Enriko Fermi (ital. Enrico Fermi; 29-sentabr 1901, Rim, Italiya qirolligi — 28-noyabr 1954, Chikago, AQSh) — italyan va amerikalik nazariyotchi fizik, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati (1938). U, ayniqsa, dunyodagi birinchi yadro reaktoriniyaratgani hamda yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi, kvant va statistik mexanikarivojiga katta hissa qo‘shgani bilan mashhur. U atom bombasining«otalari»dan biri sifatida Robert Oppengeymer bilan bir qatorda tilga olinadi.
Hayoti davomida u atom energiyasidan foydalanishga oid bir qancha patentlar olgan. Fermi ham nazariy fizikada, ham tajribaviy fizikadayutuqqa erishgan kam sonli fiziklardan biri edi. U beta-yemirilish, neytronlarning sekinlashuvinazariyalarini yaratdi. 1939-yilda A. Eynshteyn bilan birgalikda zanjir reaksiyasi tushunchasini kiritdi va keyinchalik, 1942-yilda Manxetten atom loyihasida qatnashdi.
A’zosi: Linchei milliy akademiyasi (1935), AQSh Milliy fanlar akademiyasi (1945); xorijiy muxbir a’zosi: SSSR Fanlar akademiyasi (1929); xorijiy faxriy a’zosi: Ruminiya akademiyasi; xorijiy a’zosi: London Qirollik jamiyati (1950).
Uning sharafiga Fermi — Dirak taqsimoti, Tomas — Fermi modeli, Fermi energiyasi, Fermi paradoksi, kimyoviy element fermiy, shuningdek, Fermi masalalari — boshlang‘ich ma’lumotlar juda kam bo‘lgan masalalarning maxsus turi nomlangan.
Tarjimayi holi
Yoshlik yillari

1901-yilda Rimda italyan oilasida tug‘ilgan. Otasi — temiryo‘l xodimi, Pyachensalik dehqonlar avlodidan bo‘lgan Alberto Fermi; onasi esa — oila a’zolari harbiylar bo‘lgan Barishahridan chiqqan o‘qituvchi Ida de Gattis edi. Enrikoning oilasida undan tashqari opasi va akasi Julio ham bor edi. Enriko akasi bilan juda yaqin bo‘lgan. Aka-uka birgalikda elektr dvigatellarini yasashar va turli fizik tajribalarni o‘tkazishardi. 1915-yilda Julioning hiqildog‘idagi abssessni olib tashlash operatsiyasi vaqtida vafot etishi Enrikoning fe’l-atvorini yanada odamovi qildi. Bola butun bo‘sh vaqtini fizika va matematikaga oid kitoblarni o‘qishga bag‘ishladi. Enriko o‘qigan birinchi fizika kitobi Kampo-dey-Fyori maydonidagi bozordan topib olgan Andrea Karaffoning lotin tilidagi 900 sahifali «Elementorum physicae mathematicae » (1840) darsligi edi. Unda matematika va astronomiya asoslari, klassik mexanika, optika hamda akustika yoritilgan. Alberto Fermining hamkasbi Adolfo Amidei yosh Fermining fanga chuqur qiziqishini payqab, unga o‘qish uchun adabiyot tanlashda yordam bera boshladi. Fermi do‘sti Enriko Persiko bilan turli fizik tajribalar o‘tkazar, xususan, ichimlik suvining aniq zichligini aniqlashga harakat qilardi.

1918-yil noyabrda Fermi Oliy normal maktabga , ya’ni Pizadagioliy ta’lim muassasasiga kirdi. To‘rt yil o‘tib, 1922-yilda uni muvaffaqiyatli tamomladi va Piza universitetida o‘tkazgan rentgen nurlaribo‘yicha tajribalari asosida ilmiy daraja oldi. Tajribaviy ishlardan tashqari, Fermi umumiy nisbiylik nazariyasibo‘yicha ko‘plab ishlar nashr etdi. Italiya ta’lim muassasalarida fiziklar uchun shtatdagi ish o‘rinlari bo‘lmagani sababli Fermi Maks Born huzuriga, Gyottingen universitetigaamaliyot o‘tash uchun jo‘nadi. U Italiyaga qaytgach, Piza va Florensiya universitetlarining fizika professori lavozimi uchun tanlovlarda qatnashdi va Florensiyadagi tanlovda g‘olib bo‘ldi. Florensiyada ish boshlashidan oldin Fermi Paul Erenfestningunga Georg Ulenbekorqali yetkazilgan taklifini qabul qilib, Leyden universitetidaamaliyot o‘tadi. Erenfest Fermining qobiliyatini juda yuqori baholadi. Bu Fermi faoliyatida burilish nuqtasi bo‘lib, uning o‘z kuchiga ishonchini mustahkamladi. 1925-yilda u Florensiya va Rim universitetlaridadars bera boshladi. 1925-yil dekabrda esa u Pol Dirakdan mustaqil ravishda yarim butun spinga ega zarralar statistikasiniishlab chiqdi. Ular Pauli prinsipigabo‘ysunadi va keyinchalik fermionlar deb ataldi.
Rim universitetida

1926-yilda Fermi professor sifatida Rim universitetigatayinlandi. Uning hayotida nihoyatda samarali davr boshlandi. 1928-yilda u L. Tomas taklif qilgan ko‘p elektronli atomlarning asosiy holatlarini hisoblash usulini takomillashtirdi (Tomas — Fermi nazariyasi). Shuningdek, 1929–1930-yillarda Fermi kvant elektrodinamikasiningshakllanishiga muhim hissa qo‘shib, elektromagnit maydonni kvantlashning kanonik qoidalariniishlab chiqdi; ular Geyzenberg — Pauli yondashuvidan farq qilar edi.
19-iyul 1928-yilda Fermi universitet talabasi Laura Kapon[ingl.] ga (1907–1977) uylandi. Laura mashhur yahudiy oilasidan bo‘lib, uning otasi Augusto Kapon[ital.]Italiya harbiy-dengiz floti admirali edi. Fermining ikki farzandi bo‘lgan: qizi Nella (1931–1995) va o‘g‘li Julio (1936–1997).
18-mart 1929-yilda 27 yoshli Fermi Italiya Qirollik akademiyasi[ingl.]a’zosi bo‘ldi. Akademiyaga Mussolini asos solgan edi. Akademiya barcha a’zolaridan fashizm va Italiyaga sodiqlik qasamyodini talab qilgan. 27-aprel 1929-yilda Fermi ham o‘sha davrdagi ko‘plab italyan olimlari kabi fashistlar partiyasigaa’zo bo‘ldi. Keyinchalik, Mussolini 1938-yilda Italiya fashizmini mafkuraviy jihatdan Germaniya natsional-sotsializmiga yaqinlashtirish maqsadida irqiy qonunlarni e’lon qilgach, u fashizmga qarshi chiqdi. Bu qonunlar dunyoviy va jamiyatga singishib ketgan yahudiy oilasidan bo‘lgan Lauraga xavf tug‘dirdi hamda Fermining ko‘plab ilmiy xodimlarini ishsiz qoldirdi.
1931-yilda muxbir a’zo sifatida SSSR Fanlar akademiyasiga saylandi.
1931-yilda u rezonanshodisasini tushuntirdi: garmonik yaqinlashishda ikkita tebranish holatiga bir xil yoki deyarli bir xil energiya mos kelganda tebranish spektrida rezonans paydo bo‘ladi. 1932-yildan so‘ng u yadro fizikasimuammolariga e’tibor qaratdi. 1934-yilda beta-yemirilishningdastlabki miqdoriy nazariyasini yaratdi. Bu nazariya kuchsiz o‘zaro ta’sirning to‘rt fermionli nazariyasideb ham ataladi. Uning mohiyati shundaki, beta-yemirilish jarayonida bitta nuqtada to‘rtta fermion (proton, neytron, elektron va neytrino) o‘zaro ta’sirlashadi. To‘rt fermionli nazariya kuchsiz o‘zaro ta’sirlarning elementar zarralargaoid zamonaviy nazariyasiga asos bo‘ldi, garchi to‘rtta zarraning to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro ta’siri haqidagi taxmin noto‘g‘ri bo‘lib chiqqan bo‘lsa ham. Fermining kuchsiz o‘zaro ta’sirlar va beta-yemirilish bo‘yicha nazariy tadqiqotlarga qo‘shgan hissasi muhim bo‘lgani uchun fizikaning bu sohasidagi bir qator tushunchalar uning nomi bilan atalgan. Masalan, elementar zarralar fizikasining zamonaviy Standart modelida kuchsiz o‘zaro ta’sir intensivligini belgilovchi doimiy Fermi doimiysi (GF) deb ataladi; shuningdek, beta-yemirilishda hosil bo‘ladigan elektron harakatiga yadro zaryadining ta’sirini ifodalovchi Fermi funksiyasi ( Fermi — Dirak funksiyasibilan adashtirmaslik kerak) mavjud. Bundan tashqari, tanlash qoidalari Fermi nomi bilan ham yuritiladi. Bu qoidalar yadrolarning boshlang‘ich va oxirgi holatlaridagi spin hamda juftlikning o‘zaro bog‘lanishini ifodalaydi va ruxsat etilgan Fermi o‘tishlari deb ataluvchi beta-yemirilishlarda bajariladi. Bundan tashqari, yadro fizikasida ishlatiladigan uzunlik birligi ham fermi (10−13 sm).
1934-yilda Fermi yadro fizikasi sohasidagi dastlabki yirik tajribalarini amalga oshirdi. Ular elementlarni neytronlar bilannurlantirishga bag‘ishlangan edi. F. Jolio-Kyuri sun’iy radioaktivlikni kashf etishi bilanoq, Fermi neytronlarelektr zaryadiga ega bo‘lmagani va yadrolartomonidan itarilmasligi sababli radioaktiv elementlarni, jumladan, transuran elementlarniolishda eng samarali vosita bo‘lishi kerak degan xulosaga keldi. Bu o‘ziga xos yechim juda samarali bo‘ldi: 60 dan ortiq yangi radioaktiv izotoplar olindi va neytronlarning sekinlashuvikashf etildi; 1936-yilda esa neytronlarning tanlab yutilishi kashf etildi.
Fermi har doim qat’iy kun tartibiga amal qilgan: ertalab soat besh yarimda uyg‘onib, nonushtagacha uyida ikki soat ishlagan, keyin nonushta qilib universitetga ketgan. Kunduzi soat birda tushlik qilgan va dam olgach, soat uchda ishini davom ettirgan. Kechki soat sakkizda ovqatlanib, to‘qqiz yarimda uxlagani yotgan.
Nobel mukofoti va emigratsiya
1938-yilda Fermi fizika bo‘yicha Nobel mukofotini quyidagi xizmatlari uchun oldi: « yangi radioaktiv elementlarnineytronlar bilan nurlantirish orqali hosil qilib, ularning mavjudligini isbotlashhamda shu bilan bog‘liq yadro reaksiyalarinikashf etish; bu reaksiyalar sekin neytronlar ta’sirida yuzaga keladi».
Fermining ilmiy guruhi ishlari ilmiy dunyoda juda yuqori baholandi va yangi ilmiy yo‘nalish — neytron fizikasiga asos soldi. Fermi effekti (yengil atomlardan tashkil topgan moddalarda neytronlarning sekinlashuvi) atom texnikasida keng qo‘llanila boshladi. U quyidagi tadqiqotlari, jumladan, radioaktiv elementlarni neytronlar bilan bombardimon qilish orqali olishi hamda yadro reaksiyalarini , ayniqsa, sekin neytronlar ta’sirida yuzaga keladiganlarini kashf etishi uchun 1938-yilda Enriko Fermiga fizika bo‘yicha Nobel mukofotiberildi. Uni olish uchun 1939-yilda oilasi bilan Stokgolmga borgan Fermi Italiyagaqaytmadi. Chunki o‘sha paytda Italiya hukumati yahudiylarning ahvolini sezilarli darajada og‘irlashtiradigan qonunlarni qabul qilgan edi. U AQShgako‘chib o‘tdi. U yerda beshta universitet unga fizika professori lavozimini taklif qildi. Fermi Kolumbiya universitetini tanladi va Nyu-Yorkda1939-yildan 1942-yilgacha ishladi.
1939-yilda u zaryadlangan zarralarning energiya yo‘qotishi nazariyasini moddaning ionlashuvi va uning qutblanishini hisobga olgan holda ishlab chiqdi.
Atom loyihalari ustidagi ishlar
1939-yil yanvarda Fermi uran yadrosi bo‘linganda tez neytronlar chiqishi mumkinligini, agar ajralib chiqqan neytronlar soni yutilganlaridan ko‘p bo‘lsa, zanjir reaksiyasiga yo‘l ochilishini ta’kidladi (Fermidan oldin buni nazariy jihatdan Leo Silardbashorat qilgan, ammo amalda amalga oshira olmagan edi). O‘tkazilgan tajriba tez neytronlarborligini tasdiqladi, biroq har bir bo‘linish hodisasida ularning aniq nechta ajralib chiqishi hali yetarlicha ma’lum emas edi.

Shu vaqtning o‘zida Fermi zanjir reaksiyasi nazariyasini uran-grafit tizimi uchun ishlab chiqa boshladi. 1941-yil bahoriga kelib bu nazariya rivojlantirildi, yozda esa asosiy maqsadi neytronlar oqimini o‘lchash bo‘lgan qator tajribalar boshlandi. U G. Anderson bilan birgalikda qariyb o‘ttizta tajriba o‘tkazdi va 1942-yil iyunda neytronlarning ko‘payish koeffitsiyenti birdan katta ekanini aniqladi. Bu uran va grafitdan iborat yetarlicha katta panjarada zanjir reaksiyasini hosil qilish mumkinligini ko‘rsatdi hamda reaktorloyihasini ishlab chiqishga turtki bo‘ldi. Fermi ko‘payish koeffitsiyentining olingan qiymatiga tuzatish kiritdi va uni rejalashtirilayotgan reaktorning o‘lchamlarini belgilashda hisobga oldi, tizimning kritik o‘lchamlarini aniqlash usulini ishlab chiqdi. Bundan tashqari, atmosfera tarkibidagi azot neytronlarni yaxshi yutishi mumkinligidan xavotirlanib, Fermi reaktorning butun ulkan qurilmasiniaerostatlar qobig‘i tayyorlanadigan matodan tikilgan bahaybat chodirga joylashtirishni talab qildi. Shu tariqa, reaktor atrofidagiatmosferaning zarur tarkibini saqlash imkoni tug‘ildi. Reaktor qurilishiChikago universitetining Metallurgiya laboratoriyasida oktabrda boshlanib, 2-dekabr 1942-yilda yakunlandi. Tajriba Stagg Field stadioni ostidagi qo‘lbola laboratoriyada shu reaktorda o‘tkazilib, ilk mustaqil zanjir reaksiyasiamalda namoyish etildi. Metallurgiya laboratoriyasi ishlarini AQSh hukumati harbiy maqsadlarda foydalanish niyatida boshlab bergan. Laboratoriya uchun materiallar izlashga Artur Komptonmas’ul edi. U Fermini loyihaga taklif qilish uchun Kolumbiya universitetigamaxsus bordi. Keyingi ikki yil davomida Fermi reaktorbilan tajribalarni davom ettirdi, shuningdek, Chikago yaqinida joylashgan Argonn milliy laboratoriyasiuchun yangi reaktor yaratish bilan shug‘ullandi.

Aynan 1944-yilda Fermi rafiqasi Laura bilan AQSh fuqaroligini oldi. U bir muddat DuPontkompaniyasi bilan plutoniy ishlab chiqish ustida ishladi, 1944-yil avgustda esa Los-Alamos milliy laboratoriyasida , Nyu-Meksikodaish boshladi. Fermi Manxetten loyihasiningrahbarlaridan biri edi. U loyihadagi ko‘plab tajribalarni, jumladan, Alamogordodabombaning birinchi sinovini kuzatdi. Fermi prezident Trumanning atom bombasidan harbiy maqsadlarda foydalanish bo‘yicha ilmiy maslahatchilaridan biri edi.

1946-yilda u Chikagoga qaytdi va hozir uning nomi bilan ataladigan Yadro tadqiqotlari institutidaprofessor lavozimini egalladi. U yerda yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasibo‘yicha izlanishlarini davom ettirdi. Neytronlar harakatini o‘rganishda yordam berish maqsadida u FERMIAC — maxsus analog kompyuterniishlab chiqdi. Bu kompyuterga Fermi sharafiga, mashhur ENIAC kompyuteriga o‘xshatib nom berilgan.
1950-yildan u Atom energiyasi bo‘yicha komissiya huzuridagi Maslahatchilar qo‘mitasining dastlabki a’zolaridan biriga aylandi.
So‘nggi yillari
Fermi fanga nihoyatda berilgan va uni juda sevgan inson edi. 50 yoshida, yadro energetikasi bo‘yicha ulkan bilim to‘plaganiga qaramay, ilmiy faoliyatining yo‘nalishini o‘zgartirib, yuqori energiyalar zarralari fizikasi va astrofizikabilan shug‘ullana boshladi. Bu sohalarda ham ko‘plab kashfiyotlar qildi: kosmik nurlarning kelib chiqish nazariyasini yaratdi va ularda zarralarning tezlashish mexanizmini tushuntirdi (1949); ko‘plab mezonlar hosil bo‘lishining statistik nazariyasini ishlab chiqdi (1950); izotopik kvadrupletni kashf etdi. U birinchi adron rezonansi bo‘ldi (1952); shuningdek, protonlar bilan pi-mezonlarning o‘zaro ta’sirini o‘rgandi.
Fermi fizik g‘oyalarining muhim xususiyatlaridan biri — ular uzoq vaqt davomida o‘z ahamiyatini saqlashidir. Olimning ayrim so‘nggi ishlari faqat uning vafotidan keyin munosib baholandi. Shulardan biri uning Ch. Yang bilan birgalikda elementar zarralarningtarkibiy modellari haqida yozgan ishidir. Unda asosiy zarralar sifatida nuklonlar va antinuklonlar qaralgan (bu ish Fermi — Yang modelinomi bilan ham tanilgan). Ish e’lon qilinganida hatto ko‘plab nazariyotchi fiziklar uning «mazmunsizligi»dan hayratga tushgan. Ammo ko‘p o‘tmay Fermi — Yang ishi asosida yangi model sxemalari paydo bo‘ldi va ular elementar zarralarfizikasining rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Shunday so‘nggi modellardan biri kvarklar modelidir.
Shuningdek, Fermi, E. Segrening aytishicha, fizikaning oddiydek ko‘ringan, ammo murakkab masalalariga bag‘ishlangan kitob yozmoqchi bo‘lgan va hatto bunday masalalarni to‘plashni boshlagan. Biroq bunga vaqti yetmagan. 1946-yilda Fermi o‘z rejalashtirgan ishlarining atigi uchdan bir qismini bajarganini aytgan. Qolgan uchdan ikki qismini bajarishga shu qadar intilganki, ish kunini imkon qadar tig‘iz rejalashtirgan. Pontekorvoning so‘zlariga ko‘ra, Fermi rejalashtirgan ishlarning bajarishga ulgurgan «uchdan bir qismi»ning o‘zi 6–8 ta Nobel mukofotiga loyiq edi. Bunday yutuqlar favqulodda iste’dodli olimning nomini ilm-fan tarixida abadiy saqlab qoladi.
1954-yil yozini Fermi Yevropada o‘tkazdi. Bu paytda u oshqozon saratoniningso‘nggi bosqichida edi. U Fransiya, Germaniya va Italiyada ma’ruzalar o‘qidi, eski do‘stlari bilan uchrashdi. Chikagoga qaytgach, ikki oy davomida turli tibbiy muolajalarni oldi.
U 28-noyabr 1954-yilda 53 yoshida uyqusida vafot etdi va Chikagodagi Oak-Vuds qabristoniga dafn qilindi.
Shogirdlari
Fermi katta ilmiy maktab yaratgan olimdir. Uning Rim universitetida ishlagan davridagi (1920-yillar oxiri — 1930-yillar) shogirdlari: E. Amaldi, F. Razetti, E. Segre, B. Pontekorvo, J. Bernardini, J. Vik, E. Majorana, B. Rossi, J. Raka, J. Okkialini va boshqalar. 1940–1950-yillarda Chikagoda Fermining shogirdlari quyidagilar bo‘lgan: G. Anderson, M. Gell-Mann, M. Goldberger, Ts. Li, Ch. Yang, J. Chu, O. Chemberlen, M. Rozenblyut, J. Shteynberger va boshqalar.
Xotirasi


Fermining vafotidan sal oldin Atom energiyasi bo‘yicha komissiya olim sharafiga maxsus mukofot ta’sis etdi. 1956-yildan boshlab u Enriko Fermi mukofoti deb atala boshlandi va muntazam topshiriladigan bo‘ldi. Mukofot energiyani tadqiq qilish, undan foydalanish va uni ishlab chiqarish sohalariga ulkan hissa qo‘shgan olimlarga beriladi.
Uning sharafiga 100-raqamli kimyoviy element — fermiy deb atalgan.
Uning nomi Chikago yadro tadqiqotlari institutiga, Milliy tezlatkich laboratoriyasiga (Fermilab) va kosmik teleskopga berilgan.
Italiyaning ko‘plab shaharlaridagi ko‘chalar Enriko Fermi nomi bilan atalgan.
Argonn milliy laboratoriyasi saytida u «so‘nggi qomusiy olim» deb ta’riflangan (ingl. last universal scientist).
1970-yilda Xalqaro astronomiya ittifoqi Enriko Fermi nomini kraterga berdi. U Oyning ko‘rinmas tomonida joylashgan.
Nashrlari
Kitoblar
- Fermi E. Molekulalar va kristallar. — M.: Chet el adabiyoti nashriyoti, 1946.
- Fermi E. Elementar zarralar. — M.: Chet el adabiyoti nashriyoti, 1953.
- Fermi E. Pi-mezonlar va nuklonlar haqida ma’ruzalar. — M.: Chet el adabiyoti nashriyoti, 1956.
- Fermi E. Kvant mexanikasi. — 2-nashr. — M.: Mir, 1968.
- Fermi E. Ilmiy asarlar. — 2 jildda. — M.: Nauka, 1971—1972.
- Fermi E. Termodinamika. — 2-nashr. — Xarkov: Xarkov universiteti nashriyoti, 1973.
- Fermi E. Kvant mexanikasidan ma’ruzalar. — M., 2000.
- Fermi E. Atom fizikasidan ma’ruzalar. — M., 2001.
Maqolalar
- E. Fermi. Atom raqami 92 dan yuqori elementlar mavjud bo‘lishi mumkinligi haqida = Possible Production of Elements of Atomic Number Higher than 92 // Fizika fanlari yutuqlari. — 1934. — 14-jild, № 7. — 829–832-betlar.
- Fermi E., Amaldi E., D’Agostino O., Razetti F., Segre E. Neytronlar bilan bombardimon qilish natijasida hosil bo‘ladigan sun’iy radioaktivlik // Fizika fanlari yutuqlari. — Rossiya Fanlar akademiyasi, 1934. — 8-son.
- Amaldi E., D’Agostino O., Fermi E., Pontekorvo B., Razetti F., Segre E. Neytronlar bilan bombardimon qilish natijasida hosil bo‘ladigan sun’iy radioaktivlik — II // Fizika fanlari yutuqlari. — Rossiya Fanlar akademiyasi, 1935. — 7-son.
- E. Fermi. Yadroviy zanjir reaksiyasi sodir bo‘ladigan reaktorlarning elementar nazariyasi = Elementary Theory of the Chain-reacting Pile // Fizika fanlari yutuqlari. — 1947. — 32-jild, № 1. — 54–65-betlar.
- Fermi E. Yuqori energiyalardagi yadro jarayonlari // Fizika fanlari yutuqlari. — Rossiya Fanlar akademiyasi, 1952. — 46-jild, № 1.
Adabiyotlar
- Fermi Laura Oilamizdagi atomlar. — Chikago: Chikago universiteti nashriyoti, 1954. — 123-bet.
- Fermi L. Bizning uyimizdagi atomlar. — 2-nashr. — M.: Chet el adabiyoti, 1959.
- Pontekorvo B. Enriko Fermi (1901–1954) (Vafotining yilligiga bag‘ishlab) // Fizika fanlari yutuqlari. — Rossiya Fanlar akademiyasi, 1955. — 57-jild, № 11.
- Lyatil P. Enriko Fermi. — M.: Atomizdat, 1965.
- Pontekorvo B. Enriko Fermi. — M.: Znaniye, 1971.
- Pontekorvo B., Pokrovskiy V. N. Enriko Fermi shogirdlari va do‘stlarining xotiralarida. — M.: Nauka, 1972.
- Segre E. Enriko Fermi — fizik. — M.: Mir, 1973.
- Gurevich I. I., Smorodinskiy Ya. A. Enriko Fermining ilmiy asarlari // Fizika fanlari yutuqlari. — Rossiya Fanlar akademiyasi, 1974. — 114-jild, № 10.
- Xramov Yu. A. Fermi Enriko (Fermi Enrico) // Fiziklar : Biografik ma’lumotnoma / Muharrir: A. I. Axiyezer. — 2-nashr, tuzatilgan va to‘ldirilgan. — M. : Nauka, 1983. — B. 275—276. — 400 b. — 200 000 nusxa
Havolalar
- Fermi, Enriko. hirosima.scepsis.ru. Murojaat qilingan sana: 8-noyabr 2014-yil. Arxivlangan 24-mart 2016-yil.
- Enriko Fermi (ingl.). Nobel jamg‘armasi. Murojaat qilingan sana: 17-iyun 2012-yil. Arxivlangan 13-may 2012-yil.