Atom-molekulyar ta’limot nuqtai nazaridan kimyoning asosiy qonunlariga moddalar massasining saqlanish qonuni, tarkibning doimiylik qonuni, ekvivalentlar qonuni, karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni, Avogadro qonuni kiradi. Ular stexiometrik qonunlar deyiladi. Stexiometriya —kimyoning alohida bo‘limi bo'lib, unda reaksiyaga kirishuvchi moddalar orasidagi massa va hajmiy nisbatlar ko'rib chiqiladi. Stexiometrik miqdorlar — moddaning reaksiya tenglamasiga ko'ra yoki formulaga muvofiq keladigan miqdorini bildiradi. Asosiy miqdoriy qonunlami alohida-alohida ko'rib chiqamiz.
Moddalar massasining saqlanish qonuni
Ma’lumki, kimyoviy jarayonlar moddalar molekulalari, atomlari va ionlari o'rtasida ro'y berib, ular o'zaro ma’lum miqdor yoki og'irlik nisbatlarida ta’sirlashadilar. Reaksiya davomida moddalaming shakli, rangi, tarkibi o‘zgarsa-da, ularning umumiy miqdori o'zgarmay qoladi. Shu og'irlik miqdori bilan bog'liq munosabatlami o'rganuvchi asosiy qonun moddalar massasining saqlanish qonunidir.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalar massalarining yig'indisi reaksiya natijasida hosil bo'lgan moddalar massalari yig'indisiga tengdir.
Ta’rifning qanchalik to'g'ri ekanligini quyidagi tenglama misolida tekshirib ko'raylik:
H2SO4 + 2KOH = K2SO4 + 2H2O
∑mdast.modda = ∑mhosil bo'lgan modda
Tenglamada H2SO4, KOH — dastlabki moddalar, hosil bo'lgan moddalar K2SO4 va H2O ekanligini bilgan holda:
∑mdast.modda = MH2SO4 + 2MKOH =98+(2 *56)=210 g
∑mhosil bo'lgan modda = MK2SO4 + 2MH2O=174+(2 *18)=210 g
bundan
∑mdast.modda = ∑mhosil bo'lgan modda yani 210 = 210 g ekanligi kelib chiqadi.
Bu qonun asosida har qanday kimyoviy reaksiyalar bilan bog'liq miqdoriy hisoblashlar amalga oshiriladi. Yirik ishlab chiqarish jarayonlari (kimyo sanoati) uchun qo'llanilganda esa, har bir texnologik jarayonning moddiy balansi (xomashyo sarfi, mahsulot ishlab chiqarish unumijni hisoblashni o'rgatadi. Yadro reaksiyalarida moddalar massasining saqlanish qonuniga amal qilmaydi. Chunki bunday reaksiyalardabir element yadrosidan boshqa elementlar yadrolari hosil bo'lishida massa o'zgarishi ro'y berib, dastlabki yadrolar massalari yig'indisi bilan hosil bo'lgan yadrolar massalari yig'indisi о ‘rtasida Δm — qiymatga teng farq yuzaga keladi. Bu massa farqi “massa defekti” deyiladi. Tinchlik massasi m0 quyidagi E= Δm0•c2 formulasiga binoan E ga to‘g‘rikelgan qiymatga proporsional ravishda о‘zgaradi.
Bu formula A.Eynshteyn tomonidan taklifetilgan bo'lib, E-moddaning tinch holatdagi energiyasi, m-modda massasi, c-yorug'likning vakuum sharoitidagi tezligi bo'lib, 3 •108 m/sek ga teng. E=8,9 •1011 kJ/mol bo'ladi. Kimyoviy jarayonlarda ajralib chiquvchi energiya massaning 10-7% iga proporsionaldir. Yadro reaksiyalarida juda katta energiya ajralgani uchun massa kamayadi, shu sababli bu yerda massaning saqlanish qonuni amal qilmaydi. Moddalar massasining saqlanish qonuni barcha kimyoviy hisoblashlarda qo‘llaniladi. Uni qo‘llash bilan bog‘liq bo'lgan ayrim hisoblashlar bilan tanishib chiqamiz.

1-masala. Tarkibida 10% qo'shimchasi bo'lgan 10 g texnik temir namunasi bilan reaksiyaga kirishishi uchun necha gramm HCl moddasi kerak?
Yechish: a) 10 g texnik temir namunasidagi sof Fe moddasining og'irligini hisoblaymiz:
10 g namuna -» 100 % bo'lsa,
mqo'shimcha -» 10 % bo'ladi.
mqo'shimcha = 10*10/100=1g
Endi mFe = mnamuna - mqo'shimcha =
=10 — 1 = 9g.
Fe + 2HCl = FeCl2 + H2 tenglamaga ko'ra:
mHCl = 9*73/56=11.73g HCl kerak.
Moddaning massasining saqlanish qonuniga misol sifatida kislorodda uglerodning yonishi natijasida karbonat angidrid (karbonat angidrid) hosil bo'lish reaksiyasida ko'rsatilishi mumkin.
Reaksiya:
C (uglerod) + O2 (kislorod) -> CO2 (karbonat angidrid)
Masaning saqlanish qonuni tenglamasi:
Uglerodning massasi (C) + Kislorodning massasi (O2) = Karbonat angidridning massasi (CO2)
Dastlabki reaktivlarda 12 gramm uglerod (C) va 32 gramm kislorod (O2) bo'lsin.
Yechim:
- Uglerodning massasi (C) = 12 g.
- Kislorodning massasi (O2) = 32 g.
- Reaksiya natijasida hosil bo'lgan karbonat angidrid (CO2) massasini ko'rib chiqing. Reaksiyada har bir uglerod atomi ikkita kislorod atomi bilan birlashadi: Bir CO2 molekulasining massasi = C atomining massasi + 2 * O atomining massasi Bir CO2 molekulasining massasi = 12 g / mol (C atomi) + 2 * 16 g / mol (O atomi) Bir CO2 molekulasining massasi = 44 g/mol
- Endi hosil bo'lgan CO2 molekulalari sonini topamiz: CO2 molekulalari soni = CO2 massasi / bitta CO2 molekulasining massasi CO2 molekulalari soni = (12 g + 32 g) / 44 g / mol ≈ 44/44 mol = 1 mol CO2
- Standart sharoitda bir mol gaz (0°C va 1 atmosfera bosimi) taxminan 22,4 litr hajmga ega.
- Shunday qilib, 1 mol CO2 taxminan 22,4 litr hajmni egallaydi.
- Reaksiya natijasida 1 mol CO2 hosil bo'ladi, ya'ni karbonat angidridning hajmi taxminan 22,4 litrni tashkil qiladi.
Bu misol shuni ko'rsatadiki, moddaning massasining saqlanish qonuni ushbu reaksiyada kuzatiladi: boshlang'ich reaktivlarda uglerod va kislorod massasi mahsulotlardagi karbonat angidrid massasiga teng.
