Solishtirma erish issiqligi

Solishtirma erish issiqligi (shuningdek: erish entalpiyasi; unga teng ma’noli yana bir atama — kristallanishning solishtirma issiqligi) — issiqlik miqdori bo‘lib, erish haroratidagi kristall moddaning bir birlik massasini bosim va harorat o‘zgarmaydigan muvozanatli (izobarik-izotermik) jarayonda qattiq (kristall) holatdan suyuq holatga o‘tkazish uchun zarurdir (modda kristallanganda xuddi shuncha issiqlik ajraladi).

O‘lchov birligi — J/kg. Erish issiqligi termodinamik fazaviy o‘tish issiqligining alohida ko‘rinishidir.

Solishtirma erish issiqligini hisoblash

Solishtirma erish issiqligi (yunon harfi — lambda) bilan belgilanadi. Solishtirma erish issiqligini hisoblash formulasi:

bu yerda  — issiqlik miqdori, ya’ni modda eriganda yutadigan (yoki kristallanganda ajratadigan) issiqlik;  — massa — eriyotgan (kristallanayotgan) moddaning massasidir. Solishtirma erish issiqligi doimo musbat bo‘ladi; ma’lum bo‘lgan yagona istisno — geliyning yuqori bosim ostidagi holatidir.

Ayrim moddalarning solishtirma erish issiqligi qiymatlari

Modda Solishtirma erish issiqligi (kJ/kg)
Alyuminiy 390
Temir 247
Oltin 67
Muz 333.5
Mis 213
Naftalin 151
Qalay 59
Platina 101
Simob 12
Qo‘rg‘oshin 25
Kumush 105
Rux 112
Cho‘yan (oq) 130
Cho‘yan (kulrang) 100

Adabiyotlar

  • Yenoxovich A. S. Fizika bo‘yicha qisqacha ma’lumotnoma. — M.: «Visshaya shkola», 1976. — B. 114. — 288 b.