTN173KT01
  • Sanyo-Torisan — qisqa belgisi «TM», masalan TM150XG-22L04B
  • Sanyo-Torisan — LG mobile price in Pakistan Arxiv nusxasi 2019-yil 13-maydagi, Wayback Machine
  • saytida; Toshiba Matsushita — qisqa belgisi «LTD», masalan LTD121EXVV, LTD133EWMZ, LTD133EE10000
  • Unipac — qisqa belgisi «UB», masalan UB141X01-2

Rivojlanish istiqbollari

OLED displeylari o‘rnini samaraliroq va tejamkorroq TMOS (Time-Multiplexed Optical Shutter — «vaqt bo‘yicha multiplekslanadigan optik zatvor») displeylari egallashi mumkin. Bu texnologiya inson ko‘zi to‘r pardasining inertligidan foydalanadi.

Shuningdek, O-TFT (Organic TFT) — organik tranzistorlar texnologiyasi ustida ham ish olib borilmoqda.

Tadqiqot va ishlanmalarning asosiy yo‘nalishlari

OLED panellarini ishlab chiquvchilarning hozirda amaliy natijaga erishgan asosiy tadqiqot yo‘nalishlari:

Passiv/faol matritsa (AMOLED)

asosiy maqola: Organik yorug‘lik chiqaruvchi diodlardagi faol matritsa (Active-Matrix OLED, AMOLED)

Rangli OLED displeyning har bir pikseli uch tarkibiy qismdan — ko‘k, yashil va qizil ranglarga javob beradigan organik yacheykalardan tashkil topadi.

OLED ning asosini yacheykalarni boshqaruvchi passiv va faol matritsalar tashkil etadi.

Passiv matritsa qatorlar bo‘ylab joylashgan anodlarva ustunlar bo‘ylab joylashgan katodlarmassividir; har bir kesishish OLED diodni hosil qiladi. Muayyan organik diodga zaryad berish uchun kerakli katod va anodraqamini, ya’ni ular kesishgan joydagi pikselni tanlab, tok yuborish kerak. Kuchlanish qancha katta bo‘lsa, piksel shuncha yorqinroq yonadi. Bu usul diagonali 2—3 dyuymli bir rangli ekranlarda (mobil telefonlar, elektron soatlar, turli qurilmalardagi axborot ekranlari) ishlatiladi.

Faol matritsa: LCD monitorlardagi kabi OLED ning har bir yacheykasini boshqarish uchun piksel yorqinligini saqlashga kerakli ma’lumotni eslab qoladigan tranzistorlardan foydalaniladi. Boshqaruv signali aniq bir tranzistorga yuboriladi va shu sababli yacheykalar yetarlicha tez yangilanadi. TFT (Thin Film Transistor) — yupqa plyonkali tranzistor texnologiyasi qo‘llanadi. Tranzistorlardan matritsa ko‘rinishidagi massiv hosil qilinib, displeyning organik qatlami ostidagi taglikka joylashtiriladi. TFT qatlami polikristall yoki amorf kremniydan tayyorlanadi.

PHOLED

PHOLED[ingl.] (Phosphorescent OLED) — Universal Display Corporation (UDC) kompaniyasining Prinston universiteti va Janubiy Kaliforniya universitetibilan hamkorlikdagi texnologik yutug‘i. Boshqa OLED qurilmalaridek, PHOLED ham shunday ishlaydi: organik molekulalarga elektr toki beriladi va ular yorqin nur chiqaradi. Biroq PHOLED elektrfosforessensiyaprinsipidan foydalanib, elektr energiyasining qariyb 100 % ini yorug‘likka aylantiradi. Masalan, an’anaviy fluoresensiyali OLED lar elektr energiyasining taxminan 25—30 % ini yorug‘likka aylantiradi.

Energiya samaradorligi boshqa OLED qurilmalariga qaraganda ham juda yuqori bo‘lgani sababli, PHOLED dan televizor monitorlari kabi yirik displeylarda yoki yoritish ekranlarida foydalanish imkoniyati o‘rganilmoqda. Yoritishda PHOLED dan foydalanishning istiqbolli usuli: devorlarni ulkan PHOLED displeylari bilan qoplash mumkin. Bunda xonalarni yorug‘likni notekis tarqatadigan lampochkalar o‘rniga bir tekis yoritish imkoni tug‘iladi. Devorga o‘rnatilgan monitorlar yoki oyna vazifasidagi ekranlar ham tashkilotlar va interyerda tajriba qilishni yoqtiruvchilar uchun qulay bo‘lishi mumkin.

PHOLED displeylarining boshqa afzalliklariga yorqin, to‘yingan ranglar va yetarlicha uzoq xizmat muddatini kiritish mumkin[qancha?].

TOLED

TOLED (Transparent and Top-emitting OLED) — shaffof (Transparent) displeylar yaratish, shuningdek, yuqoriroq kontrastlikka erishish imkonini beradigan texnologiyadir.

Shaffof TOLED displeylarida yorug‘lik faqat yuqoriga, faqat pastga yoki har ikkala yo‘nalishga (shaffof turda) chiqarilishi mumkin. TOLED kontrastliknisezilarli oshirishi mumkin, bu esa kuchli quyosh nurida displeydagi yozuvlarni o‘qishni osonlashtiradi.

TOLED o‘chirilgan holatda 70 % shaffof bo‘lgani uchun uni avtomobilning old oynasiga, do‘kon vitrinasiga yoki virtual reallik shlemiga bevosita o‘rnatish mumkin. TOLED shaffofligi undan metall, folga, kremniy kristali va boshqa shaffof bo‘lmagan tagliklar bilan old tomonga tasvir chiqaradigan displeylar yaratishda ham foydalanish imkonini beradi (kelajakdagi dinamik kredit kartalarida qo‘llanishi mumkin). Ekran shaffofligiga shaffof organik elementlar va ulardan tayyorlangan elektrodlar yordamida erishiladi.

Past aks ettirish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan yutuvchi modda taglikka qo‘llansa, TOLED displeyining kontrastlik nisbati LCD ko‘rsatkichidan o‘n baravar yuqori bo‘lishi mumkin (mobil telefonlar va harbiy qiruvchi samolyotlar kabinalarida).

TOLED texnologiyasi orqali ko‘p qatlamli qurilmalar (masalan, SOLED) va gibrid matritsalar ham tayyorlash mumkin. Ikki tomonlama TOLED bir xil ekran o‘lchamida ko‘rsatiladigan maydonni ikki barobar oshirish imkonini beradi. Bu chiqarilishi kerak bo‘lgan ma’lumot hajmi mavjud displey sig‘imidan kattaroq qurilmalar uchun foydalidir.

SOLED

Stacked OLED — UDC[ingl.] kompaniyasining qatlamli OLED texnologiyasidir. Unda qizil, ko‘k va yashil subpiksellar bitta piksel doirasida yonma-yon emas, balki vertikal joylashtiriladi. Bu oddiy LCD displey va elektron-nur trubkasi tuzilishidan farq qiladi.

SOLED da har bir subpiksel elementini mustaqil boshqarish mumkin. Piksel rangini uchta rangli elementdan o‘tuvchi tokni o‘zgartirish orqali sozlash mumkin (bir rangli displeylarda impuls kengligini modulyatsiyalash ishlatiladi). Yorqinlik tok kuchini o‘zgartirish orqali boshqariladi.

SOLED afzalligi — displey maydonining organik yacheykalar bilan yuqori darajada to‘ldirilishi, bu esa yuqori aniqlik va sifatli tasvirni ta’minlaydi.

Egiluvchan displey (FOLED)

Egiluvchan displeylar[ingl.] (Flexible OLED, FOLED[ingl.]) hozir egiluvchan smartfonlarda (Samsung Galaxy Fold, Escobar Fold va boshqalar) qo‘llanadi. Asosiy xususiyati — displeyning egiluvchanligidir. Bir tomondan taglik sifatida plastmassa yoki egiluvchan metall plastina, boshqa tomondan esa germetik yupqa himoya plyonkasiga joylashtirilgan OLED yacheykalar qo‘llanadi. FOLED afzalliklari: displeyning nihoyatda yupqaligi, juda yengilligi, mustahkamligi, uzoq xizmat qilishi va egiluvchanligi. Bu OLED panellardan g‘ayrioddiy joylarda ham foydalanish imkonini beradi.

Boshqa ko‘rinish — egilgan displey (masalan, Samsung Galaxy S6/S7 Edge smartfoni yoki televizor). Bunda qalinligi 1 mm dan sal ko‘proq bo‘lgan, ichiga organik yorug‘lik chiqaruvchi diodlar joylashtirilgan plyonka qo‘llanadi (matritsaning orqa tomonida, mis folga qatlami ostida zarbani yumshatuvchi qatlam joylashgan).

Bunday qurilmalarning kamchiliklari ham bor:ular mo‘rt va ishonchsiz deb hisoblanadi (garchi zamonaviy egiluvchan ekranlarning tirnalishga chidamliligiga bildiriladigan ko‘p e’tirozlar unchalik to‘g‘ri bo‘lmasa-da); bukiladigan, kitob ko‘rinishidagi smartfonlarning aksariyati oddiy smartfonlardan qalinroq va og‘irroq (bu tuzilish xususiyatlari bilan bog‘liq); ularda chang va namlikdan himoya yo‘q; ilgari bukiladigan smartfonlar kameralari odatiy flagmanlarnikidan biroz pastroq edi. Shuningdek, bukiladigan smartfonlarga eng kuchli protsessorlar o‘rnatilmaydi, ularning batareyadan ishlash muddati qisqa va simsiz quvvatlash mavjud emas. Dasturiy ta’minot bukiladigan smartfonlarga yaxshi moslashtirilmagan. Shu bilan birga, ularning narxi juda yuqori (narx va sifat nisbati past).

Masalan, Honor Magic V2 (2024-yilgi model)ning qalinligi buklangan holatda 9,9 mm gacha (ochilganda 4,7 mm), vazni esa 231 grammgacha kamaytirildi.

2007-yil 25-mayda Sony qalinligi 0,3 millimetr bo‘lgan 2,5 dyuymli (6,3 sm) egiluvchan FOLED ekranini taqdim etdi. Bukilgan ekranda video namoyish qilindi.

Xalqaro CES 2013 ko‘rgazmasida Samsung 1080p aniqlikdagi 4,99 dyuymli Super AMOLED displeyni va egiluvchan OLED displeyli Samsung Galaxy S IV smartfonini taqdim etdi. 2014-yilning ikkinchi yarmida Samsung Display egiluvchan AMOLED panellarini ishlab chiqara boshladi.

Egiluvchan ekranli birinchi smartfon (2019-yilda ishlab chiqarilgan) — Xitoyning Royole FlexPai[ingl.].

Tandem OLED

2019-yilda LG Display ikki OLED qatlamini ustma-ust joylashtirish usuli bo‘lgan Tandem OLED texnologiyasini ishlab chiqmoqda. Oddiy OLED bilan solishtirganda Tandem OLED ning yorqinligi uch baravar yuqori, xizmat muddati esa ikki baravar uzunroq. Bundan tashqari, Tandem OLED 40 % yupqaroq va 28 % yengilroq. Tandem OLED yangi iPad Proqurilmasida ishlatiladi va unda eng yuqori yorqinlik 1600 nitga yetadi. 2025-yil avgustida LG dunyoda birinchi bo‘lib 1440p aniqlik va 540 Gs yangilanish chastotasiga ega 27 dyuymli OLED panelini taqdim etdi (720p aniqlikda chastota 720 Gs).

Havolalar