Glaukoma nima

Glaukoma
Вид глаза при глаукоме
Glaukomada ko‘zning ko‘rinishi
KXT-11 9C61
KXT-10 H40-H42
KXT-10-KM H40-H42, H40.9, H40 va H40.H42
KXT-9 365
KXT-9-KM 365, 365.9 va 365.89
DiseasesDB 5226
MedlinePlus 001620
eMedicine oph/578 
MeSH D005901
Логотип Викисклада Vikiombordagi mediafayllar

Glaukoma (qad. yun. γλαύκωμα «ko‘zning ko‘kimtir xiralashuvi»; γλαυκός «och ko‘k, havorang» + -ομα «o‘sma» so‘zlaridan) — ko‘z kasalliklarining katta guruhi bo‘lib, unga ko‘z ichi bosimining muayyan inson uchun maqbul darajadan doimiy yoki vaqti-vaqti bilan yuqori bo‘lishi, keyinchalik ko‘rish maydonida o‘ziga xos nuqsonlarning yuzaga kelishi, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi va ko‘ruv nervining atrofiyasi xosdir.

Glaukomaning ikkita asosiy shakli farqlanadi: ochiq burchakli va yopiq burchakli. Bundan tashqari, tug‘ma glaukoma, yuvenil glaukoma hamda ikkilamchi glaukomaning turli shakllari, jumladan, ko‘zning rivojlanish anomaliyalari bilan bog‘liq shakllari mavjud.

Ko‘z ichi bosimining oshishi zararlangan ko‘zda ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishiga olib keladi va davolanmasa, ko‘rlikka sabab bo‘ladi. Davolash ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishini faqat to‘xtatishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Bu, odatda, ko‘z ichidagi suyuqlik (suvsimon namlik)bosimining oshishi bilan bog‘liq. «Ko‘z gipertenziyasi» atamasi ko‘z ichi bosimi (KIB) muntazam yuqori bo‘lib, shu bilan bog‘liq hech qanday ko‘ruv nervi shikastlanishikuzatilmagan odamlarga nisbatan ishlatiladi. Boshqa tomondan, ko‘ruv nervi shikastlangan va tegishli ravishda ko‘rish maydoniyo‘qolgan, biroq ko‘z ichi bosimi normal yoki past bo‘lgan holatlarda «normal bosimli» yoki «past bosimli» («normotenziv») glaukoma atamasi qo‘llanadi.

Nervlar shikastlanishining o‘ziga xos belgisi to‘r pardaning ganglioz hujayralari yo‘qolishidir. Glaukomaning ko‘plab turli kichik turlarini optik neyropatiyashakllari sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Ko‘z ichi bosimining oshishi (21 mm simob ustuni yoki 2,8 kPa dan yuqori) glaukomaning eng muhim xavf omilidir. Shunga qaramay, ayrim odamlarda ko‘z ichi bosimi ko‘p yillar davomida yuqori bo‘lsa ham shikastlanish kuzatilmaydi, boshqalarda esa nisbatan past bosimda ham nervlar shikastlanishi mumkin. Glaukoma davolanmasa, ko‘ruv nervining bir qismi qaytmas darajada shikastlanishi va natijada ko‘rish maydoniningbir qismi yo‘qolishi mumkin; bu holat vaqt o‘tishi bilan ko‘rlikkacha rivojlanishi ehtimoli bor.

Agar skleraning venoz sinusi to‘silib qolsa, ko‘z ichi suyuqligining so‘rilish tezligi uning sekretsiyasitezligidan ortda qoladi va ko‘z ichi bosimi oshadi. Har ikkala kameradagi bosim ko‘z gavhari va shishasimon tanagata’sir qiladi. Shishasimon tana to‘r pardani tomirli pardaga siqib, to‘r pardanioziqlantiruvchi qon tomirlarini qisadi. Qon ta’minoti yetarli bo‘lmasa, to‘r parda hujayralari nobud bo‘ladi, bu ko‘ruv nervi atrofiyasi va ko‘rlikka olib keladi. Odatda, fokus nuqtasidan uzoqdagi nervlar boshqalaridan oldin zararlanadi, chunki ular ko‘zning qon ta’minoti markazidan uzoqda joylashgan. Shu sababli glaukomada ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi, odatda, periferik ko‘rish maydonining chetlaridan boshlanadi va asta-sekin atrofdagi olamni «tunnel» orqali ko‘rgandek idrok etishga olib keladi.

Taxminan 1705-yilgacha katarakta va glaukoma bir-biridan farqlanmagan.

Glaukoma shakllari

Ochiq burchakli glaukoma ushbu kasallikning barcha holatlaridan 90 % dan ortig‘ini tashkil etadi. Bu shaklda rangdor parda bilan shox parda orasidagi burchak ochiq bo‘ladi, uning nomi ham shundan kelib chiqqan. Taroqsimon boylam trabekulalari orasidagi bo‘shliqlar (Fontana bo‘shliqlari) kichrayishi hisobiga ko‘z ichi suyuqligining oqib chiqishi kamayadi. Natijada suyuqlik to‘planib, bosim asta-sekin, lekin uzluksiz oshadi. O‘z vaqtida aniqlanmasa va shifokor nazoratida dori vositalari bilan davolash boshlanmasa, oxir-oqibat ko‘ruv nervini yemirishi va ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

Ochiq burchakli glaukomaning shakllari: birlamchi, psevdoeksfoliativ va pigmentli.

Yopiq burchakli glaukoma kamroq uchraydigan shakl bo‘lib, asosan uzoqni yaxshi ko‘rish (gipermetropiya) holatiga ega 30 yoshdan katta odamlarda kuzatiladi. Bu shaklda ko‘z ichidagi bosim tez oshadi. Ko‘z qorachig‘ining kengayishiga sabab bo‘ladigan har qanday omil, masalan, xira yorug‘lik, ayrim dorilar, hatto ko‘zni tekshirishdan avval tomiziladigan qorachiqni kengaytiruvchi tomchilar ham ayrim odamlarda rangdor pardaning ko‘z ichi suyuqligi oqiminito‘sib qo‘yishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kasallikning bu shakli yuzaga kelganda ko‘z olmasi tez qattiqlashadi, bosimning to‘satdan oshishi og‘riq va ko‘rishning xiralashuviga olib keladi.

Yopiq burchakli glaukomaning shakllari: o‘tkir xuruj va surunkali shakl.

Glaukomaning har ikki turiga xos belgilar bo‘lsa, «aralash turdagi glaukoma» tashxisi ham qo‘yilishi mumkin. Bu kasallikning eng kam uchraydigan va eng kam o‘rganilgan turi bo‘lib, tarixan ochiq burchakli va yopiq burchakli glaukomaning birikmasi deb hisoblangan. Ammo zamonaviyroq tadqiqotlar aralash glaukomaning ayrim xususiyatlari ochiq burchakli turga ham, yopiq burchakli turga ham xos emasligini ko‘rsatgan, shu sababli u kasallikning alohida turi bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Glaukoma bosqichlari

  • I bosqich (boshlang‘ich) — periferik ko‘rish maydoni normal, ammo markaziy ko‘rish maydonida nuqsonlar mavjud; ko‘ruv nervi diskining (KND) ekskavatsiyasi kengaygan, biroq uning chetiga yetib bormagan;
  • II bosqich (rivojlangan) — ko‘rish maydoni burun tomonidan 10° dan ortiq toraygan, paramarkaziy o‘zgarishlar kuzatiladi, ekskavatsiya u yoki bu sektorda KND chetigacha yetadi;
  • III bosqich (ancha rivojlangan) — periferik ko‘rish maydoni burun tomonidan fiksatsiya nuqtasidan 15° va undan kam darajagacha konsentrik toraygan, oftalmoskopiyada KNDning chekka subtotal ekskavatsiyasi ko‘rinadi;
  • IV bosqich (terminal) — ko‘rish qobiliyatining to‘liq yo‘qolishi yoki yorug‘lik yo‘nalishini noto‘g‘ri aniqlagan holda yorug‘likni sezish qobiliyatining saqlanishi, ba’zan chakka sektorida qoldiq ko‘rish maydonining kichik orolchasi kuzatiladi.

Glaukomaning rivojlanishi

Glaukomaning rivojlanishi ko‘rish qobiliyatining to‘liq va qaytmas yo‘qolishiga olib keladi. Dastlab periferik ko‘rish yomonlasha boshlaydi. Keyin o‘zgarishlar butun ko‘rish maydonini qamrab oladi. Yuqori bosim saqlanib qolsa va bemor davolanmasa, ko‘rish asta-sekin yomonlashib, ko‘rlikkachayetib boradi, chunki ko‘ruv nervi nobud bo‘ladi.

Glaukoma bilan kasallangan bemorlar ko‘pincha qaytmas ko‘rlik holatiga yetganidan keyingina tekshiruvdan o‘tadi. Bunday vaziyat kasallikning boshlanishida glaukoma hech qanday tarzda namoyon bo‘lmasligi, ya’ni belgilarsiz — bemorga sezilmas holda kechishi bilan bog‘liq. Inson ko‘rish qobiliyatining pasayishini ko‘ruv nervi tolalarining yarmidan ko‘prog‘i qaytmas darajada shikastlangandan keyingina seza boshlashi mumkin.

Yopiq burchakli glaukoma holatlarining taxminan o‘ndan bir qismi o‘tkir xurujga — bosimning keskin oshishiga va ko‘zda kuchli og‘riqqa olib kelishi mumkin. Ammo glaukomaning bu shaklida ham belgilar ko‘pincha nospetsifik, ya’ni xavfi kamroq bo‘lgan boshqa ko‘z kasalliklari yoki sindromlariga ham xos bo‘ladi: masalan, yorug‘lik manbalari atrofida paydo bo‘ladigan «kamalak halqalari», ko‘z sklerasining qizarishi va ko‘z olmasining og‘rishi, ko‘z oldida «parda» paydo bo‘lishi va boshqalar[ishonchli bo‘lmagan manba].

Glaukomaning o‘tkir xuruji

Glaukomaning o‘tkir xuruji — ko‘z ichi bosimining keskin oshishi oqibatida yuzaga keladigan xuruj bo‘lib, bu qon aylanishining ko‘zda buzilishiga olib keladi va qaytmas ko‘rlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Xuruj to‘satdan boshlanadi. Og‘riq ko‘zda va boshningtegishli yarmida, ayniqsa ensa sohasida paydo bo‘ladi, ko‘ngil aynishi, ko‘pincha qusish, umumiy holsizlik kuzatiladi. Glaukomaning o‘tkir xurujini ko‘pincha migren, gipertonik kriz, zaharlanish va insult bilan adashtirishadi. Bu og‘ir oqibatlarga olib keladi, chunki bunday bemorga kasallikning dastlabki soatlaridayoq yordam ko‘rsatish zarur.

Glaukomaning o‘tkir xurujida ko‘z qizaradi, qovoqlar shishadi, shox parda xiralashadi, ko‘z qorachig‘i kengayadi va noto‘g‘ri shaklga kiradi. Ko‘rish keskin pasayadi. Palpatsiya orqali tekshirilganda KIB keskin yuqori bo‘ladi — ko‘z qattiqlashadi. Darhol ko‘zga 2 % li pilokarpin eritmasini har soatda tomizishni boshlash zarur. Fosfakol yoki armin preparatini sutkasiga 3 marta tomizish ham qo‘shilishi mumkin. Bemorga ichish uchun 0,25 g diakarb beriladi (bemorda siydik-tosh kasalligi bo‘lsa, qo‘llash mumkin emas), oyoqlariga issiq vanna qilinadi. Kechasi uyqu dori beriladi. Bemorni zudlik bilan oftalmologga yetkazish zarur (ko‘rishni saqlash uchun har bir soat qimmatli).

Sabablari

Normal ko‘rishda manzaraning ko‘rinishi
Glaukoma oqibatida periferik ko‘rish yo‘qolgandagi manzara

Glaukomaning bir qancha sabablari orasida ko‘z ichi gipertenziyasi (ko‘z ichidagi bosimning oshishi) aksariyat holatlar uchun eng muhim xavf omilidir. Ammo aholining ayrim guruhlarida birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan kasallanganlarning faqat 50 % ida ko‘z ichi bosimi haqiqatan yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, irsiy moyillik va arterial gipertenziya ham glaukoma rivojlanishiga moyillikni oshiruvchi muhim omillardir.

Ovqatlanish bilan bog‘liq omillar

Aniq dalillarning yo‘qligi gipovitaminoz insonda glaukomaning sababi emasligini ko‘rsatadi. Demak, vitaminlarni og‘iz orqali qabul qilish glaukomani davolash muammosini hal qilmaydi. Kofein glaukoma bilan og‘rigan odamlarda ko‘z ichi bosimini oshiradi, ammo sog‘lom odamlarda ko‘z ichi bosimiga ta’sir qilmaydiganga o‘xshaydi.

Etnik va jinsga bog‘liq omillar

Sharqiy Osiyodan kelib chiqqan ko‘plab odamlarda ko‘z oldingi kamerasining hajmi kichikroq bo‘lgani sababli yopiq burchakli glaukoma rivojlanishiga moyillik mavjud; ushbu aholi guruhida aksariyat hollarda burchakning turli darajada yopilishi bilan kechadigan glaukomaga moyillik kuzatiladi. Eskimoslarda yopiq burchakli glaukoma rivojlanish xavfi 20-40 baravar yuqori. Ko‘z oldingi kamerasi hajmi kichikroq bo‘lgani sababli ayollarda yopiq burchakli glaukoma ehtimoli erkaklardagiga nisbatan uch baravar yuqori. Afrikalik kelib chiqishga ega shaxslarda birlamchi ochiq burchakli glaukoma rivojlanishiga moyillik uch baravar yuqori.

Genetik omillar

Ijobiy oilaviy anamnez glaukomaning xavf omilidir. Opa-singlisida glaukoma bo‘lgan odamlarda birlamchi ochiq burchakli glaukoma (BOBG) rivojlanishining nisbiy xavfi taxminan ikki-to‘rt baravar oshadi. Glaukoma, ayniqsa birlamchi ochiq burchakli glaukoma, bir necha turli genlardagi mutatsiyalar bilan bog‘liq (jumladan, MYOC, ASB10, WDR36, NTF4 va TBK1 genlari) bo‘lib, glaukomaning aksariyat holatlari ushbu genetik mutatsiyalar bilan bog‘liq emas. BOBG holatlarining uchdan bir qismini tashkil etuvchi normal bosimli glaukoma (Normal-tension) ham genetik mutatsiyalar (jumladan, OPA1 va OPTN genlaridagi mutatsiyalar) bilan bog‘liq.

Ko‘zning turli kam uchraydigan tug‘ma/genetik nuqsonlari glaukoma bilan bog‘liq. Ba’zan homiladorlikning uchinchi trimestri normal kechishi buzilganda gialoid kanal va gavharning tomirli pardasi (vasculosa) atrofiyasi boshqa anomaliyalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu anomaliyalar natijasida burchak yopilishi, ko‘z gipertenziyasi va glaukomatoz optik neyropatiya yuzaga kelishi mumkin; bu sichqonlarda modellashtirilgan.

Boshqa omillar

Boshqa omillar «ikkilamchi glaukoma» deb nomlanuvchi glaukomaga sabab bo‘lishi mumkin. Bularga steroidlardan uzoq muddat foydalanish (steroidli glaukoma); og‘ir diabetik retinopatiya va to‘r parda markaziy venasining okklyuziyasi kabi ko‘zdagi qon aylanish buzilishlari (neovaskulyar glaukoma); ko‘z jarohati (burchak yopilishi bilan kechadigan glaukoma (angle-recession)); uveit kiradi. Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan yirik tadqiqotda glaukoma bilan og‘rigan bemorlar orasida 29 % ko‘proq odamda arterial gipertenziya borligi xuddi shu yosh va jinsdagi nazorat guruhiga nisbatan aniqlangan

Ikkilamchi va aralash glaukoma rivojlanishining muhim omili — o‘z vaqtida operatsiya qilinmagan kataraktadir. Shishayotgan gavhar ko‘z ichi suyuqligining oqib chiqishini mexanik ravishda yomonlashtirishi mumkin (fakomorfik glaukoma). Jarohatlarda gavharning siljishi tufayli KIB oshishi ham mumkin (fakotopik glaukoma).

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, jumladan, periodontit, shuningdek, bakterial infeksiyalar va edentulizm (tishlarning yo‘qolishi) ochiq burchakli glaukoma rivojlanish ehtimolini oshirishi mumkin.

Patofiziologiya

Inson ko‘zining ko‘ndalang kesimi

Ochiq burchakli glaukomaning asosiy sababi hanuz noma’lum. Uning aniq etiologiyasi haqida bir necha nazariya mavjud. Shunga qaramay, glaukomaning aksariyat holatlarida asosiy xavf omili ko‘z ichi bosimining ortishi, ya’ni ko‘z ichi gipertenziyasidir. Ko‘z ichi bosimi ko‘zning kipriksimon o‘simtalari ishlab chiqaradigan ko‘z ichi suyuqligi miqdori va uning trabekulyar to‘r orqali oqib chiqishi o‘rtasidagi farqqa bog‘liq. Suyuqlik kipriksimon o‘simtalardan gavhar va Sinn boylamlari bilan rangdor parda orasida joylashgan orqa kameraga oqadi. Keyin u rangdor parda qorachig‘i orqali orqa tomondan rangdor parda, old tomondan shox parda bilan chegaralangan oldingi kameraga o‘tadi. Bu yerdan suvsimon namlik trabekulyar to‘r orqali Shlemm kanaliga, so‘ng kipriksimon venaga tushadi.

Keng burchakli ochiq burchakli glaukomada dastlab suvsimon namlikni so‘rish vazifasini bajaradigan trabekulyar to‘rning degeneratsiyasi va to‘silishi sababli suyuqlik oqimi kamayadi. Suvsimon namlik so‘rilishining kamayishi qarshilikning ortishiga, demak, ko‘z ichi bosimining surunkali, og‘riqsiz oshishiga olib keladi. Yopiq burchakli glaukomada rangdor pardaning har ikkala doirasi shox pardaga tegadigan darajada oldinga siljishi sababli ko‘z oldingi kamerasining burchagi butunlay yopiladi. Bu ko‘z ichi suyuqligining orqa kameradan oldingi kameraga, keyin esa trabekulyar to‘rga oqib chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Ko‘z ichi suyuqligining bunday to‘planishi bosimning oshishi va o‘tkir og‘riqni keltirib chiqaradi.

Glaukomatoz optik neyropatiya va ko‘z gipertenziyasi o‘rtasidagi bog‘liqlikdagi ziddiyatlar ko‘zning anatomik tuzilishi va rivojlanishi, jarohatlarda nervlarning siqilishi, ko‘ruv nervidagi qon oqimi, nerv qo‘zg‘alishining uzatilishi, ko‘z to‘r pardasiga taalluqli trofik omillar, nerv tuguni hujayrasi/aksonining degeneratsiyasi, hujayraning glial ta’minoti, immun tizimi, qarish va neyronlarning yo‘qolish mexanizmlari, sklera chetida nerv tolalarining uzilishi bo‘yicha keyingi tadqiqotlarga turtki bergan.

Tashxislash

Glaukomani aniqlash uchun tekshiruv odatda standart ko‘rish tekshiruvidoirasida o‘tkaziladi. Uni optometristlar va oftalmologlaramalga oshiradi. Glaukomaga tekshiruv tonometriya yordamida ko‘z ichi bosimini o‘lchash, oldingi kamera burchagini tekshirish yoki gonioskopiya, ko‘ruv nervini ko‘zga ko‘rinadigan shikastlanishlar, disk shaklidagi o‘zgarishlar, tashqi ko‘rinish va tomirlardagi o‘zgarishlar jihatidan tekshirishni o‘z ichiga olishi kerak. Ko‘rish maydonining standart sinovi o‘tkazilishi lozim. To‘r pardaning nerv tolalari qatlamini optik kogerent tomografiya, skanerlovchi lazer polyarimetriyasi va/yoki skanerlovchi lazer oftalmoskopiyasi kabi tasvirlash usullari bilan baholash mumkin.

Tonometriyaning barcha usullari sezgirligi shox parda qalinligiga bog‘liq bo‘lganligi sababli Goldman tonometriyasi kabi usullar shox pardaning markaziy qalinligini (CCT) o‘lchash uchun paximetriya bilan to‘ldirilishi kerak. Shox pardaning o‘rtachadan qalin bo‘lishi tonometriya natijasini «haqiqiy» bosimga nisbatan «oshiradi», o‘rtachadan yupqa shox parda esa natijani «haqiqiy» bosimdan past ko‘rsatishi mumkin.

Zamonaviy tashxislash usullari kontaktsiz tonometriyada shox parda gisterezisi tushunchasidan foydalanadi va shu tariqa shox pardaning biomexanik xususiyatlarini hisobga olgan holda haqiqiy KIBni aniqlashi mumkin.

Bosimni o‘lchashdagi xatolik faqat CCT (ya’ni shox pardaning gidratatsiyasi, elastiklik xususiyatlari va boshqalar) bilan bog‘liq bo‘lmasligi sababli, bosim o‘lchovini faqat CCT natijalari asosida «tuzatish» mumkin emas. Illyuziya , ya’ni chastotaning ikki baravar ko‘rinishi ham chastotani ikki baravar oshirish texnologiyasi yordamida glaukomani aniqlash uchun ishlatilishi mumkin.

Glaukoma tekshiruvi natijalarini baholashda jins, irq, giyohvand moddalarni iste’mol qilish tarixi, irsiyat va oilaviy anamnezga alohida e’tibor berish kerak.

Glaukomani aniqlash sinovlari
Tekshiruv turlariNima tekshiriladiTekshiruv qanday o‘tkaziladi
TonometriyaKo‘z ichi bosimiKo‘z tomchilari bilan og‘riqsizlantiriladi. Tonometr yordamida iliq havo oqimi yoki kichik asbob vositasida ko‘z ichi bosimi o‘lchanadi.
Oftalmoskopiya (qorachiqni kengaytirib ko‘zni tekshirish)Ko‘ruv nervining shakli va rangiKo‘z tomchilari yordamida qorachiq kengaytiriladi. Mutaxassis yoritgichli kichik lupa yordamida ko‘ruv nervini kattalashtirib tekshirishi mumkin.
Perimetriya (ko‘rish maydoni sinovi)Ko‘rish maydonining to‘liqligiBemor oldinga qaraydi va yorug‘ dog‘ periferik ko‘rish chegarasini kesib o‘tganda bu haqda aytishi so‘raladi. Bu mutaxassisga ko‘rish maydoni chegaralarini aniqlash imkonini beradi
GonioskopiyaRangdor parda shox parda bilan chegaradosh bo‘lgan ko‘z burchagiKo‘z tomchilari bilan og‘riqsizlantiriladi. Ko‘zguli kontakt linza ehtiyotkorlik bilan ko‘zga qo‘yiladi. Bu shox parda va rangdor parda orasidagi burchakni ko‘rish imkonini beradi.
PaximetriyaShox parda qalinligiMutaxassis ko‘zning oldingi qismiga paximetrni ehtiyotkorlik bilan qo‘yib, uning qalinligini o‘lchaydi.
Nerv tolalarini tahlil qilishNerv tolalari qatlamining qalinligiNerv tolalarining qalinligi ma’lum usullardan biri yordamida o‘lchanadi.

Glaukomani davolash

Dori vositalari

Ko‘z ichi bosimini dorilar, odatda, ko‘z tomchilari yordamida pasaytirish mumkin. Glaukomani davolashda bir nechta turli dori guruhlaridan foydalaniladi; har bir guruhga bir nechta dori kiradi.

Bu preparatlarning har biri mahalliy va tizimli nojo‘ya ta’sirlarga ega bo‘lishi mumkin. Tibbiy protokolga rioya qilish chalkashliklar va katta xarajatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lganda bemor ularga chidashga yoki davolovchi shifokor tavsiyasiga ko‘ra dori qabul qilish tartibini o‘zgartirishga tayyor bo‘lishi kerak. Dastlab bir yoki ikkala ko‘zga glaukomaga qarshi tomchilarning boshlang‘ich dozasi yetarli bo‘lishi mumkin.

Dori qabul qilish tartibiga va keyingi shifokor tashriflariga yetarli darajada rioya qilmaslik glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda ko‘rish qobiliyati yo‘qolishining asosiy sababidir. 2003-yilda birlamchi sog‘liqni saqlash tizimidagi bemorlar tadqiqotida ularning yarmi birinchi safar, to‘rtdan biri esa ikkinchi safar retsept bo‘yicha dori ololmagani aniqlangan. Dastlabki belgilar bo‘lmagan ushbu umrbod kasallikni muvaffaqiyatli davolashni ta’minlash uchun bemorni o‘qitish va muntazam shifokor tashriflari uzluksiz davom etishi kerak.

Turli mahalliy va tizimli preparatlarning ehtimoliy neyroprotektiv ta’siri ham o‘rganilmoqda.

  • Quyidagi prostaglandinlaranaloglari: latanoprost (Xalatan), bimatoprost (Lumigan) va travoprost (Travatan), tafluprost suvsimon namlikning uveoskleral oqimini oshiradi. Bimatoprost g‘ovaksimon to‘r orqali oqimni ham oshiradi.
  • Mahalliy beta-adrenoblokatorlar, masalan, timolol, levobunolol (Betagan) va betaksololkipriksimon tana tomonidan suvsimon namlik ishlab chiqarilishini kamaytiradi.
  • Alfa-2-adrenomimetiklar, masalan, brimonidin (Alfagan) va apraklonidin ikki xil mexanizm orqali ta’sir qiladi: suvsimon namlik ishlab chiqarilishini kamaytiradi va uveoskleral oqimni oshiradi.
  • Noselektiv alfa-adrenomimetiklar va simpatomimetiklar, masalan, adrenalinkipriksimon tana qon tomirlarini toraytirish yo‘li bilan suvsimon namlik ishlab chiqarilishini kamaytiradi va faqat ochiq burchakli glaukomada foydalidir. Biroq adrenalinning midriatik ta’siri uveoskleral oqim yo‘lining yanada torayishi (ya’ni ko‘z ichi suyuqligining so‘rilishiga mas’ul trabekulyar to‘rningyanada yopilishi) tufayli uni yopiq burchakli glaukomada qo‘llashga yaroqsiz qiladi.
  • Miotik vositalar (parasimpatomimetiklar), masalan, pilokarpinkipriksimon mushakni qisqartirib, trabekulyar to‘rni ochadi va suvsimon namlik oqimini oshiradi. Exotiofat — atsetilxolinesterazaingibitori bo‘lib, surunkali glaukomada ishlatiladi.
  • Karboangidraza ingibitorlari, masalan, dorzolamid (Trusopt), brinzolamid (Azopt) va atsetazolamid (Diamox) kipriksimon tanadagi karboangidrazani ingibitsiya qilish orqali suvsimon namlik sekretsiyasini kamaytiradi.

Miotiklar:

  • Pilokarpin
    • «Pilokarpin gidroxloridi» 1 %, 2 %, 4 % li eritmalar (Rossiya, Ukraina),
    • «Izopto-karpin» 1 %, 2 %, 4 % (AQSH),
    • «Oftan pilokarpin» 1 % (Finlandiya) va boshqalar.
  • Karboxol. «Izopto-karboxol» 1,5 va 3 % (AQSH)

Simpatomimetiklar:

  • Epinefrin
    • «Glaukon» 1 % va 2 % (AQSH),
    • «Epifrin» 0,5 %, 1 % va 2 % (AQSH)
  • Dipivefrin. «Oftan dipivefrin» 0,1 % (Finlandiya)

F2-alfa prostaglandinlari (preparatlar uveoskleral oqim yo‘li orqali suyuqlik chiqishini kuchaytiradi):

Ko‘z ichi suyuqligi ishlab chiqarilishini susaytiruvchi vositalar:

Selektiv simpatomimetiklar:

  • Klonidin (klofelin). «Klofelin» 1,125 %, 0,25 %, 0,5 % (Rossiya)

Selektiv α2-adrenomimetiklar:

  • Alfagan P (Brimonidin tartrati 0,15 %) AQSH (Allergan)

Beta-adrenoblokatorlar

Noselektiv (ß1,2) adrenoblokatorlar:

  • Timolol 0,25 %, 0,5 %
    • «Oftan timolol» (Finlandiya),
    • «Timolol-LENS», «Timolol-DIA» (Rossiya),
    • «Timogeksal» (Germaniya),
    • «Arutimol» (AQSH),
    • «Kuzimolol» (Ispaniya),
    • «Niolol» (Fransiya),
    • «Okumed», «Okumol» (Hindiston),
    • «Timoptik», «Timoptik-depo» — uzoq ta’sir etuvchi shakl (Niderlandiya)

Selektiv (ß1) adrenoblokatorlar:

  • Betaksolol 0,5 %. «Betoptik» 0,5 %, «Betoptik S» 0,25 % li ko‘z suspenziyasi (Belgiya)

Karboangidraza ingibitorlari:

Kombinatsiyalangan preparatlar:

  • Proksofelin (proksodolol + klofelin), Rossiya
  • Fotil (timolol 0,5 % + pilokarpin 2 %), Finlandiya
  • Fotil forte (timolol 0,5 % + pilokarpin 4 %), Finlandiya
  • Normoglaukon (pilokarpin 2 % + metipranolol), Germaniya
  • Kosopt (dorzolamid 2 % + timolol 0,5 %), Fransiya, Dorzopt Plus (dorzolamid 2 % + timolol 0,5 %) Ruminiya
  • Azarga (brinzolamid 1 % + timolol 0,5 %), Belgiya «s. v. Alkon-Kuvrer n. v»

Jarrohlik

Trabekulyar to‘rdagi sun’iy «darcha» oshgan ko‘z ichi bosimini pasaytirish imkonini beradi

Glaukomani davolashda odatiy va lazerli operatsiyalardan foydalanish mumkin. Tug‘ma glaukoma bilan og‘rigan odamlarda jarrohlik davolash dori terapiyasidan afzalroqdir. Odatda, bu operatsiyalar vaqtinchalik yechim hisoblanadi, chunki glaukomani butunlay davolovchi dori hali topilmagan.

Kanaloplastika

Kanaloplastika — mikro kateteryordamida bajariladigan, ko‘z ichiga kirmaydigan usul. Uni bajarish uchun ko‘zda kesma hosil qilinadi va Shlemm kanaliga yo‘l ochilib, viskokanalostomiyaamalga oshiriladi. Mikrokateter rangdor parda atrofidagi kanal bo‘ylab harakatlantiriladi, viskoelastik (viscoelastic) deb nomlangan steril, gelsimon moddani yuborish orqali asosiy drenaj kanali hamda kollektor kanallari kengaytiriladi. So‘ng kateter chiqarib olinadi va chok qo‘yiladi.

Kanal kengaytirilganda ko‘z ichi bosimi pasayishi mumkin, biroq buning sababi noma’lum, chunki Shlemm kanali glaukomada ham, sog‘lom ko‘zda ham suyuqlikning oqib chiqishiga sezilarli qarshilik ko‘rsatmaydi. Uzoq muddatli natijalar haqida ma’lumot mavjud emas.

Trabekulektomiya

Glaukomada eng keng tarqalgan an’anaviy operatsiya — trabekulektomiya. Bunda trabekulyar to‘rga kirish uchun skleraning chetidagi bir qism ochiladi (rasmga qarang). So‘ng hosil bo‘lgan darcha orqali trabekulyar to‘rning bir qismi olib tashlanadi, shundan keyin suyuqlikning ko‘zdan shu tirqish orqali chiqishiga imkon beruvchi bo‘sh chok qo‘yiladi. Natijada ko‘z ichi bosimi pasayadi va ko‘z yuzasida suyuqlik pufakchasi hosil bo‘ladi. Tirqish atrofida yoki ustida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan chandiqlar uning samaradorligini kamaytiradi yoki butunlay yo‘qqa chiqaradi. An’anaviy tarzda fibroblastlar proliferatsiyasini ingibitsiya qilish va chandiqlanish tufayli filtrlovchi pufakchalarning faoliyati buzilishining oldini olish maqsadida yara yuzasiga mitomitsin C (MMC, 0,5—0,2 mg/ml) yoki 5-ftoruratsil (5-FU, 50 mg/ml) kabi yordamchi kimyoterapevtik vositalar shimdirilgan gubka yordamida qo‘llanadi. Zamonaviy muqobil usullar yara qisqarishi va bitishmalarining mexanik profilaktikasidan tashqari, fibroblastlar proliferatsiyasini tasodifiy taqsimlash va modulyatsiyalash orqali chandiq hosil bo‘lishining oldini olish uchun implantatsiya qilinadigan kollagen matritsa yoki boshqa biologik parchalanadigan qistirmalar kabi kimyoterapevtik bo‘lmagan yordamchi vositalarni alohida yoki birgalikda qo‘llashni o‘z ichiga oladi.

Lazerli jarrohlik (Laser Surgery)

Argon lazeri yordamida trabekuloplastika (ALT) ochiq burchakli glaukomani davolash uchun qo‘llanishi mumkin. Bu vaqtinchalik yechim bo‘lib, barcha muammolarni hal qiluvchi vosita emas. Ko‘z ichi suyuqligi oqimini oshirish uchun 50 mkm o‘lchamli argon lazer nuri dog‘i trabekulyar to‘rga yo‘naltirilib, to‘rning darchalari kengayishi rag‘batlantiriladi. Odatda, burchakning yarmiga bir martada ishlov beriladi. An’anaviy lazerli trabekuloplastika muolajasida issiqlik ta’siriga ega argon lazeri ishlatiladi.

Lazerli trabekuloplastikaning yangi turi trabekulyar to‘rda drenajni rag‘batlantirish uchun «sovuq» (issiqlik ta’siriga ega bo‘lmagan) lazerdan foydalanadi. Selektiv lazerli trabekuloplastika (SLT) deb ataluvchi bu yangi muolajada chastotasi ikki baravar oshirilgan 532 nanometrli Nd:YAG lazeri ishlatiladi, uning nishoni trabekulyar to‘r kataklaridagi melanin pigmentidir. Tadqiqotlar SLT ko‘z ichi bosimini pasaytirishda ALT kabi samarali ekanini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, SLT muolajasini uch-to‘rt marta takrorlash mumkin, ALT esa odatda faqat bir marta takrorlanishi mumkin.

Periferik iridotomiya muolajasini Nd:YAG lazeri yordamida (LPI) yopiq burchakli glaukomaga yoki pigment dispersiyasi sindromiga moyil yoxud ushbu kasalliklardan aziyat chekkan bemorlarda qo‘llash mumkin. Lazerli iridotomiya vaqtida lazer energiyasi rangdor pardaning butun qalinligi bo‘ylab kichik teshik ochish uchun ishlatiladi. Bu rangdor pardaning old va orqa qismlari orasidagi bosimni tenglashtiradi va shu orqali uning anomal bo‘rtib chiqishini bartaraf etadi. Burchagi tor odamlarda bu trabekulyar to‘rning o‘tkazuvchanligini oshirishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan yoki qisqa muddatli yopiq burchakli glaukomaning ayrim holatlarida bu ko‘z ichi bosimini pasaytirishi mumkin. Lazerli iridotomiya yopiq burchakli glaukomaning o‘tkir xuruji rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Aksariyat hollarda u surunkali yopiq burchakli glaukoma yoki rangdor pardaning trabekulyar to‘r bilan bitishmalari rivojlanishi xavfini ham kamaytiradi.

Diod lazeri yordamida sikloablatsiya (cycloablation) ko‘z ichi suyuqligi sekretsiyasini kamaytirish orqali KIBni pasaytiradi, bunda sekretor kipriksimon epiteliy yemiriladi.

Lazer yordamida ko‘z ichiga kirmasdan chuqur sklerektomiya (Laser-assisted nonpenetrating deep sclerectomy)

Hozirgi kunda glaukomani davolashda ishlatiladigan eng keng tarqalgan jarrohlik usuli trabekulektomiya bo‘lib, bunda ko‘z ichi bosimini pasaytirish uchun sklera teshiladi.

Rossiya va Fransiyada yuqoriroq jarrohlik malakasini talab qiladigan, glaukomaga qarshi jarrohlikning «Ko‘z ichiga kirmasdan chuqur sklerektomiya» (KIKChS) deb nomlanuvchi ilg‘or texnikasi keng tarqalgan. Uni rossiyalik oftalmojarrohlar S. Yu. Anisimova, S. N. Bagrov va V. I. Kozlov ishlab chiqqan. KIKChS jarayonida sklera tubi va trabekulyar to‘rni pichoq bilan kesib ko‘z oldingi kamerasiga kirish o‘rniga Shlemm kanali yuzasi ochiladi. Shu orqali ko‘z ichi suyuqligi ko‘zning ichki muhitidan filtrlanadi va ko‘z ichi bosimi pasayadi. KIKChS trabekulektomiyaganisbatan ancha kam nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqaradi. Biroq KIKChS qo‘lda bajariladi va yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi; tegishli asboblar va glaukomaga qarshi maxsus drenajlarning mavjudligi bunda yordam berishi mumkin. Yara joyida adgeziya (bitishma) hosil bo‘lishining oldini olish va yaxshi filtratsiya natijalarini saqlash uchun KIKChS, ko‘z ichiga kirmasdan bajariladigan boshqa muolajalar kabi, ba’zan turli biologik mos qistirmalar yoki namlikni o‘tkazuvchi kollagen pilik, kollagen matritsa yoxud ksenoplast glaukomatoz implantat kabi vositalar bilan amalga oshiriladi.

Lazer yordamida KIKChS CO2 lazer tizimidan foydalanib bajariladi. Bu tizim zarur chuqurlik va ko‘z ichi suyuqligining yetarli drenajiga erishilganda o‘z-o‘zidan to‘xtaydigan muolajani amalga oshirishga imkon beradi. O‘zini o‘zi boshqarish samarasi CO2 lazerining, asosan, ko‘z ichi suyuqligi bilan to‘qnashishi bilanoq to‘qimani olib tashlashni to‘xtatishi orqali ta’minlanadi; lazer tegilmagan qatlamning optimal qoldiq qalinligiga yetishi bilan suyuqlik sizib chiqa boshlaydi.

Glaukomada drenaj implantatlari

Professor Entoni Molteno 1966-yilda Keyptaunda glaukomada qo‘llash uchun birinchi drenaj implantatini ishlab chiqqan. O‘shandan beri dastlabki namuna asosida ham, Baerveldt shuntlovchi naychasi yoki Ahmad klapani, Express Mini shuntlari singari klapanli implantatlar asosida ham bir nechta turli implantatlar yaratilgan; ular bir avloddan keyin Molteno implantatlarini siqib chiqargan. Ular hech qanday dori terapiyasiga javob bermaydigan hamda avvalgi jarrohlik amaliyoti (trabekulektomiya) muvaffaqiyatsiz bo‘lgan glaukoma bemorlari uchun mo‘ljallangan. Drenaj naychasi ko‘z oldingi kamerasiga kiritiladi, yassi qismi esa kon’yunktiva ostiga implantatsiya qilinadi. Bu suyuqlikning ko‘zdan chiqib, pufakcha hosil qilishiga imkon beradi.

  • Birinchi avlod Molteno va boshqa klapansiz implantatlarda yumshoq tolali, suv o‘tkazmaydigan pufakcha shakllanguncha ba’zan naychani ligatura bilan bog‘lash talab etiladi. Bu operatsiyadan keyingi gipotoniyani — operatsiyadan keyin ko‘z ichi bosimining to‘satdan pasayishini kamaytirish uchun amalga oshiriladi.
  • Ahmad glaukoma klapani kabi klapanli implantatlarda operatsiyadan keyingi gipotoniyani mexanik klapan yordamida boshqarishga harakat qilinadi.

Suvsimon namlik shuntning kon’yunktiva ostidagi tarqatish qismiga o‘tishi tufayli chandiqlanish haddan tashqari kuchayishi mumkin. Bu 5-ftoruratsil yoki mitomitsin-C kabi fibrozga qarshi dori vositalarini (muolaja vaqtida) yoki boshqa antifibrotik usul va vositalarni, masalan, implantatsiya qilinadigan kollagen matritsani yoki biologik parchalanadigan qistirmalarni qo‘llab profilaktik choralar ko‘rishni talab qilishi mumkin. Yoki keyinchalik donor to‘qimalari yoxud implantatsiya qilinadigan kollagen matritsani alohida yoki birgalikda qo‘llagan holda qayta jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga zarurat tug‘ilishi mumkin. Glaukoma tufayli og‘riydigan ko‘r ko‘zda va glaukomaning ayrim holatlarida kipriksimon tanani yo‘q qilish uchun siklokrioterapiya (cyclocryotherapy) o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin.

Veterinariya implantati (Veterinary implant)

TR BioSurgical firmasi, xususan, veterinariyada qo‘llash uchun TR-ClarifEYE deb nomlangan yangi implantatni ishlab chiqqan. Implantat yangi biomaterialdan — biomateriallar orasida alohida ajralib turuvchi, g‘ovaklarining o‘lchami juda aniq va bir xil bo‘lgan silikondan iborat. Bu xususiyat fibrozni kamaytiradi va to‘qima bilan birikishni yaxshilaydi. Implantat klapanlarga ega emas va choklarsiz to‘liq ko‘z ichiga joylashtiriladi. Hozirgi kunga qadar u rivojlanib borayotgan, tibbiy davolashga javob bermaydigan glaukomali itlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqot doirasida uzoq muddatli (bir yildan ortiq) muvaffaqiyatni namoyish etgan.

Intraokulyar linza implantatsiyasi bilan fakoemulsifikatsiya (FEK + IOL)

Gavharni ultratovushli fakoemulsifikatsiya qilish va keyin sun’iy intraokulyar linzani implantatsiya qilish muolajasi an’anaviy tarzda kataraktanidavolashda qo‘llangan. Biroq bu muolaja glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda ham muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkinligi aniqlangan, chunki u ko‘z ichi bosimining pasayishiga olib keladi. Davolash samaradorligini oshirish uchun fakoemulsifikatsiya boshqa davolash usullari, xususan, trabekulektomiya yoki trabekulyar mikroshunt implantatsiyasi bilan birga qo‘llanishi mumkin.

Marixuanadan foydalanish

1970-yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari marixuana iste’mol qilish ko‘z ichi bosimini pasaytirishi mumkinligini ko‘rsatgan. Glaukomani davolashda marixuana yoki undan tayyorlangan preparatlardan foydalanish samaradorligini aniqlash uchun AQSH Milliy ko‘z instituti 1978-yildan 1984-yilgacha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Ular marixuananing ayrim hosilalari og‘iz orqali, vena ichiga yuborilganda yoki chekilganda ko‘z ichi bosimining pasayishiga yordam berishi mumkinligini, biroq ko‘zga mahalliy qo‘llanganda bunday ta’sir kuzatilmasligini ko‘rsatgan.

2003-yilda Amerika oftalmologiya akademiyasi marixuanadan foydalanish dori vositalaridan samaraliroq emasligi to‘g‘risida tasdiqlangan bayonot chiqargan. Bundan tashqari, hozirda mavjud ko‘plab turli farmatsevtik vositalarga nisbatan marixuanadan foydalanish samaradorlikni oshirishi va/yoki nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirishi haqida hech qanday ilmiy dalil topilmagan.

2012-yilda Amerika glaukoma jamiyati marixuanani yuqori ko‘z ichi bosimini davolashning qonuniy vositasi sifatida ishlatishni keskin tanqid qiluvchi o‘z pozitsiyasi bayon etilgan hujjatni e’lon qilgan. Sabablar qatorida KIB pasayishining qisqa davom etishi va kundalik faoliyatga haddan tashqari ko‘p cheklovlar keltiruvchi nojo‘ya ta’sirlarning ko‘pligi ko‘rsatilgan.

Epidemiologiya (Epidemiology)

Yo‘qotilgan hayot yillari soni (DALY) glaukoma tufayli har 100 000 aholiga nisbatan 2004-yilda
 нет данных  менее чем 20  20—43  43—66  66—89  89—112  112—135  135—158  158—181  181—204  204—227  227—250  более чем 250

2010-yil holatiga ko‘ra, dunyoda ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan 44 700 000 kishi bo‘lgan. Xuddi shu yili AQSHda ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan 2,8 million kishi bo‘lgan. Prognozlarga ko‘ra, 2020-yilga kelib kasallikning tarqalishi butun dunyoda 58,6 million, AQSHda 3 400 000 kishigacha oshishi kutilgan.

Glaukoma dunyoda ko‘rlikning ikkinchi asosiy sababidir (birinchisi — katarakta). Birlamchi ochiq burchakli glaukoma ko‘rsatkichlari yuqoriroq bo‘lgan qora tanli odamlarda glaukoma ko‘rlikning asosiy sababi hamdir. Har ikki ko‘zda ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi harakatlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va avtomobil boshqarishga xalaqit berishi mumkin.

2009-yilda e’lon qilingan meta-tahlil birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda o‘lim ko‘rsatkichi yoki yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lish xavfi oshmaganligini aniqlagan.

Tadqiqotlar

Olimlar glaukoma bilan og‘rigan bemorlarning ko‘z harakatlarini kuzatishmoqda va avtomobil boshqarish vaqtida ko‘rishning yomonlashuvini tekshirishmoqda
  • Rivojlangan glaukomaga aralashuv tadqiqoti (The Advanced Glaucoma Intervention Study)doirasida AQSHning yirik Milliy ko‘z instituti «glaukomani dastlabki davolash yordam bermagan ko‘zlarda trabekulektomiya va argon lazerli trabekuloplastika bilan bog‘liq keyingi izchil choralarning natijalarini baholash» uchun mo‘ljallangan tadqiqotga homiylik qilgan. Unda irqiy belgilarga qarab turli muolajalar tavsiya etilgan.
  • Erta namoyon bo‘lgan glaukoma sinovi (The Early Manifest Glaucoma Trial) — Milliy ko‘z institutining yana bir tadqiqoti bo‘lib, glaukomasi dastlabki bosqichda bo‘lgan kishilarni darhol davolash kasallik rivojlanishini sekinlashtirishi mumkinligini aniqlagan.
  • Ko‘z gipertenziyasini davolash tadqiqoti (The Ocular Hypertension Treatment Study)hamda Milliy ko‘z instituti tadqiqotlarida ko‘z ichi bosimi (KIB) oshgan shaxslarda birlamchi ochiq burchakli glaukoma (BOBG) boshlanishini kechiktirish yoki oldini olishda samarali bo‘lgan mahalliy ko‘z gipotenziv dori vositalari aniqlangan. Bu chegaraviy yoki yuqori KIBga ega barcha bemorlar dori qabul qilishi kerakligini anglatmasa-da, shifokorlar BOBG rivojlanishi xavfi o‘rtacha yoki yuqori bo‘lgan ko‘z gipertenziyali odamlarni davolashni boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqishlari kerak.
  • Moviy tog‘lar ko‘z tadqiqoti (The Blue Mountains Eye Study) Avstraliya jamiyatining katta yoshli avlod vakillarida ko‘rish buzilishlari va keng tarqalgan ko‘z kasalliklarini baholashga asoslangan ilk yirik aholi tadqiqoti bo‘lgan. Glaukoma va boshqa kasalliklarning xavf omillari aniqlangan.

Neyroprotektorlar

2013-yilda Kokreyn hamkorligi katta yoshli ishtirokchilarda ochiq burchakli glaukoma rivojlanishini sekinlashtirishda brimonidin va timololning samaradorligini taqqoslagan. Natijalar brimonidin qabul qilgan ishtirokchilarda timolol qabul qilganlarga nisbatan ko‘rish maydoni yo‘qolishi kamroq rivojlanganligini ko‘rsatgan, biroq og‘ir oqibatlar va dalillarning cheklanganligi hisobga olinsa, olingan natijalar katta ahamiyatga ega emas. Har ikki guruhda o‘rtacha ko‘z ichi bosimi o‘xshash bo‘lgan. Brimonidin guruhidagi ishtirokchilarda davolash tufayli yuzaga kelgan nojo‘ya ta’sirlar timolol guruhidagilarga qaraganda ko‘proq kuzatilgan.

2018-yildagi tadqiqot glaukomani sichqonlarda modellashtirishda ketogen parhezning nervlarni himoya qiluvchi xususiyatlarini ko‘rsatgan. Terapevtik ta’sirni isbotlash uchun odamlarda qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish talab etiladi.

Tabiiy birikmalar

Glaukomaning oldini olish yoki uni davolash sohasida tadqiqotchilarni qiziqtirayotgan tabiiy birikmalar qatoriga baliq moyi va omega-3-to‘yinmagan yog‘ kislotalari, tioktik kislota, chernika (qorag‘atning bir turi), E vitamini, kannabinoidlar, levokarnitin, Q kofermenti, uzun kurkuma, qizil mavrak, qora shokolad, eritropoetin, foliy kislotasi, ginkgo, jenshen, glutation, uzum (rezavor meva) ekstrakti, ko‘k choy, magniy, melatonin, metilkobalamin, atsetilsistein, dengizbo‘yi qarag‘ayi, resveratrol, kversetin va natriy xlorid kiradi. Shunga qaramay, bu birikmalarning aksariyati klinik sinovlarda samaradorligini namoyon etmagan. Ayrim shifokorlar magniy, ginkgo, tuz va fludrokortizonni allaqachon qo‘llamoqda. (Eslatma: fludrokortizon tabiiy birikma emas, balki steroiddir.)

5-HT2A-agonistlari

Periferik selektiv 5-HT2A agonistlari, masalan, indazol hosilasi AL-34662, hozirda ishlab chiqish bosqichida bo‘lib, glaukomani davolashda katta istiqbolga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.

Implantatsiya qilingan sensor

Michigan universiteti tadqiqotchilari dunyodagi eng kichik, o‘lchami bir kvadrat millimetr bo‘lgan kompyuter tizimini ishlab chiqishgan. U glaukoma rivojlanishini uzluksiz kuzatib borish uchun bosimni nazorat qilish tizimi sifatida inson ko‘ziga implantatsiya qilishga mo‘ljallangan. Protsessor o‘ta kam energiya sarflovchi mikroprotsessor, bosim sensori, xotira, yupqa plyonkali batareya, quyosh elementlari va tashqi o‘qish qurilmasiga ma’lumot uzata oladigan antennali simsiz radiouzatkichdan iborat.

Embrional o‘zak hujayralar

Doktor Yoshiki Sasayning RIKEN rivojlanish biologiyasi markazida (CDB), Yaponiyada faoliyat olib boruvchi tadqiqot guruhi uch o‘lchamli to‘r parda hujayralarini embrional o‘zak hujayralardanyaratishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Nature jurnalida (7-aprel 2011-yil) xabar berilgan. Bu dunyoda shunday ilk muvaffaqiyat bo‘lib, doktor Sasay ikki yil ichida uni klinik maqsadlarda inson to‘r pardasida amaliy qo‘llash darajasiga yetkazish maqsadi borligini aytgan.

Tasnifi (Classification)

Birlamchi glaukoma quyidagi aniq turlarga bo‘linadi:

Birlamchi glaukoma va uning variantlari (H40.1-H40.2)

Birlamchi glaukoma

  • Birlamchi yopiq burchakli glaukoma, shuningdek, birlamchi yopiq burchak glaukomasi, tor burchakli glaukoma, qorachiq blokadasiga bog‘liq glaukoma, o‘tkir dimlanishli glaukoma nomlari bilan ma’lum
    • O‘tkir yopiq burchakli glaukoma (shuningdek AACG deb ataladi)
    • Surunkali yopiq burchakli glaukoma
    • Burchagi vaqti-vaqti bilan yopiladigan glaukoma
    • Surunkali ochiq burchakli glaukoma bilan birga kechishi («kombinatsiyalangan mexanizm» — kam uchraydi)
  • Birlamchi ochiq burchakli glaukoma, shuningdek, surunkali ochiq burchakli glaukoma, surunkali oddiy glaukoma, oddiy glaukoma nomlari bilan ma’lum
    • Yuqori bosimli glaukoma
    • Past bosimli glaukoma

Birlamchi glaukoma variantlari:

Birlamchi yopiq burchakli glaukoma rangdor parda va trabekulyar to‘rning bir-biriga tegishi natijasida kelib chiqadi, bu esa o‘z navbatida ko‘z ichi suyuqligining ko‘zdan oqib chiqishini qiyinlashtiradi. Rangdor parda va trabekulyar to‘rning bunday kontakti asta-sekin trabekulyar to‘r faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin, chunki trabekulyar to‘r orqali oqib chiqadigan suyuqlik miqdori ko‘z ichi suyuqligi sekretsiyasiga nisbatan kamayadi va bosim oshadi. Barcha holatlarning yarmidan ko‘prog‘ida rangdor parda va trabekulyar to‘rning uzoq muddatli kontakti sinexiyalar (ko‘zga ko‘rinadigan «chandiqlar») hosil bo‘lishiga olib keladi.

Bu suyuqlik oqib chiqishiga doimiy to‘sqinlik qiladi. Ayrim holatlarda ko‘z ichi bosimi tez oshib, og‘riq va qizarishni keltirib chiqarishi mumkin (simptomatik yoki «o‘tkir» burchak yopilishi deb ataladi). Bunday vaziyatda tasvir xiralashishi, yorqin obyektlar atrofida yorug‘lik halqalari ko‘rinishi mumkin. Hamroh belgilar qatoriga bosh og‘rig‘i va qusish kirishi mumkin.

Tashxis jismoniy belgilar va simptomlar asosida qo‘yiladi: qorachiqlar o‘rtacha kengaygan va yorug‘likka reaksiya bermaydi, shox parda shishgan (xiralashgan), ko‘rish pasaygan, qizarish va og‘riq mavjud. Shunga qaramay, aksariyat holatlar belgilarsiz kechadi. Ko‘rish juda og‘ir darajada yo‘qolishidan oldin bunday holatlarni faqat tekshiruv orqali, odatda ko‘z kasalliklari bo‘yicha mutaxassis aniqlashi mumkin.

Biror belgi aniqlangandan keyin birinchi (va ko‘pincha yakuniy) chora lazerli iridotomiyayordamida davolashdir. Uni Nd:YAG yoki argon lazerlari yordamida, ayrim hollarda esa odatiy jarrohlik kesmasi orqali amalga oshirish mumkin. Davolashdan maqsad rangdor parda va trabekulyar to‘r orasidagi kontaktni uzish hamda uning qayta yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Boshlang‘ich bosqichdan o‘rtacha og‘ir holatlargacha iridotomiya taxminan 75 % hollarda burchakni muvaffaqiyatli ochadi. Qolgan 25 % hollarda lazerli iridoplastika, dori vositalari (pilokarpin) yoki jarrohlik kesmasi talab qilinishi mumkin.

Birlamchi ochiq burchakli glaukomada ko‘ruv nervi shikastlanadi va ko‘rish maydoni tobora yo‘qolib boradi. Bu ko‘zdagi bosimning oshishi bilan bog‘liq. Birlamchi ochiq burchakli glaukomasi bo‘lgan barcha odamlarda ham ko‘z bosimi normal darajadan yuqori emas, biroq kasallik rivojlanishini to‘xtatish maqsadida bunday hollarda ham bosimni yanada pasaytirish ko‘rsatilgan.

Bosimning oshishiga trabekulyar to‘rning to‘silib qolishi sabab bo‘ladi. Mikroskopik yo‘llar to‘silib, ko‘z ichi bosimi ortadi va ko‘rish qobiliyati sezilarsiz ravishda asta-sekin yo‘qolib boradi. Bu odatda periferik ko‘rishdan boshlanadi, ammo davolanmasa, oxir-oqibat butun ko‘rish maydoni yo‘qoladi.

Tashxis ko‘ruv nervi diskini tekshirish asosida qo‘yiladi. Prostaglandinlar uveoskleral yo‘llarning ochilishiga yordam beradi. Timolol kabi beta-blokatorlar ko‘z ichi suyuqligi sekretsiyasini kamaytiradi. Karboangidraza ingibitorlari ko‘zning kipriksimon o‘simtalarida bikarbonatlar hosil bo‘lishini kamaytiradi va shu tariqa suvsimon namlik ishlab chiqarilishini pasaytiradi. Parasimpatik ta’sirga ega dori analoglari yo‘lni ochib, qorachiqni toraytirish orqali trabekulyar oqimga ta’sir qiladi. Alfa 2 agonistlari (brimonidin, apraklonidin) suyuqlik ishlab chiqarilishini kamaytiradi (AC ingibitsiyasi orqali) va drenajni oshiradi.

Ko‘z rivojlanishining buzilishi natijasida kelib chiqqan glaukoma (Q15.0)

Ikkilamchi glaukoma (H40.3-H40.6)

Ikkilamchi glaukoma

  • Yallig‘lanishga bog‘liq glaukomalar
    • Barcha turdagi uveitlar
    • Geterogen iridotsiklit
  • Fakogen glaukomalar
    • Yetilgan katarakta bilan kechadigan yopiq burchakli glaukoma
    • Gavhar kapsulasi yorilishidan keyingi fakoanafilaktik ikkilamchi glaukoma
    • To‘rning fakotoksik blokadasi natijasidagi fakolitik glaukoma
    • Gavharning chala chiqishi (subluksatsiya)
  • Ko‘z ichiga qon quyilishi natijasidagi ikkilamchi glaukoma
    • Gifema
    • Gemolitik glaukoma, shuningdek, eritroklastik (erythroclastic) glaukoma deb ataladi
  • Travmatik glaukomalar
    • Burchak retsessiyasi natijasidagi glaukoma: oldingi kamera burchagining travmatik retsessiyasi
    • Operatsiyadan keyingi glaukoma
      • Afakiyadagi qorachiq blokadasi
      • Kipriksimon tizim blokadasi natijasidagi glaukoma
  • Neovaskulyar glaukoma
  • Dori vositalari ta’sirida yuzaga keladigan glaukomalar
    • Kortikosteroidlar ta’sirida yuzaga keladigan glaukoma
    • Alfa-ximotripsinli glaukoma. Alfa-ximotripsin qo‘llanganda operatsiyadan keyingi ko‘z ichi gipertenziyasining oqibati.
  • Turli kelib chiqishga ega glaukomalar
    • Ko‘z ichidagi o‘smalar bilan bog‘liq glaukomalar
    • To‘r pardaning ko‘chishi bilan bog‘liq glaukomalar
    • Ko‘zning og‘ir kimyoviy kuyishlari natijasidagi ikkilamchi glaukomalar
    • Rangdor pardaning sezilarli atrofiyasi bilan bog‘liq glaukomalar
    • Toksik glaukomalar

Neovaskulyar glaukoma — glaukomaning kam uchraydigan turi bo‘lib, uni davolash qiyin yoki deyarli imkonsiz. U ko‘pincha proliferativ diabetik retinopatiya (PDR) yoki to‘r parda markaziy venasining okklyuziyasi (CRVO)ning sababi hisoblanadi. Shuningdek, u to‘r parda yoki kipriksimon tana ishemiyasiga olib keladigan qator boshqa holatlar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ko‘ziga qon yetarli darajada oqib kelmaydigan odamlarda bu kasallik rivojlanish xavfi juda yuqori.

Neovaskulyar glaukoma ko‘z burchagida yangi anomal tomirlar rivojlana boshlab, drenajni to‘sib qo‘yganda yuzaga keladi. Bunday holatlarda bemorlar ko‘rish qobiliyatini tez yo‘qota boshlaydi. Ba’zan kasallik juda tez namoyon bo‘ladi, ayniqsa kataraktani jarrohlik yo‘li bilan davolash muolajalaridan keyin. Kahuk va uning hamkasblari birinchi bo‘lib xabar bergan mazkur kasallikni davolashning yangi usuli anti-VEGF vositalari deb nomlanuvchi yangi dori guruhini qo‘llashni nazarda tutadi. Inyeksiya shaklidagi bu preparatlar yangi tomirlar hosil bo‘lishini sezilarli darajada kamaytirishi va yetarlicha o‘z vaqtida yuborilganda ko‘z ichi bosimining normallashuviga olib kelishi mumkin.

Toksik glaukoma — patogenezi noma’lum bo‘lgan, ko‘z ichi bosimining izohlab bo‘lmaydigan darajada sezilarli oshishi bilan kechadigan ochiq burchakli glaukoma. Ko‘z ichi bosimi ba’zan 80 mm simob ustuniga (11 kPa) yetishi mumkin. U odatda kipriksimon tananing yallig‘lanishi va kuchli trabekulyar shish bilan namoyon bo‘ladi, shish ba’zan Shlemm kanaliga ham tarqaladi. Bu tur malign glaukomadan oldingi kameraning chuqur va shaffofligi hamda suyuqlik oqimining buzilganligi bilan farqlanadi. Bundan tashqari, shox pardaning tashqi ko‘rinishi xira emas. Ko‘rish o‘tkirligi pasayib, keyinchalik to‘r parda faoliyati buzilishi mumkin.

Hamroh omillar qatoriga yallig‘lanish, giyohvand moddalar, jarohatlar va ko‘z ichidagi jarrohlik operatsiyalari, jumladan, kataraktani olib tashlash operatsiyalari va vitrektomiyamuolajalari kiradi. Gede Pardianto (2005) toksik glaukomasi bo‘lgan to‘rt nafar bemor haqida xabar bergan. Ulardan birida fakoemulsifikatsiya o‘tkazilib, kichik zarracha yo‘qotilgan. Ayrim hollarda muammoni muayyan dori vositalari, vitrektomiya yoki trabekulektomiya muolajalari yordamida hal qilish mumkin. Klapan turidagi muolajalar biroz yengillik berishi mumkin, ammo qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.

Mutlaq glaukoma (H44.5)

Mutlaq glaukoma glaukomaning barcha turlarining yakuniy bosqichidir. Bunda ko‘z butunlay ko‘r bo‘ladi (yorug‘likni sezmaydi), toshdek qattiqlashadi va kuchli og‘riq xos bo‘ladi. Juda kuchli og‘riqlar bilan kechuvchi mutlaq glaukomada quyidagilar qo‘llanadi:

  • Spirtni (yoki aminazinni) retrobulbar yuborish
  • Rentgenoterapiya
  • Neyrektomiya
  • Ko‘zni olib tashlash (kamdan-kam hollarda).

Prognozlar

Ochiq burchakli glaukoma davolanmasa, 6 yillik kuzatuvlar va prognozlash usullari ko‘rsatganidek, normal ko‘rishdan to‘liq ko‘rlikka o‘tishning odatiy muddati qo‘llangan baholash usuliga qarab taxminan 25 yildan 70 yilgacha bo‘lishi mumkin. Yuqori ko‘z ichi bosimi o‘z darajasiga qarab bu muddatni qisqartiradi.

Havolalar