Sirt akustik to‘lqinlari

Odatdagi SAT qurilmasi; uning asosida o‘zaro kirishgan taroqsimon o‘zgartkich (встречно-гребенчатый преобразователь) qo‘llanadi va qurilma polosali filtr vazifasini bajaradi. Sirt to‘lqini chap tomonda bosma usulda tayyorlangan o‘tkazgichlarga o‘zgaruvchan kuchlanish berish orqali hosil qilinadi. Bunda elektr energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. Sirt bo‘ylab harakatlanar ekan, yuqori chastotali mexanik to‘lqin o‘zgaradi. O‘ng tomondagi qabul qiluvchi yo‘lakchalar signalni oladi; bunda mexanik energiya qayta o‘zgaruvchan elektr tokiga aylanadi va tok yuklama rezistori orqali o‘tadi.

Sirt akustik to‘lqinlari (SAT) — elastik to‘lqinlar bo‘lib, ular qattiq jism sirti bo‘ylab yoki uning boshqa muhitlar bilan chegarasi bo‘ylab tarqaladi. SAT ikki turga bo‘linadi: vertikal qutblanishli va gorizontal qutblanishli (Lyav to‘lqinlari).

Sirt to‘lqinlarining eng ko‘p uchraydigan xususiy turlari quyidagilardir:

  • Reley to‘lqinlari (yoki Reley turidagi to‘lqinlar) klassik talqinda elastik yarim fazoning vakuum yoki yetarlicha siyrak gaz muhiti bilan chegarasi bo‘ylab tarqaladi.
  • Reley turidagi so‘nuvchi to‘lqinlar qattiq jism bilan suyuqlik chegarasida tarqaladi.
  • Vertikal qutblanishli so‘nmaydigan to‘lqin, suyuqlik va qattiq jism chegarasi bo‘ylab tarqaladi
  • Stounli to‘lqini, elastiklik modullari va zichliklari bir-biridan uncha farq qilmaydigan ikki qattiq muhitning yassi chegarasi bo‘ylab tarqaladi.
  • Lyav to‘lqinlari — gorizontal qutblanishli (SH turidagi) sirt to‘lqinlari bo‘lib, «elastik yarim fazo ustidagi elastik qatlam» tuzilmasida tarqalishi mumkin.

Reley to‘lqinlari

Reley to‘lqinlari, nazariy jihatdan Reley tomonidan 1885-yilda kashf etilgan bo‘lib, qattiq jismning erkin sirti yaqinida mavjud bo‘lishi mumkin. Bu sirt bilan chegaradosh muhit — vakuum. Fazaviy tezlik bu to‘lqinlarda sirtga parallel yo‘nalgan bo‘ladi, sirt yaqinida tebranayotgan muhit zarralarining siljish vektori esa sirtga perpendikulyar ko‘ndalang va bo‘ylama tarkibiy qismlarga ega. Tebranish vaqtida bu zarralar sirtga perpendikulyar bo‘lgan va fazaviy tezlik yo‘nalishidan o‘tuvchi tekislikda ellipssimon trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi. Bu tekislik sagittal deb ataladi. Bo‘ylama va ko‘ndalang tebranishlarning amplitudalari sirtdan muhit ichkarisiga uzoqlashgan sari turli so‘nish koeffitsiyentlariga ega eksponensial qonunlar bo‘yicha kamayadi. Natijada ellips shakli o‘zgarib, qutblanish sirtdan uzoqda chiziqli bo‘lib qolishi mumkin. Reley to‘lqinining tovush o‘tkazuvchi muhitga kirib borish chuqurligi taxminan sirt to‘lqinining uzunligiga teng bo‘ladi. Agar Reley to‘lqini qo‘zg‘atilgan muhit pyezoelektrik bo‘lsa, bevosita pyezoelektrik effekt ta’sirida uning ichida ham, sirti ustidagi vakuumda ham elektr maydonining sekin to‘lqini mavjud bo‘ladi.

Bunday to‘lqinlar sensorli displeylarda sirt akustik to‘lqinlarga asoslangan texnologiya sifatida qo‘llaniladi. [manbada yo‘q]

Reley turidagi so‘nuvchi to‘lqinlar

Qattiq jism bilan suyuqlik chegarasidagi Reley turidagi so‘nuvchi to‘lqinlar.

Vertikal qutblanishli so‘nmaydigan to‘lqin

Vertikal qutblanishli so‘nmaydigan to‘lqin, suyuqlik va qattiq jism chegarasi bo‘ylab shu muhitdagi tovush tezligida tarqaladi.

Stounli to‘lqini

Stounli to‘lqini, elastiklik modullari va zichliklari bir-biridan uncha farq qilmaydigan ikki qattiq muhitning yassi chegarasi bo‘ylab tarqaladi.

Lyav to‘lqinlari

Lyav to‘lqinlari — gorizontal qutblanishli (SH turidagi) sirt to‘lqinlari bo‘lib, elastik yarim fazo ustidagi elastik qatlam tuzilmasida tarqalishi mumkin.

Pyezoelektriklardagi sirt akustik to‘lqinlari

Pyezoelektriklardagi sirt akustik to‘lqinlari (chiziqli muhit) siljishlar Ui va φ potensiali uchun tenglamalar bilan to‘liq tavsiflanadi:

Tij=CijklSkl−ekijEk,
Di=εijEj+eijkSjk,
Skl=12(∂Uk∂xl+∂Ul∂xk),
Ei=−∂ϕ∂xi,
ρ∂2Ui∂t2=∂Tik∂xk,

bu yerda T, S — mexanik kuchlanish va deformatsiya tenzorlari; E, D — elektr maydoni kuchlanganligi va elektr induksiyasi vektorlari; C, e, ε — mos ravishda elastiklik modullari, pyezomodullar va dielektrik singdiruvchanlik tenzorlari; ρ — muhit zichligi.

Havolalar