Pnompen haqida

Kambodja poytaxti (reattxeani)
Pnompen
kxmer. រាជធានីភ្នំពេញ
11°33′00″ sh. k. 104°55′00″ sh. u.HGYO
Mamlakat  Kambodja
Gubernator Kxuong Sreng[VM]
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan 1372
Maydoni 290 km²
Markazining balandligi 11,89 m
Vaqt mintaqasi UTC+7:00
Aholisi
Aholisi ↗2 129 371 kishi (2019)
Aholi zichligi 4571,31 kishi/km²
Rasmiy til kxmer tili
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi 855 (023)

phnompenh.gov.kh
 (ingl.) (frans.) (kxmer.)
Пномпень на карте
Пномпень
Pnompen
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar
Логотип Викигида Vikisayohatdagi yo‘lko‘rsatkich
Chedi Pnompendagi Vat Pnom ibodatxonasi oldida

Pnompen (kxmer. ភ្នំពេញ [pʰnʊm ˈpɨɲ]) — Kambodjaning poytaxti, markazga bo‘ysunuvchi shahardir. U Tonlesap daryosi bo‘yida joylashgan (bu daryo Mekongga quyiladi).

Etimologiyasi

Shahar manzarasi

Shahar 1372-yilda paydo bo‘lgan. Rivoyatga ko‘ra, unga Pen ismli rohiba asos solgan. Rohiba Mekong daryosida oqib kelayotgan lumbang daraxti tanasini ko‘rib qolgan; uning shoxlari orasida nimadir yaltirardi. Ma’lum bo‘lishicha, bu 4 ta bronza haykal va bitta tosh haykaldan iborat to‘plam ekan. Haykallar Buddaga bag‘ishlangan edi. Ehtimol, ular Laosdagi ibodatxonalardan biridan suv oqimi bilan oqib kelgan. Penning yordami bilan uning uyi yaqiniga katta tepalik (pnom) uyilib, ustiga haykallar qo‘yilgan mehrob o‘rnatilgan. Keyinchalik shu yerda bunyod etilgan monastir — Vat Pnom. Pnom (Don) Pen so‘zi kxmer tilida (ona) Pen tepaligi.

Pnompen ilgari Krong Tyatommuk (ក្រុងចតុម្មុខ) — «To‘rt daryo qo‘shilgan joydagi shahar» nomi bilan ham tanilgan. Buning sababi shuki, shahar Mekong, Bassak va Tonlesap daryolari qo‘shilgan, «X» shaklini hosil qiladigan joyda joylashgan.

Tarixi

Shahar ilk bor 1431-yilda, o‘sha davrda hukmronlik qilgan qirol Ponya Yat tay qo‘shinlari hujumidan qochib, poytaxtni Angkor-Txomdan ko‘chirganida poytaxtga aylangan. Vat Pnomdagi stupada Ponya Yat va qirollik oilasining jasad qoldiqlari saqlanadi.

Pnompen 73 yil davomida, 1432-yildan 1505-yilgacha qirollik poytaxti bo‘lib qolgan. Keyingi qirollar taxt uchun kurashlar sababli shaharni tark etib, 360 yil davomida boshqa joylarda hukmronlik qilgan. Poytaxt bir necha bor ko‘chirilib, goh Srey Santxor, goh Pousat, goh Lovek, goh Udong.

Faqat 1866-yilda, qirol Norodom I hukmronligi davrida Pnompen hukumatning doimiy qarorgohi va Kambodja poytaxtiga aylandi. Aynan shu yerda Qirollik saroyi qurildi. 1870-yillardan boshlab fransuz mustamlakachi ma’muriyati daryo bo‘yidagi qishloqni shaharga aylantirdi: mehmonxonalar, maktablar, qamoqxonalar, kazarmalar, banklar, idoralar, telegraf, sudlar va shifoxonalar barpo etildi. 1872-yilda fransuzlar Le Faucheur pudratchisi bilan xitoylik savdogarlarga sotish va ijaraga berish uchun 300 ta tosh uy qurish bo‘yicha shartnoma tuzganida, zamonaviy shahar ilk bor shakllana boshladi. Fransuzlar qurgan Psa Txmey (Yangi bozor) binosi keng tanilgan.

1920-yillarga kelib Pnompen «Osiyo gavhari» nomi bilan tanila boshladi. Keyingi qirq yil mobaynida, ayniqsa Sianukvilga olib boradigan temiryo‘l va Pochentong xalqaro aeroporti qurilgach, shahar tez rivojlandi. Sianuk hukmronligi davrida Pnompen infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilindi.

Kambodja hududidan Vyetnam urushi davrida Shimoliy Vyetnam armiyasi va Vyetkong bazalari sifatida foydalanilgan. Hukumat qo‘shinlari, Shimoliy Vyetnam armiyasi, Janubiy Vyetnam qo‘shinlari va ularning ittifoqchilari hamda qizil kxmerlar o‘rtasidagi janglardan qochgan minglab qochoqlar mamlakatning turli hududlaridan shaharga oqib keldi. 1975-yilga kelib shahar aholisi qariyb 3 million kishiga yetgan, ularning aksariyati qochoqlar edi. Qizil kxmerlar 17-aprel, 1975-yilda shaharni egalladi. Aholining katta qismi qishloq joylardagi mehnat lagerlariga majburan ko‘chirildi. Tuolsleng o‘rta maktabi Pol Pot tarafdorlari tomonidan S-21 qamoqxonasiga aylantirildi. Pol Pot mamlakatni agrar iqtisodiyotga qaytarmoqchi edi. Uning repressiya apparati «ortiqcha» deb topilgan odamlarni — siyosiy muxoliflarni, milliy ozchiliklarni, buddaviy rohiblarni va shunchaki ma’lumotli kishilarni yo‘q qildi. Agrar jamiyat iqtisodiy modelining muvaffaqiyatsizligi oqibatida ko‘plab odamlar ochlikdan halok bo‘ldi: Kambodja qurol evaziga Xitoyga guruch sotardi. Hozir S-21 qamoqxonasi Genotsid muzeyiga aylantirilgan. U yerda Pol Pot rejimi qiynoq qurollari va qurbonlarning fotosuratlari namoyish etiladi. Qurbonlar Choeung Ekda — Pnompendan 15 km uzoqlikdagi qatl maydonlarida o‘ldirilib, xandaqlarga ko‘milgan. Hozir bu joy ham rejim qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikdir.

7-yanvar, 1979-yilda Vyetnam armiyasi qizil kxmerlarni Pnompendan quvib chiqardi va odamlar shaharga qayta boshladi. Kambodja tarixan Vyetnam bilan ko‘plab mojarolarni boshdan kechirgan. Shu sababli mamlakatning vyetnamliklar tomonidan ozod etilishi kambodjaliklarda turlicha hissiyotlar uyg‘otadi. Qayta tiklanish davri boshlandi. Hukumat, avvalo, Fransiya, Avstraliya va Yaponiya kabi mamlakatlardan xorijiy sarmoya va yordam jalb qildi. Osiyo taraqqiyot banki hamda Jahon banki kreditlari hisobidan suv ta’minoti, yo‘llar va boshqa infratuzilma tiklandi. 1998-yilgi aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, Pnompenda 862 000 kishi yashagan; 2008-yilda esa shahar aholisi 1,3 million kishiga yetgan.

Geografiyasi

Pnompen Kambodja markaziy mintaqasining janubiy qismida joylashgan bo‘lib, uni har tomondan Kandal viloyati hududi o‘rab turadi. Poytaxt okrugi Tonlesap, Mekong va Bassak daryolari bo‘yida joylashgan. Bu daryolar shaharni chuchuk suv va boshqa tabiiy resurslar bilan ta’minlaydi. Pnompen dengiz sathidan 11.89 m balandlikda joylashgan. Yomg‘irli mavsumda daryolar qirg‘oqlaridan toshishi mumkinligi sababli ayrim hududlarni suv bosish xavfi yuqori.

Shahar 290 km² maydonni egallaydi. Okrugdagi qishloq xo‘jaligi yerlari maydoni 33,67 km² (13 mil²) ni tashkil etadi.

Iqlimi

Pnompenda tropik musson iqlimi hukm suradi; quruq va yomg‘irli mavsumlar yaqqol farqlanadi. Yil bo‘yi havo issiq, harorat esa uncha katta bo‘lmagan oraliqda o‘zgaradi. Shaharda harorat 18° dan 38  °C gacha o‘zgaradi. Maydan oktabrgacha Siam qo‘ltig‘i tomonidan nam musson shamollari esadi. Shimoli-sharqiy mussonlar noyabrdan aprelgacha davom etadigan quruq mavsumni olib keladi. Shaharda yog‘inning eng ko‘p miqdori avgustdan oktabrgacha tushadi; eng quruq oylar — yanvar va fevral.

Pnompenga borish uchun eng qulay davr — noyabrdan yanvargacha, chunki bu vaqtda harorat va namlik boshqa oylardagiga qaraganda pastroq bo‘ladi.

Pnompen iqlimi
Ko‘rsatkich \ Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
O‘rtacha maksimal t, °C 31,5 32,8 34,9 34,9 34,3 33,5 32,5 32,5 32,3 31,1 29,9 30,1 32,5
O‘rtacha minimal t, °C 21,9 23 24,1 25 25,3 25 24,7 24,6 24,3 23,8 22,7 21,7 23,8
Yog‘in miqdori (me’yor), mm 25,5 11,5 58 101 111,6 177,1 195 172 248,8 318,9 135 80,3 1635,6

Aholisi

Aholi soni
195019601970198019851990199520002005
334 000↗398 000↗457 000↘189 000↗351 000↗634 000↗925 000↗1 284 000↗1 677 000
2010201220172019
↘1 523 000↘1 501 725↗1 893 000↗2 129 371

Diqqatga sazovor joylari

Birodarlashgan shaharlar

Adabiyotlar

Havolalar