| Fan tog‘lari | |
|---|---|
| toj. Ko‘hhoi Fon | |
Chimtarga tog‘idan ko‘rinish | |
| Joylashuvi | |
| 39°10′ sh. k. 68°15′ sh. u.HGЯO | |
| Mamlakat | |
Fan tog‘lari (xalq orasida Fanlar, toj. Ko‘hhoi Fon) Pomir-Oloy tog‘ tizimining janubi-g‘arbida, Hisor va Zarafshon tizmalarining tutashgan hududida joylashgan. Bu nomlar mos ravishda «Qal’a» va «Oltin beruvchi» deb tarjima qilinadi. Hududda hozir ham oltinga boy konlar mavjud. Fan tog‘lari asosan Tojikiston.
Geografiyasi
Fan tog‘larining shartli chegarasi shimolda Zarafshon tizmasi, janubda Hisor tizmasi, sharqda Fandaryo, g‘arbda Archimaydon daryolari bilan belgilanadi. Marguzor ko‘llari hududi ham ko‘pincha Fan tog‘lari tarkibiga kiritiladi.
Hududning eng baland nuqtasi — Chimtarga cho‘qqisi 5489 m. Balandligi besh ming metrdan oshadigan boshqa cho‘qqilar — Bodxona (5138 m), Chapdara (5050 m), Katta Ganza (5306 m), Kichik Ganza (5031 m), Zamok (5070 m), Mirali (5132 m), Energiya (5120 m).
Fan tog‘lari go‘zal ko‘llari bilan mashhur. Ular orasida Alouddin ko‘llari (Chapdara daryosi vodiysida), Ko‘likalon ko‘llari, Allo ko‘li, Iskandarko‘l.
Foydali qazilmalar
Fan-Yag‘nob vodiysida (Zarafshon daryosi havzasi, Ayniy tumani, Sug‘d viloyati — Tojikiston Respublikasi hududi) Markaziy Osiyodagi eng yirik toshko‘mir konlaridan biri — Fan-Yag‘nob ko‘mir koni joylashgan. Bu yerdagi kokslanadigan ko‘mir zaxiralari 465 mln tonnani tashkil etadi. Biroq hududga borish qiyinligi sababli kon hali yaxshi o‘zlashtirilmagan.
Bu kon, shuningdek, yerosti ko‘mir yong‘ini bilan ham mashhur. Ushbu hodisa asrlar davomida tasvirlab kelingan (masalan, Katta Pliniy asarlarida: «Baqtriyaliklar yurtida tunda tog‘ cho‘qqisi yonadi»). Uning o‘ziga xos belgilari quyidagicha: uch yuz darajagacha qizigan gazlar qoya yoriqlari va g‘orlarning qorong‘i og‘izlaridan shovqin bilan, ammo tutun va alangasiz otilib chiqadi; g‘or devorlari oltingugurt va novshadil kristallari bilan qoplangan.
- Fan tog‘lari
- Chapdara va Bodxona cho‘qqilari
- Alouddin ko‘llari
- Loyqa ko‘llar
- Chimtarga cho‘qqisi
Fan tog‘larida turizm
SSSR davrida ishlab chiqilgan va hozir ham amal qilayotgan umumittifoq sayyohlik marshrutlari:
- № 429 — «Hisor tizmasi bo‘ylab» (Samarqand — Gushor ko‘li — Iskandarko‘l — Dushanbe) (№ 435-marshrutning teskari yo‘nalishi)
- № 435 — «Hisor tizmasi bo‘ylab» (Dushanbe — Iskandarko‘l — Gushor ko‘li — Samarqand) (№ 429-marshrutning teskari yo‘nalishi)
Fan tog‘lariga qilgan sayohatidan keyin shoir va bard Yuriy Vizbor 1976 yilda shu nomdagi qo‘shiqni yaratgan:
«Yuragimni Fan tog‘larida qoldirdim,
Endi yuraksiz tekisliklarda kezib yuraman.
Sokin suhbatlarda ham, shovqinli bazmlarda ham
Moviy cho‘qqilarni indamay orzu qilaman...»
Adabiyotlar
- Paganutssi N. V. Fan tog‘lari va Yag‘nob. — M.: Fizkultura i sport, 1968. — 136 bet — (Ona yurt kengliklari bo‘ylab). — 12 000 nusxa