Barnard yulduzi

Barnard yulduzi
Yulduz
Yulduzning yulduz turkumidagi o‘rni strelka bilan ko‘rsatilgan, yulduzning o‘zi tasvirlanmagan, eng yaqin qora nuqta — Iloneltuvchining 66-yulduzi
Kuzatuv ma’lumotlari
(Epoxa J2000.0)
To‘g‘ri chiqish 17soat 57daq. 48,50son.
Og‘ish +04° 41′ 36″
Masofa 5,96±0,01 yorug‘lik yili (1,828±0,003 pk)
Ko‘rinma yulduz kattaligi (V) 9,57
Yulduz turkumi Iloneltuvchi
Astrometriya
Nur bo‘ylab tezlik (Rv) −110,8 km/s
Xususiy harakat
 • to‘g‘ri chiqish −797,84 mas har yili
 • og‘ish 10 326,93 mas har yili
Parallaks (π) 546,98 ± 1,00 mas
Absolyut yulduz kattaligi (V) 13,26
Spektral xususiyatlar
Spektral sinf M4,0V C
Rang ko‘rsatkichi
 • B−V 1,74
 • U−B 1,28
O‘zgaruvchanlik Ajdarho BY turidagi
Fizik xususiyatlar
Massa 0,17 M⊙
Radius 0,15—0,20 R⊙
Yosh ~1,0⋅1010 yil
Harorat 3134 K
Yorqinlik 0,0004 L⊙
Metallarga boylik Quyosh ko‘rsatkichining 10—32 %i
Aylanish 130,4 kun
Ma’lumotlar bazalaridagi axborot
SIMBAD ma’lumotlar
Логотип Викиданных Vikima’lumotdagi axborot ?
Логотип Викисклада Vikihavzadagi mediafayllar

Barnard yulduzi — yakka yulduz bo‘lib, Iloneltuvchi yulduz turkumida joylashgan. Quyoshdan 1,828 parsek (5,96 yorug‘lik yili) masofada, Quyosh tizimiga eng yaqin yulduzlardan biridir (undan yaqinroq faqat Alfa Sentavr tizimini tashkil etuvchi uchta yulduz).

1916-yilda amerikalik astronom Edvard Emerson Barnardtomonidan kashf etilgan. Yulduz uning sharafiga nomlangan. U qizil mitti yulduz bo‘lib, spektral sinfi M4,0V C, ko‘rinma yulduz kattaligi — 9,57m, yorqinligi (Quyoshnikiga nisbatan) — 1/2300 ga teng. Barnard yulduzining massasi Quyosh massasining 17 % qismini tashkil etadi, radiusi esa Quyosh radiusining 15—20 % qismini tashkil etadi. O‘z o‘qi atrofida aylanishining taxminiy davri — 130,4 kun. Yulduzda ma’lum faollik kuzatiladi (dog‘lar va chaqnashlar aniqlangan).

Barnard yulduzi unga juda yaqin orbitalarda aylanadigan to‘rtta kichik toshsimon sayyoraga (Barnard yulduzi b, c, d, e) ega. Ular 2024—2025 yillarda kashf etilgan. Ungacha sayyoralar borligi haqida ko‘plab da’volar ilgari surilgan, ammo keyinchalik ular rad etilgan.

Tarixi

1916-yilda E. E. Barnardtomonidan kashf etilgan. U yulduzning xususiy harakatini birinchi bo‘lib o‘lchagan va yulduz uning sharafiga nomlangan.

2016-yilda Xalqaro astronomiya ittifoqi (XAI) Yulduz nomlari bo‘yicha ishchi guruhni (WGSN) tashkil etib, yulduzlarning atoqli nomlarini standartlashtirishni maqsad qildi. WGSN 1-fevral, 2017-yil sanasida bu yulduzga «Barnard yulduzi» nomini tasdiqladi. Shundan buyon u XAI tasdiqlagan Atoqli nomli yulduzlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Xususiy harakati

Barnard yulduzi. Tasvirda yulduzning boshqa yulduzlarga nisbatan joylashuvi qanday o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Suratlar 5 yillik oraliq bilan 1985-yildan 2005-yilgacha olingan
Barnard yulduzining 26-may 2023-yildagi osmon sferasidagi o‘rni. Havaskor suratga olgan. Tasvir osmonning 30х45 burchak daqiqalik qismini qamrab oladi
Eng yaqin yulduzlargacha bo‘lgan masofaning 20 000 yil avvaldan 80 000 yil keyingacha o‘zgarishi

Barnard yulduzi ko‘pincha «uchuvchi» yoki «qochqin» yulduz deb ataladi, chunki ma’lum yulduzlar orasida (osmon sferasida bir yilda katta aylana bo‘ylab harakat qiladigandek ko‘rinadigan Quyoshdan tashqari) u eng katta osmon sferasidagi burchak siljish tezligiga ega (yiliga 10,358 burchak soniya). Atigi 174 yil ichida yulduz osmon sferasida 0,5° ga siljiydi (bu Quyosh va Oyning ko‘rinma burchak o‘lchamiga teng).

Barnard yulduzi Quyoshga yaqinligi bo‘yicha to‘rtinchi yulduzdir; Quyoshga undan yaqinroq faqat Alfa Sentavr tizimining uchta yulduzi joylashgan. «Uchuvchi Barnard yulduzi» tezligining Yerdagi kuzatuvchi nigoh chizig‘iga perpendikulyar tashkil etuvchisi 90 km/s, yulduz spektridagi spektral chiziqlarning Doppler siljishi bo‘yicha aniqlangan radial (nur bo‘ylab) tezligi esa −106,8 km/sga teng. Demak, yulduz bizga yaqinlashmoqda.

Yulduzning Quyoshga eng yaqin masofasi 3,8 yorug‘lik yili (1,2 pk) bo‘lib, 11 800-yildaunga yetadi; bu davrdan bir necha asr oldin u bizga eng yaqin yulduzga aylanadi (agar shu vaqtgacha hali noma’lum bo‘lgan boshqa yaqin, xira yulduzlar kashf etilmasa). Uning ko‘rinma kattaligi 9,6 yulduz kattaligigateng, shu bois uni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi; eng yaqin kelganida ham yulduz kattaligi 8,6 bo‘lib, oddiy ko‘z bilan ko‘rinmaydi.

Sayyoralar tizimi

Eng kam massasi Yer massasining 0.37 qismiga, orbital davri 3.15 kunga teng sayyora Barnard yulduzi atrofida 2024-yil avgustida kashf etilgan. O‘shanda yana uchta kichik toshsimon sayyora borligi taxmin qilingan va ular 2025-yil martida tasdiqlangan. Ulardan biri — Barnard yulduzi e — radial tezlik usulida kashf etilgan eng yengil sayyoradir (0.193 M🜨). To‘rttala sayyora ham yulduzning yashash uchun qulay zonasidan yaqinroq joylashgan. Yulduzning yashash uchun qulay zonasida Yer massasining 57% idan katta sayyoralar yo‘qligi ehtimoli 99% ga teng.

Barnard yulduzining sayyoralar tizimi
Sayyora

(yulduzdan uzoqlashish tartibida)

Massa Katta yarim o‘q Orbital davr Ekssentrisitet Orbita qiyaligi
d ≥0.263±0.024 M🜨 0.0188±0.0003 a.b. 2.3402±0.0003 kun 0.04 >20
b ≥0.299±0.026 M🜨 0.0229±0.0003 a.b. 3.1542±0.0004 kun 0.03 20 - 87.9
c ≥0.335±0.030 M🜨 0.0274±0.0004 a.b. 4.1244±0.0006 kun 0.08 >20
e ≥0.193±0.033 M🜨 0.0381±0.0005 a.b. 6.7392±0.0028 kun 0.04 >20

Ilgari bildirilgan da’volar

Quyoshdan 12 yorug‘lik yili radiusidagi yulduzlar xaritasi

Amerikalik astronom P. van de Kamp1960-yillarning oxirida chiqargan xulosalarga ko‘ra, Barnard yulduzi ko‘rinmas yo‘ldoshlarga ega bo‘lib, ularning massalari mos ravishda 1,26, 0,63 va 0,89 Yupiter massasiga teng (aylanish davrlari mos ravishda 6,1, 12,4 va 24,8 yil).

Hozir bu xulosalar xato deb hisoblanadi. 2003-yilda yulduzning 2,5 yil davom etgan nur bo‘ylab tezligi kuzatuvlari e’lon qilindi. Natijada Barnard yulduzi yaqinidagi ehtimoliy sayyoralarning massalari va orbital davrlariga qat’iy cheklovlar o‘rnatildi. Xususan, massasi Yupiter massasining 0,86 qismidan katta bo‘lgan va orbita radiusi 0,017—0,98 astronomik birlik (a. b.) oralig‘ida joylashgan sayyoralar mavjudligi istisno qilindi. Yashash uchun qulay zonada, ya’ni yulduzdan 0,034—0,082 a. b. masofada, faraziy sayyora yuzasida suyuq suvmavjud bo‘lishi uchun yetarli yorug‘lik oladigan hududda, massasi 3 Neptun massasidan ortiq bo‘lgan sayyoralar mavjudligi istisno qilindi (bunday sayyoraning orbital davri 6 kundan 22 kungacha bo‘lar edi). Agar Yerdagi kuzatuvchining nigoh chizig‘i faraziy sayyora orbitasi tekisligida joylashgan deb olinsa (radial tezlik usulida sayyorani kashf etish uchun eng qulay yo‘nalish), uning kuzatiladigan massasining yuqori chegarasi Yer massasining 7,5 baravariga teng bo‘ladi.

1987-yildan beri Barnard yulduzini Kaliforniyadagi bir guruh[qaysi?]tadqiq qilmoqda. Amerikalik astronomlar yulduzning nur bo‘ylab tezligini Lik va Kekrasadxonalaridagi asboblarda o‘lchashgan. Dastlab bu o‘lchovlardagi o‘rtacha kvadratik xatolik taxminan 20 m/sbo‘lgan, keyinchalik (taxminan 2004-yildan boshlab) o‘lchash aniqligi 2 m/sgacha yaxshilangan. Jami 248 ta o‘lchov o‘tkazilgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Barnard yulduzi atrofida massasi Yer massasidan 2 baravar katta va aylanish davri 10 sutkadan qisqa sayyoralar yo‘q. Shuningdek, eng kam massasi Yer massasining 10 baravaridan yuqori, aylanish davri ikki yildan qisqa sayyoralar mavjudligi ham tasdiqlanmagan. Yulduzning yorqinligi pastligi sababli, Yer Quyoshdan birlik yuzaga oladigan issiqlik miqdoriga teng issiqlik olishi uchun faraziy sayyora «Uchuvchi Barnard yulduzi» atrofida 0,0676 a. b. (~10 mln km) masofada aylangan bo‘lar edi. Bunda uning orbital davri Yer hisobida 15,64 sutkani tashkil etardi.

2018-yil noyabrida yigirma yillik kuzatuvlardan so‘ng xalqaro astronomlar jamoasi Barnard yulduzidan 0,404 a. b. masofada joylashgan superyer aniqlanganini e’lon qildi. Uning massasi kamida Yer massasining 3,2 baravariga teng. Barnard yulduzi b yoki GJ 699 b yulduz atrofida bitta to‘liq aylanishni 233 kundabajaradi. Sayyora Barnard yulduziga Yerning Quyoshga bo‘lgan masofasidan 2,5 baravar yaqinroq joylashgan, biroq qizil mitti yulduzdan Yer Quyoshdan oladigan energiyaning atigi 2,03 % qismini oladi. Sayyora sirtining harorati −170 ℃dan oshmaydi. Balki Barnard yulduzining uzoqroq orbitasida markaziy yulduzini 6600 kunda bir marta aylanib chiqadigan yana bir sayyora ham bordir.

2021-yilda Barnard b sayyorasi mavjudligi shubha ostiga olindi, chunki sayyora orbital davriga mos radial tezlik signali yaqin infraqizil diapazonda Habitable-Zone Planet Finder (HPF) Doppler spektrografi yordamida olingan yangi ma’lumotlarda yo‘qolgan edi; ushbu spektrograf Xobbi — Eberli teleskopiga o‘rnatilgan.

Quyoshning eng yaqin atrofidagi yulduzlar

Yulduzning yaqin atrofi

Quyidagi yulduz tizimlari Barnard yulduzidan ko‘pi bilan 10 yorug‘lik yili masofada joylashgan:

Yulduz Spektral sinf Barnard yulduzidan
masofa,
yorug‘lik yili
Ross 154 M3,5 Ve 5,5
WISE 1049-5319 AB L8 / T1 5,98
Quyosh G2 V 6,0
Alfa Sentavr AB G2 V / K0 V 6,5
Proksima Sentavr M5,5 Ve 6,6
BD -12°4523 M3,5VC 9,1
Oqqushning 61-yulduzi AB K5 Ve / K7 Ve 9,5
Struve 2398 AB M3 V / M3,5 V 9,5

Yulduzlararo missiyalar loyihalari

«Dedal» loyihasi — ilk realistik yulduzlararo parvoz loyihasi bo‘lib, aynan Barnard yulduziga uchishni maqsad qilgan.

«Ikar» loyihasi — «Dedal» loyihasining zamonaviy ilmiy bilimlar asosida takomillashtirilgan davomchisidir.

Badiiy adabiyotda

Fantastik yozuvchi Jek Uilyamsonning «Kosmik legion» romanida Barnard yulduzining yagona sayyorasida qadimiy «meduzianlar» sivilizatsiyasi yashaydi. Ular Quyosh tizimini egallash va insoniyatni yo‘q qilishga qaror qilgan.

Havolalar