Yutilish spektral chizig‘i

Uzluksiz spektr
yutilish chizig‘i
nurlanish chizig‘i

Yutilish spektral chizig‘i yoki qorong‘i spektral chiziq — spektrning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, bunda nurlanishning spektral zichligi muayyan to‘lqin uzunligi (chastotasi yoki kvant energiyasi) yaqinida pasayadi.

Yutilish chiziqlari elektromagnit spektrlarda nurlanish nisbatan sovuq va shaffof modda orqali o‘tganda hosil bo‘ladi. Atomlar faqat muayyan energiyaga (chastotaga) ega bo‘lgan kvantlarni elektromagnit nurlanishdan yutishi, so‘ng ularni istalgan yo‘nalishda qayta nurlantirishi mumkin. Natijada modda ayrim chastotalardagi nurlanishni turli yo‘nalishlarga sochib yuboradi va bu nurlanish kuzatuvchiga yetib bormaydi. Shu tariqa kuzatilayotgan spektrda qorong‘i (xira) sohalar — chiziqlar hosil bo‘ladi.

Spektral chiziqlar atomlarning turiga juda kuchli bog‘liq bo‘lib, ulardan yorug‘likni o‘zidan o‘tkazadigan deyarli har qanday jism yoki materialning kimyoviy tarkibini aniqlashda foydalanish mumkin (odatda gazlardan foydalaniladi). Spektral chiziqlar boshqa usullar bilan o‘rganib bo‘lmaydigan yulduzlar va olisdagi boshqa kosmik jismlarning kimyoviy tarkibini aniqlashda keng qo‘llaniladi.

Havolalar