To‘rtko‘l haqida

Shahar
To‘rtko‘l
qoraqalpoqcha Tórtkúl / Төрткүл
o‘zbekcha Törtköl / Тўрткўл
41°33′ shim. k. 61°00′ sharq. u.HGЯO
Mamlakat  O‘zbekiston
Respublika Qoraqalpog‘iston
Tuman To‘rtko‘l tumani
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan 1873
Avvalgi nomlari Avvalgi nomning so‘nggi yili: 1920 — Petroaleksandrovsk
Shahar maqomi 1873
Markazining dengiz sathidan balandligi 85 ± 1 m
Vaqt mintaqasi UTC+5:00
Aholisi
Aholisi 66 365 kishi
Millatlar qoraqalpoqlar, o‘zbeklar, turkmanlar
Diniy mansubligi sunniy musulmonlar
Aholisining atalishi to‘rtko‘lliklar
Турткуль на карте
Турткуль
To‘rtko‘l
Логотип Викисклада Vikimedia Commonsdagi mediafayllar

To‘rtko‘l (qoraqalpoqcha Tórtkúl / Төрткүл, o‘zbekcha Törtköl / Тўрткўл) — shahar. U Qoraqalpog‘iston Respublikasida (O‘zbekiston) joylashgan va To‘rtko‘l tumanining ma’muriy markazi hisoblanadi. Shahar Amudaryoning o‘ng sohilida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubida joylashgan. Aholisi 66 365 kishi (01.01.2023).

Tarix

20-avgust 1873-yilda Amudaryoning o‘ng sohili Xiva xonligidan Rossiya tasarrufiga o‘tgach, Xivaning qal’asi o‘rnida Petroaleksandrovsk shahri (dastlab Petro-Aleksandrovsk istehkomi) barpo etildi. U Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi) tarkibiga kirgan. Petro-Aleksandrovsk istehkomi Turkiston harbiy okrugining Amudaryo bo‘limi boshlig‘i qarorgohiga aylandi. Bo‘lim boshlig‘i Xiva xoni bilan Amudaryoning Xiva tomonidagi sohilida aroq ishlab chiqarishni taqiqlash va uni daryoning Rossiya tomonidagi sohiliga yashirincha olib o‘tishga qarshi kurashish, shuningdek, chorva o‘g‘irlash uchun daryodan o‘tadigan o‘g‘rilarni qidirib topish va jazolash kabi masalalar yuzasidan yozishmalar olib borgan.

1913-yilda shahar telegraf bilan, 1922-yilda esa radiostansiya bilan jihozlandi; radiostansiya 1930-yildan muntazam eshittirishlar uzata boshladi. Shaharda maktab, dorixona, shifoxona, pochta, ofitserlar uyi, bosmaxona, pivo zavodi, sovun ishlab chiqarish zavodi, tegirmon va paxta tozalash zavodi ham bor edi.

1918-yil 24-noyabrda Junaydxon Petroaleksandrovskni qamal qildi. Qamal 11 kun davom etdi. Chorjo‘ydan harbiylar bilan «Verniy» paroxodi yetib kelib, himoyachilar qarshi hujumga o‘tgach, Junaydxon otryadlari vahimaga tushib, Shabbaz tomonga chekinishdi.

1920-yilda shahar To‘rtko‘l deb qayta nomlandi va 1925-yildan 1939-yilgacha yangi tashkil etilgan Qoraqalpoq avtonom viloyatining poytaxti bo‘ldi (1932-yildan — Qoraqalpoq ASSRning poytaxti).

Shahar o‘z tarixi davomida oqim yo‘nalishini bir necha marta sezilarli darajada o‘zgartirgan yirik Amudaryo yaqinida joylashgan edi. 1932-yilda Amudaryoning o‘zani yana o‘zgarib, To‘rtko‘lni suv bosdi. Daryoning bu galgi va avvalgi toshqinlari keltirgan zarar hokimiyatni Qoraqalpog‘iston poytaxtini 170 km dan uzoqroqda joylashgan Nukusga 1939-yilda ko‘chirishga undadi. Daryo qirg‘oqlari mustahkamlanib, keyingi suv toshqinlari to‘xtatildi. Biroq 1942-yilda daryo suvi to‘satdan To‘rtko‘lga yopirilib, shaharni bir kechada vayron qildi. 1949-yilda To‘rtko‘l yangi joyga ko‘chirildi.

Aholisi

Yil kishi ±%
1959 10,500 —    
1970 18,300 +5.18%
1975 22,000 +3.75%
1990 40,000 +4.07%
1995 45,000 +2.38%
2000 48,600 +1.55%
2016 58,200 +1.13%
2023 66,365 —

Gerb

Petroaleksandrovsk uyezd shahrining gerbi 21-aprel 1909-yilda Sirdaryo viloyatining boshqa gerblari bilan birga tasdiqlangan. «Qizil qalqonda qora yer ustiga qurilgan, 3 ta minorasi va ochiq darvozalari bo‘lgan kumushrang qal’a devori tasvirlangan; uning yuqori qismida 3 shingil uzum bor. Qalqonning bo‘sh qismida Sirdaryo viloyatining gerbi joylashgan». Qalqon oltinrang uzum novdalari bilan o‘ralgan bo‘lib, ular Aleksandr lentasi bilan bog‘langan; qalqonning yuqorisiga kumushrang devorsimon toj o‘rnatilgan.

Ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli

Hozirgi vaqtda To‘rtko‘l Qoraqalpog‘istonning yirik shaharlaridan biridir. Shaharning o‘z televideniyesi (TTV) bor. Aeroport 2000-yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. Aviareyslar asosan O‘zbekiston ichida (Toshkent–To‘rtko‘l–Toshkent yo‘nalishida) amalga oshirilgan. 1996-yilda «To‘rtko‘l» temiryo‘l stansiyasi qurilgan. Bungacha temiryo‘l orqali yuk va yo‘lovchi tashish Turkmaniston hududi hamda Xorazm orqali amalga oshirilgan. 2010-yil yozida yirik oziq-ovqat va kiyim-kechak bozori ochilgan.

Shaharda paxtani qayta ishlash fabrikasi, «To‘rtko‘ltekstil» korxonasi, temir-beton buyumlari zavodi va asfalt-beton zavodi bor.

Sovet davrida shaharda «To‘rtko‘lchi".

Mashhur yurtdoshlar

  • Otaxon Xudoyshukurov — o‘zbek xalq qo‘shiqlari ijrochisi, musiqachi, shoir, bastakor va aktyor.
  • To‘ti Yusupova — O‘zbekistondagi eng keksa uzoq umr ko‘rgan inson deb hisoblanadi.

Iqlim

To‘rtko‘lda kontinental cho‘l iqlimi hukm suradi. Eng sovuq oy — yanvar bo‘lib, uning o‘rtacha harorati -25 °C, eng issiq oy esa iyul bo‘lib, uning o‘rtacha harorati 45 °C. O‘rtacha yillik harorat 12,4 °C. Yillik yog‘in miqdori 97 mm ni tashkil etadi; eng ko‘p yog‘in mart oyida — taxminan 20 mm yog‘adi, iyuldan sentabrgacha esa yog‘in deyarli kuzatilmaydi. Bug‘lanish miqdori yog‘in miqdoridan o‘rtacha 36 baravar, ayrim hollarda esa 270 baravar ko‘p bo‘ladi.

Ta’lim

To‘rtko‘l tumanida 5 ta kollej va bitta akademik litsey mavjud edi:

  1. To‘rtko‘l bank kolleji,
  2. To‘rtko‘l sanoat-pedagogika kolleji,
  3. To‘rtko‘l tibbiyot kolleji,
  4. To‘rtko‘l qishloq xo‘jaligi kolleji,
  5. To‘rtko‘l sanoat-transport kolleji,
  6. To‘rtko‘l akademik litseyi.

2021-yilga kelib kollejlar ixtisoslashtirilgan maktablar deb qayta nomlandi.

To‘rtko‘l bank kolleji o‘rnida Toshkent iqtisodiyot universitetining To‘rtko‘l filiali ochildi.

To‘rtko‘l qishloq xo‘jaligi kolleji o‘rnida Toshkent gumanitar fanlar universitetining To‘rtko‘l filiali ochildi.

To‘rtko‘l akademik litseyi o‘rnida To‘rtko‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi ochildi.

Diqqatga sazovor joylar

To‘rtko‘l va uning atrofida bir qancha tarixiy hamda madaniy obidalar mavjud:

Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik va Afg‘oniston urushida halok bo‘lganlar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik.

Masjid — shahar hududida joylashgan. Masjid yaqinida bozor ochilgan.

«Yoshlik» madaniyat va istirohat bog‘i — shahar aholisi va mehmonlari uchun mashhur dam olish maskani.

Adabiyotlar

  • O‘zbekiston: To‘rtko‘l va To‘rtko‘l tumani haqida ma’lumotnoma. Arxiv. 2010-09-13.
  • R. Matchanov. Qadrdon o‘lkam ... hech narsa unutilmagan (tili ko‘rsatilmagan) . — Toshkent: Fan, 2020. — 199 bet. — 300 nusxa. — ISBN isbn=908.