Yaponiyada turizm

2003-yildan 2017-yilgacha Yaponiyaga kelgan xorijiy sayyohlar sonining o‘sish dinamikasi

Yaponiyada turizm — mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlaridan biri. Yaponiya 2019-yilda 31,88 mln xalqaro sayyohni jalb qildi. Yaponiyada 21 ta Jahon merosi obyekti mavjud. Ular orasida Ximedzi qalʼasi, Kioto va Naraning tarixiy yodgorliklari bor. 2017-yilgi Sayohat va turizm raqobatbardoshligi to‘g‘risidagi hisobotda Yaponiya 141 mamlakat orasida 4-o‘rinni egallab, Osiyo mamlakatlari ichida eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan. Yaponiya deyarli barcha yo‘nalishlarda, ayniqsa, sog‘liqni saqlash, gigiyena, himoya va xavfsizlik sohalarida nisbatan yuqori baholangan.

Tarix

Ichki turizm

Manzarali joylarga sayohat qilishning dastlabki anʼanalari qachon paydo bo‘lgani nomaʼlum. Biroq ilk sayohatlardan biri shoir Matsuo Basyoning 1689-yilda Yaponiyaning o‘sha paytdagi «olis shimoli»ga qilgan safari bo‘lgan. Bundan sal avval faylasuf Hayasi Radzan tomonidan Yaponiyaning uch mashhur manzarasi 1643-yilda tasniflangan edi. Edo davrida (taxminan 1600-yildan Meydzi tiklanishigacha, yaʼni 1867-yilgacha) mamlakat ichidagi sayohatlar yo‘l bekatlari (syukuba) orqali tartibga solingan. Bu bekatlar sayohatchilar tegishli hujjatlarni taqdim etishi shart bo‘lgan kichik shaharchalar edi. Bekatlarda yuk tashuvchilar va otxonalar mavjud bo‘lgan, ko‘p qatnovli yo‘nalishlarda esa tunash va ovqatlanish joylari ham bo‘lgan.

Xorijiy turizm

1641-yildan 1853-yilgacha Yaponiyada o‘zini tashqi dunyodan yakkalash siyosati amal qilgan. Bu siyosatni mamlakatni boshqargan Tokugava syogunati yuritgan. O‘sha davrda Yaponiya chet elliklar uchun yopiq mamlakat bo‘lgani sababli xorijiy turizm mavjud emas edi. Meydzi tiklanishi va milliy temiryo‘l tarmog‘i qurilishidan keyin turizm yapon fuqarolari uchun ham, Yaponiyaga qonuniy asosda kirishi mumkin bo‘lgan chet ellik mehmonlar uchun ham ancha qulaylashdi.

Sayyohlar kelgan mamlakatlar

2017-yilda Yaponiyaga 28 690 900 nafar chet ellik sayyoh tashrif buyurgan.

O‘rinMamlakatSayyohlar
2017-yilda
O‘sish
2016-yildan 2017-yilgacha
Sayyohlar
2016-yilda
O‘sish
2015-yildan 2016-yilgacha
Sayyohlar
2015-yilda
O‘sish
2014-yildan 2015-yilgacha
1 Xitoy7 355 80015,4 %6 373 00027,6 %4 993 689107,3 %
2 Koreya Respublikasi7 140 20040,3 %5 090 30027,2 %4 002 09545,3 %
3 Xitoy Respublikasi4 564 1009,5 %4 167 40013,3 %3 677 07529,9 %
4 Gonkong2 231 50021,3 %1 839 20020,7 %1 524 29264,6 %
5 AQSH1 375 00010,6 %1 242 70020,3 %1 033 25815,9 %
6 Tailand987 1009,5 %901 40013,1 %796 73121,2 %
7 Avstraliya496 10011,2 %445 20018,4%376 07524,3 %
8 Malayziya439 50011,5 %394 20029,1 %305 44722,4 %
9 Filippin424 20021,9 %347 80029,6 %268 36145,7 %
10 Singapur404 10011,7%361 80017,2 %308 78335,5 %
Jami28 690 90019,3 %24 039 05321,8 %19 737 40947,1 %

Havolalar

Логотип Викигида Sayohat qo‘llanmasi «Yaponiya» — Vikigidda