Agar reaksiya tenglamalariga e’tibor berilsa, ularda moddalar aniq miqdoriy nisbatlarda birikib, hosil bo'lgan moddalar tarkibida har bir elementning atomlar soni shu miqdoriy nisbatga to'g'ri kelishini ko'ramiz.
Suv hosil bo'lishini qarasak: 2H2 + O2 = 2H2O 2 mol vodorod 1 mol kislorod bilan ta’sirlashib, tarkibida 2 atom vodorod va bir atom kislorod saqlagan H2O molekulasini hosil qiladi. Boshqacha qaralsa, har 2 g H va 16 g О elementlari birikib 18 g H2O ni hosil qiladi. Buni yana ham kichikroq miqdoriy nisbatlarda qaralsa, 1 g H va 8 g О elementlari o'zaro qoldiqsiz birikib 9 g H2O hosil qiladi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin: har qanday holatda suv hosil bo'lish jarayonida 1 g H elementi (6,02 * 1023 ta H atomlari) 8 g О elementi (3,0* 1023 ta О atomlari)ga kimyoviy jihatdan ekvivalent (teng kuchli) miqdorlardir.
Agar bu reaksiyada ikkala moddadan birortasi ko'p miqdorda, masalan, 16 g О elementi olinsa aynan yuqoridagi 1 g H : 8 g О miqdoriy nisbatda reaksiya boradi va 16 - 8 = 8 g kislorod ortib qoladi. Shunga asosan moddalarning kimyoviy jihatdan teng kuchli miqdoriy nisbatlarini ifodalash uchun ekvivalent tushunchasi kiritilgan bo'lib, E —harfi bilan belgilanadi, “g/ ekv” birlikda o'lchanadi.
- Mavzuga doir maqolalar:
- Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari
- Moddalar massasining saqlanish qonuni
- Tarkibning doimiylik qonuni
- Avogadro qonuni haqida
- Ekvivalentlar qonuni haqida
Moddalarning ekvivalentlarini ifodalashda nisbiy ekvivalent birlik (bir ekvivalent og'irlik) sifatida 1 mol H atomi og'irligi (1 g) yoki 1 mol О — atomi og'irligining yarmi (8 g) qabul qilingan. Har qanday moddaning ekvivalenti deb, uning 1 g (og'irlik qism— o. q) vodorod yoki 8 g (o: q) kislorod bilan birikadigan (yoki о‘rnini oladigan) og 'irlik miqdoriga aytiladi.
Shunga ko'ra:
EH = 1 g/mol; EO = 8 g/mol; EMg = 12 g/ekv,
EAl = 9 g/ekv; ECl = 35,5g/ekv bo'ladi.
Demak, Mg ning ekvivalenti 12 g/mol deyilgani, uning 12 grammi kislotalar tarkibidan 1 g H ni siqib chiqaradi yoki 8 g kislorod bilan birikishini anglatadi. Yuqoridagi tushunchalar asosida asosiy qonunlardan biri — ekvivalentlar qonuni kelib chiqqan.
Ta’rif: Har qanday modda massa yoki hajm bo’yicha o'z ekvivalentiga proporsional holda reaksiyaga kirishadi. Bu qonunni quyidagi umumiy tenglama uchun matematik ko'rinishda yozsak:

Oddiy moddalarning ekvivalentlarini hisoblash uchun elementning atom og‘irligini uning valentligiga bo'lish kerak:

Agar element biror modda tarkibida berilsa: FeCl2 va FeC larda temirning ekvivalentligi mos ravishda EFe =56/2 = 28 g/ekvva EFe = 56/3 = 18,66 g/ekv bo'ladi.
Murakkab moddalarning ekvivalentlarini hisoblash quyida keltirilgan:
Oksidlar uchun. Eoksid = M(oksid)/V — oksid tarkibidagi metall atomlarining (summar) umumiy valentligi:
EAl2O3= MAl2O3/2*3=1/6MAl2O3 =112/6=18.66 g/ekv
Kislotalar uchun: Ekisl = Мkisl/n(H). n(H) — 1 molekula kislota tarkibidagi H-atomlari soni. Agar
reaksiya tenglamasida berilsa, 1 molekula kislota tarkibida reaksiyada ishtirok etgan H-atomi soni.
Masalan: Esulfat k-ta=M/2=98/2=49 g/ekv
NaOH+H2SO4=NaHSO4+H2O reaksiyasida
Esulfat k-ta=M/1=98/1=98 g/ek
Asos (gidroksid)lar uchun: Egidr = Mgidr/ n(OH) n(OH)- gidroksid tarkibidagi OH lar soni.
EAl(OH)3 = MAl(OH)3 /3 = 78/3 = 26g/mol
Agar reaksiya tenglamasi berilsa, 1 mol gidroksid tarkibida reaksiyada ishtirok etgan OH lar soniga ko'ra:
Al(OH)3+2HCl =Al(OH)Cl2=2H2O reaksiyada
EAl(OH)3 = MAl(OH)3 /2 = 78/2 = 39g/mol
Etuz = Mtuz /umumiy valentlik
EFe2SO4 = Mtuz/2 =142/2 = 71 g/ekv
EFe2(SO4)3 = Mtuz/2• 3 = 1/6 Mtuz = 400/6 = 66,66 g/ek
Ko'rinib turibdiki, moddalaming ekvivalent massalari bir element yoki bir modda uchun turli qiymatga egadir. Shujihati bilan u atom va molekulyarmassadan farq qiladi.
