Har qanday modda sifat va miqdor tarkiblari bilan ajralib turadi va ularmoddalami tavsiflovchi asosiy kattaliklar qatoriga kiradi. Shu sababli, kimyoning asosiy qonunlari qatoridamodda tarkibining doimiylik qonuni ham turadi. Bu qonunning asoschilari J. Dalton, S. Prust va A. Lavuazyedir. 1808 yida fransuz olimi J.Prust taklif qilgan qonun 1809 yilda tan olindi.
Qonunning ta’rifi: Har qanday kimyoviy toza modda qanday moddalardan va qanday usulda olinishidan qat’inazar doimo bir xil sifat va miqdor tarkibga ega bo'ladi.
Bu qonunning ma’nosini quyidagi misol bilan tushuntirsa bo'ladi. Osh tuzi —NaCl moddasini quyidagi reaksiyalar bo'yicha hosil qilish mumkin:
a) 2Na + Cl2 = 2NaCl
b) NaOH + HCl = NaCl + H2O
v) BaCL2 + Na2SO4 = 2NaCl + BaSO4
Tenglamalardan ko'rinib turibdiki,uchala reaksiya (uchta usul) bilan hosil qilingan NaCl moddasi tarkibida 1 atom Na ga 1 atom Cl to'g'ri keladi.
Tarkibi doimiy bo'lgan moddalarni “daltonid” deyiladi. Ular qatoriga kislotalar, asoslar, tuzlar, gazlarkiradi. Lekin shunday moddalar ham borki, ulami hosil qilishda reaksiya sharoiti (P, T, V, C) ozgina o'zgartirilsa, hosil bo'ladigan moddaning tarkibi ham o'zgaradi, ya’ni ular tarkibning doimiylik qonuniga bo'ysunmaydilar. Bunday moddalarni bertollidlar deyiladi. Ular qatoriga og'ir metallarning oksidlari TixOy; TiO1.98 ,TiO2; ZrxOy; Zr1.2O2.1, Zr0.9O2; sulfidlari MexSy; Zr0.7O2.5; ko‘pchilik qotishma va shishalar kiradi.
- Mavzuga doir maqolalar:
- Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari
- Moddalar massasining saqlanish qonuni
- Tarkibning doimiylik qonuni
- Avogadro qonuni haqida
- Ekvivalentlar qonuni haqida
Modda tarkibidagi atomlarning miqdor o'zgarishlari sifat o'zgarishlariga olib keladi. Miqdorva sifat doimo o'zaro bog'liqdir. 1803 yilda J.Dalton karrali nisbatlar qonunini kashfqildi. Agar ikki element bir-biri bilan bir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmalardagi bir element massasiga to‘g‘ri keluvchi boshqa element massalari oizaro kichik butun sonlar nisbatida bo'ladi.
Masalan,
CO da O(57,14%): C(42,86%) = 1,33
va CO2 da O(72,73%): C(27,27%) =2,66
2,66:1,33=2
Tarkibning doimiyligi qonunining ahamiyati
Tarkibning doimiyligi qonuni kimyoning asosiy tamoyillaridan biri bo'lib, kimyoviy reaksiyalar jarayonida moddaning massasi o'zgarmasligini aytadi. Bu qonun 18-asr oxirida frantsuz olimi Antuan Lavuazye tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi zamon kimyosining rivojlanishiga asos boʻlgan.
Tarkibning doimiyligi qonuni kimyoviy jarayonlar va ularning oqibatlarini tushunish uchun muhimdir. Bu reaksiyada ishtirok etuvchi reagentlar va mahsulotlar miqdorini hisoblash, shuningdek ularning kimyoviy tarkibini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, u energiyaning saqlanishi, zaryadning saqlanishi qonuni kabi ba'zi hodisalarni tushuntirishga yordam beradi
