Sapporo haqida

Hukumat qarori bilan belgilangan shahar
Sapporo
yap. 札幌市
Yuqoridan pastga, chapdan o‘ngga: Sapporo stansiyasi (2012-yil sentabr), qizil chiroqlar mavzesi Susukino (2004-yil fevral), Sapporo stansiyasi yaqinidagi shahar manzarasi (2011-yil mart), Odori bog‘ida o‘tkazilgan Qor festivali paytida Sapporo teleminorasining kuzatuv maydonchasidan olingan manzara, Hokkaydo Jingu (2007-yil), Hokkaydo universiteti muzeyi, Sapporo Miva tog‘ kanat yo‘li (2015-yil sentabr)
43°03′ sh. k. 141°21′ sh. u.HGЯO
Mamlakat  Yaponiya
Prefektura Hokkaydo
Okrug Isikari
Mer Katsuxiro Akimoto
Tarixi va geografiyasi
Asos solingan sana 1-avgust 1922
Maydoni 1121,12 km²
Markazining balandligi 17 m
Iqlim turi nam kontinental iqlim[VM] va quruq mavsumsiz, yozi issiq kontinental iqlim[VM]
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Aholisi
Aholisi 1 933 787 kishi (2014)
Aholi zichligi 1724,87 kishi/km²
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +81 11
Pochta indeksi 060-8611
Kod 01100-2
Boshqa ma’lumotlar
Mintaqa Hokkaydo
Ramzlari Gul: Marvaridgul
Daraxt: Nastarin
Qush: Kakku

city.sapporo.jp  (yap.)
Саппоро на карте
Саппоро
Sapporo
Логотип Викисклада Vikimedia Commonsdagi mediafayllar
Логотип Викигида Vikisayohatdagi sayohat qo‘llanmasi

Sapporo (yap. 札幌市 Sapporo-si, tinglashfayl haqida) — Yaponiyaning beshinchi yirik shahri, Hokkaydo mintaqasining eng muhim iqtisodiy, sanoat, ta’lim va madaniyat markazi, Yaponiyaning hukumat qarori bilan belgilangan shaharlaridan biri, shuningdek, Hokkaydo gubernatorligining ma’muriy markazi. Shahar maydoni 1121,12 km², aholisi — 1 933 787 kishi (30-iyun 2014-yil), aholi zichligi — 1724,87 kishi/km². Shaharda Hokkaydo universiteti joylashgan.

Sapporo — Qishki Olimpiya o‘yinlariga ( 1972-yil) hamda uchta Qishki Osiyo o‘yinlariga ( 1986, 1990 va 2017-yil) mezbonlik qilgan shahar. Sapporo — kurort shahar bo‘lib, uning atrofida ko‘plab issiq buloqlar bor. Bu yerda har yili Qor festivali o‘tkaziladi va unga dunyoning turli mamlakatlaridan 2 milliondan ortiq sayyoh keladi.

Tarix

Shahar barpo etilishidan oldin bu hududda aynlar yashagan. 1866-yilda, Edo davrining oxirida, bu hududda kanal qazildi. Bu ko‘chib keluvchilarni jalb etib, Sapporo qishlog‘ining shakllanishiga yordam berdi. Aholi punkti nomi ayn tilidagi «sat poro pet» (ayn. サッ・ポロ・ペッ) iborasidan olingan bo‘lib, «katta quruq daryo» deb tarjima qilinishi mumkin.

1868-yil Sapporoga asos solingan yil hisoblanadi. O‘sha yili yangi Meydzi hukumati Hokkaydoning ma’muriy markazini Isikari daryosi bo‘yida qurishga qaror qildi. Bungacha orol Hakodate shahridan boshqarilgan, biroq bu shahar mudofaa nuqtayi nazaridan zaif, orolni rivojlantirish uchun esa noqulay joylashgan edi.

1907-yilda imperatorlik Toxoku universitetiYaponiyaning Senday shahrida (Miyagi prefekturasi) tashkil etildi va uning tarkibiga Sapporo qishloq xo‘jaligi kolleji kirdi. 1918-yilda shahar tramvayi qatnovi boshlandi. Xuddi shu yili Yaponiyadagi yettita imperatorlik universitetining beshinchisi — Hokkaydo imperatorlik universiteti tashkil topdi. 1930-yilda shahar avtobuslari tarmog‘i ishga tushirildi. 1937-yilda Sapporo 1940-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbon sifatida tanlandi, ammo Ikkinchi Xitoy–Yaponiya urushi boshlangani sababli Olimpiadani Sapporoda o‘tkazish qarori bekor qilindi. 1942-yilda Okadama aeroporti ochildi.

Ikkinchi jahon urushining so‘nggi kunlarida, 14 va 15-iyul kunlari (1945-yil) Sapporo AQSH harbiy-havo kuchlarining kuchli bombardimoniga uchradi. Natijada 190 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 6788 kishi jarohatlandi, 78 000 kishi boshpanasiz qoldi, jami shahar binolarining 17,5 % qismi vayron bo‘ldi.

Shundan so‘ng, 1950-yilda Sapporoda birinchi qor festivali o‘tkazildi. 1968-yilda Sapporo va Hokkaydo prefekturasi tashkil topganining yuz yilligi nishonlandi. 1971-yilda Sapporo metrosining birinchi liniyasi ochildi. Sapporo Yaponiyada metro ishga tushirilgan 4-shahar bo‘ldi. 3–13-fevral kunlari (1972-yil) Sapporoda Osiyoda ilk bor Qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazildi. Xuddi shu yili Sapporoga hukumat qarori bilan belgilangan shahar maqomi berildi.

2008-yilda Sapporoda Katta sakkizlik sammitining Toyakoda o‘tkazilishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

2023-yil oktabrida Sapporo hukumati shahar aholisining fikrini inobatga olib, 2030-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun bergan arizasini qaytarib oldi.

Tabiiy-geografik xususiyatlari

Sapporo Isikari tekisligining janubi-g‘arbida, Isikari daryosining irmog‘i bo‘lgan Toyoxira daryosining allyuvial yoyilmasida (конус выноса) joylashgan, u Isikari daryosiga quyiladi. Sapporo ko‘chalari muntazam to‘rsimon tartibda joylashgan. Shaharning g‘arbiy va janubiy qismlarida bir necha tog‘, jumladan, Teyne, Maruyama va Moiva tog‘lari bor.

Sapporoda ko‘plab bog‘lar, jumladan, shahar markazida joylashgan Odori bog‘i mavjud.

Iqlim

Sapporo nam kontinental iqlim mintaqasida joylashgan (Kyoppen iqlim tasnifi — Dfa/Dfb). Yozi ancha issiq, ammo nam emas; qishi esa sovuq va qorli. Yiliga yoqqan qorning umumiy qalinligi — 597 sm. Yillik yog‘in miqdori taxminan 1100 mm. Tabiiy «qorli o‘lka» hodisasi tufayli Sapporo aholisi milliondan ortiq shaharlar orasida[manbada ko‘rsatilmagan] birinchi, dunyoda esa qor qoplamining o‘rtacha yillik qalinligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi (1981–2010-yillarda — 597 sm); birinchi o‘rinda Aomori (669 sm) turadi.

Sapporo iqlimi
Ko‘rsatkich \Davr Yan Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal harorat, °C 8,4 10,8 15,1 28,0 30,4 31,6 36,0 36,2 32,7 26,4 22,4 14,8 36,2
O‘rtacha maksimal harorat, °C −0,6 0,1 4,0 11,6 17,3 21,5 24,9 26,4 22,4 16,1 8,5 2,0 12,9
O‘rtacha harorat, °C −3,6 −3,1 0,6 7,1 12,4 16,7 20,5 22,3 18,1 11,8 4,9 −0,9 8,9
O‘rtacha minimal harorat, °C −7,1 −6,7 −3,1 3,1 8,2 12,9 17,2 19,0 14,1 7,4 1,2 −4,2 5,2
Mutlaq minimal harorat, °C −20,9 −19,6 −17,1 −8 −2,2 2,5 7,0 8,8 0,8 −3 −12 −20,2 −20,9
Yog‘in (me’yor), mm 114 96 79 58 54 47 83 124 136 110 105 113 1118

Aholi

Shahar aholisi 1 933 787 kishi (30-iyun 2014-yil), zichligi esa 1724,87 kishi/km². Aholi sonining 1980-yildan 2005-yilgacha o‘zgarishi:

1980 1 401 757 kishi.
1985 1 542 979 kishi.
1990 1 671 742 kishi.
1995 1 757 025 kishi.
2000 1 822 368 kishi.
2005 1 880 863 kishi.

Ta’lim

Iqtisodiyot

Xizmat ko‘rsatish sohasi sanoatga nisbatan ustunlik qiladi.

Isikari porti konteyner tashuvchi kemalarni ham, suyultirilgan tabiiy gaz tashuvchi kemalarni ham qabul qiladi.

Oziq-ovqat ishlab chiqarish, metallga ishlov berish, mashina va uskunalar ishlab chiqarish, yog‘ochni qayta ishlash hamda qog‘oz ishlab chiqarish tarmoqlari mavjud.

Sapporoda turizm sanoati rivojlangan, shaharda pivo muzeyi bor, qishda esa qor festivali o‘tkaziladi.

Transport

Sapporoning quyidagi qardosh shaharlari bor:

Fotosuratlar

Havolalar

  • Rasmiy sayt
  • SAPPORO // Yaponiya A dan Ya gacha. Ommabop suratli ensiklopediya. (CD-ROM). — Moskva: Directmedia Publishing, «Yaponiya bugun», 2008. — ISBN 978-5-94865-190-3.