Kimyoviy elementlar davriy jadvalining yaratilish tarixi

Kimyoviy elementlar davriy jadvalining yaratilish tarixi

Davriy qonunning kashfetilishiga kimyo, fizika, biologiya sohasida qilingan qator qonunlar va kashfiyotlar sabab bo'ldi. Qadimgi grek olimi Demokrit tabiatdagi barcha jismlar juda kichik zarrachalar- atomlardan tashkil topgani haqidagi fikrini aytgan.

Markaziy Osiyolik olim Ar-Roziy atomlar bo'linishini va ular boshliqlar va doimo harakatda bo'lib tutuvchi juda mayda zarrachalardan iboratligini aytgan. Abu Rayhon Beruniy atomlar bo'linmas zarrachalar deb aytgan olimlarga qarshi, atomlar mayda bo'linuvchan zarrachalardir, deb aytgan.

Buyuk olim Abu Ali Ibn Sino o'sha davrlarda malum bo'lgan barcha tabiiy davo hisoblangan kimyoviy moddalarning tarkibi va xossalarini klassifikatsiyasini ishlab chiqqan. Ingliz olimi R.Boyl kimyoviy elementlar oddiy bo'linmas moddalar sifatida murakkab moddalar tarkibiga kiradi, degan fikr bildirgan.

1756 yilda M.V.Lomonosov massaning saqlanish qonunini kashf etdi.

1801-1806 yillarda J.L.Prust tarkibning doimiylik qonunini yaratdi.

1803-1804 yillarda J.Dalton atom-molekular talimotni rivojlantirib, fanga atom massasi tushunchasini olib kirdi.

1814 yilda Ya.Berselius 46 ta elementning atom massalari asosida kimyoviy elementlar jadvalini tuzdi.

1817-1829 yillarda I.V.Debereyner elementlaming atom massalari asosida triadalar nazariyasini taklifqildi.

1853 yilda Frankland fanga valentlik tushunchasini olib kirdi.

1858 yilda nemis kimyogar olimi A.Kekule uglerodning to'rt valentli ekanini e‘lon qildi.

1861 yilda A.M.Butlerov organik birikmalaming tuzilish nazariyasini kashf etdi.

1862 yilda A.de Shankurtua silindr shaklidagi kimyoviy elementlar jadvalini yaratdi.

1864 yilda Meyer elementlar atom massalarining ortib borishiga asoslangan jadvalini taklif qildi.

1865 yilda J.Nyulends elementlar ekvivalentlariga asoslangan oktavalar qonunini taklifqildi.

1869 yilda D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy qonunini kashf etdi.

Kimyoviy elementlarning davriy jadvali tabiat qonunidir va u tabiatda mavjud bo'lgan bog'lanishlarni ifodalaydi. Bu qoninning kashf etilishi elementlar atom massalari bilan ularning xossalari orasidagi o'zaro bog'liqlikni chuqurroq o'rganishga imkoniyat beradi. D.I.Mendeleyevning ham nazariy, ham amaliy kuzatishlari asosida elementlar atom massalari ortib borishi bilan ularning xossalari davriy ravishda o'zgarib borishi aniqlandi:

1. Davrlarda elementlarning atom massalari ortib borgan sari ularning metallik xossalari susayib boradi.

2. Elementlarning metallmaslik xossalari kuchayib boradi.

3. Elementlarning metallik xossalari kamayib borib, amfoter xossalami namoyon qiladi, keyin esa kuchsiz metallmaslik xossalari bilan almashinadi.

4. Elementlarning metalmaslik xossalari kuchyib borib, inert gazlargakelganda to'xtaydi.

5. Elementlarning kislorodga nisbatan valentligi davrlarda birdan boshlanib, davriy ravishda ortib boradi.

6. Elementlarning uchuvchan vodorodli birikmalaridagi valentligi kamayib boradi.

7. Elementlarning gidroksidlarida, ishqorlardan boshlab, asoslik xossalari amfoterlik bilan almashinib boradi, amfoterlik esa kislotalik xossalari bilan almashinib, kislotalik kuchayib boradi.

Elementlami H vodoroddan boshlab, bir qatorga joylashtirib borganda, atom massalar ortishi bilan litiydan boshlab har to'qqizinchi elementda birinchi elementning xossalari qaytarilganini ko'rish mumkin. Litiy Li eng kuchli metall bo'lib, Be berilliyda metallik xossasi kamayadi, В borga kelib esa metallmaslik bilan almashinadi. Bordan keyingi elementlarda metalmaslik xossalari kuchayib boradi vaF ftorga kelganda ftor eng kuchli metalmas ekanini ko'ramiz.

Bu qatoming oxirida inert gaz holidagi Ne neon turadi va u metallik yoki metalmaslik xossalarini namoyon qilmaydi. Neondan keyingi element Nanatriy litiyning xossalarini takrorlaydi. Natriy ham litiy kabi kuchli metall, valentligi birga teng. Natriydan keyingi elementlar xuddi shunday tartibda metallik xossalari kuchsizlanib, metalmaslik kuchayib boraveradi va CI xlorga kelganda u kuchli metalmas ekanini ko'ramiz. Ar argon esa neon kabi inert gaz.

Argondan keyingi К kaliy yana natriy kabi kuchli metallik xossalariga ega elementdir. Shunday qilib, elementlarning xossalari davriy ravishda qaytariladi. D.I.Mendeleyev argonning atom massasi (40) kaliynikidan (39) katta bolishiga qaramay, kimyoviy xossalariga ko‘ra argonni inert gazlar guruhuga, kaliyni esa ishqoriymetallar guruhuga joylashtirdi va bunda davriy qonun buzilmadi.

D.I.Mendeleyev elementlaming'atom massalaridan ko‘ra ulaming tartib raqamlari muhim ekanini ko‘rsatdi. Tartib raqam elementlar atomidagi protonlar va elektronlarsoniga tengdir. Keyinchalik o‘tkazilgan kuzatishlar haqiqatan ham argonning yadrosida 18 ta, kaliyda 19 ta proton borligini ko'rsatdi. Hozirgi vaqtda davriy qonun quyidagicha izohlanadi: Kimyoviy elementlaming xossalari, shunungdek, ular hosil qilgan oddiy va murakkab moddalarning xossalari shu elementlaming atomi yadrosidagi zaryadga davriy ravishda bog'iqdir.

O‘z vaqtida berilliyning atom massasi 13,5 deb, valentligi 3 ga teng deb olingan. Unda berilliy uglerod va azot orasida joylashishi va tartibraqami 6 ga teng bo'Iishi kerak edi. Shu sababli Mendeleyev berilliyning valentligi 2 ga teng bo‘ Isa kerak, deb taxmin qilib, uni litiy va bor orasiga joylashtirdi. Atom massasi esa 9 bo'Iishi kerak edi. Keyingi tadqiqotlar haqiqatan ham berilliyning atom massasi 9 o'zi esa ikki valentli element ekanini ko'rsatdi.