Rozetka tumanligi

Mundarija
NGC 2237
Emission tumanlik
O‘rganilish tarixi
Kashf etgan olim Lyuis Svift
Kashf etilgan sana 1871
Kuzatuv ma’lumotlari
(Epoxa J2000.0)
To‘g‘ri chiqish 06soat 30daq 54,6s
Og‘ish +05° 02′ 52″
Masofa 5200 yorug‘lik yili
Ko‘rinma yulduz kattaligi (V) 9
Ko‘rinma o‘lchamlari 80,0' × 50,0'
Yulduz turkumi Yakkashox
Boshqa belgilanishlari
NGC 2237
Ma’lumotlar bazalaridagi axborot
SIMBAD NAME Rosette Nebula
Логотип Викиданных Vikima’lumotlardagi axborot ?
Логотип Викисклада Vikiombordagi mediafayllar

Rozetka tumanligi (ingl. Rosette nebula, NGC 2237, boshqa nomi — Atirgulcha tumanligi) — ulkan emission tumanlik, yirik molekulyar bulutlardan biri yaqinida, Yakkashox yulduz turkumida joylashgan (Somon Yo‘li galaktikasi). U ionlashgan vodorod sohasi bo‘lib, unda yulduzlarning shakllanish jarayonlari kechadi.

Tumanlik quyidagi obyektlardan tashkil topgan:

  • NGC 2237 — tumanlikning bir qismi (odatda butun tumanlikni belgilash uchun ishlatiladi)
  • NGC 2238 — tumanlikning bir qismi
  • NGC 2239 — tumanlikning bir qismi (kashf etgan olim — Jon Gershel)
  • NGC 2244 — tumanlik markazidagi yulduzlar to‘dasi (kashf etgan olim — Jon Flemstid, 1690-yilda)
  • NGC 2246 — tumanlikning sharqiy qismidagi yorqinroq soha (kashf etgan olim — Lyuis Svift, 1885-yilda).

Albert Mart Rozetka tumanligi tuzilishining ayrim tafsilotlarini (NGC 2238) birinchi bo‘lib farqlay olgan. Barnard undan mustaqil ravishda 1883-yilda yangi kometalarni izlash chog‘ida tumanlikni aniqlagan. Uning kuzatuvlari Lyuis Sviftni 1884-yilda Rozetka tumanligi haqida qisqa maqola chop etishga undagan. 1886-yilda osmonning ushbu qismini qayta o‘rganish chog‘ida Svift tumanlikning sharqiy qismidagi yana bir tafsilotni (NGC 2246) aniqlagan. Barnard 1890-yillarning boshlarida astronomik kuzatuvlarni fotoplastinkalarda qayd etishni boshlaguniga qadar tumanlikning to‘liq o‘lchami noma’lum edi.

Tumanlik Yerdan taxminan 5200 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan (garchi masofa bo‘yicha hisob-kitoblar bir-biridan sezilarli darajada farq qilsa ham). Diametri taxminan 130 yorug‘lik yilini tashkil etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, tumanlikning massasi Quyosh massasidan qariyb 10 ming baravar katta. Vodorodning ko‘pligi tufayli tumanlik aksariyat fotosuratlarda qizg‘ish tusda ko‘rinadi. Tumanlik markazida NGC 2244 tarqoq yulduzlar to‘dasining yorqin moviy yulduzlari joylashgan. Qoramtir chang tolalari butun tumanlik bo‘ylab tarqalgan. Kuzatuvlar tez harakatlanuvchi molekulyar uyumlar mavjudligini ko‘rsatmoqda; ularning kelib chiqishi hanuz sirligicha qolmoqda.

2001-yilda Chandra rentgen observatoriyasi yordamida tumanlikni o‘rganish uning markazida juda qaynoq yosh yulduzlar mavjudligini ko‘rsatdi. Bu yulduzlar atrofdagi gazni taxminan 6000 ming kelvin haroratgacha qizdiradi va gaz rentgen nurlarini chiqarishiga sabab bo‘ladi. Ularning yulduz shamollari va kuchli nurlanishi moddani tumanlik markazidan tashqariga surib chiqaradi. Yulduz shamolining bosimi chang va gazdan globulalar hosil bo‘lishiga olib keladi, deb hisoblanadi. Bu globulalar kuchli nurlanish va shamol ta’sirida asta-sekin yemiriladi. Agar molekulyar bulutdagi ushbu globulalar yetarlicha uzoq vaqt davomida tashqi ta’sirsiz qolsa, ularda yulduzlar va sayyoralar shakllana boshlashi ehtimol.

Bu obyekt quyidagi katalogning asl nashrida qayd etilgan obyektlardan biridir: «Yangi umumiy katalog».

Havolalar