| Shahar | |||||
| Piza | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| ital. Pisa | |||||
| | |||||
|
|||||
| 43°43′ shimoliy kenglik 10°24′ sharqiy uzunlikHGYO | |||||
| Davlat |
|
||||
| Viloyat | Toskana | ||||
| Provinsiya | Piza | ||||
| Kommuna meri | Mikele Konti[Vikima’lumotlar] | ||||
| Tarix va geografiya | |||||
| Maydoni | 185 km² | ||||
| Markazining balandligi | 4 m | ||||
| Vaqt mintaqasi | UTC+1:00, yozda UTC+2:00 | ||||
| Aholi | |||||
| Aholi soni | 88 778 kishi (2023) | ||||
| Aholi zichligi | 480 kishi/km² | ||||
| Millatlar | italiyaliklar | ||||
| Diniy e’tiqod | katoliklik | ||||
| Aholining nomlanishi | pizalik erkak, pizalik ayol, pizaliklar | ||||
| Rasmiy til | italyan tili | ||||
| Raqamli identifikatorlar | |||||
| Telefon kodi | +39 050 | ||||
| Pochta indeksi | 56100 | ||||
| Avtomobil kodi | PI | ||||
| ISTAT | 050026 | ||||
|
|
|||||
| comune.pisa.it | |||||
Piza (ital. Pisa, lot. Pisae) — Italiyadagi shahar va kommuna bo‘lib, Toskanaviloyatida joylashgan. Shahardan 10 km narida Liguriya dengizibor. Piza esa shu nomdagi provinsiyaning ma’muriy markazi.
Shaharning norasmiy ramzi — Qiya minorabo‘lib, u 1986-yildan buyon maydon, sobor va baptisteriy bilan birgalikda Jahon merosi obyekti hisoblanadi.
Shaharning homiysi sifatida Avliyo Rayneriy[ingl.] (ital. San Ranieri). Shahar bayrami — 17-iyun.
Geografiya
Shahar dengiz sathidan 4 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 185 km². Shahar hududidan Arnodaryosi oqib o‘tadi. Shaharda 87 353 kishi (2008). Aholi zichligi — 472 kishi/km².
Iqlim
Piza, Markaziy va Janubiy Italiyaning boshqa hududlari singari, O‘rta dengiz iqlimiga ega.
| Ko‘rsatkich \ Davr | Yan | Fev | Mar | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Mutlaq eng yuqori harorat, °C | 17,6 | 21,0 | 24,0 | 27,9 | 30,9 | 35,0 | 37,8 | 38,8 | 36,2 | 30,2 | 24,0 | 20,4 | 38,8 |
| O‘rtacha eng yuqori harorat, °C | 11,4 | 12,6 | 15,2 | 17,8 | 22,2 | 26,0 | 29,4 | 29,5 | 25,7 | 20,9 | 15,3 | 11,8 | 19,82 |
| O‘rtacha harorat, °C | 6,8 | 7,6 | 9,8 | 12,5 | 16,4 | 20,0 | 23,1 | 23,4 | 20,0 | 15,8 | 10,7 | 7,6 | 14,48 |
| O‘rtacha eng past harorat, °C | 2,2 | 2,5 | 4,4 | 7,2 | 10,7 | 14,1 | 16,7 | 17,2 | 14,3 | 10,7 | 6,1 | 3,4 | 9,13 |
| Mutlaq eng past harorat, °C | −13,8 | −8,4 | −8,2 | −3,2 | 2,8 | 5,8 | 8,8 | 8,2 | 3,8 | 0,3 | −7,2 | −7,2 | −13,8 |
| Yog‘in miqdori (me’yor), mm | 63,4 | 57,5 | 59,8 | 89,1 | 61,5 | 47,8 | 25,4 | 49,4 | 101,5 | 140,3 | 123,5 | 74,4 | 893,6 |
| Manba: Servizio Meteorologico. Harorat va yog‘in miqdori, 1971-2000. | |||||||||||||
| Havoning nisbiy namligi va quyoshli soatlar soni, 1961—1990 | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oy | Yan | Fev | Mar | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
| Havoning nisbiy namligi, % | 75 | 71 | 70 | 72 | 72 | 70 | 67 | 68 | 71 | 72 | 74 | 76 | 71.5 |
| Quyoshli soatlar, soat | 105.4 | 121.5 | 151.9 | 192.0 | 241.8 | 267.0 | 316.2 | 279.0 | 219.0 | 176.7 | 111.0 | 93.0 | 2274.5 |
Tarix
Rimliklar kelishidan oldin Piza atrofida, ehtimol, ligurlaryashagan. Miloddan avvalgi 180-yildan keyin bu hudud Rim Respublikasining mustamlakasiga va uning harbiy-dengiz bazalaridan biriga aylangan. Piza yepiskopligi 313-yildan mavjud bo‘lgani ma’lum.
O‘rta asrlardagi Piza savdo shahar-davlatiga misoldir (qarang: Piza Respublikasi). Pizaliklar italiyaliklarning saratsinlar tajovuziga qarshi kurashida yetakchi bo‘lgan: 1016-yilda Genuya bilan ittifoqda arablarni Sardiniyadanquvib chiqargan, 1063-yilda esa musulmonlar qo‘lidagi Palermonivayron qilgan. Piza Respublikasi deyarli uzluksiz ravishda Genuya Respublikasi bilan dengizda, Lukka va Florensiya bilan esa quruqlikda adovatda bo‘lgan.
XII—XIII asrlarda shaharda roman uslubidakeng ko‘lamli qurilish ishlari olib borildi; shaharni bezashda iste’dodli rassom va hunarmandlardan iborat Pizanooilasi faol qatnashdi, Piza rassomlik maktabi ravnaq topdi.
Pizaliklar Muqaddas Rim imperiyasi imperatorlarining qo‘llab-quvvatlashiga erishib, salib yurishlaridavrida o‘z mavqelarini mustahkamlagan bo‘lsalar-da, Piza davlatchiligining oltin davriga 1284-yilda genuyaliklarga qarshi Meloriya jangidagimag‘lubiyat yakun yasadi. Shaharning dengiz qudrati Arno daryosining loyqa bilan to‘lib borishi tufayli zaiflashdi. Daryo o‘zanining o‘zgarishi Pizani dengiz savdosidan butunlay uzib qo‘ydi.
1406-yilda Pizani florensiyaliklar egalladi. Shahar 1494—1509-yillarda, Italiya urushlaridavridagi g‘alayonlar paytida qisqa muddatga mustaqilligini tikladi, biroq Medichilar hukmronligi qaytgach, siyosiy ahamiyatini butunlay yo‘qotdi.
1564-yilda Pizada Galileo Galileytug‘ilgan. U mahalliy universitetdatahsil olgan va dars bergan. Bu universitet Toskanadagi eng qadimgi oliy ta’lim muassasasidir. Universitet botanika bog‘i ga Kozimo I tomonidan 1544-yilda asos solingan; u dunyodagi ilk botanika bog‘i sifatida e’tirof etilish borasida Paduya botanika bog‘i bilan bahslashadi.
Mahalliy taomlar
Piza va Toskana taomlarining ko‘pi xushbo‘y va o‘tkir ta’mli bo‘ladi. Eng keng tarqalgan birinchi taomlar — San-Mikele oq loviya sho‘rvasi, qurbaqa sho‘rvasi va Piza sho‘rvasi (qotgan non, qora karam hamda turli sabzavotlardan tayyorlanadi).
Diqqatga sazovor joylar
Mashhur sobor majmuasi Pyatssa-dei-Mirakoli («Mo‘jizalar maydoni»)da, zamonaviy shahar markazidan chetroqda joylashgan va quyidagi yodgorliklarni o‘z ichiga oladi:
- Piza sobori (ital. Duomo di Pisa)
- Piza minorasi (ital. Torre pendente di Pisa)
- Piza baptisteriysi (ital. Battistero di San Giovanni)
- Kampo-Santo qabristoni (ital. Camposanto Monumentale)
Quyidagilar ham e’tiborga loyiq:
Muzeylar:
- Sobor muzeyi[ital.]
- Sinopiyalar muzeyi[ital.]
- San-Matteo milliy muzeyi
- Palatstso Reale muzeyi[ital.]
- Grafika muzeyi (Palatstso Lanfranki)[ital.]
- Qadimiy kemalar muzeyi[ital.]
Cherkovlar:
- Santa-Mariya-della-Spina
- Santa-Mariya-del-Karmine
- San-Paolo-a-Ripa-d’Arno[ingl.]
- Avliyo Stefan ritsarlari cherkovi
Boshqa joylar:
- Botanika bog‘i
- Avliyo Stefan ritsarlari maydoni[ingl.]
- Palatstso Agostini[ital.]
- Tuman Borgo-Stretto
| Pyatssa-dei-Mirakoli | Kampo-Santo | Santa-Mariya-della-Spina | Arno ustidagi ko‘prik |
Havolalar
- Pizaning rasmiy sayti (ital.)
- Piza shahri haqidagi sayt (ital.)