| Shahar | |
| Larnaka | |
|---|---|
| yun. Λάρνακα | |
| | |
| 34°55′ sh. k. 33°38′ sh. u.HGЯO | |
| Mamlakat |
|
| Rahbar | Andreas Viras |
| Tarix va geografiya | |
| Avvalgi nomlari | Kition |
| Maydoni |
|
| Markazining dengiz sathidan balandligi | 26 m |
| Iqlim turi | O‘rta dengiz iqlimi |
| Vaqt mintaqasi | UTC+2:00, yozda UTC+3:00 |
| Aholisi | |
| Aholisi | 51 468 kishi (2015) |
| Aglomeratsiya aholisi | 84 900 |
| Millatlar | yunonlar (80 %) |
| Diniy e’tiqodlar | xristianlar |
| Rasmiy til | Yunon tili |
| Raqamli identifikatorlar | |
| Telefon kodi | +357 24 |
| Pochta indeksi | 6010–6060 |
| Boshqa ma’lumotlar | |
|
|
|
|
larnaka.com (yun.) (ingl.) |
|
Larnaka (yun. Λάρνακα, qadimgi Kition) — kattaligi bo‘yicha Kiprning uchinchi yirik shahri ( Nikosiya va Limassoldan keyin) bo‘lib, orolning janubi-sharqiy sohiliga yaqin joylashgan. U shu nomdagi tumanningma’muriy markazidir. Shahar yaqinida Kiprning asosiy aeroporti joylashgan. Nikosiyagacha bo‘lgan masofa — 34 km.
Tarix
Larnaka Kitionshahar-davlatining davomchisi hisoblanadi. Rivoyatga ko‘ra, unga Nuhning nabirasi Kittim asos solgan. Ushbu shaharda mashhur faylasuf Zenontug‘ilgan. U stoiklar maktabigaasos solgan. Miloddan avvalgi IX asrdan boshlab Kition finikiyaliklar shahri bo‘lgan. Miloddan avvalgi 333-yilda Makedoniyalik Aleksandrdavlatining tarkibiga kirgan, miloddan avvalgi 312-yilda esa Misrning Ptolemeylar sulolasihukmronligi ostiga o‘tgan. Keyinchalik Rim va Vizantiya hukmronligida bo‘lgan.
VII–X asrlarda shahar zilzilalar va arablarning vayronkor hujumlariga uchragan. Shahar Kipr qirolligi va Venetsiya hukmronligi davrida Alikes («Sho‘r ko‘llar») deb atalgan. 1570-yilda shahar turklar tomonidan bosib olingan. Ehtimol, bu yerda topilgan ko‘plab qadimiy sarkofaglar (yunoncha «larnakes») sababli shahar Larnaka deb atalgan.
Diqqatga sazovor joylar

- Larnakaning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri — Vizantiya davriga oid pravoslav Avliyo Lazar cherkovibo‘lib, u xristianlar uchun muqaddas ziyoratgohdir. Cherkov IX asrda Kition (Larnaka) yepiskopi bo‘lib ko‘p yillar xizmat qilgan Lazarqabrining o‘rnida qurilgan. Cherkovda uning muqaddas qoldiqlarining bir qismi saqlanadi..
- Qadimiy Kitionarxeologik qazilmalari, arxeologiya muzeyi.
- Larnaka qal’asi.
- Fransiskan monastiri joylashgan Rim-katolik cherkovi.
- Dengiz bo‘yidagi gavjum Marina savdo mavzesi.
- Larnakada islom olamidagi ahamiyati bo‘yicha 4-o‘rinda turadigan musulmonlar ziyoratgohi — Hala Sulton Tekke masjidi joylashgan. Masjid Muhammad payg‘ambarning xolasi Umm Harom dafn etilgan sarkofag ustiga qurilgan. U mahalliy aholini islom diniga kiritish maqsadida arab musulmonlari qo‘shiniga boshchilik qilib Kiprga bostirib kirgan. Biroq otdan yiqilib, bo‘ynini sindirib olgan va halok bo‘lgan. Masjidga musulmon mamlakatlaridan ziyoratchilar va sayyohlar faol tashrif buyuradi.
- Larnaka yaqinida Shvetsiyaning cho‘kib ketgan «Zenobiya» paromi yotadi. Uzunligi 178 metr bo‘lgan ushbu kema yuk tirkamalari va texnikalarni tashigan (bunday yuklarning 108 tasi hanuz bortda). Parom 1980-yil iyun oyida kemaning muvozanatini boshqaruvchi kompyuterdagi nosozliklar sababli cho‘kib ketgan, biroq hech kim jabrlanmagan. Bugungi kunda «Zenobiya» Larnakaga aynan shu kema uchun dunyoning turli burchaklaridan keladigan akvalangli g‘avvoslar orasida keng tanilgan sho‘ng‘ish maskanidir. Manbalarga havolalar: ingliz tilida va rus tilida.
Iqlim
| Ko‘rsatkich \ Davr | Yan | Fev | Mar | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Mutlaq maksimal t, °C | 21,0 | 22,4 | 30,3 | 32,2 | 38,3 | 38,9 | 41,1 | 40,9 | 39,7 | 34,8 | 29,7 | 24,9 | 41,1 |
| O‘rtacha maksimal t, °C | 16,8 | 16,8 | 19,1 | 22,5 | 26,5 | 30,3 | 32,4 | 32,7 | 30,9 | 28,1 | 22,6 | 18,3 | 24,7 |
| O‘rtacha harorat, °C | 12,1 | 11,8 | 13,9 | 17,1 | 21,2 | 25,0 | 27,3 | 27,6 | 25,4 | 22,6 | 17,5 | 13,7 | 19,6 |
| O‘rtacha minimal t, °C | 7,5 | 6,9 | 8,7 | 11,7 | 16,0 | 19,8 | 22,2 | 22,6 | 19,9 | 17,1 | 12,5 | 9,2 | 14,5 |
| Mutlaq minimal t, °C | 0,4 | −1,3 | 2,4 | 2,0 | 8,9 | 12,5 | 16,9 | 17,5 | 12,4 | 10,4 | 2,6 | 0,6 | −1,3 |
| Yog‘in miqdori (me’yor), mm | 77,6 | 40,9 | 34,4 | 17,7 | 8,8 | 2,7 | 0,6 | 0,4 | 7,1 | 13,8 | 53,1 | 94,5 | 351,5 |
| Suv harorati, °C | 16 | 16 | 17 | 18 | 20 | 23 | 25 | 26 | 26 | 24 | 21 | 18 | 21 |
| Manba: METEOROLOGIYA XIZMATI, Sayyohlik portali | |||||||||||||
Transport
Shaharning transport tugunlari: Larnaka xalqaro aeroporti — respublikadagi eng gavjum aeroport, shuningdek, Larnaka porti — gavjumligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.
Jamoat transporti
Larnakada jamoat transporti faqat avtobuslardan iborat.
Birodarlashgan shaharlar
Ayachcho, Korsika, Fransiya (1989)
Bratislava, Slovakiya (1989)
Vladimir, Rossiya (2012)
Glifada, Gretsiya (1988)
Iliupolis, Gretsiya (2000)
Krasnodar, Rossiya (2019)
Larisa, Gretsiya (1990)
Leros, Gretsiya (2000)
Novosibirsk, Rossiya (1993)
Odessa, Ukraina (2004)
Pirey, Gretsiya (1995)
Poti, Gruziya (1987)
Saranda, Albaniya (1994)
Seged, Vengriya (1993)
Haringey, London, Buyuk Britaniya (1987)
Larnaka qal’asi XIV asr
