Chorvoq GESi haqida

Chorvoq GES
Вид на плотину и водозаборные сооружения Чарвакской ГЭС со стороны верхнего бьефа
Chorvoq GES to‘g‘oni va suv olish inshootlarining yuqori byef tomonidan ko‘rinishi
Mamlakat  O‘zbekiston
Joylashuvi Bo‘stonliq tumani
Daryo Chirchiq
Kaskad Chirchiq–Bo‘zsuv
Egasi O‘zbekgidroenergo
Holati ishlab turibdi
Qurilish boshlangan yil 1963
Asosiy ko‘rsatkichlar
Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish, mln  kVt⋅soat 2165
Elektr stansiyasi turi to‘g‘onli
Hisobiy bosim balandligi, m 148
Elektr quvvati, MVt 666
Uskunalar tavsifi
Turbinalar turi radial-o‘qli
Turbinalar soni va rusumi 4×РО-170/638а-ВМ-410
Turbinalardan o‘tuvchi suv sarfi, m³/s 4×147
Generatorlar soni va rusumi 4×СВ-850/235-32
Generatorlar quvvati, MVt 3×168, 1×162
Asosiy inshootlar
To‘g‘on turi tuproqli, tosh to‘kma
To‘g‘on balandligi, m 168
Shlyuz yo‘q
Taqsimlash qurilmasi 220 kV
Xaritada
Чарвакская ГЭС (Узбекистан)
Красная точка
Chorvoq GES

Chorvoq GES (GES-6) — Chirchiq daryosida, Toshkent viloyati (O‘zbekiston) shimolidagi Chorvoq aholi punkti yaqinida joylashgan gidroelektr stansiya. U O‘zbekistondagi eng yirik gidroelektr stansiyadir. GES qurilishi 1963-yilda boshlangan va 1972-yilda yakunlangan. Stansiya egasi — «O‘zbekgidroenergo».

Tabiiy sharoit

Gidrouzel kesimi Chirchiq daryosining yuqori oqimida joylashgan. Bu daryo Sirdaryoning o‘ng irmog‘i bo‘lib, tik yonbag‘irli, yassi tubli va mustahkam ohaktoshlardan tashkil topgan daradan oqib o‘tadi. Gidrouzel qurilishi natijasida hosil bo‘lgan suv ombori Chirchiq daryosi shakllanadigan joyni suv ostida qoldirgan. Hozirda daryoni hosil qiluvchi irmoqlar — Piskom, Ko‘ksuv va Chatqol — to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv omboriga quyiladi. Gidrouzel kesimida daryoning ko‘p yillik o‘rtacha suv sarfi 208 m³/s, qayd etilgan eng yuqori suv sarfi — 1600 m³/s, ko‘p yillik o‘rtacha oqim hajmi — 6,6 km³, muallaq oqiziqlarning ko‘p yillik o‘rtacha miqdori — 2,9 mln t.

Umumiy ma’lumot

Chorvoq GES Toshkent viloyatining shimolida, G‘arbiy Tyanshan Chatqol tizmasining tarmoqlarida, Chirchiq daryosi bo‘yida, shaharcha turidagi Chorvoq aholi punkti yaqinida joylashgan. Chorvoq GES Chirchiq–Bo‘zsuv kaskadi tarkibidagi bosh va eng qudratli gidroelektr stansiya hisoblanadi. Bu kaskad — Chirchiq daryosida qurilgan gidrotexnika inshootlari majmuasidir. To‘g‘on yaqinida energetiklar va gidroquruvchilar shaharchasi — Chorvoq joylashgan. GES tarkibidagi inshootlar:

  • Maksimal balandligi 168 metr bo‘lgan tosh to‘kma to‘g‘on. Uning markazida suv sizib o‘tishini to‘suvchi qumoq tuproq yadrosi, qum-shag‘alli filtrlar va tog‘ jinslari uyumidan hosil qilingan tayanch prizmalar mavjud. To‘g‘on ko‘tarmasining hajmi 18,8 mln.m³. Yuqori va quyi qiyaliklarning o‘rtacha nishablik koeffitsiyenti — 1:2. Bosim frontining umumiy uzunligi — 770 m.

To‘g‘on yadrosi tagida kesimi 3,8×4,0 m bo‘lgan sementatsiya galereyasi joylashgan. Undan 10-12 m chuqurlikkacha mustahkamlovchi sementatsiya ishlari bajarilgan va chuqurligi 40 dan 100 m gacha bo‘lgan ikki qatorli sementatsion parda hosil qilingan. Galereya, shuningdek, yadroni asosdagi qoyatosh bilan biriktiruvchi tishsimon element vazifasini ham bajaradi;

  • Ikkinchi yarus suv tashlagichi bosh qism, ta’mirlash zatvorlari shaxtasi, diametri 9 m bo‘lgan tunnel, ta’mirlash zatvorlari xonasi va suvni chiqaruvchi ochiq quvurdan iborat.
  • Favqulodda katta toshqinlar uchun mo‘ljallangan shaxta tipidagi sirtqi suv tashlagich. Suv tashlash frontining uzunligi 56 m. Bosh qism ostonasidan keyin kirish voronkasi joylashgan bo‘lib, u diametri 11 m va balandligi 134 m bo‘lgan vertikal shaxtaga o‘tadi. Shaxta suvni chiqaruvchi tunnelga diametri 10 m bo‘lgan aylana kesimli egri tirsak orqali tutashadi. Suv tashlagich birinchi yarusdagi diametri 11 m bo‘lgan qurilish tunnelining oxirgi qismiga ulangan (tunnelning yuqori byef tomoni temir-beton tiqin bilan yopilgan). Suv tashlagichning o‘tkazish qobiliyati — 1200 m³/sek;
  • Chiqindilarni tutib qoluvchi panjaralar, ta’mirlash hamda avariya-ta’mirlash zatvorlari bilan jihozlangan suv olish inshooti;
  • Har birining diametri 9 m, uzunligi esa mos ravishda 770 va 852 m bo‘lgan ikkita suv keltiruvchi tunnel ikki xil balandlik sathidan o‘tadi. Har bir tunnel oxirida oqimni ikkita gidroagregatga taqsimlovchi metall tarmoqlagich mavjud;
  • To‘g‘onning quyi tomonida joylashgan yopiq turdagi to‘g‘onoldi GES binosi. Binoning rejadagi o‘lchamlari 102×26,4 m, maksimal balandligi 44,8 m. Suv ostidagi yaxlit konstruktiv massivda to‘rtta gidroagregat, spiral kameralar, so‘rish quvurlari, turbina xonalari va nasos xonalari joylashgan;
  • Suvni chiqarish kanali.

GESning quvvati 666 MVt, o‘rtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi — 2,165 mlrd kVt·soat. GES binosida 4 ta gidroagregat o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan 3 tasining quvvati 168 MVt, bittasining quvvati esa 162 MVt. Gidroagregatlar radial-o‘qli turbinalar va diametri 5 m bo‘lgan turbinaoldi diskli zatvorlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular hisobiy bosim balandligi 148 m sharoitida ishlaydi. Gidroturbinalarning ishchi g‘ildiraklari diametri — 4,4 m, aylanish chastotasi — 187,5 ayl/min. Dastlab har bir gidroagregatning quvvati 150 MVt bo‘lgan, rekonstruksiyadan so‘ng ularning quvvati oshirilgan. Turbinalar ishlab chiqaruvchisi — Leningrad metall zavodi, generatorlar ishlab chiqaruvchisi — Elektrosila, hozirda har ikkala korxona «Siloviye mashini» konserni tarkibiga kiradi. Generatorlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi ТДЦ-200000/220 kuch transformatorlari orqali kuchlanishi 220 kV bo‘lgan ochiq taqsimlash qurilmasiga (OTQ), undan esa energiya tizimiga uzatiladi.

GES to‘g‘oni Chorvoq suv omborini hosil qiladi. Mavsumiy tartibga solinadigan ushbu suv omborining umumiy sig‘imi 2006 mln.m³, foydali sig‘imi 1580 mln.m³, suv yuzasining maydoni esa 40,1 km². Chorvoq suv omboridan, shuningdek, butun Chirchiq–Bo‘zsuv GESlar kaskadi manfaatlari uchun daryo oqimini tartibga solishda hamda Chirchiq vodiysida irrigatsiya va sug‘orma dehqonchilik ehtiyojlari uchun suv sarfini boshqarishda foydalaniladi (taxminan 300 ming ga yerni sug‘orishni ta’minlaydi).

Rekonstruksiya

2011-yil iyun oyida «O‘zbekenergo» va «Siloviye mashini» o‘rtasida Chorvoq GES gidroagregatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha shartnoma tuzildi. Shartnomada barcha to‘rtta gidroagregatning generator statori chulg‘amlari, qo‘zg‘atish tizimlari, moy bosimi qurilmalari va boshqaruv tizimlarini, shuningdek, uchta gidroagregatning turbina ishchi g‘ildiraklarini almashtirish nazarda tutilgan. Modernizatsiya qilingan uskunalar 2014—2017-yillarda foydalanishga topshirildi. Bu stansiya quvvatini 600 MVt dan 666 MVt gacha, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini esa 2000 mln kVt·soatdan 2165 mln kVt·soatgacha oshirish imkonini berdi.

Havolalar