Islomobod haqida

Poytaxti bo‘lgan davlat — Pokiston
Islomobod
urducha اسلام آباد‎
ingl. Islamabad
33°40′ sh. k. 73°10′ sh. u.HGЯO
Mamlakat  Pokiston
Federal poytaxt hududi Islomobod poytaxt hududi
Gubernator Shayx Ansar Aziz
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan 14-avgust 1967-yil
Maydoni 220,15 km²
Markazining balandligi 507 m
Vaqt mintaqasi UTC+5:00
Aholisi
Aholisi 1 014 825 kishi (2017)
Aholi zichligi 4609,7 kishi/km²
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +92 51
Pochta indeksi 44000

web.archive.org/web/20081122033707/http://www.islamabad.gov.pk/
Исламабад на карте
Исламабад
Islomobod
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar
Логотип Викигида Vikisayohatdagi yo‘lko‘rsatkich

Islomobod (urducha اسلام آباد‎, ingl. Islamabad) — Pokiston Islom Respublikasining poytaxti. Shahar 1960-yillarda rejali shahar sifatida barpo etilib, poytaxt vazifasini Karachidan qabul qilib olgan. U mamlakatning madaniy, siyosiy va iqtisodiy markazidir. Islomobod turmush darajasining yuqoriligi, xavfsizligi va ko‘plab yashil hududlari bilan mashhur.

2017-yilgi aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlariga ko‘ra, shahar aholisi 1 014 825 kishini tashkil etadi. Islomobod aholi soni bo‘yicha Pokistonning 9-yirik shahri hisoblanadi. Aholisi to‘rt milliondan oshadigan Islomobod–Ravalpindi aglomeratsiyasi esa mamlakatda uchinchi o‘rinda turadi.

Islomobod mamlakatning shimoli-sharqida, Potohar platosida, Ravalpindi hududi bilan shimoldagi Margalla-Xillz milliy bog‘i oralig‘ida joylashgan. Tarixan bu hudud Panjob va Xaybar-Paxtunxva tutashgan chorraha bo‘lib, Margalla dovoni ikki mintaqani bog‘lovchi darvoza vazifasini bajargan.

Shaharning yunon meʼmori Konstantinos Apostolou Doksiadis tomonidan ishlab chiqilgan bosh rejasi uni sakkizta hududga ajratadi. Ular maʼmuriy hudud, diplomatik shaharcha, turar joy mavzelari, taʼlim, sanoat va savdo hududlari, shuningdek, qishloq va yashil zonalarni qamrab oladi. Shahar bir qancha bog‘lar va o‘rmonlari, jumladan, Margalla-Xillz milliy bog‘i va Shakarparyan bog‘i bilan tanilgan. Bu yerda Janubiy Osiyodagi eng katta va dunyodagi to‘rtinchi yirik masjid sifatida qayd etilgan Faysal masjidi ham bor. Boshqa diqqatga sazovor joylar qatoriga Pokiston yodgorligi va Demokratiya maydoni kiradi.

Islomobod — global shahar hisoblanadi; inson taraqqiyoti indeksi juda yuqori bo‘lgan shahar sifatida tasniflanadi. Uning inson taraqqiyoti indeksi 0,875 bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatda Lahordan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Pokistonda yashash xarajatlari eng yuqori bo‘lgan shahar ham Islomoboddir. Aholining asosiy qismini o‘rta va yuqori o‘rta tabaqa vakillari tashkil etadi. Shaharda yigirmadan ortiq universitet, jumladan, Bahriya universiteti[ingl.], Qoid-i Aʼzam universiteti, Alloma Iqbol ochiq universiteti, Pokiston muhandislik va amaliy fanlar instituti[ingl.], COMSATS universiteti[ingl.] hamda Milliy fan va texnologiyalar universiteti[ingl.] mavjud. Shahar Pokistondagi eng xavfsiz shaharlardan biri hisoblanadi va unda 1900 ta kuzatuv kamerasini o‘z ichiga olgan keng qamrovli videokuzatuv tizimi ishlaydi.

Etimologiyasi

Shahar 1960-yillarda maxsus rejalashtirilgan davlat poytaxti sifatida qurilgan. Uning nomi «islom shahri» («islom» + obod — «shahar») degan maʼnoni anglatadi. Bu mamlakatning «Pokiston Islom Respublikasi» degan rasmiy nomiga mantiqan mos keladi.

Geografik joylashuvi

Pokiston poytaxti Himolay tog‘larining shimoli-g‘arbiy chekkalariga yaqin, Potvar platosida joylashgan. Islomobodning shimolida Osiyoning va butun dunyoning eng yirik tog‘ tizmalari tutashgan hududi — Hindikush, Pomir, Qoraqurum. Himolay tog‘lari shahardan sharqqa tomon cho‘zilgan. Islomobodning g‘arbidan Hind daryosi oqib o‘tadi. Shahar markazi 507 m balandlikda, dengiz sathidan yuqorida joylashgan.

Iqlimi

Islomobodning iqlimi subtropik bo‘lib, unga mavsumiy shamollar — mussonlar va shaharning tog‘ etagida joylashgani kuchli taʼsir ko‘rsatadi. Islomobod namlik yetarli bo‘lgan mintaqada joylashgan. Bu Pokiston uchun kamyob holat, chunki mamlakatning ko‘plab hududlari qurg‘oqchil iqlimga ega. Poytaxt atrofiga yiliga 900 mm gacha yog‘in tushadi. Islomobodda eng issiq oy iyun hisoblanadi (iyul yoki avgust emas). Bunga sabab iyul–avgust oylarida musson mavsumi boshlanib, yog‘ingarchilik ko‘payishi va o‘rtacha haroratning pasayishidir. Iyun oyining o‘rtacha harorati +31,3 °C. Eng sovuq oy yanvar bo‘lib, uning o‘rtacha harorati +10,2 °C. Bu yerda kunduzlari iliq, kechalari sovuq bo‘ladi. Qish oylarida vaqti-vaqti bilan, garchi juda kam bo‘lsa-da, sovuq urishi kuzatiladi; baʼzan qor ham yog‘adi, lekin bu ham kam uchraydi.

Shahar atrofidagi tabiiy o‘simlik qoplami cho‘llashgan savannaga xos (jumladan, chiy, shuvoq, kovul, astragal). Pokiston poytaxti atrofidagi hayvonot dunyosida qoplonlar, yovvoyi qo‘ylar va echkilar, fors jayroni, sirtlonlar, chiyabo‘rilar, yovvoyi cho‘chqalar, yovvoyi eshaklar hamda ko‘plab kemiruvchilar uchraydi. Qushlar dunyosi ham xilma-xil: burgutlar, kalxatlar, tovuslar, to‘tiqushlar. Bu hududda ilonlar.

Islomobod iqlimi
Ko‘rsatkich \ Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal t, °C 33,0 34,0 34,5 40,6 46,0 50,4 45,0 42,0 40,0 39,9 33,0 31,0 50,4
O‘rtacha maksimal t, °C 17,1 19,3 24,0 29,9 35,4 37,8 34,5 33,2 33,1 29,0 24,7 19,0 28,2
O‘rtacha harorat, °C 10,2 12,9 17,9 23,5 28,9 31,3 29,7 28,8 27,2 22,4 16,4 11,7 21,7
O‘rtacha minimal t, °C 4,3 7,0 11,8 16,5 21,6 24,3 25,2 24,7 21,9 15,3 9,2 5,3 15,6
Mutlaq minimal t, °C −2,4 −0,6 −1 6,0 10,0 15,0 15,0 16,2 12,1 5,0 −1 −4,6 −4,6
Yog‘in miqdori (meʼyor), mm 53 70 91 57 43 49 212 228 74 24 17 31 947

Aholisi

Islomobod aholisining 2017-yildagi yosh-jins piramidasi

Islomobod — ko‘p millatli shahar. Rasmiy til — urdu tili. U millatlararo muloqot vositasi va adabiy ijodning asosi sifatida katta ahamiyatga ega. U bilan birga poytaxtning ishbilarmonlik va taʼlim hayotida ingliz tili ham keng qo‘llanadi. Kundalik turmushda urdu tili unchalik keng ishlatilmaydi (shahar aholisining qariyb 10 % i uni ona tili deb hisoblaydi). Eng keng tarqalgan til — panjob tili bo‘lib, u Islomobod aholisining 72 % i uchun ona tilidir. Ikkinchi o‘rinni urdu va pushtu tillari egallaydi (har biri aholining 10 % iga to‘g‘ri keladi); qolgan tillarning har birida shahar aholisining 1 % idan kami so‘zlashadi.

Pokistonda islom davlat dini hisoblangani sababli, Islomobod aholisining mutlaq ko‘pchiligi (95,53 %) — musulmonlar. Ularning aksariyati sunniylik yo‘nalishi tarafdorlari bo‘lib, shialar ham bor. Aholining 0,22 % ini ahmadiylar (Mirzo G‘ulom Ahmad izdoshlari bo‘lgan musulmonlar jamoasi) tashkil etadi. 1974-yilda Pokiston parlamenti ahmadiylarni musulmon emas deb eʼlon qiluvchi qonunni qabul qildi. Xristianlar Islomobod aholisining 1,59 % ini, hinduiylar — 1,6 %.

Shahar aholisining yillar bo‘yicha o‘zgarishi:
1972198119982012 2017
76 641204 364529 1801 082 262 1 014 825

Shahar tarixi

Saudi-Pak Tower minorasi.

Hind daryosi havzasi — Yer yuzidagi eng qadimgi sivilizatsiya o‘choqlaridan biri. Islomobod asosiy madaniy markazlardan shimolda joylashgan bo‘lsa-da, hozirgi Pokiston poytaxti atrofiga odamlar qadim zamonlardan beri joylashib kelgan. Bu yerda Markaziy Osiyo, Hindiston yarimoroli va Tibet.

mamlakatlarini bog‘lovchi muhim savdo yo‘llari kesishgan. Bunday qulay iqtisodiy joylashuv Islomobodning raqib shahri — Ravalpindining rivojlanishiga katta ijobiy taʼsir ko‘rsatgan. Hozirgi poytaxt xaritada paydo bo‘lishidan avval mintaqada aynan shu shahar yetakchi mavqega ega edi. Yangi shahar qurish to‘g‘risida 1959-yilda qaror qabul qilingan. Keng ko‘lamli loyiha 1960-yilga kelib, yunon meʼmori Konstantinos Doksiadis rahbarligida ishlab chiqilgan. Rejani amalga oshirishda xorijlik hamda pokistonlik mutaxassislar qatnashgan.

Islomobod 1960-yillarning oxiridagina mamlakatning to‘laqonli poytaxtiga aylandi. O‘shanda vaqtinchalik poytaxt vazifasini bajargan Ravalpindidan asosiy davlat idoralari yangi shaharga ko‘chirildi.

Islomobod barpo etilgan paytdan poytaxt maqomini olgani uchun tez rivojlandi. Tug‘ilish darajasining yuqoriligi va natijada aholi sonining tez o‘sishi shahar hokimiyati oldiga qator muammolarni qo‘ydi. Ularni hal qilish maqsadida poytaxt maʼmuriyati hozirgi bosqichda ko‘chib keluvchilar oqimini cheklashga urinmoqda, biroq hozircha natijaga erisha olmayapti.

2008-yilda Islomoboddagi Daniya elchixonasiga terrorchilik hujumi uyushtirildi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘ldi.

Madaniy ahamiyati

Islomoboddagi hukumat binosi

Islomobod boshidanoq davlat poytaxti sifatida qurilgan. Shu sababli shaharning rejalashtirilishi alohida qiziqish uyg‘otadi. Shahar meʼmorchiligida mahalliy anʼanalar bilan Yevropa meʼmorchilik maktabi muvaffaqiyatli uyg‘unlashgan. Shaharning asosiy qismi 1960–1980-yillar oralig‘ida barpo etilgan. Diqqatga sazovor binolar qatorida «Shahrizoda» mehmonxonasi, Faysal masjidi, parlament binosi bor. Pokiston poytaxti mamlakatning ilm-fan va taʼlim markazidir. Shaharda yirik Milliy kutubxona, Ochiq universitet, Qoid-i Aʼzam universiteti, Islomshunoslik instituti, dunyoga mashhur Yadro tadqiqotlari va texnologiyalari instituti hamda boshqa oliy taʼlim muassasalari joylashgan. Shaharda Pokiston yodgorligi va mamlakat prezidentining Ayvon-e Sadr qarorgohi mavjud. Shaharning boshqa diqqatga sazovor joylari: Lok Virsa muzeyi, Pokiston tabiiy tarix muzeyi, Milliy sanʼat galereyasi, Fotima Jinna bog‘i, Atirgul va yasemin bog‘i.

Birodarlashgan shaharlar

Islomobod quyidagi shaharlar bilan birodarlashgan:

Adabiyotlar

Havolalar