Palermo haqida

Shahar
Palermo
italyancha Palermo
38°07′00″ sh. k. 13°22′00″ sh. u.HGЯO
Mamlakat  Italiya
Mintaqa Sitsiliya
Metropoliten shahar Palermo
Kommuna Palermo
Mer Roberto Lagalla
Tarixi va geografiyasi
Maydoni 160,59 km²
Markazining balandligi 14 m
Iqlim turi O‘rta dengiz iqlimi
Vaqt mintaqasi UTC+1:00, yozda UTC+2:00
Aholisi
Aholisi 663 770 kishi (2018)
Zichligi 4 133,32 kishi/km²
Aholisining nomlanishi palermitani
Rasmiy til italyan tili
Raqamli identifikatorlar
Telefon kodi +39 091
Pochta indekslari 90100, 90121-90151
Avtomobil raqam kodi PA
ISTAT 082053
Boshqa ma’lumotlar
Kommuna bayrami 15-iyul

comune.palermo.it
 (italyancha) (inglizcha)
Палермо на карте
Палермо
Palermo
Палермо на карте
Палермо
Palermo
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar
Логотип Викигида Vikisayohatdagi yo‘lko‘rsatkich

Palermo (qadimgi yunoncha Πάνορμος, lotincha Panormus, italyancha Palermo Xalqaro fonetik alifbo: [paˈlɛrmo]audiofayl haqida, sitsiliyacha Palermu) — Italiyaninghududiga kiruvchi Sitsiliya orolida joylashgan shahar.

Shahar Sitsiliya mintaqasi va shu nomdagi hududiy birlikningma’muriy markazidir; ushbu hududiy birlik provinsiyaga tenglashtirilgan.

Shaharning homiysi Avliyo Rozaliyahisoblanadi. Shahar bayrami — 15-iyul.

Tarix

Palermo shahriga finikiyaliklar tomonidan Sus (qadimgi finikiycha «gul» degan ma’noda) nomi bilan miloddan avvalgi 754-yilda asos solingan, biroq shahar o‘zining Panorm — «har doim kirish mumkin bo‘lgan bandargoh» (lotincha Panormum va Panormus, qadimgi yunoncha Πάνορμος) nomini yunonlardan olgan (shu nomdagi yunon polis shahri Kichik Osiyodaham mavjud bo‘lgan; u hozirgi Turkiyaning Bandirmashahridir); Birinchi Puni urushi davrida bu yerda Karfagen flotining asosiy bazasi joylashgan. Rimliklar miloddan avvalgi 254-yilda shaharni egallab, unga munitsipiymaqomini berganlar, Avgust davrida esa shahar koloniya (Colonia Augusta Panormitanorum) maqomini olgan. 515-yilda Rim hukmronligi davrida ancha xarobaga aylangan Palermoni gotlarbosib oldilar; 535-yilda Velizariy ulardan Sitsiliyaning shimoliy sohilini qaytarib oldi. 831-yilda shahar saratsinlarqo‘liga o‘tdi; shundan so‘ng u Sitsiliyaning eng muhim savdo markaziga aylandi. Aholining katta qismini Shimoliy Afrika bilan savdo qilgan yunonlar, yahudiylar va arablar tashkil etgan.

Aynan 1072-yilda normann istilochisi Robert Gviskar Palermoni egalladi, uning avlodi Roje II esa shaharni Sitsiliya qirolliginingpoytaxtiga aylantirdi. Gogenshtaufenlar hukmronligi davrida, ayniqsa Fridrix IIGermaniyadagi butun imperatorlik saroyini bu yerga ko‘chirganidan keyin, Palermoda hashamatli saroy hayoti qizg‘in kechdi. Fridrix II ning o‘g‘li Sitsiliyalik Manfred ishtirok etgan Benevento jangida (1266) halok bo‘lgach, Karl Anjuy Palermoni egalladi, ammo fransuzlar Sitsiliyada uzoq vaqt tura olmadilar. Sitsiliyaliklar Konradinningqatl etilganini unutmadilar; Palermo chekkalarida mashhur Sitsiliya oqshomi qo‘zg‘oloni (1282-yil) boshlandi va natijada oroldagi barcha fransuzlar qirib tashlandi.

Sitsiliya qiroli deb Aragonlik Pedro IIIe’lon qilindi, Palermo esa vitse-qirol qarorgohiga aylandi. Biroq olti asrlik Ispaniya hukmronligi shahar aholisiga farovonlik olib kelmadi. 1799-yilda, Neapol fransuzlar tomonidan egallangach, Neapollik Ferdinand IV Palermoga qochib, shu yerda 1815-yilgachaqoldi. 1820-yildaFerdinand IV Neapol va Sitsiliyani yagona Ikki Sitsiliya qirolligideb e’lon qilishga qaror qilganida, Palermoda qo‘zg‘olon boshlandi va uni katta qiyinchilik bilan bostirishga muvaffaq bo‘lindi. 1847-yilda Palermoda boshlangan noroziliklar 1848-yilda umumxalq qo‘zg‘oloniga aylandi. Qirollik qo‘shinlari mag‘lub etildi, shaharda muvaqqat hukumat tuzildi va Sitsiliya parlamentichaqirildi, biroq keyingi, 1849-yilda Palermo qirollik qo‘shinlariga taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi.

So‘ng, 1860-yilda Juzeppe Garibaldi Palermoni egallab, uni Italiya qirolligi tarkibiga qo‘shdi. Shaharning katta qismi Ikkinchi jahon urushi davrida vayron bo‘lgan.

Iqlim

Palermoda O‘rta dengiz iqlimi hukm suradi. Eng sovuq oy — fevral, eng issiq oy — avgust. Palermo deyarli har tomondan dengiz bilan o‘ralgani sababli, qishi materikning sohilbo‘yi hududlariga qaraganda ham iliqroq, yozi esa dim va nam, lekin biroz kamroq issiq bo‘ladi.

Dengizning kuchli ta’siri tufayli Palermoda yozgi ob-havo dekabr boshigacha davom etadi, dekabr esa mart oyidan iliqroq bo‘ladi.

17-yanvar kuni (2017-yil) meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng past havo harorati — 0 °C qayd etilgan.

Palermo iqlimi
Ko‘rsatkich \ Davr Yanv Fev Mar Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal t, °C 25,0 28,0 34,7 35,7 38,9 43,0 43,1 42,4 40,0 35,1 30,6 27,0 43,1
O‘rtacha maksimal t, °C 15,2 15,0 17,0 19,4 22,7 26,7 29,4 30,0 27,2 24,0 20,0 16,6 21,9
O‘rtacha harorat, °C 12,5 12,2 13,7 15,9 19,3 23,2 26 26,7 24,1 20,9 17,1 14,1 18,8
O‘rtacha minimal t, °C 10,0 9,5 10,7 12,8 16,1 19,9 22,7 23,5 21,2 17,9 14,3 11,7 15,9
Mutlaq minimal t, °C 0 0 2,4 5,8 9,2 12,2 17,9 17,9 15,0 10,0 5,1 2,2 0
Yog‘in (me’yor), mm 36 33 29 27 14 7 3 12 36 41 43 47 326

Diqqatga sazovor joylar

Palermo sobori
Palermo sobori (tafsilotlar)

Dengiz sohili bo‘ylab keng sayilgoh — Foro Italiko cho‘zilgan, uning yaqinida Flora shahar bog‘i (Villa Juliya) joylashgan. Asosiy maydonlar: shahar markazida, ikkita asosiy ko‘cha kesishgan joydagi Piazza Vilyena, Piazza Pretoriya, muhtasham manyerizm uslubidagi favvorasi (1550) bilan; jamoat bog‘i (Jardino Garibaldi) joylashgan Piazza Marina; Karl V ga bag‘ishlangan yodgorlik (1635) o‘rnatilgan Piazza Bolonya; avliyolar haykallari qo‘yilgan balyustrada bilan o‘ralgan Sobor maydoni; Filipp Vga bag‘ishlangan yodgorlik joylashgan Piazza Vittoriya. Shahar darvozalari orasida Porta Feliche (1582—1637) va tantana arkasi Porta Nuova (1584) e’tiborga loyiq.

Palatina kapellasining ichki bezagi (XII asr)

Palermoda 295 ta cherkov va kapella, jumladan, 70 ta sobiq monastir mavjud. Avliyo Rozaliya sobori dastlab gotika uslubida normann qiroli Vilgelm II tomonidan (1169—85) qurilgan, ammo ko‘plab qayta qurishlardan so‘ng ispan soboriga xos ko‘rinish olgan. Ibodatxona ichida Avliyo Rozaliyaning (shahar homiysining) kumush tobuti hamda qirol Roje II, uning qizi Konstansiya va Konstansiyaning eri — imperator Genrix VI, shuningdek, ularning o‘g‘li, buyuk imperator Fridrix IIning qabrlari joylashgan. Sobor ikkita arka orqali nafis qo‘ng‘iroq minorasi va yepiskop saroyi bilan tutashgan. Boshqa qadimgi normann cherkovlari orasida San-Kataldo (XII asr), San-Jovanni-delyi-Eremiti (1132) o‘zining noodatiy qizil arabcha gumbazlari bilan, shuningdek, Majonecherkovi mashhur. Admiral Antioxiyalik Georgiy buyurtmasiga binoan qurilgan Martorana cherkovi (1143) noyob mozaikalar bilan Vizantiya uslubida bezatilgan.

Qirollik saroyi turli uslubdagi binolar majmuasidir: Roje I qurdirgan qadimgi normann minorasi — Torre Pizana; Palatina kapellasi — shaharning asosiy diqqatga sazovor joyi va Yevropa o‘rta asrlarining noyob yodgorliklaridan biri. Uning arab uslubida bo‘yalgan o‘yma yog‘och tomi hamda Roje tomonidan Konstantinopoldantaklif etilgan ustalar ishlagan, ayrimlari dunyoviy mavzudagi yuksak sifatli ko‘plab mozaikalari bor. Boshqa mashhur fuqaroviy inshootlar — palatssolar Kyaromonte va Skya­fante (1307—80), shahar hokimiyati binosi (1463).

O‘rta asrlarga oid Admiral ko‘prigi — Oreto daryosi ustidagi birinchi tosh ko‘prikdir. Ayniqsa, Kaputsinlar katakombalari — XVI—XX asrlarda vafot etgan 8000 dan ortiq palermolikning jasadi ochiq holda saqlanadigan yerosti qabristoni diqqatga sazovor.

Palermo atrofidagi mashhur joylar orasida Monte-Pellegrino— go‘zal manzarali tog‘ va Avliyo Rozaliyaning g‘or ibodatxonasi; qirollikning Favorita villasi ( xitoy uslubidagi), Belmonte, Serradifalko, Taska villalari; normann qal’alari — Tsiza (1164) yarim arabcha mozaikali frizi bilan va Kuba (1182), La Kubola cho‘milish pavilyoni bilan; o‘rta asr mozaikalari bilan bezatilgan Monreale sobori , Massimo teatri.

Palermo botanika bog‘i — Italiyaningeng muhim ilmiy muassasalaridan biri. Ushbu botanika bog‘i ikki yuz yildan ortiq tarixga ega «ochiq osmon ostidagi ulkan muzey»dir.

Sport

Qardosh shaharlar

Galereya

Mashhur shahar farzandlari

Adabiyotlar

Havolalar