| Shahar | |||||
| Kardiff | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| uels. Caerdydd ingl. Cardiff | |||||
| | |||||
|
|||||
| 51°28′48″ sh. k. 3°10′48″ g‘. u.HGYaO | |||||
| Davlat |
|
||||
| Maqomi | poytaxti: Uels | ||||
| Mintaqa | Uels | ||||
| Ichki bo‘linishi | 32 ta jamoa | ||||
| Shahar kengashi rahbari | Rodni Berman | ||||
| Tarixi va geografiyasi | |||||
| Asos solingan | 1081 | ||||
| Shahar maqomi berilgan yil | 1905 | ||||
| Maydoni | 140 km² | ||||
| Markazining balandligi | 41 m | ||||
| Iqlim turi | mo‘tadil (Cfb) | ||||
| Vaqt mintaqasi | UTC±0:00, yozda UTC+1:00 | ||||
| Aholisi | |||||
| Aholisi | 383 919 kishi (2024) | ||||
| Aholi zichligi | 2472,14 kishi/km² | ||||
| Aglomeratsiya aholisi | 841 600 | ||||
| Rasmiy til | uels tili va ingliz tili | ||||
| Raqamli identifikatorlar | |||||
| Telefon kodi | +44 29 | ||||
| Pochta indekslari |
CF3, CF5, CF10, CF11, CF14, CF15, CF23, CF24 |
||||
| Avtomobil kodi |
CA, CB, CC, CD, CE, CF, CG, CH, CJ, CK, CL, CM, CN, CO |
||||
|
|
|||||
|
Kardiff shahrining rasmiy sayti (ingl.) (uels.) |
|||||
Kardiff (uels. Caerdydd XFA: audiofayl haqida, ingl. Cardiff XFA: audiofayl haqida) — Uelsning eng yirik shahri va poytaxti. U unitar ma’muriy birlik bo‘lib, sitimaqomini 1905-yilda sanoatning mintaqada jadal rivojlanishi va Kardiffdan asosiy port sifatida ko‘mirni Uelsdan tashish uchun foydalanilishi tufayli olgan.
1955-yilda shahar Uels poytaxti deb e’lon qilingan. 2024-yil holatiga ko‘ra, aholisi 383 919 kishi.
Nomining kelib chiqishi
«Kardiff» nomi ingliz tilida o‘zgartirilgan uelscha toponim Caerdydddan kelib chiqqan. So‘zning birinchi qismi — caer — tushunarli bo‘lib, «qal’a» deb tarjima qilinadi, ammo nomning ikkinchi qismi turlicha talqin qilinadi. Hozirgi uels tilida quyidagi so‘z mavjud: dydd— «kun» ma’nosini anglatadi. Biroq shahar nomida aynan shu so‘z bor deb faraz qilinsa, uning qanday ma’noni ifodalashi noma’lum.

Hozirgi asosiy talqinga ko‘ra, dydd so‘zi Taff — daryoning nomi Taf (uels. Afon Taff) so‘zining o‘zgargan shakli hisoblanadi. Shu daryo bo‘yida Kardiff qal’asijoylashgan. Shunga ko‘ra, shahar nomi «Taf daryosidagi qal’a» degan ma’noni bildiradi, bunda dastlabki T harfi D ga aylangan. So‘zlashuv tiliga xos fonetik almashinish tufayli oxirgi ff o‘rniga dd bilan almashgan.
An’anaviy etimologiyaga ko‘ra, bu nom Avl Didiy Gallbilan bog‘liq bo‘lgan, chunki Kardiff hududidagi ilk mudofaa inshooti Rimga oid fort bo‘lgan. Ehtimol, u Didiy Gall provinsiyani boshqargan davrda qurilgan. Bunday talqinda shahar nomi «Didiy qal’asi» deb tarjima qilinadi. Bu faraz turli ommabop nashrlarda tez-tez uchraydi, biroq zamonaviy ilm-fan unga shubha bilan qaraydi.
Geografiyasi
Kardiff Janubiy Uelsda , g‘arbdagi Veyl-of-Glamorgan va sharqdagi Nyuport shahri orasida joylashgan. Shimolda u Janubiy Uels vodiylari ( Kayrfilli va Ronta, Kinon, Tafhududlari) bilan chegaradosh, janubdan esa Bristol qo‘ltig‘i suvlari bilan tutashadi.
Shahardan uchta daryo oqib o‘tadi: Taf— uning o‘zani shahar markazidan o‘tadi; Eli (uels. Afon Elai) — Kardiffning Glamorgan vodiysi bilan tabiiy g‘arbiy chegarasini tashkil etadi. Bu ikkala daryo chuchuk suvli Kardiff qo‘ltig‘igaquyiladi. Shaharning sharqidan oqadigan Rimni (uels. Afon Rhymni) esa bevosita Bristol qo‘ltig‘iga quyiladi.
Kardiff quritilgan botqoqlikustida joylashgan bo‘lib, uning tagida trias davriga oid tog‘ jinslari yotadi. Bu hudud Chepstoudan Eli daryosining estuariysigacha cho‘zilgan. Shu sababli Uels poytaxtining relyefi ancha tekis, yer yuzasi balandligida katta tafovutlar yo‘q.
Iqlimi
Uelsning boshqa qismlariga nisbatan Kardiffning iqlimi nisbatan quruq, o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 1065 mm ni tashkil qiladi. Shaharda, shuningdek, mo‘tadil iqlim hukm suradi: o‘rtacha harorat yanvarda 4,5 °C, iyulda 16 °C ni tashkil etadi.
| Ko‘rsatkich \ Davr | Yan | Fev | Mar | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| O‘rtacha eng yuqori harorat, °C | 7,1 | 7,2 | 9,7 | 12,6 | 16,1 | 19,2 | 21,1 | 20,5 | 18,0 | 14,3 | 10,2 | 8,1 | 13,7 |
| O‘rtacha eng past harorat, °C | 2,0 | 1,8 | 3,0 | 4,7 | 7,7 | 10,6 | 12,5 | 12,4 | 10,5 | 8,1 | 4,5 | 2,9 | 6,7 |
| Yog‘in (me’yor), mm | 110 | 82 | 86 | 62 | 69 | 71 | 67 | 85 | 94 | 108 | 111 | 116 | 1061 |
| Manba: worldweather.org | |||||||||||||
Tarixi
Qadimgi tarixi

Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, miloddan avvalgi 5-ming yillikdan boshlab Uelsning neolit madaniyati vakillari Kardiff atrofiga joylasha boshlagan. Bu davrning yorqin yodgorliklaridan biri — dafn kamerasi Sent-Litans.
Keyinchalik Kardiff atrofida Britaniyaning boshqa joylaridagi kabi jarayonlar kechgan: orollarga bronza va temir davrlari madaniyatlari kirib kelgan. Mahalliy aholining assimilyatsiyalashuvi va kelgindi xalqlar bilan aralashuvi natijasida milodiy era boshlarida Uelsning janubi-sharqida kelt qabilasi — silurlar bo‘lgan.
Rim davri
Dastlabki Rim bosqini Britaniyada boshlangan paytda Kardiff hududida silurlar manzilgohi bo‘lgan. Qazishmalar yog‘ochdan qurilgan o‘lchami 45 × 25 metrgacha bo‘lgan binolar qoldiqlarini aniqlagan. Ular milodiy elliginchi yillarga oid. Silurlarni batamom bo‘ysundirish Sekst Yuliy Frontin tomonidan Taf daryosi quyilish joyida ketma-ket kamida to‘rtta Rim forti qurilishiga turtki bo‘lgan. Ularning hammasi bir joyda, devorlari dunyo tomonlariga nisbatan bir xil yo‘nalgan.
Birinchi vaqtinchalik mustahkamlangan lager Vespasian hukmronligida, milodiy 74—78-yillarda, silurlarga qarshi yurish davrida qurilgan. Har bir devorining uzunligi 315 metr bo‘lgan bu fort to‘rttasining eng kattasi bo‘lib, yordamchi qo‘shinlarning ancha katta kontingenti uchun muvaqqat baza vazifasini bajargan. Keyinchalik fort tark etilgan: ikkinchi fort qurilishida uning mudofaa inshootlaridan foydalanilmagani shuni ko‘rsatadi.
Ikkinchi fortning qurilishi Trayan yoki Adriandavriga to‘g‘ri keladi. Har bir devori qariyb 140 metr bo‘lgan bu fort eski istehkomning shimolida qurilgan. U yordamchi qo‘shinlar garnizoni uchun xizmat qilgan va harbiy markazi Iska Sillurum (lot. Isca Sillurum, hozirgi Kayrleon) bo‘lgan istehkomlar tizimiga kirgan. Mazkur markaz II Avgust legionining doimiy bazasi edi. Bu fortning tark etilishi odatda bir qancha Rim harbiy qismlarining Adrian devoriqurilishiga yo‘naltirilgani bilan bog‘lanadi. Uchinchi fort o‘lchami va vazifasi jihatidan ikkinchisiga o‘xshagan, ammo arxeologik ma’lumotlar ikkinchi fort bir muddat tark etilganini ko‘rsatadi.

Kardiffdagi so‘nggi Rim istehkomi «qirg‘oq forti» deb atalib, 260 yildan 300-yilgachabo‘lgan davrda qurilgan. Bu inshoot deyarli kvadrat shakldagi qal’a bo‘lib, devorlarining uzunligi taxminan 190 metr edi. Tosh qal’a devorlari ning qalinligi tagida qariyb 3 metr, yuqori qismida esa 2,5 metr, balandligi taxminan 2,3 metr bo‘lgan. Ular daryo xarsang toshlaridan qurilgan, qalinligi 4 metrgacha yetadigan poydevorga o‘rnatilgan. Fortda ikki yonida darvoza minoralari bo‘lgan bitta darvoza va, ehtimol, har bir devor o‘rtasida yashirin chiqish yo‘laklari (poternalar) bo‘lgan. Bu mudofaa inshooti «Sakson qirg‘og‘i»dagi boshqa bir qancha qirg‘oq fortlariga o‘xshaydi va qirg‘oqni qo‘riqlash tayanch punkti vazifasini bajargan deb taxmin qilinadi.
O‘rta asrlar
Rimliklarning Britaniyani tark etishi IVasr oxiri va V asrboshiga to‘g‘ri kelgan. Kardiff va Kayrleon garnizonlari bu jarayon boshidayoq olib chiqilgan. Mutaxassislarning fikricha, Glamorgan hududidagi Rim villalarining hech birida 400-yildan keyingi faoliyat izlari yo‘q. Shu tariqa Uelsning kelt aholisi yana o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. ilk o‘rta asrlar davrida kelajakdagi Uels poytaxti atrofi haqida juda oz ma’lumot saqlangan. Xususan, «Llandaff xartiyalari» VII asrda Kardiff yerlarida kichik mustaqil qirollik mavjud bo‘lganini tasdiqlaydi, ammo uning nomi ham bizgacha yetib kelmagan. Keyinchalik janubi-sharqiy Uels yerlari Glivising qirolligitarkibiga birlashgan. Ehtimol, bu vaqtda ancha kichrayib qolgan Kardiff Meyrig ap Teudrigavlodlarining meros yerlariga qo‘shilgan. Ular qirollikni normanlar bosqiniga qadar, ya’ni XI asr.
O‘zining Dexeybartga qilgan 1081-yilgisafari (rasman Sent-Devids ziyorati deb ko‘rsatilgan) chog‘ida, Vilgelm Fotih birinchi marta Uelsga da’vosini shaxsan namoyish etib, vassallik qasamyodi (ommaj) ni Ris ap Teudurdan qabul qilgan. Shu yili Kardiffda norman qal’asiqurilishi boshlandi. Dastlab u yog‘ochdan bo‘lgan, biroq XII asrda Glosterlik Robert Rim forti devorlarining qoldiqlaridan foydalanib, tosh istehkom qurdirgan.
1081-yildan Kardiff ingliz shahri bo‘lgan, biroq uels hukmdorlari ham uning tarixida ishtirok etishgan. Masalan, 1158-yilda Ivor Bax o‘z yerlari noqonuniy tortib olinganiga javoban qal’adan Uilyam Fits-Robertni— o‘sha paytdagi shahar egasini — va uning oilasini o‘g‘irlab, o‘z huquqlari tasdiqlanguncha ularni garovda ushlab turgan. Madog ap Llivelinqo‘zg‘oloni paytida janubiy Uelsda uni qo‘llab-quvvatlagan Morgan ap Maredid 1294-yilda Kardiffni qamal qilgan. 1315-yilda Llivelin Bren o‘z qo‘zg‘oloni chog‘ida inglizlarning qal’asini shturm qilishga urindi. Keyinchalik taslim bo‘lganidan so‘ng Kardiffda Xyu Despensertomonidan noqonuniy qatl etildi. Bu qirolicha Izabella ga Despenser va o‘z turmush o‘rtog‘i — Eduard IIni hokimiyatdan chetlatish uchun rasmiy asos bo‘ldi. 1404-yilda Ouayn Glindur Kardiff qal’asini egallab, shaharni deyarli butunlay vayron qildi. Buning oqibatlari XV asroxirigacha sezildi. Biroq Glindur qo‘zg‘olonidan 100 yil o‘tgach, shahar yana ravnaq topdi.
Yangi davr
XVII asrning oxiri va XVIII asrning katta qismi Kardiff uchun barqaror taraqqiyot davri bo‘ldi. Bu davrda dastlabki davlat maktabi, mehmonxona, pivo zavodiqalaylash ustaxonasi va pab ochildi.
1814-yilda Jon Krayton-Styuart, Byutning ikkinchi markizi, unvon va mulklarni meros qilib oldi va Kardiff doklarini qurish bilan faol shug‘ullandi. U butun umrini shu ishga bag‘ishlagani uchun «zamonaviy Kardiff bunyodkori» deb atalgan. 1815-yilda Bristol bilan muntazam dengiz qatnovi yo‘lga qo‘yilib, haftasiga qatnovlar 2 marta amalga oshirilgan. 1821-yilda Kardiff gaz zavodi tashkil etilgan.
XIX asrning 80-yillarida Kardiffning asosiy «ko‘mir porti» sifatidagi mavqeyi Barri, uning bandargohi boshqalardan ustun edi, chunki kemalar qatnovi suvning ko‘tarilish-pasayishigabog‘liq emasdi. 1901-yildayoq Barri orqali tashilgan ko‘mir hajmi Kardiff portinikidan oshdi, biroq Kardiffning ko‘mir sanoatidagi ahamiyati kamaymadi. Zero, ko‘mir savdosini boshqaruvchi barcha asosiy korxonalar Kardiffda joylashgan edi. Jumladan, 1886-yilda «Ko‘mir birjasi» (ingl. Coal Exchange) ochilgan va 1907-yilda dunyoda ilk bor 1 million funt sterlinglik.
Shahar sanoatining rivojlanishidagi yana bir muhim voqea «Dowlais Ironworks» kompaniyasi tomonidan «East Moors Steelworks» po‘lat zavodi Kardiffda 4-fevral 1891-yilda ochildi.
Buyuk Britaniya parlamenti
Kardiffning Jamoatlar palatasidagi Buyuk Britaniya parlamentidagi vakilligi to‘rtta bir mandatli okrugdan o‘tadigan majoritar saylovlar orqali ta’minlanadi: «Markaziy Kardiff», «Shimoliy Kardiff», «Janubiy Kardiff va Penart» hamda «G‘arbiy Kardiff». 2022-yil holatiga ko‘ra, Uels poytaxtidan parlamentga saylangan deputatlar Leyboristlar partiyasi a’zolari Jo Stivens (Markaziy Kardiff), Anna Makmorrin (Shimoliy Kardiff), Stiven Dauti (Janubiy Kardiff va Penart) va Kevin Brennan (G‘arbiy Kardiff) edi.
Kardiffdan Jamoatlar palatasiga saylangan mashhur deputatlar qatorida Jeyms Kallagan— leyboristlardan chiqqan Buyuk Britaniya bosh vaziri ( 1976 yildan 1979-yilgacha, 42 yil davomida shaharni parlamentda vakillik qilgan) hamda Jorj Tomas— 1976-yildan 1983-yilgacha Jamoatlar palatasi spikeri bo‘lgan shaxsni ko‘rsatish mumkin..
Uels Milliy assambleyasi
O‘z faoliyatini 1999-yilda boshlagan Uels Milliy assambleyasi Kardiffda joylashgan. 2006-yilda qirolicha Yelizaveta assambleyaning yangi binosini — Senedni ochgan. U Kardiff qo‘ltig‘ida joylashgan. Assambleya ijro etuvchi hokimiyatining bosh idorasi — Uels assambleyasi hukumati ham Kardiffdagi Kateyz bog‘ida, boshqa ko‘plab hukumat xizmatlari va bo‘linmalari bilan birga joylashgan.
Uels Milliy assambleyasiga saylovlar majoritar tizimda (bir mandatli okruglar bo‘yicha) va saylov mintaqalari bo‘yicha (d’Ont usulida hisoblanadigan partiyaviy proporsional tizim asosida) o‘tkaziladi. Kardiffda Buyuk Britaniya parlamentigasaylovlar uchun ishlatiladigan ayni bir mandatli okruglar qo‘llanadi. 2007-yildagi so‘nggi saylov natijasida assambleyaga Jennifer Randerson, Jonatan Morgan, Loreyn Barret va Rodri Morgansaylangan. Partiya ro‘yxatlari bo‘yicha saylovlarda Kardiff Ronta, Kinon, Taf va Veyl-of-Glamorgan okruglari bilan birga «Markaziy Janubiy Uels» saylov mintaqasiga kiradi. Undan assambleyaga to‘rt nomzod saylanadi.
«G‘arbiy Uels» saylov okrugidan Milliy assambleya a’zosi bo‘lgan Rodri Morgan 1999-yildan hozirgacha Uels birinchi vaziri lavozimini egallab kelmoqda.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish

Kardiff Glamorgan grafligidan alohida ma’muriy birlik sifatida 1880-yilda ajratib olindi va shahar-graflik maqomini oldi (ingl. county borough). 1974-yilda shahar yangi tashkil etilgan Janubiy Glamorgan grafligi tarkibiga tuman sifatida kirdi. Keyinchalik Uelsda 1994-yilda qabul qilingan Mahalliy boshqaruv to‘g‘risidagi qonun hozirgi unitar hududlargabo‘linishni belgilagach, Kardiff yana Uelsning shahar (ingl. city) va graflik maqomiga ega mustaqil hududiga aylandi.
Kardiff kengashi mahalliy siyosatni belgilaydigan asosiy organ bo‘lib, 75 a’zodan iborat. Ular 29 ta saylov okrugidan saylanadi. 1995—2004-yillarda shahar kengashida leyboristlar ko‘pchilikni tashkil etgan. 2004-yilgi saylovlardan keyin hech bir partiya ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lmagan va bu holat 2008-yilda ham takrorlangan. Shunday qilib, keyingi yillarda Rodni Berman boshchiligidagi liberal-demokratlarning ozchilik hukumati shakllangan.
Kardiffning ma’muriy bo‘linishi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruvi ning quyi darajasi 32 ta jamoa bilan ifodalanadi. Ularning chegaralari Kardiff kengashiga saylov okruglarining hududlariga taxminan mos keladi. 6 tasini saylanadigan jamoa kengashlari boshqaradi.
Iqtisodiyoti
Kardiff Uels poytaxti bo‘lishi bilan birga, mintaqa iqtisodiyotining ham markazidir. Aholining 10 foizi shu shaharda istiqomat qilsa-da, u mintaqa yalpi mahsulotining 20 foizini ishlab chiqaradi. Shaharda ishlovchilarning 40 foizi har kuni shahar atrofidan kelib-ketadi.
Sanoat asrlar davomida shahar taraqqiyotida yetakchi o‘rin tutgan. Kardiffning yirik shaharga aylanishiga XVIII—XIX asrlar chegarasida boshlangan sanoat inqilobi tufayli ko‘mir va metallga talabning oshishi asosiy sabab bo‘lgan. Janubiy Uels konlaridan ko‘mir tashish uchun kema qatnaydigan kanal[ingl.], 1840-yilga kelib esa temiryo‘l[ingl.]qurilgan. Kardiff porti eksport qilinadigan ko‘mirni kemalarga yuklash markaziga aylandi. Birinchi jahon urushi oldidan u dunyodagi eng gavjum va eng muhim ko‘mir porti hisoblangan. Port orqali yiliga 10 mln tonnagacha ko‘mir eksport qilingan. 1888-yilda Ko‘mir birjasi[ingl.]binosi qurilib, mahalliy diqqatga sazovor joyga aylangan. XX asr boshlarida presslangan briket yoqilg‘isi ishlab chiqaradigan yirik zavodlar qurilgan. Ko‘mirga talab pasayishi va transportda undan foydalanish tugashi bilan portning yuk aylanmasi qisqardi, yoqilg‘i zavodlari yopildi. 2000-yillar boshida ma’lum o‘sish kuzatildi: 2007-yilda portdan jami 3 mln tonnadan ortiq turli yuklar o‘tkazildi.
Hozirgi Kardiff Uelsning moliyaviy va ishbilarmonlik markazidir. Bu soha ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda davlat boshqaruvi bilan birgalikda shahar iqtisodiy o‘sishining 75 foizini 1991—2004-yillarda ta’minlagan. Kardiff sayyohlarni ham ko‘p jalb qiladi: 2010-yilda shaharga 18,3 million kishi tashrif buyurgan; 2004-yilgi hisob-kitoblarga ko‘ra, shaharda har besh xodimdan biri turizm sohasida ishlagan.
Kardiffda Uelsning asosiy ommaviy axborot vositalari bosh qarorgohlari, ko‘plab ishlab chiqarish kompaniyalari va studiyalar joylashgan. BBC Kardiff qo‘ltig‘ida quyidagi dramatik teleseriallarni suratga olish uchun Roath Lock nomli yangi studiyalarni qurishini e’lon qildi: «Doktor Kim» va Casualty[ingl.]kabi seriallar. Studiyalar 2011-yilda ochildi. Buyuk Britaniyaning eng yirik studiyalar majmuasi Dragon International Studios ham barpo etilmoqda. Yangi studiyalarda ilk suratga olish ishlari 2009-yilda boshlangan; 2022-yil holatiga ko‘ra, majmua qurilishi hali tugamagan.
Sport inshootlari orasida 2012-yilgi London Olimpiya o‘yinlariga atab qurilgan, 1,4 mlrd funt sterling sarmoya kiritilgan «olimpiya qishlog‘i» — International Sports Village alohida e’tiborga loyiq. Unda Uelsdagi yagona olimpiya suzish havzasibor. Shuningdek, «Millennium» stadioni — tabiiy chim qoplamali dunyodagi eng katta yopiq stadion bo‘lib, 1999-yilda ochilganidan keyingi o‘n yil ichida Uels iqtisodiyotiga bir milliard funt sterling keltirgan.
Transport

Poytaxt sifatida Kardiff va uning atrofi avtomobil yo‘llari tarmog‘i bilan zich qamrab olingan. Shahar markazidan janubda, Kardiff portiyaqinida A470 magistrali boshlanib, shimolga — Janubiy Uels vodiylari shaharchalari tomon va undan ham nariga, Llandidno ga milliy bog‘lar — Snoudoniya va Brekon-Bikonz— orqali boradi. M4 avtomagistrali Kardiffni g‘arbdan sharqqa kesib o‘tadi: u shaharni shimoldan aylanib o‘tadi hamda Yevropa E30 yo‘nalishining bir qismi bo‘lib, Uels poytaxtini Bristol, , London, , Suonsi hamda port shaharlari — Milford-Xeyven va Fishgardbilan bog‘laydi. M4 ga parallel ravishda, lekin Kardiffning o‘zidan o‘tadigan to‘rt polosali A48 avtomobil yo‘li ilgari shaharni sharq va g‘arb bilan bog‘laydigan asosiy yo‘l bo‘lgan, hozir esa Yevropa yo‘nalishiga muqobil yo‘l vazifasini bajaradi.
Havo transporti
Kardiffda xalqaro Kardiff aeroporti mavjud bo‘lib, u Yevropaning ko‘plab shaharlariga, shuningdek, yirik tranzit markazlariga muntazam parvozlarni amalga oshiradi, jumladan, Amsterdam va Parij. Bristol aeroporti Kardiffdan mashinada bir soatlik yo‘l masofasida joylashgan.
Londonning Xitrou va Gatvik aeroportlari Kardiff bilan temiryo‘l va avtobus qatnovi orqali bog‘langan. Kunduzgi vaqtda avtobuslar va poyezdlar har soatda jo‘naydi.
Temiryo‘l va avtobus transporti
Kardiff-SentralBuyuk Britaniyaning eng gavjum vokzallaridan biri sifatida Kardiffni qirollikning boshqa yirik shaharlari bilan Janubiy Uels asosiy temiryo‘l liniyasiorqali bog‘lovchi uzoq masofali poyezdlarni qabul qiladi va jo‘natadi. Bundan tashqari, stansiya orqali Vodiylar liniyalarida yuradigan poyezdlarning aksariyati o‘tadi. Shahardagi gavjumlik bo‘yicha ikkinchi stansiya Kardiff-Kuin-Stritbo‘lib, u shahardagi barcha shahar atrofi poyezdlariga, jumladan, Glamorgan vodiysi temiryo‘l liniyasi bo‘ylab Kardiff xalqaro aeroportigaboradiganlariga xizmat qiladi. Aeroport shaharga avtobus yo‘nalishlari bilan ham bog‘langan.

Rivojlangan avtomobil yo‘llari tarmog‘i avtobuslardan ham shahar jamoat transporti sifatida, ham atrofdagi aholi punktlariga qatnov uchun keng foydalanish imkonini beradi. Kardiffda 14 ta avtobus kompaniyasi faoliyat yuritadi, ulardan eng yirigi munitsipal «Cardiff Bus» kompaniyasidir. Uning markazi Kardiff markaziy avtovokzalida (Cardiff Central bus station) joylashgan bo‘lib, u «Kardiff-Sentral» temiryo‘l vokzali yonida joylashgani uchun bu hudud yirik transport tuguniga aylangan.
Birodarlashgan shaharlar
Kardiff quyidagi birodarlik aloqalariga oid bitimlarni munitsipal tuzilmalar bilan tuzgan:
Diqqatga sazovor joylar

Tarixiy yodgorliklar
- Kardiff qal’asi — XI asr qal’asi.
- Kosmeston — XIV asrdagi Uels qishlog‘ining qayta tiklangan ko‘rinishini namoyish etuvchi ochiq osmon ostidagi muzey.
Sport inshootlari
- Ninian Park (1910)
- «Millennium» stadioni (1999)
- Kardiff Siti (2009) — shu nomdagi futbol jamoasining uy stadioni
Teatrlar
Kardiffda bir necha yirik tijorat teatri bor. Klassik teatrlar orasida Uels milliy operasini alohida ta’kidlash mumkin. U Uels Millennium markazida joylashgan.
Muzeylar va galereyalar
- Kardiff milliy muzeyi (1912) — arxeologiya, botanika, tasviriy va amaliy san’at, geologiya hamda zoologiyaga oid kolleksiyalar.
- Uels Millennium markazi (2004, 2009) — san’at markazibo‘lib, unda teatr, konsert va balet tomoshalari, badiiy ko‘rgazmalar va jamoat tadbirlari o‘tkaziladi.
Mashhur tug‘ilganlar va yashaganlar
- Qarang: Turkum:Shaxslar:Kardiff
Havolalar
- Avtonom assambleya va hukumat hamda Angliya sud tizimi va Uels — Siyosiy atlasda
- Kardiff — havolalar katalogida Curlie (dmoz) (ingl.)
- BBC saytida Kardiff (ingl.)
- Kardiff shahar-grafligi kengashi sayti (ingl.)
- OpenStreetMap saytida Kardiffning onlayn xaritasi (ingl.)
- Daichi sun’iy yo‘ldoshidan olingan Kardiff surati (ingl.) (havola ishlamaydi — tarixi).
- «Kardiff haqida qaydlar» (ingl.). Arxivlangan: asl nusxasi 11-iyun 2007-yilda.: Kardiff tarixiga oid, 1898—1905-yillarda Jon Xobson Metyuz tuzgan va quyidagi loyihada chop etilgan qaydlar matni — British History Online
- Cardiff World sayti (ingl.)
- Cardiffians.co.uk saytida Kardiffning fotosurat va tarixiy materiallardan iborat onlayn arxivi (ingl.)
- Kardiffdagi Uels milliy operasi (ingl.)
- Uels milliy sog‘liqni saqlash xizmati (ingl.)