Fosforli o‘g‘itlar nima

1942-yil. Ikkita qishloq xo‘jaligi yer maydoni. Chapdagi maydonga o‘g‘it solinmagan, o‘ngdagi maydonda esa fosforli o‘g‘itlardan foydalanilgan

Fosforli o‘g‘itlar — mineral o‘g‘itlar, kalsiyli va ammoniyli tuzlar fosfat kislotasidan hosil bo‘ladi.

Turlari

Fosforli o‘g‘itlarga quyidagilar kiradi:

O‘simliklar uchun ahamiyati

Fosfor NPK elementlari uchligiga (azot, fosfor, kaliy) kiradi. Ushbu elementlarni tuproqqa kiritish hosildorlikni sezilarli darajada oshiradi (Libixning 1840-yildagi kashfiyoti). C, O, H va S elementlarining o‘simliklar uchun zaxiralari, odatda, cheklanmagan. NPK uchligidagi elementlar esa birgalikda yoki alohida holda cheklovchi omil bo‘lib, biomassaning qishloq xo‘jaligi va tabiiy ekotizimlarda o‘sishini belgilaydi. Bu elementlarning ekotizimga kirishi va undan chiqishi o‘rtasidagi muvozanat ekotizim biomassasi miqdorini belgilaydi. Biroq ayrim hollarda cheklovchi omil yoritilganlik, namlik, harorat va shu kabilar bo‘lishi mumkin. Ayrim o‘simliklarda fosfor miqdori 1,6 % gacha yetadi (P2O5 hisobida). Fosfor barcha tirik organizmlarga xos bir qator organik birikmalar tarkibiga kiradi, jumladan DNK, RNK, NADF, ATF, fosfolipidlar. Fosfor yetishmasligi, hatto K va N ortiqcha bo‘lganda ham, o‘simlik va hayvon organizmlarining o‘sishini sekinlashtiradi yoki butunlay to‘xtatadi. Sodda bir hujayrali organizmlarda o‘sish patologiyalarsiz sekinlashishi yoki to‘xtashi mumkin. Tuzilishi murakkab o‘simlik va hayvonlarda esa ontogenez (individual rivojlanish) qatʼiy vaqt chegaralarida kechadi. Shu sababli fosfor bilan yetarli taʼminlanmaslik turli, ko‘pincha o‘limga olib keladigan patologiyalarni keltirib chiqaradi.

Tuproqda fosfatlarning to‘planishi

Fosforli o‘g‘itlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: oson eriydigan «tez taʼsir qiluvchi» va yomon eriydigan «sekin taʼsir qiluvchi» o‘g‘itlar. «Tez taʼsir qiluvchi» fosfatlar (ammofos, diammofos, qo‘sh superfosfat, superfosfat) tez samara beradi va hosildorlikni jadal oshiradi. Biroq fosforning katta qismi tuproq suvlari bilan yuvilib, tuproq ostidagi jinslarga o‘tadi, kuchli yomg‘irlarda oqizib ketiladi va oxir-oqibat daryo tarmoqlariga tushib yo‘qotiladi. Shunday qilib, fosfor hosil tarkibiga o‘tmasdan yo‘qoladi. Shu bilan birga, fosforning bir qismi harakatsiz Ca3(PO4)2. Bu jarayon, ayniqsa, kalsiyga boy tuproqlarda, shuningdek, tuproq kislotaliligi o‘zgarganda kuchli kechadi. Bu hodisa tuproqning fosfatlanishi, yaʼni unda fosfatlarning o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan shaklda to‘planishi deb ataladi. Hosildorlik kamayishi sababli dehqonchilikda bu jarayon nomaqbul hisoblanadi. Bunda tuproq sifati yomonlashmaydi. Aksincha, dunyodagi fosfat zaxiralari cheklanganini hisobga olsak, «tez taʼsir qiluvchi» fosfatlardan foydalanishni tabiiy resurslardan isrofgarchilik bilan foydalanish deb baholash mumkin.

Fosforit uni va suyak uni kabi «sekin taʼsir qiluvchi» fosfatlar hosildorlikni keskin oshirmaydi. Bunday o‘g‘itlarning taʼsiri o‘nlab yillarga cho‘zilib, kichik, ammo uzoq muddatli samara beradi. Fosfatlanish jarayonida harakatchanligini yo‘qotgan fosfatlar ham xuddi shunday taʼsir ko‘rsatadi. «Sekin taʼsir qiluvchi» o‘g‘itlarning muhim afzalligi — foydali moddaning to‘liq, isrofsiz ishlatilishidir: fosfor tuproq eritmasiga asta-sekin o‘tadi va uning barchasi o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi. «Sekin taʼsir qiluvchi» fosforli o‘g‘itlar tarkibidagi fosfor ulushi «tez taʼsir qiluvchi» superfosfatlardagiga qaraganda kamroq, biroq ular ancha arzon, ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayonlarni talab qilmaydi va ishlab chiqarish paytidagi fosfor yo‘qotilishi minimal bo‘ladi. Masalan, fosforit uni aslida maydalangan fosforit rudasidan iborat. Shunga qaramay, zamonaviy qishloq xo‘jaligida «sekin taʼsir qiluvchi» o‘g‘itlar deyarli qo‘llanmaydi, chunki global miqyosda ularni ommaviy ishlatish muqarrar ravishda keng ko‘lamli ocharchilikka olib keladi. Fosforit unidan foydalanish yana shuning uchun ham cheklanganki, fosforitlar tarkibida, odatda, ko‘p miqdorda zaharli va radioaktiv Cd, U, Th bo‘ladi; superfosfat ishlab chiqarishda ular fosfogips tarkibiga o‘tadi. Shunga qaramay, fosforit unidan foydalanishga quyidagi mamlakat va hududlarda ruxsat berilgan: Yevropa Ittifoqi, Avstraliya, Hindiston.

Fosforli xomashyo zaxiralari

O‘g‘it sifatida fosforli rudalar va ularni qayta ishlash mahsulotlari ishlatiladi. Fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida fosforitlar va apatit Ca5(PO4)3(Сl,F,OH).

Rossiya Federatsiyasida eng yirik ftorapatit koni Xibin tog‘larida (Kola yarimoroli) joylashgan. Ruda tanasining qalinligi — 200 metr, zaxirasi 564 mln.t. Р2О5. Zaxiradagi fosforit konlari Kirov viloyatida (273 mln.t.), Buryatiyada (109 mln.t.), Yoqutiya–Saxa Respublikasida (86 mln.t.), Bryansk (56 mln.t.), Irkutsk (43 mln.t.), Moskva (31 mln.t.) viloyatlarida va Krasnoyarsk o‘lkasida (27 mln.t.) joylashgan.

Atmosferadagi zaxiralari tuganmas bo‘lgan azotdan va nafaqat silvinit qatlamlaridan, balki kaliyli dala shpatlaridan ham olinishi mumkin bo‘lgan kaliydan farqli ravishda, fosfor zaxiralari cheklangan. AQSH Geologiya xizmatining baholashlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyodagi fosforli xomashyo zaxiralarining 70% qismi Marokashdagi fosforit konlarida to‘plangan. Rossiya Federatsiyasida (jahon zaxiralarining 1,8% qismi) hozirda faqat Xibin konidagi apatit xomashyosi qazib olinmoqda. Rossiyada qazib olish hajmi jahon hajmining qariyb 4,3% qismini tashkil etadi. Qazib olishning hozirgi darajasi saqlansa, Rossiyadagi fosfat zaxiralari 2075-yilga borib tugaydi. Turli baholashlarga ko‘ra, dunyoda fosfat xomashyosi 80-200 yildan so‘ng (2011-yildan hisoblaganda) butunlay tugaydi.

Adabiyotlar

  • Kimyo 9. — M.: Ventana-Graf, 2010. — B. 287.
  • Kaputskiy F. N., Tikaviy V. F. Oliy taʼlim muassasalariga kiruvchilar uchun kimyodan qo‘llanma. — Minsk: Vishshaya shkola, 1979. — B. 384.
  • Xomchenko G. P. Oliy taʼlim muassasalariga kiruvchilar uchun kimyo. — M.: Vishshaya shkola, 1994. — B. 447.