1895 yili ingliz olimi Kruks gazlarda elektrrazryadini o'rganib (Kruks naychasi), manfiy qutb (katod) dan nur chiqishini va uning oddiy nurdan farqlanib, magnit maydoni ta’sirida “og‘ishi”ni aniqladi. Bu manfiy zaryadli zarrachalar oqimini Kruks “katod nurlari” deb atadi. J. Tomson bu zarrachalar tabiatini o'rganib, uning zaryadini massasiga nisbati(e/m = — 1,76▪10-11Kl/kg) turli gazlarda bir xil ekanligini aniqladi. Bu zarrachani elektron— qahrabo, ishqalanganda zaryadlanuvchi modda nomi bilan atadi.
Bu hodisa va fotoeffekt (yorug'lik nuri ta’sirida metallardan manfiy zaryadli zarrachalarning chiqishi) hodisalarining kashfetilishi atom tarkibida elektronlar mavjudligini kо‘rsatdi. A. Bekkerel tomonidan 1896 yilda uran о‘rganilib, radioaktivlik hodisasining ( α-,β-, γ-nurlari) kashf etilishi atomda elektrondan boshqa yana kichik zarrachalar (musbat zaryadli zarracha) borligini ko'rsatdi.
1895 yilda nemis fizigi Rentgen katod nurlarining sirtga urilib, yangi nur (X-nur) hosil qilishini va u λ=10-10m to'lqin uzunligi bilan tavsiflanishini aniqladi. 1898 yili barcha ma’lumotlarni umumlashtirib, Tomson atomining tarkibi to'g'risidagi dastlabki fikmi ilgari surdi. Atom zaryadlangan zarrachalardan iborat bo'lib, unda musbat zaryadli zarrachalar orasida manfiy zaryadli zarrachalar joylashgan, deb aytdi.
1909 yilda E.Rezerford va uning shogirdlari G. Geyger va Marsden yupqa metall folga (plastinka)ni α-zarrachalar bilan ta’sirini o'rganib, bu zarrachalaming asosiy qismi plastinkadan o'tishini,juda kam qismi (8000 tadan bittasi) o'z yo'nalishini o'zgartirishi, hatto orqaga qaytishini aniqladilar.

Shundan so'ng “atom — bo'linuvchan murakkab zarracha”, degan tushuncha paydo bo'ldi va bu murakkab zarrachani o'rganish muammolari yuzaga keldi. Bu muammolarni o'rganish bilan shug'ullangan Rezerford o’zining olib borgan aniq tajrifialari asosida quyidagi xulosalarga keldi:
— atomning deyarli barcha massasi va musbat zaryadli materiyasi (zarrachasi) uning kichik hajmli markazida to‘planadi, bunga yadro deyiladi;
— atom yadrosining musbat zaryadi uning atrofida aylanib yuruvchi va son jihatidan yadro zaryadiga teng bo‘lgan manfiy zaryadli zarrachalar-—elektronlar bilan neytrallanadi.
Eng oddiy atom— vodorod atomidir. Eng oddiy yadro ham vodorod atomi yadrosidir. Uning zaryadi son jihatidan elektronzaryadiga teng, ishorasi esa teskari bo'ladi. Bu yadroning massasi boshqa barcha atomlar yadro massalaridan eng kichigidir(m = l,679*10 -29kg).
Vodorod yadrosi 1920 yilda Rezerford tomonidan elementar zarracha deb tan olindi va unga “proton”— “birinchi” degan nom berildi. Protonning shartli belgisi—11P.
Vodoroddan boshqa elementlarning yadro zaryadi qiymati ular atomlari massasidan farq qilishi aniqlandi va yadroda protondan boshqa yana zaryadsiz, lekin aniq massaga ega bo'lgan zarracha borligi to‘g‘risida taxmin paydo bo‘ldi. 1932 yilda ChedvikBe atomini α-zarrachalar bilan ta’sirini o'rganib chiqib, bunday zarrachaning mavjudligini isbotladi va unga “neytron ” (1n) nomini berdi.
1932 yildaD. I. Ivanenko va Geyzenberg atom yadrosining proton-neytron nazariyasini yaratdilar, ya’ni yadroning tarkibi proton va neytrondan iboratligi tan olindi. Proton va neytron birgalikda “nuklonlar” deyiladi. “Nuklon” lar yadro tarkibini tashkil etuvchi zarrachalar ma’nosini anglatadi.
Atom tarkibini tashkil etgan elementlar zarrachalarining asosiy tavsifnomalari
| Elementar zarracha | Belgisi | Zaryadi, kl | Nisbiy zayadi | Masas, kg | Massaning atom birilgi |
| Proton | 11P | +1,60212*10-19 | + 1 | +1,6726*10-27 | 1,0073 |
| Neytron | 1n | 0 | 0 | +1,6750*10-27 | 1,0087 |
| Elektron | e− | +1,60212*10-19 | -1 | + 9,1075*10-31 | 5,4858*10-4 |
1913 yilda Mozli yadroning zaryadi atomning raqamiga tengligini va bu elementning tartib raqami ekanligini aniqladi hamda tartib raqamini Z harfi bilan belgilashni taklif etdi.
Biror element atomi yadrosidagi protonlar (musbat zaryadlari soni N(p) elementning tartib raqamiga tengdir: N(p)= Z=N. Atomining massasi atom yadrosidagi protonlar soniva_neytronlar soni yig'indisiga teng :A = N(p) + N(n).

Bu formuladagi N(p) o‘riga Z ni qo‘ysak, A = Z + N(n) kelib chiqadi. Bu formula kimyoviy elementning tartib raqami bilan atom og'irligining o‘zaro bog'liqligi isbotidir. Bu xulosalarning to‘g‘riligini Na- elementi atomining tarkibini tahlil etish bilan tekshirib ko‘raylik. Na- elementining tartib raqami Z = 11.
Uning yadrosida N = 11 ta va N(n)= A — Z = 23 — 11 = 12 ta. Jami—23 ta nuklon bor. Atomdagi elektronlar soni N(p) = N(e) = 11 ta.
Bu ilmiy tajribalar va ular asosida yig'ilgan dalillar atomning tarkibi to‘g‘risida quyidagi xulosalarga olib keladi:
— atom musbat zaryadli yadro va manfiy zaryadli elektronlardan iborat;
— yadro atomning markazida joylashgan bo'lib, proton va neytronlardan tashkil topgan. Yadroda atomning barcha massasi yig'ilgan.
