Sebu shahri haqida

Shahar
Sebu
ingl. Cebu
ispan. Cebú
tagal. Lungsod ng Cebu
sebuano. Dakbayan sa Sugbo
10°14′27″ sh. k. 123°50′14″ sh. u.HGYO
Mamlakat  Filippin
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan 1565
Maydoni
  • 315 km²
Markazining balandligi 135 m
Iqlim turi tropik musson iqlimi[VM]
Aholi
Aholisi 866 171 kishi (2010)
Aholi zichligi 2700 kishi/km²
Aglomeratsiya Sebu 2 551 100
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +63 32
Pochta indeksi 6000

cebu.gov.ph
Себу на карте
Себу
Sebu
Логотип Викисклада Vikimedia Commonsdagi mediafayllar

Sebu (ingl. Cebu, sebuano. Dakbayan sa Sugbo, tagal. Lungsod ng Cebu, ispan. Cebú) — Filippindagi eng qadimiy shahar. U shu nomdagi aglomeratsiyaning eng yirik shahri. Shahar Sebu orolining sharqiy sohilida, Maktan orolining ro‘parasida joylashgan. Yirik port shahar. Aholisi — 866 ming kishi (2010).

Tarixi

Shaharga Lopes de Legaspi 1565-yilda, bundan 44 yil avval Fernan Magellan qirg‘oqqa chiqqan joyda asos solgan, deb hisoblanadi. Buyuk sayyoh Sebuga qo‘shni Maktan orolida halok bo‘lgan. Manilaga asos solinishidan oldingi olti yil davomida Sebu Filippindagi yevropaliklarning asosiy manzilgohi bo‘lib qolgan. O‘sha yillarda qurilgan Avliyo Pyotr qal’asi XIX asr oxirigacha Filippinning janubida Ispaniya hukmronligining tayanchi bo‘lib qolgan. Shuningdek, Filippinda xristianlik tarixi aynan Sebu orolidan boshlangan. Magellan Sebuda yog‘och xoch o‘rnatgan. Asl xochning saqlanib qolgan qismlari tindalo yog‘ochidan yasalgan boshqa bir qora xoch ichiga joylashtirilgan. 1595-yilda tashkil etilgan oliy ta’lim muassasasi — San-Karlos universiteti[inglizcha].

Toponimika

Shahar nomi filipincha «sebu» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u hayvon yog‘i degan ma’noni anglatadi. Ispanlar kelishidan ancha avval Sebu baliqchilar qishlog‘i bo‘lib, uning boshqaruvchisi roja Xumabon.

Ta’lim

Hozirgi vaqtda Sebuda o‘nta universitet mavjud.

Diqqatga sazovor joylar

Galereya

Infratuzilma

Sebu shahrida kambag‘allik darajasi (%)
YilKambag‘allik darajasi
200013,47 %
20033,83 %
200614,50 %
200913,92 %
20126,80 %
201512,61 %
20186,70 %
20219,80 %
20235,30 %
Manba: Filippin statistika boshqarmasi (PSA)

Iqlimi

Iqlimi tropik — issiq va nam, o‘rtacha yillik harorat +26,5 °C. Maydan oktabrgacha janubi-g‘arbiy «xabakat» mussoni, noyabrdan aprelgacha esa quruq «amixan» shamollari esadi.

Sebu iqlimi
Ko‘rsatkich \ Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
O‘rtacha maksimal harorat, °C 29,9 30,2 31,2 32,3 33,0 32,1 31,7 31,9 31,7 31,6 31,2 30,3 31,4
O‘rtacha harorat, °C 26,8 27,0 27,8 28,8 29,4 28,7 28,3 28,4 28,7 28,1 27,9 27,3 28,1
O‘rtacha minimal harorat, °C 23,8 23,7 24,4 25,4 25,9 25,3 24,9 25,0 24,8 24,7 24,7 24,2 24,7
Yog‘in miqdori (me’yor), mm 78,1 62,3 41,5 29,1 54,8 149,9 157,0 136,5 167,3 148,4 131,4 103,8 1260,1

Birodarlashgan shaharlar

Havolalar