Tuzlar deb, tarkibida metall atomlari va kislota qoldig'i bo ‘Igan anorganik birikmalarga aytiladi. Umuman, tuzlar gidroksidlar va kislotalarning o'zaro ta’siri mahsuloti bo'lib, ular turli tarkibli bo'ladilar. Ularning har biri bilan tanishib chiqamiz.
I. O’rta tuzlar — tarkibi faqat metall atomi (yoki ammoniy gruppasi) va kislota qoldig'idan iborat bo'lib MxEy yoki MxEyOz formulalarga mos keladi. Bunday tuzlarga: NaCl, KF, Lil, Rb2S, CsNO3, MgSO4, CaCO3, Ca3(PO4)2, FeSO4, NH4Cl, NH4NO3 va boshqalarni kiritish mumkin.
II. Nordon tuzlar— tarkibida metall atomi, kislota qoldig'idan tashqari vodorod atomi saqlagan tuzlardir. Bu tuzlarga: NaHCO3, Mg(HCO3)2, Ca(HCO3)2, K2HPO4, Fe(H2PO4)2, LiHS, Mg(HS)2, KHSO3, NaH2PO4 va boshqalar misol bo'ladi.
III. Asosli tuzlar — tarkibida metall atomi kislota qoldig'i va OH.— gidroksil gruppalari saqlagan tuzlar. Ularga: Mg(OH)Cl, (CuOH)2CO3, Fe(OH) (CH3COO)2, Al(OH)SO4, Al(OH)2Cl, Fe(OH)2NO3, [Cr(OH)2]2SO4 va boshqalar kiradi.
IV. Qo'sh tuzlar — tarkibida bir xil kislota qoldig'i va ikki xil metall atomlari saqlagan tuzlar. Bu qator tuzlarga: KAl(SO4)2▪12H2O; (NH4)2 Fe(SO4)2▪12H2O; KCr(SO4)2▪6H2O lar kiradi.
V. Komplekstuzlar — tarkibida qattiq holda va eritmadamustaqil mavjudbo'la oladigan kompleks — ion saqlagan moddalar. Bu tuzlar qatoriga: K4[Fe(CN)6]; K3[Fe(CN)6];.Na3[Co(NO2)6]; Na2[PtCl6]; K2[HgI4]; Na2[Zn(OH)4]; Na3[FeF6]; K2[PtCl4] kabi moddalar kiradi.
Tuzlarning nomlanishi
— o‘rta tuzlar metall nomiga (valentligi) kislota qoldig'ining nomini qo‘shib aytish bilan nomlanadi: CuSO4—mis sulfat, FeCl2 — temir (Il)-xlorid, FeCl3 — temir (Ill)-xlorid; Sn(NO3)2 — qalay (Il)-nitrat; Cr2(SO4)3 — xrom (Ill)-sulfat;
— nordon tuzlar metall (valentligi) va kislota qoldig'i nomiga, agar tuz tarkibida vodorod atomi bitta bo'lsa “gidro” yoki ikkita bo'lsa “digidro" qo'shimchalari qo'shib aytiladi. Masalan: NaHCO3 — natriy gidrokarbonat (yoki natriy bikarbonat); KHSO3 — kaliy gidrosulfit (yoki kaliy bisulfit); CaHPO4 — kalsiy gidrofosfat; NH4H2PO4 — ammoniy digidrofosfat; Mg(H2PO4)2 — magniy digidrofosfat, KH2BO3 — kaliy digidroborat;
— asosli tuzlar metall nomi (valentligi) va kislota qoldig'i nomiga “gidrokso" so'zi qo'shib nomlanadi. Masalan: Mg(OH)NO3 — magniy gidroksonitrat, Fe(OH)Cl — temir (Il)-gidroksoxlorid, Fe(OH)2Cl — temir (Ill)-digidroksoxlorid; Al(OH)2CH3COO — alyuminiy digidroksoatsetat;
— qo'sh tuzlar awal valentligi (oksidlanish darajasi) katta metall, keyin valentligi kichigining nomi va oxirida kislota qoldig'ining nomi aytilishi bilan nomlanadi: KAl(SO4)2 — alyuminiy kaliy sulfat, (NH4)2 •Fe(SO4)2 •12H2O — temir ammoniy sulfat. Bu tuzlar umumiy nom bilan “achchiqtosh’lar ham deb aytiladi. Shunga muvofiq, birinchisi — alyuminiy kaliyli achchiqtosh, ikkinchisi — temir ammoniyli achchiqtosh deb aytiladi;
— komplekstuzlarni nomlashda, awal kislota qoldig'i (yokineytral molekula)ning lotincha soni, keyinuningnomi, metallning nomi(valentligi) va tashqi sferadagi metall (yoki kislota qoldig'i) nomi aytiladi. Masalan: K3[Fe(CN)6] — geksatsianoferrat (III) kaliy; K2[PtCl4] —tetraxloridplatinat(II) kaliy; [CrCl2(H2O)4]Cl —dixlorotetraakvaxrom(III)-xlorid. Agar tashqi sferadaboshqa ionlarbo'lmasa: [CrCl3(H2O)3]-trixlorotriakvaxrom (III) kabi nomlanadi.
Kimyoviy xossalari
- Barcha tuzlar temperatura ta’sirida parchalanadi:
Na2CO3→ Na2O+CO2
2Cu(NO3)2 → 2CuO+4NO2+O2
2Mg(OH)Cl → Mg2OCl2+H2O (magniy oksoxlorid)
2Al(OH)SO4 → Al2O(SO4)2+H2O (alyuminiy oksosulfat)
Mg(HCO3)2 → MgO+2CO2+H2O
(NH4)2Cr2O7 → N2+4H2O+Cr2O3
ko'rinib turibdiki, tuzlar parchalanganda ularning tarkibiga bog‘liq holda turli anorganik moddalar hosil bo'ladi.
- Nordon tuzlar ishqorlar va kislotalar bilan reaksiyaga kirishib yangi o‘rta tuz va suv (kislota yoki oksidni) hosil qiladilar:
NaHCO3+NaOH → Na2CO3+H2O
NaHCO3+HCl → NaCl+H2O+CO2
- Asosli tuzlar ishqor ta’sirida asos va yangi tuz hosil qiladilar:
Al(OH)SO4+NaOH →Al(OH)3 +Na2SO4
Fe(OH)2Cl+KOH → Fe(OH)3+KCl
Kislota ta’sirida o‘rta tuz, suv (tuz tarkibida kislota qoldig'idan farq qiluvchi kislota bo'lsa — yangi kislota) hosil qiladi.
2Al(OH)SO4+H2SO4 → Al2(SO4)3+2H2O
Fe(OH)2Cl+2HCl → FeCl3+H2O
2Mg(OH)Cl+2HNO3 →2Mg(NO3)2+2H2O+2HCl
- O'rta tuzlar ishqorlar va kislotalar ta’sirida quyidagilarni hosil qiladi.
FeCl3+3NaOH → Fe(OH)3 +3NaCl (asos va yangi tuz)
yoki
2FeCl3+3H2SO4 →Fe2(SO4)3+6HCl
(yangi kislota va yangi tuz)
Agar bu reaksiyalarda tuz va ishqor (yoki tuz va kislota) noekvimolekulyar miqdorda olinsa, quyidagi moddalar hosil bo'ladi:
Fe(OH)2Cl+2NaCl (asosli tuz va yangi o'rta tuz)
FeCl3+3H2SO4 → Fe(HSO4)3+3HCl
(yangi nordon tuz va yangi kislota)
- Tuzlar eritmalariga metallar ta’sir ettirilsa,amashinish reaksiyalari borib, yangi tuz vametall ajralib chiqadi:
Fe+CuSO4=Cu+FeSO4
Cu+Hg(NO3)2=Cu(NO3)2+Hg
Zn+2AgNO3=Zn(NO3)2+2Ag
Tuzlarning olinishi
Tuzlarni olishning ko‘p usullari mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiylari quyidagilardir.
Metallarning metallmaslar bilan ta’siri
Mg+Cl2 → MgCl2; Fe+S→ FeS
2Al+3I2 → 2AlI3
Metallarning kislotalar bilan ta’siri:
Cu+2H2SO4(kons)=CuSO4+2H2O+SO2
Zn+2CH3COOH=Zn(CH3COO)2+H2
Metallarning ishqorlar bilan ta’siri:
2Al+6NaOH(kons)=2Na3AlO3+3H2
Zn+2KOH(kons)=K2ZnO2+H2
Metallarning tuzlar bilan ta’siri:
Fe+Hg(NO3)2=Fe(NO3)2+Hg
Cu+2AgNO3=Cu(NO3)2+2Ag
Asosli oksidlarning kislotalarbilanta’siri:
Fe2O3+6CH3COOH=2Fe(CH3COO)3+3H2O
ЗСаО+2Н3РО4=Cа3(РО4)2+ЗН2О
Kislotali oksidlarning gidroksidlar bilan ta’siri:
3Mg(OH)2+P2O5=Mg3(PO4)2+3H2O
Ca(OH)2+CO2=CaCO3+H2O
Gidroksidlar va kislotalarning o‘zaro ta’siri:
Ca(OH)2+2HNO3=Ca(NO3)2+2H2O
Fe(OH)2+H2SO4=FeSO4+2H2O
NaOH+CH3COOH=NaOOCCH3+H2O
Kislotali oksidlarning tuzlar bilan ta’siri:
Na2CO3+SO2=Na2SO3+CO2
CaCO3+SiO2=CaSiO3+CO2
3MgSO4+P2O5 =Mg3(PO4)2+3SO3
Yaxshi eruvchan ikki tuzning o‘zaro ta’siri:
AgNO3+NaCl=AgCl+NaNO3
BaCl2+K2SO4=BaSO4 +2KCl
Tuzlarning ishqorlar bilan ta’siri:
FeCl2+2KOH=Fe(OH)2+2KCl
Cu(NO3)2+2NaOH=Cu(OH)2+2NaNO3
Fe(CH3COO)3+3NH4OH=Fe(OH)3 +3CH3COONH4
Tuzlarning kislotalar bilan ta’siri:
NaCl+H2SO4(kons)=NaHSO4+HCl
2MgCl2+H4P2O7=Mg2P2O7+4HCl
Galogenlarning ishqorlarda erishi:
I2+2NaOH=NaI+NaIO+H2O
Ayrimmetallmaslarning tuzlar bilan ta’siri:
2NaI+Cl2=2NaCl+I2
Ayrim tuzlarning o‘zaro birikishi:
2KI+HgI=K2[HgI4]
ЗKCl+СrСl3=K3[СrСl6]
K2SO4+Al2(SO4)3=2KAl(SO4)2
3(NH4)2SO4+Cr2(SO4)3=2(NH4)3Cr(SO4)3
Ammiakning kislotalar bilan birikishi tufayli tuzlar hosil qilinadi.
2NH3+H2SO4=(NH4)2SO4
2NH +H3PO4 =(NH4)2HPO4
Yuqorida bayon etilgan mavzulardagi (tushuncha, formula va reaksiya tenglamalari asosida) har bir sinf birikmalarining tarkibi va xossalarini o‘rganish natijalarini yakunlab, barcha anorganik birikmalarsinflari o'rtasidauzviy bog'lanish bor, degan xulosaga kelish mumkin.
Bugungi kunda kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 118 ta elementlardan tashkil topgan 200 000 dan ortiq anorganik moddalar aniqlangan. XVIII asr oxirida 30 tacha, XlX asming 60-yillarida 63 ta kimyoviy elementlar aniqlangan edi.

