Jidda haqida

Shahar
Jidda
arab. جدة‎
21°32′34″ sh. k. 39°10′22″ sh. u.HGЯO
Mamlakat  Saudiya Arabistoni
Ma’muriy okrug Makka
Shahar meri Solih al-Turki[VM]
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan Miloddan avvalgi VI asr
Maydoni 1686 km²
Markazining balandligi 12 m
Iqlim turi issiq cho‘l iqlimi
Vaqt mintaqasi UTC+3:00
Aholisi
Aholi soni
  • ▲4 697 000 kishi (2021)
Diniy mansublik 90 % dan ortig‘i — sunniy musulmonlar
Rasmiy til arab tili
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi 12
Pochta indeksi 21000
Джидда на карте
Джидда
Jidda
Логотип Викисклада Vikimedia Commons’dagi mediafayllar

Jidda (yoki Jedda) (arab. جدة‎) — Saudiya Arabistonining g‘arbiy qismida joylashgan shahar. U mamlakatdagi ikkinchi yirik shahar va uning «iqtisodiy poytaxti», shuningdek, Makka ma’muriy okrugidagi eng yirik shahar.

Dunyo miqyosidagi global shaharlar GaWC reytingida Jidda 2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra Beta−toifasiga kiritilgan. Bu toifaga Minneapolis, Shtutgart, Rio-de-Janeyro, Sietl, Manchester, Lion, Edinburg va boshqalar ham kiradi.

Shahar nomi arab tilidagi «buvi» so‘ziga yaqin bo‘lib, Momo Havo haqidagi rivoyatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Momo Havoning qabri — Jiddaning diqqatga sazovor joylaridan biri.

Tarix

Arxeologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Jiddaga miloddan avvalgi VI asr oxirida Ma’ribdankelgan kishilar asos solgan. Shahar yuzlab yillar davomida kichik baliqchilik porti bo‘lib qolgan. 647-yilda uchinchi musulmon xalifasi Usmon ibn Affon shaharni hajziyoratiga keluvchilarni qabul qiladigan asosiy manzilga aylantirdi. Shundan so‘ng Jidda Qizil dengiz sohilidagi eng muhim port va savdo markazi sifatida tez rivojlana boshladi.

969-yilda Jidda Fotimiylar xalifaligi tarkibiga kirdi. Fotimiylarning faol tashqi siyosati va savdosi tufayli Jiddaning savdo aloqalari Hindiston hamda Xitoygacha kengaydi. Bu shaharning yanada ravnaq topishiga yordam berdi. Shahar boyligi ko‘pincha qo‘shni davlatlar hukmdorlarining e’tiborini tortardi. Biroq Jiddaning yangi hukmdorlari uni talon-taroj qilish o‘rniga katta savdo imkoniyatlaridan oqilona foydalanishdi. 1177-yilda Ayyubiylarning kelishi Jiddada savdoning yanada rivojlanishiga turtki berdi. Bundan tashqari, Ayyubiylar ta’sirida shaharda asta-sekin sunniylik ustun mavqega ega bo‘ldi (ilgari yetakchilik shialarqo‘lida edi). Hududning mamluklar tasarrufiga 1254-yilda o‘tishi ham, shuningdek, mintaqada usmonlilar hukmronligining 1517-yilda o‘rnatilishi ham jiddiy silkinishlarsiz kechdi.

1517-yilda portugaliyaliklarning Jiddani o‘qqa tutishi

Dengizchi Vasko da Gamaning 1497-yildagi muvaffaqiyatli ekspeditsiyasi Hind okeanini portugaliyaliklaruchun ochdi va mintaqadagi musulmon davlatlarining hukmron doiralarini vahimaga soldi. Hind okeanidagi asosiy musulmon savdo porti — Jiddani mustahkamlashga katta mablag‘ sarflandi. Bu xarajatlar 1517-yilda, Portugaliya ekspeditsiyasi shaharga hujum qilishgajur’at etmay, uni bombardimon qilish va mintaqadagi musulmon kemalarini yo‘q qilish bilan cheklanganda o‘zini oqladi.

1802-yilda vahhobiy Dir’iya amirligi qo‘shinlari shaharni egallab, uni 1813-yilgacha o‘z nazoratida saqladi. O‘sha yili Misrdan kelgan Usmonli ekspeditsiya korpusi Jiddani qaytarib oldi.

1916-yilda Turkiyaning frontlardagi og‘ir ahvolidan foydalangan mahalliy arab zodagonlari Hijozningmustaqilligini e’lon qilishdi. Yangi davlat 1925-yilgacha mavjud bo‘ldi, keyin uni Najdzabt etdi. 1932-yilda birlashgan Najd va Hijoz davlati Saudiya Arabistoni deb atala boshlandi. 1928—1932-yillarda qirol Abdulaziz ibn Saudning farmoyishiga ko‘ra shaharda Xuzam saroyiqurildi. U qirollik qarorgohi va davlat qabullari o‘tkaziladigan joyga aylandi.

Geografiyasi va iqlimi

Jidda Qizil dengizsohilidagi tor Tihoma cho‘lidajoylashgan. Shahar g‘arbdan dengiz, sharqdan esa Hijoz tog‘ tizmasibilan chegaralangan. Shu sababli yangi tumanlar tarixiy markazdan shimol va janubga, dengiz bo‘ylab qurilmoqda.

Jidda iqlimi — issiq cho‘l iqlimibo‘lib, dengiz bo‘yida joylashgani tufayli biroz yumshaydi. Jiddada yog‘ingarchilik juda kam, u faqat qish oylarida kuzatilishi mumkin. Tez-tez esadigan shamollar, qum bo‘ronlari va changli tumanlar, yuqori namlik hamda jazirama shahar iqlimini unga o‘rganmagan odamlar uchun og‘ir qiladi.

Jidda iqlimi
Ko‘rsatkich \ Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal harorat t, °C 33 35 38 40 42 52 42 42 42 41 41 34 52
O‘rtacha maksimal harorat t, °C 29 29 29 33 35 36 37 37 36 35 33 30 33
O‘rtacha harorat, °C 25 24 25 28 30 30 32 32 31 29 27 25 28
O‘rtacha minimal harorat t, °C 19 18 19 21 23 24 26 27 25 23 22 19 22
Mutlaq minimal harorat t, °C 9 11 13 12 13 19 21 23 21 20 17 10 9
Yog‘in miqdori (me’yor), mm 5 0 0 0 0 0 0 0 0 0 25 31 61

Aholisi

Jidda aholi soni bo‘yicha Saudiya Arabistonida Ar-Riyoddan keyingi ikkinchi shahar. 2009-yil ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda 3,6 million, aglomeratsiyada esa qariyb 5 million kishi yashagan. Shahar aholisining atigi 45 % qismi Saudiya Arabistoni fuqarolari, qolganlari esa asosan Misr, Filippin, Pokiston, Sudan, Efiopiya, Hindiston va Bangladeshdan kelgan vaqtinchalik xorijiy ishchilardir. Shaharda postsovet mamlakatlaridan, ko‘proq Shimoliy Kavkazdan kelgan bir necha ming kishi ham yashaydi.

Saudiya Arabistoni fuqarosi bo‘lgan shaharliklarning qariyb 90 % sunniy, 10 % shia musulmonlaridir. Xorijliklarning 3/4 qismi musulmon, qolganlari hinduizm va xristianlik dinlariga e’tiqod qiladi. Shahar aholisining deyarli 65 % erkaklardir. Buning sababi xorijiy ishchilarning 90 % dan ortig‘i erkaklar ekanligidir.

Iqtisodiyoti

VII asrdan boshlab Jidda pul almashtiruvchilaribilan mashhur bo‘lgan: ziyoratchilar islom olamining barcha hududlaridan o‘z davlatlarining tangalarini olib kelishgan. Keyinchalik ayni sababga ko‘ra shahar havola (hawala) tizimining muhim markaziga aylangan va hozir ham shu mavqeni saqlab kelmoqda.

XX asrda Jidda, tabiiy ravishda, Saudiya Arabistonining bank tizimi shakllangan markazga aylandi va hozirgacha uning markazi bo‘lib qolmoqda. Shahar ko‘pincha Saudiya Arabistonining iqtisodiy poytaxti deb ataladi.

Jidda iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari quyidagilardan iborat:

  • logistika (yirik port va aeroport, avtomobil yo‘llari tuguni);
  • turizm (diniy turizm);
  • bank sohasi;
  • savdo;
  • qurilish;
  • neft-kimyo sanoati;
  • yuqori texnologiyalar sohasi (biotexnologiya, elektronika va dasturlashning Saudiya Arabistonidagi markazi).

Shahardagi eng baland inshoot — Jidda teleminorasi. Shaharning shimoliy qismida qurish rejalashtirilgan inshoot — dunyodagi eng baland osmono‘par bino.

Transport

Shaharga Qirol Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroport (IATA: JED, ICAO: OEJN) xizmat ko‘rsatadi. Aeroportning yillik yo‘lovchi oqimi 27 million kishidan oshgan (2012). Islom olamining barcha yirik shaharlariga (ayrimlariga faqat haj mavsumida), shuningdek, quyidagi shaharlarga muntazam yo‘lovchi reyslari mavjud: London, Singapur, Frankfurt, Parij, Seul, Dehli, Mumbay, Addis-Abeba va Afina.

Jiddada Qizil dengizning sharqiy sohilida port mavjud. Uasosiy ziyoratchilar oqiminiqabul qiladi. Ular haj ziyoratini ado etish uchun Makka va Madinaga yo‘l olishadi.

2015-yil aprel holatiga ko‘ra, ikkita tezyurar temiryo‘l loyihasi qurilishning dastlabki bosqichida edi: Jidda — Ar-Riyod va Madina — Jidda — Makka.

Jamoat transporti munitsipal avtobuslar bilan ta’minlangan. Shahar meri 2010-yilda munitsipalitetning metro qurish haqidagi qarorini ma’lum qilgan.

Birodarlashgan shaharlar

Galereya

Adabiyotlar