Kislotalar haqida tushuncha

Kislotalar haqida tushuncha

Kislotalar deb, tarkibida vodorod atomlari va kislota qoldig'i saqlagan murakkab moddalarga aytiladi. Kislotalar tarkibiga ko‘ra, kislorodsiz (HnE) va kislorodli (HnEOu) bo'ladi. ”Kislorodsiz kislotalarga: HF, HCl, HBr, HI, H2S, HCN, HCNS kabilar kiradi.

Kislorodli kislotalarga: HClO, HClO3, HClO4, HBrO3, HJО3, H2CO3, H2SO3,H2SO4,HNO2, HNO3, HPO2, H3PO3, HPO3, H3PO4, H2SiO3, H2CrO4, HMnO4 kabilarkiradi. Kislotalar tarkibidagi vodorod atomlari soniga ko'ra: bir asosli (bir negizli) HF, HCl, HNO3, HNO2, HI, HBr, HClO— molekulasi tarkibida bitta vodorod atomi tutgan kislotalar; ikki asosli kislotalar H2S, H2CO3, H2SO3, H2SO4 (ikki negizli), H3PO4 (uch negizli), H4P2O7 (to'rt negizli) ga bo'linadi.

Olinishi

1. Kislota oksidlarini (angidridlarni) suvda eritish:

SO2+H2O → H2SO3, CO2+H2O →H2CO3
N2O5+H2O →2HNO3; Р2O5+3H2O →2Н3РО4
N2O4 + H2O → HNO2+HNO3

2. Metallmaslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vodorod bilan ta’sirlashuvi natijasida:

H2+Cl2→2HCl; H2+S → H2S; H2+I2 → 2HI

3. Kuchsiz kislota tuzlariga kuchli kislotalarni ta’sir ettirish:

Ca(NO2)2+2HCl=CaCl2+2HNO2
Na2SO3+2HCl=2NaCl+H2SO3
K2SiO3+H2SO4=K2SO4+H2SiO3
Na2S+H2SO4=Na2SO4+H2S
Ca3(PO4)2+3H2SO=3CaSO4+2H3PO4

4. Metallmaslarni kuchli kislotalar ta’sirida oksidlab olinadi:

S+2HNO3=H2SO4+2NO
3P+5HNO3+2H2O=3H3PO4+5NO

5. Ba’zi metallmaslarning birikmalarini gidrolizlash usullari bilan olinadi:

РСl3+ЗН2О = Н3РО3+ЗНСl
PCl5+4H2O = H3PO4+5HCl

Fizikaviy xossalari

Kislorodsiz kislotalar odatdagi sharoitda zaharli gazsimon moddalar bo‘lib, ularning turli konsentratsiyali eritmalarini hosil qilishda suvda eruvchanligidan foydalaniladi. Ayrim kislorodli kislotalar suyuq (HNO3, H2SO4, H3PO4), ba’zilari qattiq (H2SiO3, H3BO3) moddalardir.

Kimyoviy xossalari

1. Kislotalar asosli va amfoter oksidlarbilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladilar:

H2SO4+FeO=FeSO4+H2O
2HCl+CaO=CaCl2+H2O
2HNO3+ZnO=Zn(NO3)2+H2O

2. Kislotalar gidroksidlar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi. Bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi ham deyiladi:

HCl+KOH=KCl+H2O
3H2SO4+2Al(OH)3 =Al2(SO4)3+6H2O
2HNO3+Ca(OH)2=Ca(NO3)2+2H2O
3HNO3+Fe(OH)3=Fe(NO3)3+3H2O

4. Aktivlik qatorida vodoroddan-oldin-turgan metallar bilan ta’sirlashib tuz va vodorod gazini hosil qiladi (nitrat kislota va konsentrlangan sulfat kislota bundan mustasno):

2HCl+Zn=ZnCl2+H2
H2SO4+Fe=FeSO4+H2

Kislotalarning nomlanishi

Kislotalar IYuPAK ning 1979 yilda qabul qilgan nomenklaturasiga asosan nomlanadi:

a) kislorodsiz kislotalarning nomi — kislota hosil qilgan element nomiga — “id” qo‘shimchasi qo‘shib aytiladi: HF — ftorid, HCl — xlorid, HBr — bromid, H2S — sulfid, H2Se — selenid, HCN — sianid, HCNS — rodanid kislotalar;

 b) kislorodli kislotalarda element turli valentlik (yoki oksidlanish darajalari) namoyon qilsa:

— eng past oksidlanish darajasida bo'lsa “gipo"— old qo'shimchasi qo'shiladi; HClO — gipoxlorit, HBrO — gipobromit, HIO — gipoyodit kislota deyiladi;

— o'rtacha oksidlanish darajasida bo'lsa — “it" qo'shimchasi qo'shib aytiladi; HClO2 — xlorit, H2SO3— sulfit, HNO2 — nitrit, H3PO3 — fosfit, H3AsO3 —arsenit, H2SeO3, — selenit kislotalar deyiladi;

 — yuqori oksidlanish darajasida bo'lsa, kislota hosil qiluvchi element nomiga -"at" — qo'shimchasi qo'shib aytiladi; H2CO3 — karbonat, H2SiO3 — silikat, H2SO4—sulfat, HClO3 — xlorat, HBrO3 — bromat, HIO3 — yodat, H2SeO4 — selenat, HNO3 — nitrat kislotalar;

 — bir element bir xil oksidlanish darajasida turli tarkibli kislotalar hosil qilsa, vodorod atomlari (aniqrog'i suv molekulalari) soni kami — “meta", vodorod atomlari ko'piga “orto" — old qo'shimchasi qo'shib aytiladi: HP+5O3 — metafosfat; H3P+5O4 — ortofosfat, HB+3O2 — metaborat; H3B+3O3 — ortoborat; H2Si+4O3 — metasilikat; H4Si+4O4 — ortosilikatkislotasi deyiladi.

— kislota hosil qiluvchi elementning juda yuqori oksidlanish darajasini kо‘rsatish uchun “pet” — old qo‘shimchasi qo‘shib kislota nomi aytiladi: HCl+7O4 — perxlorat, HMn+7O4 —permanganat, HI+7O4 —peiyodatkislota;

— agar kislota bir xil tarkibli kislotaning ikkita molekulasi birikib, bir molekula suv chiqib ketishidan (qizdirish natijasida) hosil bo'lgan bo'lsa, uning nomiga “piro” — qo'shimchasi qo'shib aytiladi: H4P2O7—pirofosfat kislota (yoki difosfat kislota).

 Kislotalarning eritmalarida H+(H3O+) — ionlari bo'lgani uchun ularda lakmus-qizil rangga, metiloranj qizg'ish-binafsha rangga kiradi. Fenolftalein rangsiz bo'ladi.

https://youtu.be/zlkZRTM4cNw?si=MalYaqOnsAFMnkCD