Nagasaki haqida

Markaziy shahar
Nagasaki
yapon. 長崎市
32°47′ shim. k. 129°52′ sh. u.HGYaO
Mamlakat  Yaponiya
Prefektura Nagasaki
Shahar meri Siro Suzuki[vd]
Tarix va geografiya
Asos solingan 1579
Markaziy shahar dan 1997
Maydoni 406,46 km²
Markazining balandligi 105 m
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Aholisi
Aholisi 434 065 kishi (2014)
Zichligi 1067,92 kishi/km²
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +81 958
Pochta indekslari 〒850-8685
Kod 42201-1
Boshqa ma’lumotlar
Mintaqa Kyusyu
Ramzlari Guli: Yirik bargli gortenziya
Daraxti: Yog‘ daraxti
city.nagasaki.lg.jp (yapon.)
Нагасаки на карте
Нагасаки
Nagasaki
Нагасаки на карте
Нагасаки
Nagasaki
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Nagasaki (yapon. 長崎市 Nagasaki-si (fayl haqida), so‘zma-so‘z «uzun burun») — markaziy shahar bo‘lib, Yaponiyaning g‘arbiy qismidagi Kyusyu orolida, Nagasaki qo‘ltig‘i yaqinida joylashgan. U Nagasaki prefekturasining ma’muriy markazidir. Shahar maydoni 406,46 km², aholisi — 434 065 kishi (1-iyul 2014-yil), aholi zichligi — 1067,92 kishi/km². Nagasaki — yirik port shahri. U Yaponiyada yadro quroli qo‘llangan ikki shahardan biridir.

Shaharda harbiy-dengiz arsenali, universitet, savdo-sanoat va san’at muzeylari mavjud. Diqqatga sazovor joylari — Oura cherkovi, Suva sintoizm ziyoratgohi (XVI asr), buddaviy ibodatxonalar majmualari — Sofukuji, Kofukuji, Meganebasi ko‘prigi (barchasi — XVIII asr).

1-aprel 1997-yilda Nagasaki Yaponiyaning markaziy shaharlari qatoriga kiritildi.

U dunyoda yadro bombardimoniga uchragan ikkinchi shahar. Atom bombasi AQSh Qurolli kuchlari tomonidan Ikkinchi jahon urushining so‘nggi bosqichida portlatilgan (bir necha avlod yaponiyaliklar uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqargan bu halokatli ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lganmi, degan savol hanuz bahsli).

Umumiy tavsif

Nagasakini ko‘pincha Yaponiyaning «kichik Rimi» deb atashadi. Bu shaharda mamlakatdagi eng katta xristian jamoasi yashaydi, mahalliy cherkovlar soni esa sintoizm ziyoratgohlari va buddaviy monastirlarining umumiy sonidan ham ko‘p. XVII—XIX asrlarda Nagasaki port shahri yaponlar uchun «Yevropaga ochilgan deraza» vazifasini bajargan. G‘arb texnologiyalari va yangiliklari, shuningdek, Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo, Hindiston hamda arab mamlakatlaridan keltirilgan turli noyob buyumlar aynan shu port orqali arxipelagga kirib kelgan.

Nagasaki Xirosimadan keyin dunyodagi yadro bombardimonidan jabr ko‘rgan ikkinchi shahardir. Shahar aholisi yadro quroliga qarshi aksiyalar va qurolsizlanish harakatlaridagi faol ishtiroki bilan tanilgan.

Bugungi kunda Nagasaki Yaponiyaning eng mashhur turizm markazlaridan biridir. U yapon an’analari bilan G‘arbning xristian dunyoqarashi uyg‘unlashgan, manzarali port shahri sifatida tanilgan.

Shahar ramzlari

Nagasaki emblemasi — shahar nomidagi birinchi belgi bo‘lgan 長 (naga, «uzun») iyeroglifining uslublashtirilgan tezkor yozuv shaklidir. Ushbu emblema qog‘oz turnani eslatadi: uning qanotlari yulduz shaklida yoyilgan. Bu ramz tashqi ko‘rinishi sabab «turna porti» deb nomlangan shahar porti bilan bog‘liq.

Nagasaki bayrog‘i

Yulduz ichida doira bo‘ylab joylashtirilgan beshta 市 (shahar) belgisi bor. Ular Nagasaki XIX asr o‘rtalarida ikki yuz yillik mamlakatning yakkalanish siyosati yakunlangach, G‘arb bilan savdo qilish uchun ochilgan Yaponiyaning beshta portidan biri bo‘lganini anglatadi. Nagasaki bayrog‘i tomonlari 2:3 nisbatdagi oq matodan iborat bo‘lib, uning o‘rtasida qizil rangli shahar emblemasi tasvirlangan.

Gortenziya
Yog‘ daraxti

Nagasakining gul ramzi — yirik bargli gortenziya. U endemik o‘simlik hisoblanib, Yaponiya arxipelagida uchraydi. Uni G‘arb dunyosiga nemis shifokori Filipp Frans fon Zibold tanishtirgan. U 19-asr boshlarida Nagasakida bo‘lgan va gulni Hydrangea otakusa deb, shu shaharda yashagan sevgilisi Taki sharafiga nomlagan.

Yog‘ daraxti Nagasakining daraxt ramzidir. O‘simlik asli Xitoydan. Uni 18-asrda xorijlik savdogarlar Xitoy va G‘arb davlatlari bilan savdo qilinadigan yagona port — Nagasakiga olib kelgan. Aynan Nagasaki orqali bu daraxtni yetishtirish butun Yaponiya bo‘ylab tarqalgan.

Geografiyasi

Nagasaki shahri Nagasaki prefekturasi xaritasida

Shahar Nagasaki va Nisi-Sonogi nomli ikkita yarimorolda joylashgan. Uning qo‘shni shaharlari — sharqda Isaxaya va shimolda Saykay, shuningdek, shimoli-sharqda Togitsu va Nagayo shaharchalaridir. Nagasakining g‘arbiy va janubiy qirg‘oqlarini Sharqiy Xitoy dengizi yuvib turadi.

Shahar g‘arb, shimol va sharqdan tog‘lar bilan o‘ralgan cho‘zinchoq Nagasaki qo‘ltig‘i atrofida joylashgan. Nagasakining tarixiy markazi qo‘ltig‘ning sharqiy tomonidagi sohil hududida, Menoto, Mixara, Xombara, Nisiyama, Sunao, Kosima, Inasa, Koebaru, Nisimati va Namesi turar joy mavzelari esa tog‘larda joylashgan. Shu xususiyati tufayli Nagasaki Yaponiyada «qiyalikdagi shahar» yoki «terrassali shahar» nomlari bilan mashhur.

Shahar hududidan Nagasaki portiga quyiladigan ikkita daryo oqib o‘tadi: Urakami  — shimoldan, Nakajima esa  — shimoli-sharqdan keladi.

Iqlimi

O‘rtacha yillik harorat +17,4 °C (yozda +28 °C dan qishda +7 °C gacha). Yiliga taxminan 1678 mm yog‘in tushadi. Shahar iqlimiga iliq okean oqimi kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli Kyusyu orolidagi boshqa shaharlarga qaraganda bu yerda sovuq va iliq fasllar o‘rtasidagi farq kamroq seziladi.

Nagasaki Kyusyu va Xonsyu orollariga xos subtropik musson iqlimi zonasida joylashgan. Kanazava va Sizuoka shaharlari bilan bir qatorda, u Yaponiyaning eng seryog‘in yirik shaharlaridan biridir. Yozda, ayniqsa iyun—iyul oylarida issiq va namlik kuchli bo‘ladi. Qishda ob-havo nisbatan quruq va quyoshli. So‘nggi yillarda qor tobora ko‘proq yog‘moqda.

Nagasakida iqlim o‘zgarishlarini qayd etish boshlangan 1878-yildan beri eng seryog‘in oy iyul 1982-yil bo‘lib, unda 1178 mm yog‘in (bir kunda 555 mm) tushgan. Eng quruq oy esa sentabr 1967-yil bo‘lib, kunlik yog‘in 1,8 mm ni tashkil etgan.

Nagasaki iqlimi
Ko‘rsatkich \Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
O‘rtacha eng yuqori harorat, °C 9,4 10,0 13,9 18,9 22,2 25,0 28,9 30,6 27,2 22,8 17,2 12,2 20,0
O‘rtacha eng past harorat, °C 3,9 4,4 7,2 11,7 15,6 20,0 24,4 25,0 21,7 16,1 10,6 6,1 13,9
Yog‘in miqdori (me’yor), mm 74 86 124 191 191 325 267 188 236 107 89 79 1957
Suv harorati, °C 14 14 14 16 18 21 23 24 24 21 18 14 18,4

Tarixi

Sun’iy yo‘ldoshdan ko‘rinishi

XVI asrning ikkinchi yarmida, yaponlar bilan G‘arb o‘rtasidagi aloqalar faol rivojlangan davrda, hozirgi Nagasaki shahri hududi samuray mulkdori Omura Sumitada qo‘l ostida bo‘lgan. Yevropaliklar bilan savdoni rivojlantirish maqsadida u xristianlikni qabul qilgan va o‘z yerlarida port aholi punktlarini, jumladan Nagasakini barpo etgan. 1570-yilda bu yerda port jihozlangan, 1571-yilda esa Portugaliyadan kelgan birinchi Yevropa kemasi bilan bir vaqtda shaharcha qurilgan. 1580-yilda Omura Nagasaki ustidan nazoratni iyezuitlarga topshirgan, ikki yil o‘tib esa mahalliy portdan Rimga elchilar yuborgan. Iso jamiyatining muvaffaqiyatli missionerlik faoliyati natijasida Kyusyu orolining shimoliy hududlarida yashovchilarning deyarli barchasi xristianlikni qabul qilgan. 17-asr boshlarigacha Nagasaki Yaponiyaning asosiy missionerlik markazlaridan biri va Yevropa—Yaponiya savdosining muhim markazi bo‘lgan.

Aynan 1587-yilda Yaponiyani birlashtirgan Toyotomi Xideyosi qo‘shinlari bilan Kyusyu orolini egallab, mamlakatda xristian ruhoniylari va rohiblarining bo‘lishini taqiqlagan. Keyingi yili u Nagasakini iyezuitlardan tortib olib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy hokimiyatga bo‘ysundirgan. 1592-yilda bu yerda Nagasaki boshqaruvchisi lavozimi joriy etilib, u Yaponiyadagi xalqaro savdo va missionerlarni nazorat qilgan. Missionerlarni qo‘rqitish maqsadida 1597-yilda Nagasakidagi baland tepalikda 26 nafar xristian xochga mixlangan.

Yaponiyada Edo syogunligi o‘rnatilgach, xristianlarga qarshi ta’qib kuchaygan. 1614-yilda hukumat butun mamlakat bo‘ylab bu dinga e’tiqod qilishni taqiqlagan. 1622-yilda markaziy hokimiyat Nagasakida 55 nafar xristianni namoyishkorona qatl etib, shahardagi barcha 16 cherkovni vayron qilgan. Taqiqlangan din tarafdorlarini aniqlash uchun shahar aholisi har yili majburiy ravishda muqaddas tasvirlarni oyoqosti qilish marosimidan o‘tishi kerak edi. 1635-yilda hukumat yaponlarga mamlakatni tark etishni taqiqlagan, 1636-yilda esa Nagasakidagi, asosan portugallardan iborat bo‘lgan barcha yevropaliklarni sun’iy Dejima oroliga majburan ko‘chirgan. Bundan maqsad aholini G‘arb bilan aloqalardan ajratish edi. Simabaradagi xristianlar qo‘zg‘olonidan (1637-yil) so‘ng syogunlik Yevropa kemalarining Yaponiyaga kelishini chekladi. Faqat qo‘zg‘olonni bostirishda yordam bergan hamda protestant Niderlandiya tomonidan xristianlikni tarqatmaslik majburiyati olingani sabab istisno qilindi. Niderlandlar Dejima orolidagi maxsus ajratilgan hududda yashashga va uni tark etmaslikka majbur bo‘lishdi. Shunday qilib, 1641-yilga kelib Yaponiya hukumati mamlakatni G‘arbdan yakkalash tartibini o‘rnatdi va Nagasakini G‘arb bilan aloqa uchun yagona «darvoza»ga aylantirdi.

Oura cherkovi
(Yaponiyaning milliy xazinasi)

XIX asr o‘rtalariga kelib Nagasaki mamlakat hokimiyati Niderlandiya Ost-Indiya kompaniyasi va xitoylik savdogarlar bilan savdo qilishga ruxsat bergan yagona xalqaro port edi. U orqali Yaponiyaga qahva, kartoshka yoki jenshen kabi nodir mahsulotlar, shuningdek, badminton yoki bouling kabi xorijiy o‘yinlar kirib kelgan. Faol savdo tufayli shahar gullab-yashnab, Yaponiyaning eng boy shaharlaridan biriga aylangan. Biroq hukumat 1715-yilda importga cheklov joriy qilgach, Nagasakining iqtisodiy o‘sishi to‘xtagan. Iqtisodiy pasayishga qaramay, shahar xorijiy tillar va «niderland ilmlari» — rangaku, xususan, Yevropa tibbiyoti o‘rganiladigan Yaponiyaning muhim ta’lim markazi bo‘lib qolgan.

Nagasaki 1860-yillarda

XIX asr boshida Yevropa davlatlari mustamlakachilik poygasiga kirishgan. Rossiya, Britaniya va AQSh kemalari Nagasakiga tobora ko‘proq kelib, hukumatdan yakkalanish siyosatiga chek qo‘yishni talab qilgan. Tashqi bosimga qarshilik ko‘rsata olmaslik va mamlakat ichida syogunlik hokimiyatining zaiflashishi natijasida 1859-yilda mahalliy port nihoyat chet el kemalari uchun ochiq deb e’lon qilingan. Bu Nagasakini modernizatsiya qilish imkonini bergan. Aynan shu yerda Yaponiyaning birinchi temiryo‘li, telegrafi va ingliz tilidagi gazetasi paydo bo‘lgan. Yevropaliklar va amerikaliklar Oura hududida shaharning janubiy qismini qurishgan. Ular Yaponiyadagi hukumatga qarshi kuchlarga yordam berib, Meydzi restavratsiyasi muvaffaqiyatiga hissa qo‘shgan. G‘arb elchixonalari faoliyati tufayli mamlakatda xristianlikka nisbatan ikki yuz yillik taqiq bekor qilingan. Natijada ilgari hokimiyatdan yashirincha Isoga e’tiqod qilgan nagasakiliklarning aksariyati cherkovga ochiq qaytish imkonini olgan.

1870-yillarning boshidan XIX asr oxirigacha Nagasaki Rossiyaning harbiy Vladivostok eskadrasi uchun yordamchi baza bo‘lgan, chunki Vladivostok porti muzlab qolardi. Bu yerda Rossiya kemalari ta’mirlanib, maxsus doklarga joylashtirilgan (o‘ziga tegishli dokda), Vladivostok eskadrasi sarflaydigan ko‘mirning katta qismi shu yerda xarid qilingan.

20-iyun 1869-yilda Nagasaki shu nomdagi prefekturaning ma’muriy markaziga aylangan, 1-aprel 1889-yilda esa rasman shahar maqomini olgan. U asta-sekin Yaponiya metallurgiyasi va kemasozligining yirik markazlaridan biriga aylangan. Nagasakining yutuqlari Xalqaro sanoat va turizm ko‘rgazmasida namoyish etilgan. Bu ko‘rgazma 1934-yilda o‘tkazilgan.

Ikkinchi jahon urushi va atom bombardimoni

Atom bombardimonida halok bo‘lgan bolaning kuyib ko‘mirga aylangan jasadi, 10-avgust 1945-yildagi surat (qurbonlarning boshqa suratlariga qarang)

Nagasaki keng ko‘lamli bombardimonga — atom bombasi portlashigacha duch kelmagan. Shunga qaramay, 1-avgust 1945-yilda shaharga bir nechta kuchli portlovchi bomba tashlangan. Ularning ayrimlari shaharning janubi-g‘arbiy qismidagi kemasozlik zavodlari va doklarga, boshqalari esa «Mitsubisi»ning po‘lat eritish hamda qurol zavodlariga tushgan. Oltita bomba tibbiyot maktabi va kasalxona hududiga, ulardan uchtasi esa bevosita binolarga kelib urilgan. Hujumdagi vayronagarchiliklar nisbatan kichik bo‘lgan bo‘lsa-da, ular Nagasakida katta xavotir uyg‘otgan. Aholining bir qismi, asosan maktab o‘quvchilari, qishloq joylarga evakuatsiya qilingan. Shu tariqa atom hujumi paytiga kelib shahar aholisi kamaygan.

Ertalab, 9-avgust kuni Yaponiya vaqti bilan taxminan 7:50 da Nagasakida havo hujumi xavfi e’lon qilinib, 8:30 da bekor qilingan. Odamlar boshpanalardan chiqqan. Soat 10:53 da ikkita uchar qal’a — B-29 (Amerika bombardimonchi samolyotlari) ko‘ringanida, yaponlar ularni razvedka samolyotlari deb o‘ylab, qayta ogohlantirish bermagan bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, samolyotlarni payqagan ko‘plab odamlar boshpanalarga yugurgan. Chunki 1-avgustdagi bombardimondan keyin ular shaharga yana kuchli havo hujumlari uyushtirilishiga ishongan.

Bir necha daqiqadan keyin, soat 11:00 da kuzatuvchi B-29 uchta parashyutda o‘lchov uskunalari blokini tashlagan, soat 11:02 da esa boshqa samolyot «Semiz odam» («Fat Man») nomli, trotil ekvivalentida 21 kilotonna portlash quvvatiga ega atom bombasini tashlagan. Bomba Nagasakining sanoat vodiysi uzra katta balandlikda, janubdagi «Mitsubisi» po‘lat va qurol ishlab chiqarish korxonalari bilan shimoldagi «Mitsubisi»ning Urakami torpeda zavodi o‘rtasida, shahardagi ikkita asosiy nishonning deyarli teng o‘rtasida portlagan.

Bu (Xirosimadan keyingi) AQSh tomonidan Yaponiyaga qarshi uyushtirilgan ikkinchi yadro hujumi bo‘lib, dahshatli vayronagarchilik va ko‘plab insonlar o‘limiga olib kelgan: taxminan 74 000 kishi halok bo‘lgan va 51 000 ga yaqin bino vayron qilingan.

Hokimiyat

Shahar meri

Nagasaki shahri merlari
№ Rus tilida Yapon tilida Vakolat boshlanishi Vakolat tugashi
1 Masanaga Kitaxara 北原雅長 8-iyun 1889-yil 7-iyun 1895-yil
2-4 Toraitiro Yokoyama 横山寅一郎 22-iyun 1895-yil 21-fevral 1907-yil
5 Nobuyori Kitagava 北川信従 16-may 1907-yil 24-may 1913-yil
6 Sadakiti Susuki 薄定吉 21-avgust 1913-yil 18-sentabr 1913-yil
7-8 Koiti Takasaki 高崎行一 25-dekabr 1913-yil 16-yanvar 1922-yil
9 Kan Nisiki ori 錦織幹 11-noyabr 1922-yil 10-noyabr 1926-yil
10 Ko Tominaga 富永鴻 23-mart 1927-yil 22-mart 1931-yil
11 Xideo Kusama 草間秀雄 23-iyul 1931-yil 31-mart 1934-yil
12 Koit iro Sasai 笹井幸一郎 21-may 1934-yil 20-may 1938-yil
13 Yosisuke Aoki 青木善祐 29-avgust 1938-yil 11-mart 1940-yil
14 Jiro Ino 井野次郎 6-iyul 1940-yil 23-may 1941-yil
15-16 Xisasi Okada 岡田寿吉 22-oktabr 1941-yil 15-oktabr 1946-yil
17 Xirosi Osasi 大橋博 9-aprel 1947-yil 3-aprel 1951-yil
18-21 Sutomu Tagava 田川務 27-aprel 1951-yil 1-may 1967-yil
22-24 Yositake Morotani 諸谷義武 2-may 1967-yil 1-may 1979-yil
25-28 Xitosi Motosima 本島等 2-may 1979-yil 1-may 1995-yil
29-31 Ityo Ito 伊藤一長 2-may 1995-yil 18-aprel 2007-yil
32-35 Tomixisa Taue 田上富久 22-aprel 2007-yil 25-aprel 2023-yil
36 Siro Suzuki 鈴木史朗 26-aprel 2023-yil hozirgacha
Nagasaki meriyasining asosiy binosi

2007-yil aprel oyida Nagasaki meri Ityo Ito mahalliy mafiya (yakuza) a’zosi uyushtirgan suiqasd natijasida otib o‘ldirilgan. Boshqa hech kim jabrlanmagan.

Demografiya

2004-yilda Nagasaki aholisi 447 419 kishini tashkil etgan, shaharning umumiy maydoni esa 338,72 km² bo‘lgan.

Iqtisodiyoti

Mitsubishi Heavy Industries

Nagasaki Kyusyu mintaqasining sanoat markazlaridan biridir. Shahar 4 ta iqtisodiy hududga bo‘lingan: Markaziy, Urakami, Sumiyosi va Xigasi.[manba 3108 kundan beri ko‘rsatilmagan].

Aynan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Nagasaki Yaponiyaning yirik kemasozlik markazlaridan biridir. Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasining Nagasaki Shipyard & Machinery Works (yapon. 三菱重工長崎造船所) kemasozlik zavodlarida — Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasining asosiy kemasozlik bo‘linmasida — bugungi kunda, avvalo, ixtisoslashtirilgan tijorat kemalari, jumladan suyultirilgan tabiiy gaz tashuvchi kemalar ishlab chiqariladi. Ikkinchi jahon urushi tugaguniga qadar bu yerda harbiy kemalar ham ishlab chiqarilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin Nagasakida elektrotexnika va mashinasozlik sanoati rivojlandi. Shaharda oddiy dvigatellardan tortib yuqori sifatli murakkab stanoklar va mashinalargacha turli jihozlar ishlab chiqaradigan zavodlar qurildi. Bu sohada yetakchi mavqeni Mitsubishi Electric kompaniyasi saqlab kelmoqda.

Nagasakidagi tramvay

Nagasaki sanoatining boshqa tarmoqlari — oziq-ovqat (jumladan, baliq konservalash), metallurgiya, to‘qimachilik, neft-kimyo va yog‘ochni qayta ishlash sanoatidir. Nagasaki yaqinida toshko‘mir havzasi ham mavjud.

Mintaqadagi yetakchi banklardan biri — 1877-yilda tashkil etilgan The Eighteenth Bank, Limited (18-davlat banki) bo‘lib, uning 30 ta filiali bor. Yana bir yirik mintaqaviy bank — Nagasakiginko bo‘lib, 11 ta filiali mavjud.

Nagasaki transport tizimiga aeroport (shahar chetidagi Omura), port, temiryo‘l magistrali, tramvay va avtobus terminali kiradi. Shaharda kanat yo‘li (funikulyor) ham Inasa tog‘iga olib chiqadi.

Madaniyat

Ta’lim va fan

Din

Nagasaki shahri va prefekturasida Yaponiyaning eng yirik xristian jamoasi yashaydi.

Ikki asrdan ortiq davom etgan Yaponiyaning yakkalanish davrida, Nagasaki yagona port sifatida niderlandlar va xitoyliklar bilan cheklangan savdo olib borgan. Protestant niderlandlar xristianlikni u qadar faol targ‘ib etmagan bo‘lsalar-da, barcha aloqalar faqat Nagasaki orqali yo‘lga qo‘yilgan. Shahar 26 nafar shahidning qatl etilishi bilan mashhur. Xristianlarga qarshi ta’qiblar 1873-yilda din erkinligiga rasman ruxsat berilguniga qadar davom etgan. Hatto Meydzi restavratsiyasidan keyingi dastlabki yillarda, 1860-yillarda Nagasakida xristianlar qatl etilgani qayd etilgan.

Mashhur shaxslar

  • Ineko Sata (1904—1998) — yozuvchi va jamoat arbobi.

Tadbirlar

Har yili aprel oyida Nagasakida Yaponiyadagi eng yirik varrak uchirish musobaqasi o‘tkaziladi.

Diqqatga sazovor joylar

Obyekt
Tavsif
Obyekt
Tavsif
Yapon shahidlarining qatl etilgan joyi — Nisi-zaka tepaligi, bu yerda 1597-yilda Yaponiya hukmdori Toyotomi Xideyosi buyrug‘i bilan 26 nafar xristian — 20 nafar yapon va 6 nafar chet ellik qatl etilgan. Bu joy «Yaponiya Golgofasi» deb hisoblanadi. Tepalikda xristianlarning xochga mixlanganini yodga olish uchun yodgorlik o‘rnatilgan. Yapon shahidlari muzeyi Yaponiyada xristianlik tarixiga bag‘ishlangan. Ekspozitsiyada Fransisk Ksaveriy tomonidan Portugaliya qiroli Juan III ga yozilgan xat, 16—19-asrlarga oid xristian qo‘lyozmalari va san’at asarlari namoyish etiladi. Muzeyda kutubxona ham mavjud.
Oura cherkovi Yaponiyadagi eng qadimgi neogotika uslubidagi cherkovdir. Uni fransuz katolik missionerlari 1864-yilda qurishgan. Nagasakida ushbu ibodatxonaning bunyod etilishi shahardagi xristian jamoasini qayta jonlantirgan. Cherkov Yaponiyaning milliy xazinasi. Urakami sobori — Nagasaki shahrining ramzlaridan biri. Uning qurilishi bir necha o‘n yil davom etib, 1925-yilda tugallangan. Xristianlar yashaydigan Urakami mavzesiga tashlangan atom bombasi soborni vayron qilgan, biroq u 1959-yilda qayta tiklangan.
Buddaviy monastir — Xonrenji (本蓮寺) jangovar Nitiren-syu mazhabi rohiblari tomonidan 1620-yilda muqaddas Lazarning xristian kasalxonasi va Cho‘qintiruvchi Ioann cherkovi o‘rnida tashkil etilgan. Xristianlar ta’qib qilingan davrda ularning ko‘plari ushbu monastir hovlisida halok bo‘lgan. «Dejima Niderlandiya savdo faktoriyasi» muzeyi sobiq sun’iy Dejima oroli o‘rnida tashkil etilgan. Bu orol XVII—XIX asrlarda Yaponiyaning «Yevropaga ochilgan derazasi» bo‘lgan. Muzeyda niderland savdo faktoriyasi binolari qayta tiklangan, o‘sha davrga oid maishiy buyumlar va ilmiy asboblar namoyish etiladi.
Ko‘zoynak ko‘prigi —  — Meganebasi, 1634-yilda Nakajima daryosi ustidan qurilgan bo‘lib, Yaponiyaning qimmatli madaniy merosidir. Ko‘prikning nomi uning ikki ravog‘i va suvdagi aksi hosil qiladigan «ko‘zoynak» shaklidan kelib chiqqan. Nagasakining eski Xitoy mavzesi o‘rnidagi, «Xitoy hovlilari» deb atalgan inshootlar. Ular Yaponiya hukumati tomonidan 1689-yilda Xitoy bilan savdoni bir joyga jamlash va xitoyliklar kontrabandasiga qarshi kurashish uchun barpo etilgan.
Nagasaki tarixi va madaniyati muzeyi, Yaponiyaning dunyo bilan xalqaro aloqalari, Yaponiyadagi xristianlik va yakkalanish davri (XVII—XIX asrlar)ga bag‘ishlangan. Muzey binosi o‘rta asrlarda Nagasaki davlat boshqaruvchisi qarorgohi joylashgan hududda qurilgan. Qarorgoh muzey zallarida to‘liq qayta tiklangan. Sintoizm ziyoratgohi — Suva-jinja (諏訪神社) 1625-yilda yapon xristianlari yo‘q qilgan Suva, Sumiyosi va Moridzaki ziyoratgohlari o‘rnida tashkil etilgan. Unda dengiz ilohiga sig‘iniladi. Ziyoratgohda umumshahar Nagasaki Kunti.
bayrami o‘tkaziladi. Monastir — Sofukuji (崇福寺) Nagasakining to‘rtta buddaviy «baxt monastiri»dan biri bo‘lib, 1629-yilda Janubiy Xitoy rohiblari tomonidan qurilgan. Monastirning qizil «Ajdaho darvozasi» va «Qahramonlar xazinasi» Yaponiyaning milliy xazinalari. qatoriga kiradi. Monastir — Fukusayji (福済寺) Nagasakining to‘rtta buddaviy «baxt monastiri»dan biri bo‘lib, 1628-yilda xitoylik dzen rohiblari tomonidan qurilgan. Oq bodxisattva Kannon haykali 1971-yilda Nagasaki atom bombardimonida halok bo‘lganlar xotirasiga o‘rnatilgan.
Monastir — Syofukuji (聖福寺) Nagasakining to‘rtta buddaviy «baxt monastiri»dan biri bo‘lib, 1677-yilda xitoylik dzen rohiblari tomonidan Tan sulolasi uslubida qurilgan. Monastir shahardagi eng katta qo‘ng‘irog‘i bilan mashhur. Monastir — Kofukuji (興福寺) Nagasakining to‘rtta buddaviy «baxt monastiri»dan biri bo‘lib, 1624-yilda xitoylik rohiblar tomonidan, xristianlar ta’qib qilingan davrda, xitoy jamoasi buddaviylikka e’tiqod qilishini isbotlash uchun qurilgan.
Glover bog‘i — Nagasaki qo‘ltig‘ining ajoyib panoramasi ochiladigan tog‘ bog‘i. Sobiq «chet elliklar uchun ajratilgan hudud»da joylashgan bo‘lib, unda 2-yarmi XIX asrga to‘g‘ri keladigan G‘arb me’morchiligining ko‘plab qimmatli obidalari saqlangan. Konfutsiy maqbarasi — Yaponiyadagi yagona Konfutsiy ibodatxonasi bo‘lib, 1893-yilda xitoyliklar tomonidan qurilgan. Maqbara hududida Xitoy qadimiy buyumlari muzeyi joylashgan.
Qadimiy Sanno-jinja ziyoratgohi darvozasi bilan mashhur. U 1945-yildagi atom bombasi portlashida vayron bo‘lgan. Bugun undan faqat bir ustun qolgan — u urush dahshatlarini eslatib turadi. Nagasaki Tinchlik bog‘i — shaharning shimoliy qismida joylashgan, 9-avgust 1945-yildagi atom bombardimoni qurbonlariga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi. Bog‘ning ramzi — rassom Kitamura Seybo yaratgan tinchlik uchun duo qilayotgan inson haykali.
Atom bombasi muzeyi tashrif buyuruvchilarni 9-avgust 1945-yilda shahar boshiga tushgan fojia bilan batafsil tanishtiradi. Ko‘rgazma zallarida 900 dan ortiq fotosurat, film va bombardimondan jabr ko‘rganlarga tegishli buyumlar namoyish etiladi. Muzeyning asosiy mavzusi — yadro qurolsizlanishidir. Atom bombasi portlashining epitsentri Nagasakida kichik bog‘ga aylantirilgan. Uning o‘rtasida Urakami soborining qisman vayron bo‘lgan ustuni turibdi. Portlash markazidan 500 m uzoqlikda joylashgan sobor xarobalaridan bu yerga ko‘chirilgan ustun xristianlarning tinchlik haqidagi duosi ramzidir.

Muzeylar

Bog‘lar

Mahalliy taomlar

  • Kastella — XVI asrda portugaliyalik savdogarlar orqali Nagasakiga kirib kelgan biskvit. Hozir Yaponiyadagi eng mashhur biskvitlardan biridir.
  • Champon va Sara udon — an’anaviy ugra turlari.

Qardosh shaharlar

Chet eldagi
Mamlakat ichidagi

Havolalar