Mis(II) sulfat haqida

Mis​(II) sulfat​
Изображение молекулярной модели
Umumiy maʼlumotlar
Sistematik
nomi
Mis​(II) sulfat​
Anʼanaviy nomlari pentagidrat: «mis kuporosi»
Kimyoviy formulasi CuSO4
Fizik xossalari
Agregat holati kristall
Molyar massa 159,609 (sulfat) 249.685 (pentagidrat) g/mol
Zichligi 3,64 g/sm³
Qattiqligi 2,5
Termik xossalari
Harorat
 • suyuqlanish 200 °C
 • parchalanish 650 dan yuqori °C
Kimyoviy xossalari
Kislotaning dissotsiatsiya konstantasi pKa 5⋅10−3
Tuzilishi
Koordinatsion geometriyasi Oktaedrik
Kristall tuzilishi suvsiz — rombik
pentagidrat — triklin pinakoidal
trigidrat — monoklin
Tasnifi
Roʻyxatga olish CAS raqami 7758-98-7
PubChem
Roʻyxatga olish EINECS raqami 231-847-6
SMILES
InChI
RTECS GL8800000
ChEBI 23414
ChemSpider
Xavfsizlik
Ruxsat etilgan eng yuqori konsentratsiya havoda: maksimal bir martalik 0,009, o‘rtacha sutkalik 0,004; suvda: 0,001
LD50

300 mg/kg (kalamush, ogʻiz orqali),

87 mg/kg (sichqon, ogʻiz orqali)
Zaharliligi Oʻrtacha zaharli, tirnash xususiyati keltiruvchi modda, atrof-muhit uchun xavfli
ECB piktogrammalari Пиктограмма «T: Токсично» системы ECBПиктограмма «C: Разъедающее» системы ECBПиктограмма «N: Опасно для окружающей среды» системы ECB
NFPA 704
NFPA 704 four-colored diamond
0
2
1
Maʼlumotlar standart sharoitlar (25 °C, 100 kPa) uchun keltirilgan, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa.
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar
Сульфат меди(II)
Mis(II) sulfat monogidrati

Mis(II) sulfat (sulfat kislotaning mis(II) tuzi, kristallogidratining anʼanaviy nomi — mis kuporosi) — anorganik birikma, misning sulfat tuzi sulfat kislotadan hosil boʻlgan modda boʻlib, kimyoviy formulasi CuSO4.

Uchuvchan boʻlmagan, hidsiz modda. Suvsiz holatda — oq kukun, juda gigroskopik. Kristallogidratlar koʻrinishida — koʻk rangning turli tuslaridagi shaffof, nogigroskopik kristallar. Havoda ular asta-sekin nuraydi (yaʼni kristallizatsiya suvini yoʻqotadi). Achchiqroq, metallga xos burishtiruvchi taʼmga ega.

Mis(II) sulfat suvda yaxshi eriydi. Suvli eritmalardan havorang pentagidrat shaklida kristallanadi: CuSO4·5H2O (mis kuporosi). Mis kuporosining issiqqonli hayvonlar uchun zaharliligi nisbatan past, biroq baliqlar uchun juda zaharli.

U dezinfeksiyalovchi, antiseptik, burishtiruvchi xossalarga ega. Tibbiyotda va oʻsimlikshunoslikda antiseptik, fungitsid yoki mis-oltingugurtli oʻgʻit sifatida qoʻllaniladi.

Tabiatda uchrashi

Tabiatda minerallar xalkantit (CuSO4·5H2O), xalkokianit (CuSO4), bonattit (CuSO4·3H2O), butit (CuSO4·7H2O) hamda ayrim boshqa minerallar tarkibida uchraydi.

Olinishi

Sanoatda

Sanoatda aralashmali mis(II) sulfat mis va mis chiqindilarini suyultirilgan sulfat kislotasida H2SO4 va eritmadan havo oʻtkazish orqali olinadi:

𝟤𝖢𝗎+𝖮𝟤+𝟤𝖧𝟤𝖲𝖮𝟦→𝟤𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+𝟤𝖧𝟤𝖮,

quyidagi moddaning kislotada eritilishi orqali: mis(II) oksidi CuO — H2SO4:

𝖢𝗎𝖮+𝖧𝟤𝖲𝖮𝟦→𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+𝖧𝟤𝖮,

mis sulfidlarini sulfatlovchi kuydirish orqali hamda misni elektrolitik rafinatsiyalashning qoʻshimcha mahsuloti sifatida olinadi.

Laboratoriya sharoitida

Laboratoriyada CuSO4 ni misga konsentrlangan sulfat kislota bilan qizdirib taʼsir ettirish orqali olish mumkin:

𝖢𝗎+𝟤𝖧𝟤𝖲𝖮𝟦→𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+𝖲𝖮𝟤↑+𝟤𝖧𝟤𝖮,

harorat 60 °С dan oshmasligi kerak, chunki yuqoriroq haroratda sezilarli miqdorda qoʻshimcha mahsulot — mis(I) sulfidi:

𝟧𝖢𝗎+𝟦𝖧𝟤𝖲𝖮𝟦→𝟥𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+𝖢𝗎𝟤𝖲↓+𝟦𝖧𝟤𝖮.

Laboratoriyada mis(II) sulfatni, shuningdek, mis(II) gidroksidini sulfat kislota bilan neytrallash reaksiyasi orqali olish mumkin; yuqori tozalikdagi mis sulfatni olish uchun mos ravishda toza reaktivlar ishlatiladi:

𝖢𝗎(𝖮𝖧)𝟤+𝖧𝟤𝖲𝖮𝟦→𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+𝟤𝖧𝟤𝖮.

Toza mis sulfatni quyidagicha olish mumkin. Chinni kosachaga 120 ml distillangan suv quyiladi va 46 ml kimyoviy toza sulfat kislotasi zichligi 1,8 g/sm3 boʻlgan holda qoʻshiladi. Aralashmaga 40 g toza mis (masalan, elektrolitik mis) solinadi. Keyin 70—80 °С gacha qizdiriladi va shu haroratda bir soat davomida avval 1 ml dan boʻlib, jami 11 ml konsentrlangan nitrat kislotasi qoʻshiladi. Agar mis kristallar bilan qoplansa, 10—20 ml suv qoʻshiladi. Reaksiya tugaganda (gaz pufakchalari ajralishi toʻxtaganda), misning qoldiqlari olinadi; eritma yuzasida kristall pardasi paydo boʻlguncha bugʻlatilib, sovitiladi. Hosil boʻlgan kristallar distillangan suvda 2—3 marta qayta kristallantirilib, quritilishi kerak.

Tozalash

Ifloslangan yoki texnik mis sulfatni qayta kristallantirish orqali tozalash mumkin: modda qaynab turgan distillangan suvda eritma toʻyinguncha eritiladi, soʻng taxminan +5 °С gacha sovitiladi. Hosil boʻlgan kristall choʻkma filtrlanadi. Biroq hatto koʻp marta qayta kristallantirish ham mis sulfatdagi eng keng tarqalgan aralashma boʻlgan temir birikmalarini butunlay yoʻqotishga imkon bermaydi.

Toʻliq tozalash uchun mis kuporosi qoʻrgʻoshin dioksidi PbO2 yoki bariy peroksidi BaO2bilan eritmaning filtrlangan namunasida temir aniqlanmay qolguncha qaynatiladi. Keyin eritma filtrlanadi, yuzasida kristall pardasi paydo boʻlguncha bugʻlatiladi va kristallanishi uchun sovitiladi.

N. Shorl usuliga koʻra issiq mis sulfat eritmasiga (CuSO4 ) oz miqdorda vodorod peroksidi H2O2 va natriy gidroksidi NaOH qoʻshilib, qaynatiladi va choʻkma filtrlanadi. Filtratdan ajralgan kristallar ikki marta qayta kristallantiriladi. Olingan moddaning tozaligi «kimyoviy toza» (XCh) darajasidan kam boʻlmaydi.

Chuqur tozalash

Mis sulfatni oʻta tozadarajada olishga imkon beruvchi murakkabroq usul ham mavjud; bunda aralashmalar miqdori taxminan 2·10-4 %.

Buning uchun 20 °C da toʻyingan mis sulfatning suvli eritmasi tayyorlanadi (faqat ikki marta distillangan suvishlatiladi). Unga vodorod peroksidi 2—3 ml (30 % li eritma, har 1 litrga) hisobida qoʻshiladi, aralashtiriladi va yangi choʻktirilgan asosli mis karbonati 3—5 gramm qoʻshiladi, qizdiriladi va 10 daqiqa qaynatiladi; bunda parchalanadigan birikma — H2O2.

Soʻng eritma 30—35 °С gacha sovitilib, filtrlanadi va unga 15 ml 3 foizli natriy dietilditiokarbamat eritmasi qoʻshiladi. Haroratni pasaytirmasdan aralashtirgichda uch-toʻrt soat ushlab turiladi. Keyin eritma komplekslarning yirik parchalari ajratib olinadigan tarzda tez suziladi va aralashtirib turgan holda yarim soatga faollashtirilgan koʻmir BAU-A qoʻshiladi. Soʻng eritma vakuum usulida filtrlanadi.

Keyin mis sulfat (CuSO4 ) eritmasining har 1 l qismiga taxminan 200 ml toʻyingan NaCl eritmasi (tozalik darajasi «Ch») quyiladi va reaksiya toʻliq tugaguncha, mis ajralib chiqib, eritma tiniqlashguncha sim yoki boʻlakchalar koʻrinishidagi toza alyuminiy solinadi (bunda vodorodajraladi). Ajralgan mis chayqatish orqali alyuminiydan ajratiladi, choʻkma dastlab suv bilan dekantatsiya usulida yuviladi, keyin ustiga 5—10 % li issiq xlorid kislota (XCh) eritmasi quyiladi. Aralashma bir soat davomida chayqatilib, doimiy ravishda 70—80 °С gacha qizdiriladi, soʻng suvda yuviladi va ustiga 10—15% li sulfat kislota (OSCh 20-4) quyilib, yana shu harorat oraligʻida bir soat qizdiriladi. Keyingi mahsulotlarning tozaligi kislotalar bilan yuvishning qanchalik puxta bajarilganiga va keyingi bosqichlarda ishlatiladigan reaktivlarning tozalik darajasiga bogʻliq.

Kislotalar bilan yuvilgach, mis yana suvda yuviladi va katta ortiqcha miqdor olmasdan 15—20% li sulfat kislotada (OSCh 20-4), vodorod peroksidi (OSCh 15-3) qoʻshib eritiladi. Reaksiya tugagach, hosil boʻlgan mis sulfatning kislotali eritmasi ortiqcha peroksidni parchalash uchun qaynatiladi va dastlab hosil boʻlgan choʻkma butunlay eriguncha distillangan 25% li ammiak (OSCh 25-5) eritmasi bilan neytrallanadi yoki unga kompleks-adsorbsion usul bilan oʻta toza darajagacha tozalangan ammoniy karbonateritmasi qoʻshiladi.

Bir sutka tindirilgach, eritma sekin filtrlanadi. Filtratga havorang-yashil choʻkma toʻliq tushguncha sulfat kislota (OSCh) qoʻshiladi va choʻkma zarralari yiriklashib, yashil asosli mis sulfatgaaylanguncha ushlab turiladi. Yashil choʻkma zichlashguncha tindirilib, eruvchan aralashmalar butunlay ketguncha suv bilan yaxshilab yuviladi. Soʻng choʻkma sulfat kislotada eritiladi, filtrlanadi, pH=2,5—3,0 qilib belgilanadi va tez sovitib ikki marta qayta kristallantiriladi. Bunda har bir sovitish paytida maydaroq mis sulfat kristallari hosil qilish uchun eritma aralashtiriladi. Ajralgan kristallar Byuxner voronkasiga oʻtkaziladi va ona eritmaning qoldiqlari suv oqimli nasosyordamida chiqarib tashlanadi. Uchinchi kristallantirish eritmani kislotalamasdan amalga oshiriladi; natijada biroz yirikroq va yaxshi shakllangan kristallar olinadi.

Fizik xossalari

Eruvchanlik CuSOA4 turli haroratlarda suvda
Harorat,
°С
Eruvchanlik
CuSOA4 CuSOA4⋅5HA2O
% % g hisobida
100 g suvga
0 12,9 20,2 23,3
15 16,2 25,3 30,2
25 18,7 29,2 34,9
30 20,3 31,6 39,9
40 22,8 35,5 46,2
50 25,1 39,2 52,6
60 28,1 43,8 61,1
70 31,4 49,0 71,6
80 34,9 54,4 83,8
90 38,9 60,0 98,2
100 42,4 66,0 115,0

Mis(II) sulfat pentagidrati (mis kuporosi) — triklin singoniyadagi shaffof koʻk kristallar. Zichligi 2,284 g/sm3. 110 °С haroratda 4 ta suv molekulasi ajraladi, 150 °С da esa modda butunlay suvsizlanadi.

Suvda eruvchanligi

Mis(II) sulfatning turli haroratlarda suvda eruvchanligi jadvalda keltirilgan.

Kristallogidratning tuzilishi

Mis kuporosining tuzilishi rasmda koʻrsatilgan. Koʻrinib turibdiki, mis ioni atrofida oʻqlar boʻylab ikkita SO42− anioni va tekislikda toʻrtta suv molekulasi koordinatsiyalangan, beshinchi suv molekulasi esa koʻprik vazifasini bajaradi: u vodorod bogʻlari orqali tekislikdagi suv molekulalarini sulfat guruhi bilan bogʻlaydi.

Issiqlik taʼsiri

Qizdirilganda pentagidrat ketma-ket ikki molekula suvni yoʻqotib, trigidratga aylanadi: CuSO4·3H2O (bu jarayon, kristallizatsiya suvini yoʻqotish, pastroq haroratlarda ham [jumladan, 20—25 °С da] sekin sodir boʻladi), keyin 110 °С da monogidratga aylanadi: CuSO4·H2O, 258 °C dan yuqorida esa suvsiz tuz hosil boʻladi.

650 °C dan yuqorida suvsiz sulfatning pirolizi quyidagi reaksiya boʻyicha jadallashadi:

𝟤𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦→ot𝟤𝖢𝗎𝖮+𝟤𝖲𝖮𝟤+𝖮𝟤.

Suvsiz mis(II) sulfatning gidratlanish reaksiyasi ekzotermik boʻlib, bunda sezilarli miqdorda issiqlik (79 kJ/mol) ajraladi.

Kimyoviy xossalari

Elektrolitik dissotsiatsiya

Kuchsiz asos va kuchli kislota ionlaridan hosil boʻlgan barcha eruvchan tuzlar singari, mis(II) sulfat ham gidrolizlanadi (gidroliz darajasi 0,01 M eritmada 15 °C haroratda 0,05 % ni tashkil etadi) va kislotali muhit hosil qiladi (mazkur eritmaningpH qiymati 4,2). Dissotsiatsiya konstantasi quyidagicha: 5⋅10−3.

CuSO4 — suvda yaxshi eriydigan tuz va kuchli elektrolit boʻlib, eritmalarda mis(II) sulfat bir bosqichda dissotsiatsiyalanadi:

𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦→𝖢𝗎𝟤++𝖲𝖮𝟦𝟤−.

Oʻrin olish reaksiyasi

Oʻrin olish reaksiyasi mis sulfatning suvli eritmalarida misdan faolroq, metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatorida misdan chapda joylashgan metallar ishtirokida sodir boʻlishi mumkin:

𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+𝖹𝗇→𝖢𝗎↓+𝖹𝗇𝖲𝖮𝟦.

Eruvchan asoslar (ishqorlar) bilan reaksiyasi

Mis(II) sulfat ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, havorang mis(II) gidroksid choʻkmasini hosil qiladi:

𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+𝟤𝖪𝖮𝖧→𝖢𝗎(𝖮𝖧)𝟤↓+𝖪𝟤𝖲𝖮𝟦,
𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+𝟤𝖫𝗂𝖮𝖧→𝖢𝗎(𝖮𝖧)𝟤↓+𝖫𝗂𝟤𝖲𝖮𝟦,
𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+𝟤𝖭𝖺𝖮𝖧→𝖢𝗎(𝖮𝖧)𝟤↓+𝖭𝖺𝟤𝖲𝖮𝟦.

Qisqartirilgan ion tenglama (Bertolle qoidasi)

𝖢𝗎𝟤++𝟤𝖮𝖧−→𝖢𝗎(𝖮𝖧)𝟤↓

Boshqa tuzlar bilan almashinish reaksiyasi

Mis sulfat ushbu ionlar orqali ham almashinish reaksiyalariga kirishadi: Cu2+ va SO42-:

𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+𝖡𝖺𝖢𝗅𝟤→𝖢𝗎𝖢𝗅𝟤+𝖡𝖺𝖲𝖮𝟦↓,
𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+𝖪𝟤𝖲→𝖢𝗎𝖲↓+𝖪𝟤𝖲𝖮𝟦.

Oksidlovchilik xossalari

Mis sulfat HI, yodidlarni va qizdirilganda HBr va bromidlarni erkin galogenlargachaoksidlaydi. U vodorod yodid va yodidlar taʼsirida metall misgacha qaytariladi, chunki hosil boʻladigan mis(I) yodidi yorugʻlikda parchalanadi. Quruq mis sulfat va natriy bromid aralashmasi mis(II) bromidihosil boʻlishi sababli shunday xossaga ega: bu birikma quruq holatda +500 °C dan yuqori haroratda parchalanadi, namlik mavjud boʻlsa parchalanish harorati 115—140°C gacha pasayadi:

𝟤𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+ 𝟤𝖪𝖨⟶ 𝖢𝗎𝟤𝖲𝖮𝟦+𝖪𝟤𝖲𝖮𝟦+𝖨𝟤↓

𝟤𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+ 𝟤𝖧𝖨⟶ 𝖢𝗎𝟤𝖲𝖮𝟦+𝖧𝟤𝖲𝖮𝟦+𝖨𝟤↓

𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+ 𝟤𝖪𝖨 →hν 𝖢𝗎↓+𝖨𝟤↓+𝖪𝟤𝖲𝖮𝟦

𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+ 𝟤𝖧𝖨 →hν 𝖢𝗎↓+𝖨𝟤↓+𝖧𝟤𝖲𝖮𝟦

𝟤𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+ 𝟤𝖭𝖺𝖡𝗋 →>500oC 𝖢𝗎𝟤𝖲𝖮𝟦+𝖭𝖺𝟤𝖲𝖮𝟦+𝖡𝗋𝟤↑

𝟤𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+ 𝟤𝖧𝖡𝗋 →>500oC 𝖢𝗎𝟤𝖲𝖮𝟦+𝖧𝟤𝖲𝖮𝟦↑+𝖡𝗋𝟤↑

𝟤𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦⋅𝟧𝖧𝟤𝖮+ 𝟤𝖭𝖺𝖡𝗋 →115−140oC 𝖢𝗎𝟤𝖲𝖮𝟦+𝖭𝖺𝟤𝖲𝖮𝟦+𝖡𝗋𝟤↑+𝟣𝟢𝖧𝟤𝖮↑

𝟤𝖢𝗎𝖲𝖮𝟦+ 𝟤𝖧𝖡𝗋 →H2O,115−140oC 𝖢𝗎𝟤𝖲𝖮𝟦+𝖧𝟤𝖲𝖮𝟦+𝖡𝗋𝟤↑

Boshqa xossalari

Ishqoriy metallar va ammoniy sulfatlari bilan kompleks tuzlar hosil qiladi, masalan: Na2[Cu(SO4)2]·6H2O.

Cu2+ ioni alangani yashil rangga boʻyaydi.

Ishlab chiqarilishi va qoʻllanilishi

Mis(II) sulfat pentagidrati kristallari CuSO4 · 5H2O
…va monokristalli
Suvsiz mis sulfat

Mis(II) sulfat — misning eng muhim tuzlaridan biri. Koʻpincha boshqa mis birikmalarini olish uchun boshlangʻich xomashyo sifatida ishlatiladi.

Suvsiz mis sulfat namlikni yaxshi yutadi va etanolnisuvsizlantirish (absolyutlashtirish), gazlarni (jumladan, havoni) quritish hamda namlik indikatori sifatida ishlatilishi mumkin.

Mis(II) sulfat pentagidrati kristallarini oʻstirish osonligi hamda ularning suvsiz shakldan keskin farq qilishi maktab taʼlimida qoʻllaniladi.

Mashinasozlikda metall detallarni qoʻlda belgilashdan oldin boʻyash uchun ishlatiladi.

Qurilishda mis sulfatning suvli eritmasi suv sizib chiqishi oqibatlarini bartaraf etish, zang dogʻlarini yoʻqotish hamda gʻisht, beton va suvalgan yuzalardagi tuz qoldiqlarini («shoʻrlanish»ni) ketkazish uchun foydalaniladi. Shuningdek, yogʻoch uchun antiseptik va fungitsid vosita sifatida uning chirishining oldini olishda qoʻllaniladi.

Qishloq xoʻjaligida mis kuporosi antiseptik, fungitsid va mis-oltingugurtli oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Daraxtlardagi jarohatlarni zararsizlantirish uchun 1 % li eritma (100 g 10 l suvga) ishlatiladi; u oldindan tozalangan shikastlangan joylarga surtiladi. Pomidor va kartoshkaning fitoftoroziga qarshi kasallikning dastlabki belgilari paydo boʻlganda ekinlarga 0,2 % li eritma (20 g 10 l suvga) purkaladi; kasallik xavfi tugʻilganda (masalan, nam havoda) profilaktika maqsadida ham qoʻllanadi. Tuproqni zararsizlantirish hamda undagi oltingugurt va mis yetishmovchiligini toʻldirish uchun mis sulfat eritmasi (5 g 10 l suvga) bilan sugʻoriladi. Biroq koʻpincha mis kuporosi Bordo suyuqligi — asosli mis sulfat CuSO4·3Cu(OH)2 tarkibida zamburugʻli kasalliklar va uzum fillokserasigaqarshi ishlatiladi. Shu maqsadlarda mis(II) sulfat chakana savdoda sotiladi.

Suv omborlarida suvning gullashiga qarshi kurashish uchun ham mis kuporosi bilan kimyoviy ishlov beriladi.

Bundan tashqari, mineral boʻyoqlarishlab chiqarishda, tibbiyotda, mis bilan qoplash uchun elektrolitik vannalar tarkibiy qismlaridan biri sifatida va hokazolarda, shuningdek, atsetat tolasi.

ishlab chiqarishdagi yigiruv eritmalari tarkibida ishlatiladi. Oziq-ovqat sanoatida u oziq-ovqat qoʻshimchasi E519sifatida roʻyxatga olingan. Rangni mustahkamlovchi va konservant sifatida ishlatiladi.

Maishiy sharoitda suv toshqinidan keyin shiftda qolgan zang dogʻlarini ketkazish uchun ishlatiladi.

Rangli metall parchalari qabul qilish punktlarida mis kuporosi eritmasi rux, marganes va magniyni aniqlash maqsadida alyuminiy qotishmalari hamda zanglamaydigan poʻlatgasurtiladi. Bu metallar mavjud boʻlsa, qizil dogʻlar paydo boʻladi.

Xavfsizlik

Modda kam zaharli. Ruxsat etilgan eng yuqori konsentratsiya 500 mg/l. Mis kuporosining katta yoshli odam uchun ogʻiz orqali qabul qilingandagi oʻlimga olib keluvchi dozasi 45 dan 125 grammgacha boʻlib, tana vazni, salomatlik holati, immunitetning ortiqcha misga munosabati va boshqa omillarga bogʻliq. Zaharlanish alomatlari bir martada 0,5 g dan ortiq birikma ichga qabul qilinganda namoyon boʻladi (bu toksik doza). LD50 kalamushlar uchun 300 mg/kg ni tashkil qiladi. Mis kuporosi aerozollaridan nafas olishdagi zaharlanish manzarasi murakkabroq.

Modda bilan muomala qilish qoidalari

Quruq moddaning teriga tegishi nisbatan xavfsiz hisoblanadi, biroq uni yuvib tashlash kerak. Eritma yoki namlangan qattiq modda tegsa ham xuddi shunday qilish lozim. Koʻzga tegsa, uni koʻp miqdorda oqar suv (sust oqim) bilan yuvish kerak. Qattiq modda yoki konsentrlangan eritma oshqozon-ichak yoʻliga tushsa, jabrlanuvchining oshqozonini 0,1 % li kaliy permanganateritmasi bilan yuvish, unga tuzli ich suruvchi vosita — magniy sulfatdan 1—2 qoshiq ichirish, qusishni chaqirish va siydik haydovchi vositaberish kerak. Bundan tashqari, suvsiz moddaning ogʻiz va oshqozonga tushishi termik kuyishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Mis sulfatning kuchsiz eritmalari ichga qabul qilinganda kuchli qusdiruvchi vosita sifatida taʼsir qiladi va baʼzan qusishni chaqirish uchun ishlatiladi. Ular oq fosfor bilan zaharlanganda ham qoʻllanadi. Yuqori konsentratsiyali mis sulfat eritmalari qabul qilingandan taxminan 10 daqiqa oʻtib qusishni keltirib chiqaradi.

Mis sulfat kukuni va changi bilan ishlaganda ehtiyotkorlikka rioya etish, ularning havoga koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaslik, niqob yoki respirator taqish, ishdan keyin yuzni yuvish lozim. Aerozol bilan nafas olganda oʻtkir toksik doza 11 mg/kg ni tashkil etadi. Mis sulfat aerozol koʻrinishida nafas yoʻllariga tushganda jabrlanuvchini toza havoga olib chiqish, ogʻzini suv bilan chayish va burun qanotlarini yuvish kerak.

Moddani quruq va salqin joyda, zich yopiladigan qattiq plastik yoki shisha idishda, dori-darmon, oziq-ovqat va hayvonlar yemidan alohida, bolalar va hayvonlar ololmaydigan joyda saqlash kerak.

Gigiyenik meʼyorlar

Ish joyi havosidagi ruxsat etilgan eng yuqori konsentratsiya — 1 mg/l (1 g/m3) (ikki valentli mis ionlari boʻyicha).