Bogota haqida

Shahar
Bogota
isp. Bogotá
4°35′56″ sh. k. 74°04′51″ g‘. u.HGЯO
Mamlakat  Kolumbiya
Mintaqa Poytaxt okrugi
Mer Karlos Fernando Galan[ingl.]
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan 6-avgust 1538
Avvalgi nomlari Santa-Fe-de-Bogota
Maydoni 1775,98 km²
Markazining balandligi 2640 m
Iqlim turi dengiz iqlimi
Vaqt mintaqasi UTC−5:00
Aholisi
Aholisi
  • ▲8 034 649 kishi (2024)
Zichligi 6060 kishi/km²
Aglomeratsiya aholisi 10 763 453
Aholisining nomlanishi bogotaliklar, bogotalik ayol, bogotalik erkak
Rasmiy til ispan tili
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +57 1
Pochta indeksi 11
Avtomobil kodi BOG
ISO 3166-2 CO-DC

bogota.gov.co  (isp.)
Богота на карте
Богота
Bogota
Богота на карте
Богота
Bogota
Логотип Викисклада Vikimedia Commons’dagi mediafayllar

Bogota (isp. Bogotá  fayl haqida; asos solingan vaqtda hamda 1991—2000-yillarda — Santa-Fe-de-Bogota, isp. Santafé de Bogotá) — Kolumbiyaningpoytaxti va eng yirik shahri, shuningdek, Kundinamarkadepartamentining ma’muriy markazi. Mamlakatning alohida ma’muriy birligi — 20 ta tumanga bo‘lingan poytaxt okrugini tashkil etadi.

2019-yil ma’lumotlariga ko‘ra, aholisi 7 980 001 kishini tashkil etgan; Janubiy Amerikaning eng yirik shaharlaridan biri. Aglomeratsiyasida 8,7 million kishi yashagan (2011).

Shahar tog‘lar oralig‘idagi botiqda, Sharqiy Kordilyera tog‘ tizmasining 2600 m dan ortiq balandligida joylashgan. Shu sababli shahar iqlimi salqin. Bu hudud zilzilalarga moyil.

Kolumbiyaning asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining ¼ qismi shu shaharda yaratiladi (2011). Shaharlarning globallashuv darajasi bo‘yicha 2010 va 2012-yillarda qit’ada 4-o‘rinni egallagan.

1538-yilda ispan konkistadorlari tomonidan chibcha hindulari sivilizatsiyasimarkazida asos solingan. 1598-yildan Ispaniya general-kapitanligining, 1819-yildan esa mustaqil Kolumbiyaning poytaxti. 1948-yildagi qurolli «Bogotaso» qo‘zg‘oloni paytida shahar markazi vayron qilingan va yoqib yuborilgan; shu bois tarixiy binolar kam saqlangan.

Etimologiyasi

Shaharga ispanlar 6-avgust 1538-yilda, xristianlarning Iso Masihning qiyofasi o‘zgarishi bayramikuni, chibcha hindulari Bakatadeb atagan hududda asos solgan. Shaharning dastlabki nomi Santa-Fe-de-Bogotabo‘lgan. Bu nomdagi Santa-Fe «Iso Masihning qiyofasi o‘zgarishi»ni (so‘zma-so‘z «muqaddas e’tiqod»), Bogota esa mahalliy hudud nomining o‘zgartirilgan, tub aholi tilidagi shaklini anglatadi. Keng qo‘llanishda nomning faqat oxirgi qismi — «Bogota» ishlatiladi.

Tarixi

Konkistador Ximenes de Kesada — Bogotaga asos solgan shaxs

6-aprel kuni, 1536-yilda, adelantado unvoniga ega Santa-Marta viloyati gubernatori Pedro Ernanes de Lugo o‘z o‘rinbosari, konkistador Ximenes de Kesadani500 kishilik otryad bilan jo‘natdi. Ularning bir qismi 5 ta briga bilan daryo, ya’ni Magdalenaoqimi bo‘ylab yuqoriga, qolganlari esa daryo bo‘ylab quruqlikdan yo‘l oldi. Ximenes de Kesada hindular Karib dengizi sohilidan materik ichkarisiga ayirboshlash vositasi bo‘lgan tuzni olib o‘tadigan savdo yo‘lidan yurib, to‘qqiz oydan so‘ng unumdor Kundinamarka platosiga yetib bordi. Safar davomida ikki briga, ulardan biri ekipaji bilan yo‘qotildi. Bogota joylashgan vodiyni birinchi bo‘lib 25 kishilik razvedka guruhi bilan yuborilgan kapitanlar Antonio de Lebrixa va Xuan de Sespedes topishdi. Bu paytga kelib, mahalliy hindular qabilalari bilan to‘qnashuvlar va kasalliklar sabab otryadda 170 kishi qolgan edi. Shunga qaramay, ular bu hududda yashovchi chibcha qabilasiniosongina bo‘ysundirishdi: hindular ispanlarni xudolar deb o‘ylab, deyarli qarshilik ko‘rsatmasdan taslim bo‘lishgan. Shahar nomi va undagi hindular qurgan inshootlar haqida ilk bor ispan hujjatlarida Ximenes de Kesada yurishida shaxsan qatnashgan qirollik amaldorlari Xuan de San-Martin va Antonio de Lebrixaning hisobotida (1539-yil iyul) yozilgan:

Ular tuz yetishtiriladigan bu manzilgohlarga yetib kelganda, yer o‘zining va undan keyingi hududlarning naqadar unumdorligini namoyon etdi: bu yerlarda hindular juda ko‘p edi, uylarining ko‘rinishi esa biz ilgari uchratganlardan farq qilardi. Bundan tashqari, tuz manzilgohidan bir kunlik yo‘l narida biz bu yerning eng bosh hukmdori yeriga kirdik. Uni Bogotadeb atashardi. Buning yaqqol dalili shuki, biz uni o‘z turar joyida uchratdik; somondan [qurilgan] bu uy Hindiston deb atalgan yerlarda ko‘rilgan eng yaxshi uylardan biri hisoblanishi mumkin edi.

— Xuan de San-Martin va Antonio de Lebrixa. Yangi Granada qirolligining zabt etilishi va Bogota shahriga asos solinishi haqidagi hisobot (1539-yil iyul).

Bogotaga ispan mustamlakachilari 1538-yilda qadimgi hindular chibcha sivilizatsiyasi markazi bo‘lgan hududda asos solgan. Bogota hindularning Bakata qal’asi o‘rnida joylashib, Yangi Granada poytaxtiga aylandi. Kesada bosib olingan hududga shu nomni bergan.

1598-yildan Bogota Ispaniya general-kapitanligining, 1739-yildan esa Yangi Granadavitse-qirolligining poytaxti bo‘lgan. 1573-yilda shahar homiysi sifatida Bogota arxiyepiskopi Luis Sapata de Kardenas Avliyo Izabellani e’lon qilgan. Chunki u vengriyalik qirolicha Izabella ning boshini (muqaddas yodgorlik sifatida), Madridda Avstriyalik qirolicha Anna (qirol Filipp IIning so‘nggi rafiqasi) sovg‘a qilgan bu yodgorlikni, o‘zi bilan olib yurgan. Biroq 1573-yilda uni shaharning bosh cherkovidagi kumush sandiqchaga joylashtirgan va avliyoni xotirlash kuni 19-noyabr deb belgilangan.

Yevropadagi Napoleon urushlari Lotin Amerikasidamilliy ozodlik kurashining kuchayishiga sabab bo‘ldi. 1808-yilda Napoleon Ispaniyaga bostirib kirib, taxtdan ag‘darilgan qirol Ferdinand VII o‘rniga o‘z akasi Jozef Bonapartnitaxtga o‘tqazgach, Bogotadagi kreollar Ferdinand VII ga sodiqliklarini bildirdilar. 20-iyul kuni, 1810-yilda, kreol zodagonlari qonuniy qirol hokimiyati tiklanguniga qadar Yangi Granadada o‘zini o‘zi boshqarishni e’lon qildilar. Mamlakat hokimiyati Oliy xunta qo‘liga o‘tdi. Ushbu voqealar sharafiga Kolumbiyada 20-iyul Mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi. Bogotadan keyin boshqa shaharlar ham mustaqilligini e’lon qildi.

«Bogotaso» qo‘zg‘oloni (1948-yil)

1814-yilda hokimiyatga qaytgan Ferdinand Yangi Granadadaavvalgi mutlaq boshqaruvni tiklashga urindi. Bu esa ozodlik harakatining qayta kuchayishiga olib keldi. Faqat mustamlakaga ko‘p ming kishilik ispan qo‘shini kiritilgachgina Ispaniya hukmronligini qayta tiklash va mustahkamlashga erishildi.

Bogota ispanlardan Simon Bolivar armiyasi tomonidan faqat 1819-yilda ozod qilindi. O‘sha vaqtda mustaqillik e’lon qilindi va Bogota Kolumbiya Federativ Respublikasi yoki Buyuk Kolumbiyapoytaxtiga aylandi. 1831-yilda Venesuela va Ekvadorajralib chiqqach, shahar yana Yangi Granadapoytaxti bo‘ldi, 1863-yildan Kolumbiya Qo‘shma Shtatlari, 1886-yildan esa Kolumbiya poytaxti hisoblanadi.

XIX asr oxirida Bogota mamlakatdagi inqilobiy harakat markaziga aylandi. 1948-yil bahorida poytaxtda o‘tkazilgan IX Amerikalararo konferensiya paytida kolumbiyalik ilg‘or jamoat arbobi Xorxe Gaytano‘ldirildi. Uning Kolumbiya jamiyatini o‘zgartirish haqidagi g‘oyalari aholining eng kambag‘al qatlamlari orasida juda mashhur bo‘lgan. Shu bois Gaytanning o‘ldirilishi poytaxtda ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqardi.

Bogotada qurolli qo‘zg‘olonboshlandi. Konservatorlarga qarshi yo‘naltirilgan bu qo‘zg‘olon mamlakatning boshqa hududlariga ham yoyildi. Tartibsizliklar tank bo‘linmalari yordamidagi qo‘shinlar tomonidan bostirildi. Bogota ko‘chalaridagi janglarda taxminan 2000 kishi halok bo‘ldi. Poytaxtning markaziy qismi vayron bo‘ldi, ko‘plab binolar yonib ketdi. Shaharning avvalgi qiyofasini tiklash uchun ko‘p yillar kerak bo‘ldi. XX asrning ikkinchi yarmida Bogota ko‘plab ichki siyosiy mojarolar markazi bo‘lgan.

Tabiiy-geografik tavsif

Shahar maydoni — 1775 km². Bogota Sharqiy Kordilyeratog‘ tizmasining g‘arbiy yonbag‘ridagi botiqda, dengiz sathidan 2610 m balandlikda joylashgan. Shahar Rio-San-Fransiskodaryochasi bo‘yida bunyod etilgan. Bugun daryo quvurlar ichidan oqadi, shuning uchun uni ko‘rib bo‘lmaydi. Kolumbiya poytaxti deyarli ekvatorda joylashgan bo‘lsa-da, dengiz sathidan balandligi sabab yil davomida issiq bo‘lmaydi. Barcha oylar deyarli bir xil: kunduzi havo harorati 17-21 °C, kechasi esa 9-12 °C ni tashkil etadi.

Geografik joylashuvi tufayli shahar zilzilalarga moyil..

Kolumbiya poytaxti subtropik mintaqada joylashgan bo‘lib, bu yer uchun tog‘ subtropik o‘rmonlaridan tog‘ mo‘tadil mintaqa o‘rmonlariga o‘tish xos. Shahar atrofida maymunlar, pumalar, yaguarlar, pekarilar, tapirlar, zirhlilar, jayralar, yalqovlar, opossumlar, shuningdek, ilon va kaltakesaklarning ko‘plab turlari uchraydi. Daryolarda timsohlar va toshbaqalar yashaydi..

Iqlimi

Bogota iqlimi
Ko‘rsatkich \ Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal harorat t, °C 25 25,8 25 25 25,4 25 23,4 23,6 23,3 24,4 24 25,6 25,8
O‘rtacha maksimal harorat t, °C 19,8 19,6 19,6 19,3 19,2 18,8 18,3 18,6 19 19,1 19,2 19,5 19,2
O‘rtacha harorat, °C 13 13,5 13,7 13,8 14 13,7 13,3 13,4 13,3 13,4 13,3 13,2 13,5
O‘rtacha minimal harorat t, °C 6,2 7,5 8,2 9,2 9,2 8,7 8,2 7,9 7,6 8,2 8,3 7,1 8
Mutlaq minimal harorat t, °C −5 −6,4 −5 −1,1 0,7 0 −1,1 −2,2 −0,2 −1,1 0 −4 −6,4
Yog‘in miqdori (me’yor), mm 34 50 75 98 99 56 44 42 60 113 96 67 835

Bogota iqlimi okean ta’siri sabab harorat yil davomida deyarli o‘zgarmaydigan subtropik mintaqa orollari, masalan, Tristan-da-Kunyaiqlimiga, shuningdek, okean oqimlari ta’sirida yumshoq iqlim shakllangan San-Fransiskoiqlimiga o‘xshaydi. Biroq Bogotada harorat o‘zgarishining juda kichik bo‘lishiga okean emas, balki shaharning deyarli ekvatorda joylashgani sababdir.

Aholisi

Aholi soni
1800—2011-yillar, million kishi

Bogota va uning shahar atrofi hududlarida 7 million kishi yashaydi, bu Kolumbiya aholisining oltidan bir qismiga teng. Shahar ko‘p millatli va turli madaniyatli. Kolumbiyaliklardan tashqari, poytaxtda ko‘plab chet el fuqarolari hamda Kolumbiya fuqaroligini olgan kishilar istiqomat qiladi. Kolumbiya poytaxti aholisi orasida metislar, ya’ni yevropalik oq tanlilar va mahalliy hindular o‘rtasidagi aralash nikohlar avlodlari ustunlik qiladi. Aholining kichik qismini yevropaliklarning avlodlari, aralash kelib chiqishga ega bo‘lmagan hindular, qora tanlilar, mulatlar va sambolar — qora tanlilar va hindular o‘rtasidagi aralash nikohlardan tug‘ilgan avlodlar tashkil etadi. Shunday qilib, poytaxt aholisining taxminan to‘rtdan uch qismi aralash kelib chiqishga ega.

1960-yilda Tilni himoya qilish to‘g‘risidagi dekret qabul qilingan. Unga ko‘ra, rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirishda ispan tiliga oid bo‘lmagan so‘zlardan foydalanish taqiqlangan. Biroq bu dekret mantiqsizligi sabab hech qachon amalda qo‘llanmagan.[faktning ahamiyati?].

Bogotadagi dindor aholining ko‘pchiligi Rim-katolik cherkoviga mansub. Shaharda yangi a’zolarni jalb qilish bilan faol shug‘ullanuvchi bir nechta protestant cherkovlari ham bor. Ma’lumki, so‘nggi yillarda protestantlik vakillari va katolik ruhoniylari o‘rtasida bir necha bor kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. 2013-yil holatiga ko‘ra, shaharning shimoliy qismida katta masjid qurilishi davom etmoqda. Shuningdek, bir necha xristian cherkovi va sinagogalar mavjud.

Bogotada jinoyatchilik darajasi Kolumbiyaning boshqa shaharlariga nisbatan ancha past (2007-yilda bu ko‘rsatkich 19 ta qotillik, har 100 000 kishiga hisoblaganda, bo‘lgan).

Ma’muriy bo‘linishi

№ Tumanlar Maydoni,
km²
Aholisi,
kishi (2005)
1 Usaken (Usaquén) 65,31 449 621
2 Chapinero (Chapinero) 38,99 122 991
3 Santa-Fe (Santa Fe) 44,87 107 044
4 San-Kristobal (San Cristóbal) 48,16 460 414
5 Usme (Usme) 215,56 267 423
6 Tunxuelito (Tunjuelito) 10,28 204 367
7 Bosa (Bosa) 23,92 475 694
8 Kennedi (Kennedy) 38,57 973 332
9 Fontibon (Fontibón) 33,26 312 629
10 Engativa (Engativá) 35,56 781 138
11 Suba (Suba) 100,54 780 267
12 Barrios-Unidos (Barrios Unidos) 11,90 176 552
13 Teusakilyo (Teusaquillo) 14,21 126 125
14 Los-Martires (Los Mártires) 6,55 95 541
15 Antonio-Narinyo (Antonio Nariño) 4,93 98 355
16 Puente-Aranda (Puente Aranda) 17,24 282 491
17 La-Kandelariya (La Candelaria) 1,84 23 985
18 Rafael Uribe Uribe (Rafael Uribe Uribe) 13,44 376 711
19 Syudad-Bolivar (Ciudad Bolívar) 129,98 658 477
20 Sumapas (Sumapaz) 780,96 2 478

Iqtisodiyoti

Bogotaning ishbilarmonlik markazi

Bogota Kolumbiyaning (shu jumladan, Medelyin, Kali va Barrankilyabilan bir qatorda) eng yirik iqtisodiy markazi hamda Janubiy Amerikaning eng muhim iqtisodiy markazlaridan biridir. Poytaxtning yalpi ichki mahsuloti 86 milliard dollar bo‘lib, bu butun Kolumbiya YIMining chorak qismiga teng. Aholi jon boshiga o‘rtacha 10 000 dollar to‘g‘ri keladi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Bogota Janubiy Amerika shaharlari orasida 6-o‘rinda turadi. Kolumbiyadagi aksariyat kompaniyalarning bosh qarorgohlari Bogotada joylashgan. Bogota mamlakatning eng muhim sanoat va moliya markazi hamdir. Bu yerda Kolumbiyadagi aksariyat xususiy banklarning, Respublika bankining va boshqalarning bosh qarorgohlari joylashgan.

Globallashuv indeksi bo‘yicha Bogota 2010—2012-yillarda Janubiy Amerikaning Buenos-Ayres, San-Paulu va Rio-de-Janeyro shaharlaridan ortda qolgan, biroq Karakasdan oldinda bo‘lgan.

Transport

Jamoat transportining asosiy turi — metrobus tizimi bo‘lgan TransMileniobo‘lib, uning uchun alohida harakat yo‘laklari ajratilgan.

«Eldorado» xalqaro aeroporti shahar markazidan 15 km g‘arbda joylashgan; u quyidagi Kolumbiya aviakompaniyasining samolyotlari bazasi hisoblanadi: Avianca.

Madaniyati

Kolumbiya milliy muzeyi

Bogotada Kolumbiyaningasosiy muzeylari jamlangan. Ularning umumiy soni to‘qqizta: Arxeologiya muzeyi, San’at va xalq an’analari muzeyi, Oltin muzeyi, Shahar taraqqiyoti muzeyi, Mustamlaka davri san’ati muzeyi, Diniy san’at muzeyi, Kolumbiya milliy muzeyi, Zamonaviy san’at muzeyi, Respublika banki zarbxonasi — numizmatika to‘plami, Uy-muzeyi Simon Bolivar.

Oltin muzeyi Bogotada Kolumbgacha bo‘lgan davrga oid oltin buyumlarning dunyodagi eng katta to‘plamini saqlaydi. Bundan tashqari, shaharda taniqli kolumbiyalik rassom va haykaltarosh Fernando Boteroshaharga sovg‘a qilgan muzey ham bor. Unda rassomning o‘z asarlari — rasmlar va haykallar, shuningdek, uning shaxsiy to‘plamidagi Yevropaning impressionizm, kubizm va boshqa tasviriy san’at yo‘nalishlari vakillarining rasmlari saqlanadi (Botero muzeyi).

Bogota boy madaniy hayoti bilan ajralib turgan. Bu yerda Janubiy Amerikadagi ikkinchi kutubxonaochilgan. Shuningdek, bu yerda Kolumbiya akademiyasi, Kolumbiya milliy universiteti (1867-yilda ochilgan) va boshqa oliy ta’lim muassasalari joylashgan. 1910-yilda Milliy konservatoriya, 1936-yilda esa Milliy simfonik orkestr tashkil etilgan. 1791-yilda Bogotada Kolumbiyaning birinchi haftalik gazetasi chiqa boshlagan. Oradan 20 yil o‘tgach, poytaxtda to‘rtta gazeta chop etilgan. Keyinchalik XIX asr davomida matbuot jadal rivojlangan. 1954-yilda Milliy radio va televideniye tashkiloti tuzilgan. «Kolprensa» milliy axborot agentligi faoliyat yuritadi. Shaharda ko‘plab teatr va kartina galereyalari mavjud. Bogotada har 2 yilda aprel oyida bo‘lib o‘tadigan Iberoamerika teatr festivali hozirda dunyodagi eng yirik teatr festivali sanaladi.

Shaharda ekzotik o‘simliklarning ko‘plab turlari namoyish etiladigan botanika bog‘i bor. Poytaxtdagi har yili o‘tkaziladigan eng muhim sport tomoshasi buqalar jangi bo‘lib, u 100 mingdan 150 minggacha tomoshabinni yig‘adi.

Shaharda har yili Bogota yarim marafonio‘tkaziladi. Bu yerda Milyonarios va Santa-Fe.

futbol klublari joylashgan. Bogotada Sausalito bog‘i joylashgan..

Me’morchiligi

Bolivar maydoni

Bogotaning tarixiy markazi tog‘lar bo‘ylab cho‘zilgan tor ko‘chalardan iborat. Shaharda XVII—XIX asrlarga oid ko‘plab me’moriy yodgorliklar saqlangan. Asosiy Plasa-Bolivar maydonida 1572—1610-yillarda qurilgan sobor qad ko‘targan. XIX asr boshida u klassitsizmuslubida qayta qurilgan. XVI—XVII asrlarda Kolumbiya me’morchiligi va san’atida kech O‘rta asrlar va Uyg‘onish davriuslublari ustunlik qilgan. Bezakdor plateresk uslubidan tashqari, manyerizm va barokko keng tarqalgan. Ularga g‘ayrioddiy shakllar, ko‘plab egri chiziqlar va murakkab bezaklar xos edi. Bu xususiyatlar qurilishi 1577-yilda boshlangan San-Ignasio cherkovida ayniqsa yorqin namoyon bo‘lgan. Cherkovning ichki bezaklari turli xil naqshlarning boyligi bilan hayratga soladi.

XVII asr o‘rtalarida serhasham manyerizm va barokko o‘rnini klassitsizmegalladi. Bogotadagi Kongress binosi klassik yunon uslubida qurilgan. Adliya saroyi ham shu davrga tegishli.

XIX—XX asrlarda Kolumbiya poytaxtida Milliy Kapitoliy (1847—1926), «Tekendama» mehmonxonasi (1950—1953), «Klark» fabrikasi (1953) kabi yirik inshootlar, ishbilarmonlik va sanoat binolari qurildi. Keng ko‘chali yangi «Antonio Narinyo» va «Kristiana» (1967) tumanlari barpo etildi. 1842-yilda Plasa-Bolivar maydonida Simon Bolivar — mustaqil Kolumbiyaning birinchi prezidenti — sharafiga haykal o‘rnatildi..

Galereya

Birodarlashgan shaharlar

Adabiyotlar

Havolalar