Asoslar haqida malumot

Asoslar haqida malumot

Tarkibida metall atomi va gidroksil gruppalari tutgan murakkab moddalar asoslar (gidroksidlar) deyiladi. Ularning umumiy formulasi Me(OH)n bo'lib, Me — metall atomi, n—gidroksil gruppalar soni (metallning valentligi).
Gidroksidlar suvda eruvchanligiga ko'ra ishqorlar va asoslarga bo'linadi. Amfoter gidroksidlar ham mavjud. Ishqorlar deb, suvda yaxshi erib, kuchli dissotsilanuvchi gidroksidlarga aytiladi. Ularga: NaOH, LiOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2 lar kiradi. Ishqor — “o'yuvchi”, “yemiruvchi” ma’nosini bildiradi.
Ishqorlarning asosiy xususiyatlari suvda yaxshi erib, suvli eritmada deyarli to'liq ionlanishidir:

NaOH=Na++OH-; KOH=K++OH-
Ca(OH)2=Ca(OH)++OH-; Ca(OH)+=Ca+2+OH-

Asoslar

Asoslar — suvda kam eriydigan va juda kam dissotsilanuvchi gidroksidlardir. Asoslarga: Mg(OH)2; Fe(OH)2; Mn(OH)2; Cu(OH)2; Hg(OH)2 misol bo'ladi. NH4OH — ammoniy gidroksidi, metall atomi bo'lmagan yagona gidroksid ham asoslar qatoriga kiradi. Asoslar suvda oz eriydi, juda oz ionlanadi:

Fe(OH)=Fe(OH)++OH-; Cu(OH) =Cu(OH)++OH- ,

Ishqorlar va asoslar eritmalarda OH- — ionlari ko'p bo'lgani uchun lakmus — ko'k rangli, fenolftalein —binafsha rangli bo'ladi.

Olinishi

I. Ishqorlar ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining suvda erishi natijasida hosil bo'ladi:

2Li+2H2O → 2LiOH+H2
Ca+2H2O → Ca(OH)2+H2

II. Metall oksidlarining suvda erishi natijasida hosil bo'ladi:

Na2O+H2O → 2NaOH

Cs2O+H2O → 2CsOH

III. Metall gidridlarining suvda erishi natijasida hosil bo'ladi:

LiH+H2O→ LiOH+H2; KH+H2O → KOH+H2
CaH2+2H2O → Ca(OH)2+2H2

IV. Ayrim hollarda almashinish reaksiyalari yordamida ishqorlar olinadi:

Ca(OH)2+Na2CO3 → CaCO3↓ +2NaOH
K2SO4+Ba(OH)2 →BaSO4↓ +2KOH


V. Asoslarni olish uchun ular oksidlarining suvda qisman erishidan foydalanish mumkin: MgO+H2O → Mg(OH)2.

VI. Aksariyat hollarda asoslarni olish uchun metallarning tuzlari eritmalariga ishqor eritmalari ta’sir ettiriladi:

CuCl2+2NaOH →Cu(OH)2↓+2NaCl
Mn(NO3)2+2KOH → Mn(OH)2↓ +2KNO3
FeSO4+2NaOH → Fe(OH)2↓ +Na2SO4

Fizikaviy xossalari

Gidroksidlardan faqat NH4OH eritma holida bo'lib, boshqalari qattiq holda bo'ladi. Ishqorlar qattiq holda, oq rangli, juda gigroskopik moddalardir. Asoslar turli rangli bo'lib, amorf va kristall tuzilishli, suvda kam eruvchan moddalardir. Ishqorlaming suvli eritmalari kuchli va asoslarning eritmalari kam elektr o'tkazish xossalariga ega.

Kimyoviy xossalari

a) yuqorida aytilganidek, kimyoviy jihatdan ishqorlar asoslarga nisbatan faol moddalardir. Ular suyuqlanma yoki eritmada Me(OH)n = Me+n+nOH- tenglamaga ko'ra OH- ionlarini ko'p miqdorda hosil qiladilar. Shu sababli ular “o'yuvchi” xossalarini namoyon qiladilar. b) gidroksidlar kislotali oksidlar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladilar

Fe(OH)2+SO2 →FeSO3 + H2O
NaOH+ CO2 → NaHCO3
6NH4OH+P2O5 →2(NH4)3PO4+3H2O

v) qizdirilganda suv ajratib chiqarib tegishli metall oksidini hosil qiladi:

 2NaOH →Na2O+H2O

Ca(OH)2 → CaO+H2O

Cu(OH)2 → CuO+H2O

g) ba’zi gidroksidlar qizdirilsa, suv, kislorod va erkin holda metall ajralib chiqadi:

4AgOH → 4 Ag+O2+2H2O

2Hg(OH)2 → 2Hg+O2+2H2O

d) ammoniy gidroksid temperatura ta’sirida gazsimon moddalarga to‘liq parchalanadi:

NH4OH → NH3↑+H2O

Gidroksidlarning nomlanishi

Gidroksidlarning nomlanishi: ulami nomlashda tegishli metall nomiga “gidroksid” so'zi qo'shib aytiladi. Masalan: LiOH — litiy gidroksidi, Ca(OH)2 — kalsiy gidroksidi. Kimyoviy xossasiga ko'ra ular ishqorlar bo'lgani uchun: LiOH — litiy ishqori (yoki o'yuvchi litiy); NaOH — natriy ishqori (o'yuvchi natriy) nomlari ham mavjud.

Asoslami nomlashda ham yuqoridagi qoida saqlanib qoladi. Agar bir metall turli oksidlanish darajalaridagi gidroksidlami hosil qilsa, uning valentligi ko'rsatiladi: Fe(OH)2 — temir (II)- gidroksidi; temir(II)asosi; Fe(OH)3—temir (III)-gidroksidi; temir (III)- asosi; Cu(OH)2 — mis (Il)-gidroksidi, CuOH — mis (I)-gidroksidi va hokazo.

Amfoter gidroksidlar

Amfoter gidroksidlar. Ham asos, ham kislota xossalarini namoyon etuvchi gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi. Ularning umumiy tarkibini Me(OH)n ga mos kelishini e’tiborga olib, amfoterlik xossasini shunday tushuntirish mumkin:

Bunday gidroksidlar qatoriga: Zn(OH)2, Sn(OH)2, Be(OH)2, Pb(OH)2, Al(OH)3,Cr(OH)3, Sn(OH)4 larkiradi. a) amfoter gidroksidlar kislota xossasini namoyon qiladi:

Al(OH)3(k)+NaOH(k) → NaAlO2+2H2O

b) amfoter gidroksidlar asos xossasini namoyon qiladi:

Zn(OH)2 ↓ +H2SO4 = 2H2O+ZnSO4
Cr(OH)3↓ +3HNO3 = Cr(NO3)3+3H2O

Amfoter gidroksidlarni olish uchun metallga ekvivalent miqdorda ishqor ta’sir ettirish kerak:

AlCl3+3NaOH →Al(OH)3 ↓ +3NaCl
Be(NO3)2+2KOH → Be(OH)2↓+2KNO3