Molyar issiqlik sig‘imi

Molyar issiqlik sig‘imi — issiqlik sig‘imining modda miqdoriga nisbati, ya’ni bir mol moddaning issiqlik sig‘imi (turli moddalar uchun bu qiymat har xil bo‘lishi mumkin, ammo Dyulong — Pti qonuniga ko‘ra, ko‘plab moddalarda haroratning ancha keng oralig‘ida bu qiymatlar bir-biriga yaqin, hatto taxminan bir xil bo‘ladi).

Bu — muayyan moddaning bir moliga uning haroratini bir birlikka o‘zgartirish uchun berilishi zarur bo‘lgan issiqlik miqdoriga son jihatdan teng fizik kattalik. Shuningdek, elementning solishtirma issiqlik sig‘imi bilan uning atom massasining ko‘paytmasi shu elementning 1 moli haroratini 1°С ga oshirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdoriga tengdir (ya’ni 1 К).

Xalqaro birliklar tizimida (SI) molyar issiqlik sig‘imi joulning mol va kelvin ko‘paytmasiga nisbati bilan, ya’ni Дж/(моль·К) birlikda o‘lchanadi. Ba’zan Дж/(кмоль·К) kabi hosilaviy birliklar yoki tizimdan tashqari birliklar ham ishlatiladi: kaloriya/(кг·К) va hokazo.

Molyar issiqlik sig‘imi odatda yoki bilan, ba’zan esa indekssiz yoki boshqa indeks bilan (o‘lchash jarayoni sharoitlarini ifodalash, quyi tizimlarni raqamlash va hokazolar uchun) belgilanadi.

Molyar issiqlik sig‘imining qiymatiga moddaning harorati va boshqa termodinamik parametrlar ta’sir qiladi. Masalan, suvning molyar issiqlik sig‘imi 20 °C va 60 °C da o‘lchanganda turli natijalar olinadi.

Molyar issiqlik sig‘imini hisoblash formulasi

bu yerda c — molyar issiqlik sig‘imi, Q — issiqlik miqdori, ya’ni modda qizdirilganda olgan (yoki sovitilganda ajratib chiqargan) issiqlik, ν — qizdirilayotgan (sovitilayotgan) namunadagi modda miqdori, ΔT — oxirgi va boshlang‘ich haroratlar orasidagi farq. Solishtirma issiqlik sig‘imi haroratga bog‘liq bo‘lishi mumkin (aniqrog‘i, u doimo ma’lum darajada — kuchliroq yoki kuchsizroq — haroratga bog‘liq). Shu sababli kichik (matematik ma’noda cheksiz kichik) va :

Adabiyotlar