Bug‘lanish va kondensatsiyaning solishtirma issiqligi

Bug‘lanish va kondensatsiyaning solishtirma issiqligi — fizik kattalik bo‘lib, u ma’lum haroratdagi bir birlik massali suyuqlikni, uning haroratini o‘zgartirmagan holda, bug‘ga aylantirish uchun qancha issiqlik miqdori kerakligini ko‘rsatadi. Bu kattalik bir birlik massali bug‘ning suyuqlikka aylanishidagi solishtirma kondensatsiya issiqligiga teng.

Hisoblash

Solishtirma issiqlikningbug‘lanish va kondensatsiyaga tegishli qiymati harfi bilan belgilanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

bu yerda Q — suyuqlikni bug‘ga yoki bug‘ni suyuqlikka aylantirish jarayonidagi issiqlik miqdori, m — massa.

Bug‘lanishning solishtirma issiqligi eng kichik qiymatga suyuqlikning qaynash haroratida ega bo‘ladi.

Bug‘lanish solishtirma issiqligining SI tizimidagi o‘lchov birligi — J/kg. Bug‘lanish issiqligi uchun eskirgan, ammo hozir ham ba’zan qo‘llanadigan birliklar — kkal/kg va kal/kg.

Odatda kimyoda bug‘lanish issiqligi moddaning bir moliga nisbatan ifodalanadi. Bu kattalik bug‘lanish (kondensatsiya)ning molyar issiqligi deb ataladi; uning o‘lchov birligi — J/mol. Shuningdek, eskirgan birliklar: kkal/mol va kal/mol ham qo‘llanadi.

Ayrim moddalar uchun qiymatlar

Ayrim moddalarning normal atmosfera bosimida (760 mm sim. ust. = 101,325 kPa) va o‘z qaynash haroratidagi bug‘lanishning solishtirma issiqlik qiymatlari:

Modda Qaynash
harorati,
°C
Bug‘lanish/kondensatsiyaning
solishtirma issiqligi, kJ/kg
Azot −195,8 199
Simob 357 282
Dietil efir 34,6 380
Vodorod −252,6 448
Etil spirti 78,4 837
Qo‘rg‘oshin 1 740 855
Ammiak −33,4 1 370
Suv 100 2 260
Mis 2 600 4 820
Temir 3 200 6 120
Alyuminiy 2 450 10 900
Litiy 1 340 21 000
Grafit 4 200 29 700
Berilliy 2 469 32 500
Bor 3 865 45 300